Yurak qon-tomir va yomon sifatli o‘sma kasalliklari ijtimoiy


Download 62.7 Kb.

Sana08.07.2018
Hajmi62.7 Kb.

Mavzu:  

 

 



Yurak qon-tomir va yomon sifatli 

o‘sma kasalliklari ijtimoiy 

gigienik muammo sifatida  

 


 Mashg‘ulot maqsadi: 

 

 



• Talabalarda yurak qon-tomir va 

yomon sifatli o‘sma kasalliklarning 

aholi orasida tarqalganlik darajasi 

kasalliklarni oldini olish va tibbiy 

yordam ko‘rsatishni takomillashtirish 

bo‘yicha ko‘nikmalarni shakillantirish 

 


Kutilayotgan natijalar:  

 

• Ma'ruza  talabalar ongida yurak qtomir va 



yomon sifatli o‘sma kasalliklari tufayli 

kasallanish mexnat qobiliyatini vaqtincha 

va turg‘un yo‘qotish, kasalliklar, tufayli 

bo‘ladigan ulim ko‘rsatkichlarni 

sindirishdir. 

 


Reja: 

• 1. Yurak qon-tomir kasalliklaridan o‘limning 

o‘zgarish tendensiyasi. 

• 2.  Yurak qon-tomir kasalliklarining 

profilaktikasi 

• 3.  Yomon sifatli o‘sma kasalliklari ijtimoiy-

gigienik muammo sifatida 

• 4. Yomon sifatli o‘sma kasalliklarining 

profilaktikasi 

 


 

Yurak qon tomir kasalliklari ijtimoiy-

gigienik muammo tarzida.  

 

• Yurak-qon tomir kasalliklarining IX ijtimoiy gigienik muammolari 



• Yurak qîí tomir kasalliklari xalqaro kasalliklar 

klassifikatsiyasining snifida joylashgan bo‘lib ushbu 

kasalliklarning kelib chiqishi ijtimoiy gigienik omillarga ya'ni 

mexnat va turmush sharoitiga bog‘liqdir. 

• Yurak qîí tomir kasalliklari zamonaviy sog‘liqni saqlashning 

dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.Qon aylanish tizimi 

kasalliklari sinifiga yurak shishlik kasalligi, gipertenziya, miya qîí 

aylanish buzishlari va yurak rematik kasalligi kiritiladi. Yurakning 

ishemik kasalligi va miya qon aylanish buzishlari rivojlangan 

shuningdek rivojlanib kelayotgan ko‘pgina mamlakatlarda 

o‘limning asosiy sabablari hisoblanadi. Ularni “ ievilizatsiya 

kasalliklari” deb ataladi chunki ular etiologik jihatidan,  chekish 

gipodinamiya va  xayvonot  yog‘lariga boy ovqat singari 

omillariga bog‘liq. 

 


• Bu uchlik “xayot tarzi omillari” umumiy nomi 

ostida ma'lum, ularning ta'siri tegishli individual 

va  ijtimoiy profilaktik choralar bilan tuzatilib 

turadi, bu so‘ngi 30 yil ichidagi sog‘liqni saqlash 

amaliyoti bilan tasdiqlanadi. 

Bu kasalliklarning aholining turli guruhlari 

o‘rtasida tarqalganligiga aniq baho berish 

hozirgi vaqtda qiyin yoki  mumkin emas, chunki 

standart diagnostik mezonlari va  

terminologiyasi ishlab  chiqilmagan, bu esa 

mazkur kasalliklarning tarqalganligiga doir 

epidemiologik asoslangan tadqiqotlar 

o‘tkazishni qiyinlashtiradi 

 


Yurak qon tomir kasalliklaridan 

o‘limning o‘zgarishi tendensiyasi. 

 

• Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida yurak qon-tomir 



kasalliklari 65 va undan katta yoshdagi axoli orasidagi 

o‘limning oldini olish mumkin bo‘lgan sabablari ichida 

eng ko‘p uchraydi. Xususan ular yevropa xududida 

barcha  o‘limlarning 49% ni tashkil etadi 

• Yurak qon-tomir  kasalliklaridan o‘limning 

standartlashtirilgan koeffitsentlari  100. 000 aholiga 

nisbatan Markaziy Osiyo respublikalari va yevropaning 

boshqa xududlari bilan 1981-1998 yillar uchun 

taqqoslanganda shu narsa ma'lum bo‘ldi: 

• Markaziy Osiyo respublikalari uchun yurak qon-tomir 

kasalliklaidan yuqori darajadagi o‘lim  xosdir 

 


• Ushbu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo respublikalarida yevropa  

regioniga nisbatan yuqori darajada qolmoqda. Jumladan, 

1996 y Markaziy Osiyo respublikalari bo‘yicha barcha 

yoshlar uchun o‘rtacha o‘lim  ko‘rsatkichi yevropa 

Xamkorligi (yeX) mamlakatlari aholisi o‘rtasidagi o‘lim 

ko‘rsatkichi 2, 7 marta, 65 yoshgacha bo‘lgan guruxda esa – 

2,4 marta yuqori bo‘lgan. yevropa xamkorligi 

mamlakatlarida o‘limning o‘rtacha ko‘rsatkichi 1970 

yillardan boshlab stabil ravishda kamaymoqda, Markaziy 

Osiyo respublikalarida esa o‘lim ko‘rsatkichining 1993 

yildan boshlab keskin o‘sishi kuzatilmoqda; 

Yurakning ishimik kasalligi tufayli o‘lim Markaziy Osiyo 

respublikalarida  0-64 yoshda yevropa xamkorligi 

mamlakatlaridagi o‘lim ko‘rsatkichlaridan 4,2 marta 

yuqoridir 

 


• Markaziy Osiyo respublikalarida 

yurakning  ishimik kasalligi tufayli o‘lim 

xam erkaklar, ham ayollar o‘rtasida 

1986-1996-yillar davomida ortmoqda  

• 1997-yildan boshlab esa ushbu 

ko‘rsatkichning bir oz pasayishi va  

stabilashuvi kuzatilmoqda. 

 


Markaziy Osiyo respublikalarida 100. 000 aholiga 

nisbatan yurak qon-tomir kasalliklari bilan kasallanish 

va o‘lim 

 

 



Yurak qon tomir kasalliklarining 

profilaktikasi

 

 

• Turmush darajasi o‘sishi, dam olish 



imkoniyatlarining ko‘payishi va turmush 

tarzining  o‘zgarishi, xavfli omillar 

to‘g‘risida bilimlarni ko‘proq egallash, 

tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatining 

oshganligi va undan foydalanish osonligi 

kabilar hisobiga xavfli omillarning 

kamayganligi kasallanishning pasayishiga 

imkon beradi. 

• Davolash va profilaktikaning asosiy 

tamoillari yurak  kasalligini intensiv 

davolash, odat bo‘lib qolgan 

ovqatlanishni o‘zgartirish, chekishdan 

butunlay voz kechish, muntazam  

jismoniy yuklama va atrofdagi sog‘lom 

satsial psixologik muxit hisoblanadi. 

 


Yurak qon tomir kasalliklariga qarshi kurashga kompleks 

yondoshuvlar quyidagilardan iborat

 

• 1



. Keng jamiyatchilikka xavfli omillar  ta'sirini qisqartirish zarurligi 

bilimlarini berish 

2. Ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishdagi siyosat: sut va go‘sht 



maxsulotlarida yog‘lar miqdorini izchil pasaytirish 

3. Chekishga qarshi: tashkil maxsulotlariga sog‘liqlarni oshirish, ularni 



reklama qilishni ta'qiqlash, ish joyida va jamoat joylarida chekishni 

ta'qiqlash 

4. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotdlari: aholini muntazam jismoniy 



faolikka, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga sharoitlar yaratish 

5. Ortiqcha vazinni yo‘qotish 



6. Sog‘lom turmush tarzini targ‘iboti 

7. Tibbiy ta'minot-tibbiyot xodimlarining birlamchi profilaktika 



metodikalarini o‘rganishi 

8. Aholini diabet, gipertenziya va qonda xoletirin miqdori olganligiga  



tekshirish 

9. Tez yordam xizmati va statsionar tibbiy xizmat ko‘rsatish 



10. Reabilitatsiaya 

 


• Shunday qilib mazkur muammo 

rivojlanayotgan mamlakatlarning, ayniqsa 

rivojlanishining o‘rtacha darajasida turgan 

mamlakatlarning davlat siyosatining qismi 

bo‘lib qolishi kerak, chunki ularda 

epidemiologik o‘tish boshlanib bo‘lgan va 

yurak qon tomir  kasalliklari o‘limining 

asosiy sababchisiga aylangan. 

 


Yomon sifatli o‘sma kasalliklarini 

ijtimoiy-gigienik  muammoligi 

 

 



• Yomon sifatli o‘sma kasalliklari xalqaro 

kasalliklar klassifikatsiyasining 2 chi 

sinfida joylashgan bo‘lib, kasalliklarning 

kelib chiqishi ijtimoiy gigienik  omillarga 

ya'ni mexnat va turmush sharoitlariga  

bog‘liq. 

• Yomon sifatli o‘sma  kasalliklari 

riaojlangan mamlakatlarda o‘lim 

ko‘rsatkichi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni 

egallaydi va rivojlanish darajasi o‘rtacha 

rivojlanayotgan  mamlakatlarda tobora 

axamiyatli  epidemiologik omil bo‘lib 

qîëìîqäà  


• Yomon sifatli o‘sma kasalliklari jamoat 

sog‘lig‘ini saqlashning jiddiy muammosi, 

chunki  u o‘limning  asisiy sabablaridan biri 

hisoblanadi.  

Yomon sifatli o‘sma  kasalliklari Markaziy 

Osiyo respublikalarida  o‘limning asosiy 

sabablaridan  biri hisoblandai va uning  

strukturasi nafas olish a'zolari kasalliklari bilan 

bir qatorda ikkinchi o‘rinni egallab, barcha 

o‘lim xolatlarining 9% ni tashkil etmoqda  

 


• 1981-1998 uchun Markaziy Osiyo  

respublikalari bo‘yicha 100. 000 aholiga 

nisbatan yomon sifatli o‘sma  kasalligini 

standartlashtirilgan  koeffitsentlarini 

yevropa xududlar bo‘yicha o‘rtacha 

ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanganda 

quyidagilar ma'lum bo‘ladi: 

 


 

1. Markaziy Osiyo respublikalarida yomon sifatli o‘sma  kasalligidan o‘lim 



Qozog’iston tashqari – yevropa  davlatlariga nisbatan eng past ko‘rsatkichlardan. 

2. 1987 yildan boshlab Markaziy Osiyo respublikalarida yomon sifatli o‘sma 



kasalligidan o‘limning turg‘un ravishda kamayishi kuzatilmoqda 

3. O‘pka (taraxeya) bronxlar o‘sma kasalligidan o‘lim Markaziy Osiyo 



Respublikalarida Markaziy va Sharqiy yevropa va yevropa xamkorligi  

mamlakatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan past. 

4. Erkaklar orasida  nafas olish a'zolari o‘sma kasalligidan o‘lim Markaziy Osiyo 



respublikalarida ayollar o‘limiga nisbatan 5 marta yuqoridir. Bu xolatni chekishni keng 

tarqalganligi bilan tushuntirish mumkin. 

5. Markaziy Osiyo xududida o‘sma  kasalligidan eng yuqori o‘lim  Qozog’istonda 



kuzatiladi.  

6. Markaziy va Sharqiy yevropa  mamlakatlarida bachadon bo‘yni o‘sma kasalligidan 



eng yuqori o‘lim kuzatiladi 100. 000 axoliga nisbatan 9,6 Markaziy Osiyo 

respublikalarida 6,3 ga teng.  

  7.   Markaziy Osiyo respublikalarida ayollarning sut bezi o‘sma kasalligidan o‘lim 



ko‘p yillar davomida yevropa xududlariga nasbatan o‘sish tendensiyasi past 

8. Markaziy Osiyo xududida sut bezi o‘smasidan o‘lim Qozog’istonda yuqori bo‘lib, 



bu yerda shuningdek uning  eng yuqori o‘sishi kuzatilmoqda  

 

 



Markaziy Osiyo respublikalarida  

100. 000 aholiga nisbatan yomon sifatli o‘sma 

kasalligidan kasallanish va  o‘lim  

 

1990й



 

1995й


 

2000й


 

Қозоғистон 

 

188, 5


 

136, 0


 

173, 0


 

133, 3


 

181, 2


 

129, 6


 

Қирғизистон

 

121, 6


 

75, 9


 

93, 8


 

62, 6


 

95, 7


 

60, 2


 

Тожикистон 

 

71, 6


 

50, 5


 

25, 9


 

27, 9


 

39, 7


 

26, 0


 

Туркманистон

 

82, 6


 

62, 7


 

55, 3


 

46, 7


 

62, 2


 

38, 2


 

Ўзбекистон 

 

76, 2


 

53, 0


 

68, 5


 

43, 8


 

71, 3


 

39, 0


 

Yomon sifatli o‘sma kasalliklarining 

profilaktikasi 

 

 



• a) Birlamchi profilaktika  

 

• 1. Chekishga qarshi profilaktika  



• 2. Ovqat ratsionida yog‘lar miqdori kam, mevalar, 

sabzavotlar va  klechatka miqdori esa ko‘p bo‘lgani 

yaxshi 

• 3. Asbest unumlari ta'sirini pasaytirish 



• 4. Ochiq quyosh nuri ostida bo‘lishni chegaralash 

• 5. Kimyoviy kanserogen moddalar, masalan pestitsidlar 

ta'sirini kamaytirish yoki bartaraf qilish. 

• 6. V-gepatitga qarshi  vaksinatsiya 

• 7. Xonalarda rodon miqdorini tekshirish va  uning 

konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda uni pasaytirish 

• 8. Tasodifiy va xavf soladigan jinsiy aloqalardan voz 

kechisha) Birlamchi profilaktika  

 


• b) Ikklamchi profilaktika erta tashxislash, skrining 

 

• 1. O‘pka raki o‘pka  rentgenoskopiyasi 



• 2. Sut bezlarini tekshirish: xar oyda o‘z-o‘zini tekshirish, 40-

50 yoshdagi ayollarda xar 2-3 yilda va 50 yoshdan oshgan 

ayollarda esa xar yili mammografiya tekshiruvidan o‘tkazish 

• 3. Chambar va to‘g‘ri ichak o‘sma –45  yoshdan oshgan 

erkaklar va ayollarda xar yili retroskopiya, axlatni yashirin qîí 

ketishini aniqlashga analiz. 

• 4. Bachadon bo‘yni o‘smasi: neoplaziyani aniqlash uchun 

Papa-Nikolats surtmasini olish xavf guruxlari uchun iqtisodiy 

jixatdan o‘zini oqlagan usul xisoblanadi. 

 


Tekshirish o‘tkazish guruxlari  

 

• - faol jinsiy turmush kichirayotgan guruhlar (ayollar), 



xavf omillariga ko‘ra xar 1-3 yilda 

• - ijtimoiy iqtisodiy statusi past shaxslar. 

• - qamalganlar foxishalar. 

• - anamnezida jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklari 

bo‘lgan shaxslar 

• - jinsiy xayotni erta boshlagan shaxslar 

• - pala partish jinsiy aloqa qiladigan shaxslar 

• - anamnezida obort bo‘lgan ayollar 

• - anamnezida epiteliyning tangachasimon qashilashi 

displaziyasi bo‘lgan shaxslar 

• - yolg‘iz onalar 

 


Ma'ruzaning ta'minoti 

 

 



• Jadvallar yurak qon-tomir va o‘sma 

kasalliklari bilan kasallanishi va  o‘lim, 

yurak  ishimik kasalligi rivojlanishida 

oshgan xavfning individdal omillari. 

 


Talabalarning mustaqil ishlari  

 

• Yurak qon-tomir kasalliklarini pasaytirish 



istiqbollari. O‘sma kasalligiga karshi 

targ‘ibot ishlarini olib borish. 

 


Nazorat savollari:

 

 



• 1. Yurak qon-tomir kasalliklari nima 

sababdan ijtimoiy gigienik  muammo 

sifatida  qaraladi. 

• 2. Yurak qon-tomir kasalliklari bilan 

kasallanish va o‘lim 

• 3. Yurak qîí tomir  kasalliklarining 

profilaktikasi nimalardan iborat 

• 4. Yomon sifatli o‘sma kasalliklari 

ijtimoiy-gigienik muammo sifatida 

• 5. Yomo sifatli o‘sma kasalliklari bilan 

kasallanish va o‘lim 

• 6. Yomon sifatli o‘sma  kasalliklarini 



profilaktikasi nimalardan iborat 

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling