Yurak faoliyatini boshqarilishini o'ziga xosligi
Qorinchalar Sistolasi 0,33 sek
Download 0.7 Mb.
|
yurak ish faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sekin xaydash bosqichi 0.13 sek Qorinchalar Diastolasi 0,47 sek
- Tez to’lish bosqichi -0,09 sek Sekin to’lish bosqichi -0,16 sek
Kinetokardiografiya-yurakning mexanik faoliyati natijasida, ko’krak qafasini past chastotali tebranishlarini qayd qilish usuli. Buning uchun maxsus uzatkichlardan foydalaniladi. Ular mexanik tebranishlarni elektrik tebranishlarga aylantirib beradi. Kinetokardiografiya bir vaqtning o’zida chap va o’ng qorinchalarni yurak tsikli vaqtida davr jarayonlarni o’rganadigan usul hisoblanadi. Elektrokimokardiografiya - rentgeno apparati yordamida yurak ko’lankalari harakatini qayd qilish usuli. Apparat ekrani yurak chegaralari sohasiga bo’lmacha, qorincha yoki aortaga fotoelement qo’yilib, ositsildograf bilan ulab qo’yiladi. Yurak harakatlanganda fotoelementning yorug’ligi o’zgarib, ostsilografda egri chiziq yozib olinadi. Shu yo’l bilan yurak bo’limlarini qisqarishi va bo’shashishi uzluksiz yozib olinadi. Ballistokardiogafiya. Qorinchalardan qon shiddat bilan otilib chiqishi va uni yirik qon tomirlar bo’ylab harakati tananing tebranishiga olib keladi. Go’yoki tubdan o’q otilganda, o’qning oldinga harakati, qurolni esa orqaga siljishini eslatadi (ballisto- o’qni otilishi). Ballistokardiografiya usuli bilan yozib olingan egri chiziq o’ziga xos bo’lib, yurak faoliyati bilan bog’liq. BKG yozib olish bir necha usullari qo’llaniladi. Exokardiografiya (Exo KG) Ultra tovush yordamida yurakning mexanik faoliyati va tuzilishini qayd qilish usuli. Bunda ultra tovush, yuqori chastotali (2,25-3 m Gts gacha) shaklida odam tanasi orqali o’tib, asbob yordamida qabul qilinadi. Exosignal ostsillograf ekranida ko’rinadi yoki fotoplenkaga yozib olinadi. Yurak tsikli fazalarida uning mexanik aktivligini baxolash uchun ExoKG doimo EKG bilan bir vaqtda yozib olinadi. Elektrokordiografiya. Ishlayotgan yurakning bioelektrik potentsiallarini yozib olib, yurak muskullarini tekshirish usuli. Normal sharoitda yurakning bo’lmacha va qorinchalari ketma-ket qo’zg’alib turadi, natijada yurakning qo’zg’algan va qo’zg’almagan qismida potentsiallar farqi hosil bo’ladi, yurak elektr toki manbai bo’lib qoladi. Tana to’qimalari elektr o’tkazuvchanlik hossasiga ega bo’lgani uchun yurakning elektr tokini tana yuzasidan maxsus asboblar yordamida yozib olish mumkin. Yurak tsikli vaqtida yurakning elektr maydonini ikki nuqtasida potentsiallar farqini yozib oluvchi egri chiziqqa – elektrokardiogramma (EKG) deyiladi, tekshirish usuli esa elektrokardiografiya deyiladi. EKG birinchi bo’lib 1887 yil A.D. Uoller tomonidan yozib olingan bo’lib, keng qo’llanilmagan. V. Eyntxoven, A.F.Samoylov, T.Lьyuis, V.F.Zelenin va boshqalar (1903 y) joriy etgan usul keng ko’llamda qo’llanilmokda. Normal EKG da 5 ta, 3 ta musbat va 2 ta manfiy tishlar tafovut qilinadi. Bu tishlar yurakdagi qo’zg’alishlarning tarkalishini o’zida aks ettiradi. Tishlar qo’zg’algan va qo’zg’almagan orasidagi joylar orasidagi potentsiallar farqini o’zida aks ettiradi. Yozib olingan to’g’ri chiziq izopotentsial chiziq deb atalib, qo’zg’algan sohalar orasida potentsiallar farqi yo’qligini yoki qo’zgalish shu sohani to’liqligicha qamrab olganligini anglatadi. Tishlar lotin xarflari bilan belgilanadi: P, Q, R, S, T tishlar oralig’i - segmentlar deb ataladi. Tishlar va segmentlar yig’indisi esa interval deb ataladi. R tish chap va o’ng bo’lmachalar qo’zg’galgandagi potentsiallarning algebraik yig’indisidir. Uning davomiyligi 0,1 sek ga teng. Voltaji esa 0-3 mv ga teng. RQ segmenti qo’zg’alishlarni atrio-ventrikulyar tugunga o’tayotganligini anglatib, izochiziqda 0,12-0,2 sek davom etadi. Q R S T kompleksi qorinchalar miokardida qo’zg’alishlar paydo bo’lgani va tarqalganligini anglatadi. Shuning uchun ham qorinchalar kompleksi deb ataladi. Qorinchalarning qo’zg’alishi, qorinchalararo to’siqning yurak uchi, o’ng so’rg’ichsimon muskul va qorinchalar ichki yuzasining depolyarizatsiyasi EKG da pastga yo’nalgan Q tish bilan belgilanadi, voltaji 0-0,3 mv. R tishlar EKG da eng yuqori tish hisoblanib, yurak asosi va qorinchalar tashqi yuzasining qo’zg’alganligini anglatadi va voltaji 0,6-1,6 mv ga teng. S tish qorinchalar miokardini qo’zg’alishlar to’liqligiga qamrab olganligini anglatadi, endi yurakning barcha qismi elektromanfiy bo’lib qoldi. Voltaji 0,25-0,14 mv ga teng. ST segmenti har ikkala qorincha qo’zg’alganligi tufayli qorinchalar orasida potentsiallar farqi yo’qligini anglatadi va izochiziqda yotadi. T tish miokardning repolyarizatsiyasini ko’rsatadi. Bu tish EKG da eng ko’p o’zgaruvchi qismi hisoblanadi va uning voltaji 0,25-0,6 mv ga teng. T tish va keyingi R tish oraligida izochiziq chizilib, yurak 70 marotaba qisqarganda 0,4 s davom etadi. T R segmenti yurak tinch turgan umumiy pauza va diastola vaqtiga to’g’ri keladi. Q R S T kompleks davomiyligi 0,40 sekga to’g’ri keladi (0,36-0,44 s). EKG yurak o’tkazuvchi tizimida o’zgarishlar birligini ko’rsatib beradi. Masalan P-Q interval ko’rsatkichi bo’yicha bo’lmachalardan qorinchalarga qo’zg’alishlar normal tezlikda o’tayotganligini ko’rsatadi. Q R S kompleksi esa qorinchalar miokardida qo’zg’alishlar qamrab olish tezligini ko’rsatadi va 0,06-0,1 sek davom etadi. E’TIBORINGLAR UCHUN RAXMAT! Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling