Yurak-qon tomir tizimi funktsiyalarining yoshga oid xususiyatlari va ularning jismoniy faoliyatdagi ah’amiyati


Download 178.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.12.2017
Hajmi178.91 Kb.
#21660
1   2   3

Limfa tarkibi 

 Zichligi -  1,017 – 1,026 g/sm

3

           



 

 Ёpishqoqligi  -  1,7  -2,0 (suvga 

nisbatan) 

 

 RN  -  8,0  -  9,0  



 

Suv  -  94,0  -  95,0%  

 

Oqsillar (albumin, globulin va – 30,0 – 



50,0 g/l fibrinogenlar) 

  

Ёg’  -  0,4  -  0,9 



Kationlar: 

Na

+_    


1,0 – 2,0 

g/l      

K

+  


_     0,8 – 2,0 

G/l    


 

Ca

+ +



_   0,01 – 

0,1 g/l


 

 

 



 

2.2. Jismoniy faoliyat va uning fiziologik asoslari 

 

Jismoniy faoliyat bilan shug’ullanish yoki mashq qilish deb u yoki bu 



h’arakatlarni amalga oshirib malum jismoniy ish bajarish yoki sportning malum 

turi bo’yicha yuqori malakaga va natijalariga erishish uchun amalda maxsus 



h’arakatlarini bajarish jarayoniga aytiladi. Mashq qilish o’z ichiga jismoniy, 

texnikaviy, taktik, manaviy va irodaviy kabi tayyogarliklarni oladi. Shulardan 

ikkitasini yani jismoniy va texnik tayyorgarlikni fiziologik asoslari mavjud (Farfel, 

1969). 


 

Jismoniy tayyorgarlik bo’yicha o’tkaziladigan mashqlar organizimning 

funktsional imkoniyatlarini, h’arakatning sifat ko’rsatgichlarini (kuch, tezlik, 

chidamlilik va chaqqonlik) oshiradi.  

 

Mashq qilishdagi texnik tayyorgarlik esa sportchi organizimining h’arakat 



malakasini oshiradi.  

 

Mashq qilishning maksimal darajaga erishuvchan taminlay oladigan 



organizm h’olati sport formasi deyiladi. Sport formasiga erishgan sportchilarda 

natijalar yuqori va barqaror bo’ladi. Bundan tashqari bunday sportchilar bevosita 

mashq qilish jarayonida h’amda standart h’arakatlarini bajarishda fiziologik 

funktsiyalardan tejab foydalanadi. Maksimal darajadagi ish bajarishda esa 

energetik resuruslardan unumli foydalaniladi. Sportchining yuqori sport formasida 

ekanligi erishilgan sport natijalari dinamikasi bilan belgilanadi. Maksimal sport 

natijalarining qayd qilinishi bir tekis bo’lmasdan to’lqinsimon bo’ladi. 

 

Sportchining individual xususiyatlari, h’arakat faoliyatining turi va boshqa 



omillardan katiy nazar yuqori darajada mashq qilganlik yoki sport formasi bir yo’la 

2-4 oy saqlanishi mumkin, xolos. Undan uzoq davr ichida yuqori sport formasida 

turish h’addan tashqari ko’p mashq qilganlik alomatlariga va u bilan bir qator sal-

biy h’olatlarga olib kelishi mumkin.  

 

Sportning qaysi turi bo’lmasdan mashq qilish jarayoni malum tartibda 



tuziladi. Har bir mashq qilish texnik tomondan bir necha qismlarga bo’linadi. 

 

Birinchi qism-kirish qismi, bunda sportchi bo’lajak ish uchun tayyorlanadi. 



Dastavval razminka qilinadi. Razminka, ko’rib o’tilganidek, umumiy va maxsus 

qismlardan iborat, uning umumiy qismi nerv sistemasiga optimal qo’zg’alishini 

uyg’otish, moddalar almashinuvi va tana h’aroratini malum darajaga ko’tarish, 

nafas olish va qon aylanish tizimi ishini yuqori funktsional h’olatga yo’llash kabi 

h’olatlar bilan xarakterlanadi. Keyin bajariladigan maxsus qism esa bo’lajak ishda 

bevosita qatnashadigan muskullar tizimida optimal qo’zg’aluvchanlikni vujudga 

keltiradi. Shuning uchun h’am razminka uchun maxsus h’arakatlar tanlab olinadi. 

Razminka natijasida sportchi organizmida ishga kirishish. Razminka natijasida 

sportchi organizimda ishga kirishish h’olati sodir bo’lishi kerak. 

 

İkkinchi qism-asosiy qism bo’lib, bunda texnik, umumiy va maxsus 



tayyorgarlik amalga oshiriladi. Bu qismning mazmuni, uslubi sportchiga 

beriladigan yuklamaning h’ajmini va intensivligini aniqlaydi. Bu qismda 

bajariladigan h’arakatlar bo’lajak qaytarilish jarayonini kuchaytirishga qaratilgan 

bo’lishi kerak. Bevostia ishga qatnashgan muskullarining tarangligi asta-sekin 

kamaytiriladi. 

 

Mashq qilishning ko’rib o’tilgan qismlarini yurak urishini (pulsni) h’isoblab 



aniqlash tavsiya qilinadi. Birinchi qismda u tezlasha boshlashi, ikkinchi qismda 

maksimumga etishi va nih’oyat uchinchi qismda bir muncha sekinlashishi kerak.  

 

Sportchining umumiy tayyorgarligi yoki mashq qilganligi uning malum 



sport turi bilan shug’ullanishida muh’im ah’amiyatga ega. Shuning uchun h’am 

jismoniy tarbiyaning muh’im vazifalaridan biri «Mashq qilganlikning mashq 

qildirishdir». Bunday h’olat dastlabki paytlarda, yani mashq qilishning boshida 

ko’proq ah’amiyatli. Keyinchalik, yoki yuqori malakaga erishilganidan keyin esa 

umumiy jismoniy tayyorgarlik h’am maxsus(o’z soh’asiga yaqin) mashqlar 

yordamida olib borilishi maqsadga muvofiqdir.  

 Mashq 


qilishning 

umumiy 


printsiplari yana biri bu mashq qilishning 

uzluksiz davom ettirilishidir. Bu printsip o’z o’rnida mashq qilishning shartli 

reflektor faoliyat ekanligini ko’rsatadi. Mashq qilish orasidagi katta tanaffus yoki 

uzilish h’osil bo’lgan vaqtincha bog’lanishi (shartli refleksni) yo’qolishiga olib 

keladi. Shuning uchun mashq qilish uzluksiz davom ettirildi, oradagi tanaffus h’am 

sportchining tayyorgarlik darajasi va individual xususiyatlariga ko’ra tanlab 

olinadi. Mana shunda mashq qilish unumli bo’ladi. Ko’pincha mashq qilish 

organizm ish qobilyati yuqori bo’lganida amalga oshirilsa maqsadga muvofiq 

bo’ladi. Lekin bazan chidamlilikni kuchaytirish uchun ish qobilyati oshmasa h’am 

mashq qilinadi. Mashq qilish orasida tanaffus 1-20 minutgacha bo’lishi mumkin. 

Hafta davomida qayta mashqlar o’rtasidagi oraliq vaqt 48 soatdan ko’p bo’lmasligi 

kerak, aks h’olda mashq qilganlikning samaradorligi yo’qoladi. Sportchining 

jismoniy tayyorgarligi yuqori bo’lganidan esa mashq qilish h’aftasida 5-6 marta va 

h’atto bir kunda ikki marta bo’lishi mumkin.  

Sportchining qaysi turi bilan bo’lmasin u bilan mashq qilish yil davomida 

davriy xarakterga ega bo’ladi. Bunda uch xil davr farqlanadi, yani mashq 

qilishning tayyorgarlik ko’rish davri, musobaqa davri va o’tish davri. 

 

Tayyorgarlik ko’rish davrining o’zi ikkiga bo’linadi, birinchi davrida 



umumiy jismoniy tayyorgarlikka ah’amiyat berilsa, ikkinchi davrda esa sport 

formasiga o’tish xarakterlidir. Tayyorgarlik ko’rish davrida mashq qilish 

yuklamasi asta-sekin oshirib boriladi. Uning ikkinchi qismida maksimal yuklama 

h’am berilishi kerak. Tayyorgarlik ko’rish davri 3-4 oydan oshmasligi kerak.  

 

Musobaqa davrida musobaqalarda bevosita qatnashish bilan xarakterlanadi. 



Unda sport formasi bir oz kuchaytiriladi, bajariladigan yuklamaning h’ajmi uning 

tezligiga qaraganda ancha yuqori bo’ladi. Bu davrning h’am yillik davom etishi 4-

5 oydan oshmasligi kerak. Wtish davriga kelib musobaqalarda qatnashish 

to’xtatiladi, yana bajariladigan yuklamalar h’am kamaytiriladi. Bu davrning 

xarakterli xususiyati shuki, unda organizimining dam olish uchun sharoit yaratadi. 

Ko’pincha faol dam olishga o’tiladi( musobaqalarda bajaradigan h’arakat 

faoliyatiga aloqasi bo’lmagan h’arakat qilish). Bu davr 4-5 h’afta davom etishi 

kerak. 


 

Mashq qilishda bajariladigan yuklama asta-sekin ko’paytirilib borish kerak, 

aks h’olda mashq qilishning samarasi bo’lmaydi. Beriladigan yuklama 

ko’paytirilib borilmasa bir xil yuklamaga  organizm o’rganib qoladi, unda 

superkompensatsiya h’olatlari kuzatilmaydi, natijada organizimning funktsional 

h’olati bir nuqtada to’xtab, mashq qilganlik rivojlanmaydi. Bu juda muh’im narsa. 

Mashq jarayonida yuklamaning ko’paytirilishi bir tekisda bo’lmasdan to’lqinsimon 

o’tadi, yuklama h’ajmi ko’paysa uning intensivligi kamayadi, intensiv oshsa 

yuklama h’ajmi kamayadi.  


 

Mashq qilishda yana shu narsa muh’imki, sportchiga vaqti-vaqti bilan 

maksimal yuklama h’am berilishi kerak, shunda uning organizimidagi barcha 

tizimlar ishi mumkammallashadi, sportchi o’zgargan ichki muh’it sharoitida 

ishlashga o’rganadi va h’okazo.  

 

Mashq qilishning bir qancha usullari bo’lib, ularni ikki guruh’ga bo’lish 



mumkin, yani qaytarma o’zgargan mashq qilish, qaytarma mashq qilish bir xil 

mashqlarni qaytarish bilan xarakterlanadi. U sportning barcha turlarida h’am 

qo’llananiladi va bir xil yuklamaning o’zgarishsiz (tarkibi, surati va doimiyligi) 

takrorlanib turishi bilan ajralib turadi. Bunday mashq qilish kuch, tezlik, 

chidamlilik va chaqqonlik oshirib borishi maqsadida o’tkaziladi. 

 

Wzgartirilib turiladigan mashq qilishda yuklamaning intesivligi, miqdori 



yoki tarkibi o’zgargan h’olda ko’p martalab takrorlab turiladi. Bunday mashq 

qilish tyfayli h’arakat malakasi va organizmning funktsional h’olati kuchaytiriladi 

(asosan tezlikka nisbatan chidamlilikni oshiradi). Mashq qilishlar qanday usullar 

bilan olib borilmasin uning unumli bo’lishi uchun qayta mashq qilish organizm ish 

qobilyati to’liq tiklangandan keyin bajarilishi kerak. 

Mashq qilganlikning fiziologik ko’rsatgichlari 

Mashq qilish natijasida organizimda qator morfologik va fiziologik 

o’zgarishlar ro’y berishi h’aqida gapirib o’tgan edik. Ularning katta-kichikligi 

bajariladigan muskul faoliyatining va sportchining o’ziga xos xususiyatilariga 

bog’liq. 

Mashq qilish tufayli organizimda sodir bo’lgan bunday o’zgarishlar tinch 

turgan paytda, ayniqsa malum jismoniy faoliyat amalga oshirilganida yaqqol 

ko’zga tashlanadi.  

Jismoniy faoliyat va mashq qilishning azo va tizimlarga tasiri. 

Mashq qilish dastavval yurak muskullarining gipertrofiyasiga olib keladi va  

uni ishchi gipertrofiyasi deb aytiladi. Odatda ishchi gipertrofiyasi yurak 

veskulyarizatsiyasining (veskulum-tomirlar) oshishiga olib keladi. Hayvonlar 

ustida olib borilgan tajribalar bu vaqtda yurak muskullarida sezilarli biokimyoviy 

o’zgarishlar yuzaga kelishini ko’rsatadi.  

Gipertrofiya bilan bir qator yurak kameralarida kengayish sodir bo’ladi. Bu 

narsa qorinchalar zah’ira h’ajmining ko’payishiga olib keladi, natijada yurak 

bevosita ish bajarganida bu imkoniyatdan foydalanib qisqargan paytda odatdagidan 

ko’p qon chiqaradi. Boshqacha aytganda bevosita ish bajarishda uning sistolik va 

minutlik h’ajmi ko’payadi. Bu fikrlar pastdagi rasmda o’z aksini topgan.  

Yurak urish sonining (chastotasining) h’ar xil sport bilan 

shug’ullanuvchilarda turlicha bo’lishi ushbu jadvalga keltirlgan



 

Yuqori malakali sportchilarda tinchlik h’olatida o’rtacha yurak 

urish soni. 

Sport soh’asi 

Tinchlik  h’olatida 1 

daqiqada 

yurak urish soni 

(chastotasi) 

Uzoq masofaga yugurish

45 


Velosport 44 

Suzish 49 

Voleybol 51 

Qisqa masofaga 

yugurish 

53 


Futbol 55 

Kurash 58 

Og’ir atletka 

61 


Sport bilan 

shug’ullanmaydiganlarda

67 

     


 

 

Yurak faoliyatida jismoniy ish tufayli sodir bo’ladigan o’zgarishlar EKG 



parametlarida yaqqol ko’rinadi. Sportchilarda mashq qilmaganlarga nisbatan 

sinusli eritmiya, R tishning pasayishi va T tishlarning kuchayishi va boshqalar 

kuzatiladi. Bu o’zgarishlar sportchilar yuragining miokardida mashq qilish 

natijasida funktsional imkoniyatlar oshishini ko’rsatadi.   

   Tinchlik h’olatda yurak urishning kamayishi sportchilarga xos bo’lgan 

xususiyatlardan biridir. Odatda sportchi yuragi minutiga 50-55 marta uradi. Uzoq 

masofalarga yuguruvchilarda esa bu ko’rsatgich bazan 36-30 gacha tushishi 

mumkin.  

 

 

Sportchilarda yurakning sistolik h’ajmi ko’proq bo’ladi, shuning uchun 



ularda yurak kamroq h’arakat qilsada minutlik h’ajmi kamaymaydi.  

 

 



Sportchilarda qon bosmi ko’pincha ular tinch turganida past bo’ladi. Mashq 

qilganlar organizmida zah’ira energiya beruvchi moddalar muskullardagi glikogen 

va kreantinfosfat bir muncha ko’payadi. 

 

 



Mashq qilgan sportchilarda muskullar yo’g’on tolali bo’lib, sarkolemmalar 

ancha qalinlashadi, sarkoplazma miqdori oshadi, eng muh’imi ularda qon aylanish 

ancha yaxshilanadi. Mashq qilgan muskullarda h’ar 100 tolaga 98 kapillyar to’g’ri 

kelsa, mashq qilmaganlarda 46 kapillyar bo’ladi (o’rtacha). 

 

Sportchilarda qon shaklli elementlarga boy bo’ladi, 1 ml



3  

qonda eritrotsitlar 

soni 4,7 mln gemoglabin 14,5 g. foizga teng bo’ladi. Buning natijasida qonnning 

kislorodni umumiy qabul qilib olish imkoniyati kengayadi.  

 

Mashq qilganlarida mashq qilmaganlarga nisbatan tinchlik h’olatida nafas 



olish soni siyrak bo’lib, bir vaqtning o’zida bu jarayon chuqur bo’ladi. Nafas olish 

chastotasi ularda minutiga 8-12 dan oshmaydi (mashq qilmaganlarda 15-20 marta). 

Nafas olishning chuqurligi bois uning h’arakat qilish chastotasi kamaysada 

o’pkaning minutlik h’ajmi o’zgarmaydi.  

Wpakaning tiriklik sig’imi mashq qilganlarda ancha yuqori bo’ladi (5000-7000 

ml). Ayniqsa bu uzoq masofalarga yuguruvchilarda, suzuvchilarda, chag’ichilarda, 

eshkak sporti bilan shug’ullanuvchilarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Ularda nafas 

olish muskullari ancha rivojlanagan, h’amda nafas olishni ixtiyoriy to’xtatib turish 

qobilyati bilan o’lchanadi. Yaxshi mashq qilgan sportchilarda u ancha davomli 

bo’ladi. Buni ushbu jadvalda yaqqol ko’rishimiz mumkin.  



 

Turli xil darajada mashq qilgan sportchilarda nafas olishning ixtiyoriy 

to’xtatib turilishi (sek). 

Shug’ullanis

h muddati 

Sport 


razryadi 

Tekshiru


vchilar 

soni 


Nafas olishning 

to’xtatilishi 

vaqti(sek) 

Bir yilgacha  2-3 

22 

96,4 


±  6,1(sek) 

1 yildan 3.5 

yilgacha 

1-2 29  124,6

± 6,4 (sek) 

4 yildan 

ko’p  

Eslatma: 



M:- 

M, 1-2 


Sport 

ustasi. 


42 

149,9 


± 4,4(sek) 

  

 



 

Bundan tashqari mashq qilgan sportchilar atmosfera h’avosida kislorod 

kamligiga ko’proq bardoshli bo’ladi.  

 

Harakat apparati.  

Mashq qilish tufayli muskullardagi tarkibiy qayta ko’rish gipertrofiya h’olati 

morfologik tomondan keng ko’lamda o’rganilgan va u antropometrik o’lchashlarda 

yaqqol ko’zga tashlanadi. Yana bu vaqtda tana muskullarning funktsional h’olati 

h’am o’zgaradi, masalan, mashq qilish tufayli muskullarda qo’zg’aluvchanlik 

oshib boradi.  

 

Bulardan tashqari mashq qilish tufayli tana muskullarida propriretsoptor 



sezgisi mukammalashadi, ish qobilyati oshib boradi. Suyaklarda h’am sezilarli 

o’zgarishilar ro’y beradi, suyakning yuza qismida g’adir-budirlik paydo bo’ladi, 

suyakning ko’ndalang kesimi uzayadi, suyak atrofidagi po’stloq (suyak pardasi) 

ancha-muncha qalinlashadi, uning mexanik oshadi.  

Standart mashqlar bajarilganida mashq qilganlikning fiziologik 

ko’rsatgichlari. 

 

Mashq qilgan va mashq qilmagan organizimlar unchalik og’ir bo’lmagan 



standart h’arakatlarni bajarishda bir-biridan yaqqol ajralib turadi. Standart mashq 

bajarilganida qon aylanish, nafas olish, nerv va muskul tizimlarning ishi, qon va 

siydik tarkibi tekshirilib ko’riladi. Chunonochi mashq qilgan odam yuragi sandart 

h’arakatga nisbatan o’z chastotasini unchalik ko’p tezlashtirmaydi, bir vaqtning 

o’zida mashq qilmagan odamda ayni h’arakat yurak urish chastotasining ancha 

tezlashishi bilan amalga oshiriladi. Arterial qon bosimi h’aqida shu narsani aytish 

mumkinki, sportchilarda standart h’arakatga nisbatan maksimal qon bosimi sport 

bilan shug’ullanmaganlarga nisbatan pastroq bo’ladi. Minimal qon bosimi h’am 

bunday sharoitida karoq o’zgaradi.  

 

Standart mashqlarga nisbatan organizm reaktsiyasi mashq qilganlik 



darajasiga ko’ra o’zgarib boradi, agar u yoki bu tizim reaktsiyasi ikki 

tekshiriluvchida bir xil bo’lsa, demak ular bir xil funktsional tayyorgarlikka ega 

ekan. Shuning uchun bu usul sportchilarning mashq qilganlik darajasini aniqlashda 

muh’im ah’amiyat kasb etadi. Odatda h’ar ikki oyda bunday tekshirish olib 

boriladi. Agar standart yuklamaga nisbatan qayd qilinadigan reaktsiyalar kamayib 

borsa mashq qilganlikning oshib borayotganligi h’aqida xulosa qilinadi. 



 

Sportchilar standart yuklamalarni bajarishda unga sarflanadigan energiyani 

tejab ishlaydi. Masalan, chang’ida bir xil tezlikda yugurish bo’lganida malum 

masofani sportchilar sport bilan shug’ullanmaganlarga ko’ra 18-20 % energiya 

kam sarflab bosib o’tadi. 

Og’ir jismoniy mashq bajarganda mashq qilganlikning  

fiziologik ko’rsatgichlari. 

 

Organizimning mashq qilganligi uning standart yuklamalariga nisbatan 



reaktsiyasidan tashqari o’ziga xos maksimal yuklamalarga nisbatan munosabati 

bilan aniqlanadi.  

 

Maksimal yuklamalar organizimning ishni bajara olmasdan qolish 



darajasigacha (nih’oyatda charchab qolguncha) borishi bilan belgilanadi. Uni 

labaratoriya sharoitida, yoki tabiiy h’olatda h’am amalga oshirish mumkin. Shu 

yo’l bilan organizimining funktsional zah’irasi imkoniyatlarini h’isoblash mumkn.

 

 



Qon tizimi.  

Maksimal suratda bajariladigan jismoniy yuklamaga sportchi va sportchi 

bo’lmaganlarda h’am yurak-qon tomirlar tizimi bir xil reaktsiya berish mumkin 

(yurak urish soni ikkalasida h’am minutiga 190-220 atrofida). Lekin sportchilarda 

bir vaqtning o’zida yurakning sistolik h’ajmi katta bo’ladi. Sportchilar yuragining 

minutlik h’ajmini maksimal ish bajarganda tinch turgandagiga nisbatan 10 

martagcha oshishi mumkin.  

 

Sistolik bosim sportchilarda maksimal yuklama bajarilganida tezroq 



maksimumga erishib (180-220 mm sim. ust) shu h’olda ish oxirigacha saqlanishi 

mumkin. Sport bilan shug’ulllanmaydiganlar esa bu h’ol kuzatilmaydi, yani 

maksimal sistolik bosim ish oxirigacha saqlanmaydi.  

 

Diastolik bosim ko’p o’zgarishiga uchramaydi va bu o’zgarishlar sport bilan 



shug’ullangan va shug’ullanmaganlarda bir xil bo’lishi mumkin. Bazan juda katta 

yuklama bajarishda diastolik bosim keskin pasayib ketishi h’am mumkin, bu h’ol 

sortchi bo’lmaganlarda tezroq sodir bo’ladi (pastagi chizmaga qarang).  

 

Maksimal yuklama bajarilganida sportchilarda (A) va sport bilan 



shug’ullanmaganlarda (V) qon bosimining o’zgarishi.  

 

Maksimal yuklama bajarish muskullarida moddalar almashinuvini 



kuchaytirib qoldiq moddalarning to’planishiga olib keladi va natijada bu 

moddalarning miqdori qonda ko’payib ketadi (masalan, sut kislotasi). Sportchilar 

qonida sut kislotasining miqdori 300 mg/ga borganda h’am ular ishni davom 

ettirishi mumkin. Sport bilan shug’ullanmaganlar esa qonda sut kislotasining 

miqdori bu darajada oshganida ishni to’xtatishga majbur bo’ladi.  

 

Yana uzoq masofalarga yugurish qonda glyukoza miqdorini keskin 



kamaytirib yuborishi mumkin. Sportchilar qonida glyukoza miqdori 50 mg% 

bo’lganida h’am ular ishni davom ettira oladi. Sport bilan shug’ullanmaganlar esa 

bu ah’volda ishni davom ettira olmaydi.  

 

Nafas olish azolari.   



Mashq qilish o’pkaning h’am morfo-funktsional h’olatiga tasir ko’rsatadi. 

Masalan,  mashq qilish natijasida o’pkaning minutlik h’ajmi oshib boradi. Konkida 



mashq qiluvchilarda bu ko’rsatgich mashq qilishning boshida 147,9 l bo’lgan 

bo’lsa, oxiriga kelib 160,6 l-ga chiqadi. 

 

2.3. Jismoniy faoliyatda qon tizimida yuzaga keladigan o’zgarishlar 

 

Jismoniy mashq va jismoniy ish qilish barcha tizimlarga shu jumladan 



yurak–qon tomir tizimida o’zgarishlarga olib keladi. 

Jismoniy mashq qilganlikniing organizm fiziologik ko’rsatgichlariga tasiri. 

Maksimal ish bajarilganda Mashq 

qilmaganlarda 

Mashq 

qilganlarda 



Wpka ventiliyatsiyasi (l/min)  

50-70 


150-200 

O

2



 ining maksimal o’zlashtirilishi  (l/min)  

2,5-3,0 


5,0-6,0 

Yurak urish chastotasi   (1 min) 

160-180 

200-220 


Yurakning minutlik h’ajmi  (l) 

20 


35-40 

Yurakning sistolik h’ajmi  (ml) 

110-130 

150-200 


Qondagi shakar miqdori  (mg %) 

50-gacha 

30-gacha

 

Bunda yana qon tarkibining o’zgarishi yuz beradi. Bu o’zgarishlar 



chuqurligi jismoniy faoliyatning davom etish muddatiga, tezligiga bog’liq. Qonda 

bo’ladigan bunday o’zgarishlar bevosita jismoniy mashq bajaraliyotgan paytdan 

tashqari undan oldin (sport oldi reaktsiyasi) va keyin h’am kuzatiladi . Dastavval 

jismoniy faoliyat qon shaklli element larning ko’payishiga olib keladi. Bu xilda 

leykotsitlarning ko’payishi miogen leykotsitoz deyilib u uch xil bo’ladi.  

1.Limfatsitor leykotsitoz, bunda oq qon tanachalari 1mm

3

 10-12000 ga etadi. 



2. Birlamchi neytrofil leykotsitoz, bunda leykotsitlar soni 1 mm3 qonda 16-18000 

gacha ko’payadi. 

3.  İkkilamchi neytrafil leykotsitoz, oq qon tanachalari 1 mm3 qonda 30-50000 

gacha ko’payadi. Bu h’ol juda og’ir va davomli muskul faoliyatida kuzatiladi.  

 

Jismoniy mashq qondagi gemoglobin, glyukoza, yog’lar, ferementlarning 



ko’payishiga olib keladi. Kuchli jismoniy mashq qon tarkibidagi ayrim chala 

oksidlangan moddalar miqdorini ko’paytiradi. Masalan 100ml qonda sut 

kislotasining miqdori 200-250 mg etishi mumkin. Bu meyorga nisbatan 20-25 

marta ko’pdir.    

Jismoniy faoliyat natijasida konda kechadigan uzgarishlar muskullarning yuqori 

samara bilan ishlashini taminlaydi va bunda organizmn ichki muh’itining 

doimiyligi nisbatan barqaror saqlanadi.  

 

Qon tizimida yuz beradigan o’zgarishlar jismoniy faoliyatning davomliligi 



va intensivligiga bog’liq bo’ladi. 

 

Har qanday jismoniy faoliyatning boshlanishida qonda ichki sekretsiya 



bezlari tomonidan ajratiladigan bazi gormonlar miqdori oshadi. İshning davom 

etishi bilan organizmda gormonlarning foni o’zgarib boradi (bazi gormonlarning 

miqdori oshsa, bazilariniki kamayadi). Jismoniy faoliyat davomligi h’addan 


tashqari oshib ketsa, ichki sekretsiya bezlarining gormon h’osil qilish qobiliyati 

susayib ketadi. Asta sekin qon tarkibida gormonlar miqdori juda h’am kamayib 

ketib, boshqa omillar qatorida jismoniy faoliyatning to’xtashiga olib keladi.  

 

U yoki bu kuchlanishdagi jismoniy faoliyatning boshlanishida qon tarkibida 



qand moddasi miqdorining dastlabki oshib borishi kuzatiladi. Bu xodisa qandning 

(glyukozaning) zaxira joylaridan (jigardan) chiqishi sababli ro’y beradi. Qondagi 

qand moddasi miyaning asosiy oziqa moddasi bo’lgani kabi jismoniy faoliyatning 

boshlanishida bu modda muskullarning h’am asosiy oziqa moddasi bo’lib xizmat 

qiladi. Jismoniy faoliyatning davom etishi bilan qon tarkibida qand moddasi 

miqdori meyor darajaga kelib, keyinchalik ancha kamayib ketadi. 

 

Uzoq davom etadigan jismoniy faoliyatda yuzaga keladigan qon qandining 



kamayib ketishi organizmni oziqa manba sifatida yog’larni ishlatishga undaydi. 

Bunda yog’lar o’z zaxiralaridan (jigarda) chiqib, ishning 20-, 30-minutlarida 

ularning qondagi miqdori oshadi. İshning davom etishi bilan qondagi yog’ miqdori 

kamayadi. Bu esa o’z navbatida uzoq davom etgan jismoniy ishni (masalan 

marafon yugurishni) to’xtashiga olib keladi.  

 

Ёg’lani parchalanishi uzoq davom etadigan va murakkab jarayon bo’lib, u 



katta miqdordagi kislorodni talab qiladi. Shunga ko’ra bu jarayon faqatgina 

o’rtacha intensivlikdagi davomli yuklama sharoitida amalga oshishi mumkin. 

Jismoniy ish bajarish vaqtida qonga yog’lar faqat jigardan ajralishi mumkin. Teri 

osti yog to’qimasi yog’larining parchalanishi tiklanish davrida amalga oshadi. 

Yuqori masuliyatli musobaqalarda emotsional zo’riqish sportchiga charchashni 

yengishga yordam beradi va agar shu sharoitda amalga oshiriladigan intensiv 

jismoniy faoliyat qonda va jigardagi yog’ miqdorini tugatgan bo’lsa, bunday 

h’olatda organizm enenrgiya manbai sifatida oqsillarni ishlatishni boshlashi 

mumkin.  İntensiv jismoniy faoliyatda energiya olish maqsadida faqatgina engil 

parchalanadigan quyimolekulyar oqsillar ishlatiladi. Buning uchun 

immunoglobulinlar yaxshi to’g’ri keladi. Bunday sharoitlarda immunoglobulinlar 

miqdori kamayib ketishidan xatto ularni aniqlab bo’lmay qoladi.  

 

Trenirovka qilmagan odam organizmi oqsillar parchalanishidan ajraladigan 



energiya h’isobiga amalga oshadigan ishni davom etishga qodir bo’lmaydi.  

 

Jismoniy faoliyat etarli darajada davomli va intensiv bo’lganda (bir necha 



o’n daqiqa davomidagi yugurish) qon tomirlaridagi plazmaning bir qismi u erdan 

chiqib, h’ujayralararo suyuqlikka qo’shilib ketadi. Bu h’odisa qonda kislorod 

tashiydigan eritrotsitlar, h’amda boshqa shaklli elementlar miqdorini oshiradi. 

Bunday sharoitda bir xil xajmdagi qon miqdori ishlab turgan muskullarga ko’proq 

kislorod etkazib beradi. Lekin bunda qonnin qovushqog’ligi oshadi va yurak ishini 

og’irlashtiradi. 

 

Agar jismoniy faoliyat etarli darajadagi intensivlikda bo’lib, bir necha o’n 



minutdan ortiq davom etsa, qonga zaxira joylaridan (taloq, limfatik tugunlar, qizil 

suyak ko’migi, o’pka, jigar) malum miqdorda shaklli elementlar qo’shiladi 

(eritrotsit, trombotsit, leykotsit). Qonga qo’shimcha shaklli elementlarning chiqishi 

qondagi ularning kontsentratsiyasini yanada oshirib yuboradi. 

Qonda eritrotsitlar miqdorining oshishi tana h’ujayralariga kislorodni etkazilishini 

va ulardan karbonatangidritni olib organizmdan chiqarilishini kuchaytirsa, 



leykotsitlar miqdorining oshib ketishi organizmning ximoya funktsiyasini 

kuchaytiradi. Trombotsitlarning qondagi miqdorining oshishi qon ivish darajasini 

oshiradi. Muskul faoliyati uchun eritrotsitlar miqdorining oshishi eng katta 

ah’amiyatga egadir, chunki muskul to’qimasiga kislorodni etkizish tezligi uning 

ishlash qobiliyatini belgilaydigan asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.   

 

Uzoq davom etadigan va jadal ter ajralishi bilan amalga oshirilgan jismoniy 



faoliyatda (bir necha o’n daqiqa va undan uzoq) qon ter suqligi bilan qo’shimcha 

plazma suyukligini yo’qotadi, qaysikim qonning qovushqog’ligini yanada oshiradi. 

Jismoniy faoliyatda qon qovushqog’ligining umumiy oshishi 70 % -ga etishi 

mumkin (qo’shimcha shaklli elementlarning qonga chiqishi, ter bilan plazma 

suyuqligining yo’qotilishi, plazma suyuqligining h’o’jayralararo suyuqligiga 

qo’shilib ketishi va boshqa omillar) 

 

Jismoniy faoliyat davrida muskullarning jadal ishlashi natijasi bo’lmish 



qondagi parchalanish maxsulotlari  miqdorining oshishi kuzatiladi. Agar 

bajarilayotgan ish urta intensivlikda bo’lsa (yani o’rta quvvatli ishda) parchalanish 

maxsulotlarining qondagi miqdori katta bo’lmaydi, chunki ularning ko’pchiligi 

karbonat angidrid va suvgacha parchalanib organizmdan ajratish azolari orqali 

chiqarib yuboriladi. Agar jismoniy ish  bundan kattaroq quvvatda bo’lsa 

(submaksimal  va undan og’ir ish  -800-3000 m –ga yugurish) parchalanish 

maxsulotlarining h’osil bo’lish tezligi ularni ajratish tezligidan sezilarli darajada 

yuqori bo’ladi. Bundan tashqari parchalanish maxsulotlari oxirigacha suv va 

karbonat angidridgacha parchalanmay qolib, qonda qisman oksidlangan h’olda 

to’planadi va natijada qonning kislota-ishqor (rN) muvozanatini o’zgartiradi. 

Bunday sharoitda qondagi qisman oksidlangan maxsulotlarning yig’ilishi jismoniy 

faoliyatning susayib ketishi va h’atto uning to’xtab qolishini yuzaga keltiradigan 

muh’im omillardan  biri bo’li h’isoblanadi. 

Qonda eritrotsitlar kontsentratsiyasining oshishi uning o’pkada kislorod bilan 

yuqori darajada to’yinishini taminlaydi. Yani jismoniy faoliyat vaqtida tinchlik 

h’olatdagiga nisbatan arterial qon kislorodga ancha boy bo’ladi. Shu bilan birga 

ishlab turagan muskullar tinch h’olatdagilariga nisbatan ko’proq kislorod sarf 

qiladi va shu bilan qon tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytiradi. Shunday qilib, 

venoz qon jismoniy ish qilish vaqtida tinchlik h’olatdagiga nisbatan kislorodga 

to’yinish darajasi yanada pastroq va karbonatangidridga to’yinish darajasi esa 

yanada yuqoriroq bo’ladi. 

 


Download 178.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling