Yurak kasalliklarini tashxislash va davolash


Download 19.47 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi19.47 Kb.
#213109
  1   2   3   4
Bog'liq
6 маъруза ибн сино


Yurak qon tomir tizimiga ta’sir etuvchi o‘simlik preparatlari. Qon oqishini to‘xtatuvchi dorivor o‘simliklar.

YURAK KASALLIKLARINI TASHXISLASH VA DAVOLASH

Yurak kasalliklarining belgilari

Tabiiy bo'lmagan mizojlarning dalillari yurak kasalliklarini bildiruvchi belgilardandir. Kuchning zaifligi va ketishi, sirtqi yoki dastlabki biror sababdan yoki boshqa a'zoning hamkorligidan bo'lmagan ozish yurak mizojining buzilganiga belgi bo'ladi; agar shu holda xafaqon ham paydo bo'lsa, belgi to'la-tekis bo'ladi, agar u hushdan ketishga borib taqalsa, mizoj buzilganligi kuchaygan bo'ladi.

Yurakda moddasiz sovuq yo issiq, yoki quruq, mizoj buzilishi kuchaysa, badan silliq va ozish yo'liga kiradi, buzilgan mizoj issiq bo'lsa, umuman ingichka og'riq kasaliga uchraydi, sovuq bo'lsa, ingichka og'riqning kcksa va juda qarib zaiflashib ketgan kishilarda bo'ladigan bir turini keltirib chiqaradi, quruq bo'lsa, sil va ingichka og'riq kasalliklarini keltirib chiqaradi; bu sil o'pkadan bo'ladigan sildan boshqachadir, chunki bunda o'pkaning o'zi zararlanmaydi, bunga yo'liqqan kishida yo'tal ham bo'lmaydi, issig'i yo'qligidan issiq ingichka og'riq kasalligidan ham boshqacha bo'ladi. Yurakdagi buzilgan issiq mizojning belgisi: tomir urishining tczligi va kctma-ketligining tabiiylikdan ortib ketishi, nafasning odatdagidan ko'ra ko'proq tez va ketma-ket bo'lishi, sovuq havo bilan to'xtaydigan kuchli tashnalik, salqindan rohatlanish, boshqa biron sababsiz badanning umumiy ozishi va erishi, alangalanish bilan birga bo'lgan g'amginlik va behuzurlikdir.

Buzilgan sovuq mizojning bclgisi tomir urishining odatdagidan ko'ra kichikligi, sustligi va siyrakligidir; lekin quvvati tushib boshqa yo'l bilan qoplanmagan hojatni qoplash uchun ketma-ket nafas olishga majburiyat paydo bo'lsa, u belgi bo'lmaydi.

Yana nafas olishning kuchsizlanishi, quvvatning tarqalishi, isitadigan turli narsalarga tekkanda, ularni hidlaganda va tatiganda rohatlanish; shuningdek, cho'chish, qo'rqoqlik, haddan tashqari yumshoqlik va ko'ngilchanlik ham buzuq sovuq mizojning bclgilaridandir.

Buzilgan ho'l mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko'ra yumshoqligi, ruhga ta'sir qiluvchi narsalardan tez ta'sirlanish va ta'sirning tez ketishi, xiltlarning hidlanishidan bo'ladigan isitmalarning ko'p bo'lishidir.

Buzilgan quruq mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko'ra quruqligi, ta'sirlanishning qiyinligi, ta'sirlanishning kuchli yoki kuchsiz bo'lsa ham uzoq vaqt qolishi va badanning ozishidir.

Yurakda bo'ladigan shishlarning belgilariga kelsak, ularning ba'zilari issiq shishlarning belgilaridan iborat, ularning boshlanish paytida tomir urishida qiziq va odatdan tashqari notekislik yuz beradi, badanda, ayniqsa nafas a'zolariga beriladigan alanga zo'rayadi. Nafas oluvchi kishi eng sovuq havoni burun orqali mumkin qadar ko'p tortsa ham, nafas olmayotgandek bo'ladi, so'ngra uning ketidan bir necha bor hushdan ketish hollari yuz beradi.

Yurakdagi issiq shishlarning holatini aniqlashda boshqa shunga o'xshash kasalliklarda bo'ladigan tomir urishining qattiqligi kabi belgini kutish kerak emas. Chunki yurak shishi tomir urishining qattiqlashuvigacha borib yctmaydi.

Yurakda uzluksizlikning buzilganligi esa sirtda bo'ladigan sabablar' orqali bilinadi. Ba'zi tabiblarning aytishicha, yurakda yara paydo bo'lsa, kishi o'ladi, uning belgisi - chap sut bezi tugmachasining og'rishidir.




Download 19.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling