Юрак аритмиялари


To'shga yo'nalgan tomonga qarab paypaslab borish lozim


Download 1.61 Mb.
bet8/115
Sana08.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1249454
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115
Bog'liq
Юрак ўқув қулланма 2022 БШК LOTIN oxirgisi 2

To'shga yo'nalgan tomonga qarab paypaslab borish lozim
Turtkini his qilgandan so'ng (ushbu turtki yurak cho'qqi turtkisi hisoblanadi), qo'lni 90 gradusga burish va uchta bukilgan barmoqlaming yumshoq uchlari bilan uning xususiyatlarini aniqlash kerak.

-joylashishi;

- diametri (maydoni yoki kengligi)

-santimetrli lenta yordamida;

- balandligi;

-kuchi;

- rezistentligi.

Yurak turtkisi borligini aniqlash

Yurak turtkisi - o‘ng qorinchada yuzaga keladigan zarb to‘lqinlarini aks ettiradi.

Harakatlar ketma-ketligi Bemor chalqanchasiga boshi 30° burchak ostida ko‘tarilgan holda yotadi.

• Turtkini aniqlash uchun to‘sh suyagining chap tomonida III, IV va V-qovurg‘a oralig‘iga bukilgan barmoq yostiqchalari qo‘yiladi va o‘ng qorinchaning sistolik turtkisini aniqlashga harakat qilinadi.

Tekshirish aniqligini oshirish uchun bemordan nafas chiqarib, ma’lum vaqt nafas olmay turish iltimos qilinadi;

• Turtki aniqlansa, uning balandligi va kuchi baholanadi;

# Me’yorida yurak turtkisi aniqlanmasligi lozim (bolalar bundan mustasno).

# Ba’zan ko'krak qafasi yassi bo'lgan odamlarda past turtki aniqlanishi mumkin.




Ko'krak qafasi titrashi borligini aniqlash

Harakatlar ketma-ketligi Buning uchun quyidagi yurakni eshitish nuqtalariga qo'l panjalari yozib qo'yiladi:

  • Yurak cho ‘qqisiga

  • To ‘shdan о ‘ng tomonda ikkinchi qovurg ‘a oralig ‘iga ;

  • To ‘shdan chap tomonda ikkinchi qovurg ‘a oralig ‘iga ;

  • Xanjarsimon о ‘simta asosiga .

Qo‘l bilan titrash bor - yo‘qligini his qilish lozim Bor bo'lgan holda, u xuddi xurillayotgan mushukni silayotgandagi hisga o'xshash bo'lishi kerak («mushuk xurillashi» simptomi)

Ko'krak qafasi titrashi yoki xuddi xurillayotgan mushukni silayotgandagi hisga o'xshash bo'lgan «mushuk xurillashi» simptomi yurak nuqsonlarini tashhislashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu belgi ham qopqoqcha teshiklari stenozida shovqinning paydo bo'lish sabablari tufayli yuzaga keladi. Yurak cho'qqisida diastola vaqtida aniqlanadigan «mushuk xurillashi» mitral stenozga (diastolik titrash), sistola vaqtida ushbu belgini aortada eshitilishi (sistolik titrash) aorta chiqish qismi torayishi (aorta ravog'i stenozi) ga xos.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling