Xronik gastrit. Etiologiyasi. O’tkir gastritning keltirib chiqargan sabablar
yo’qotilmasa, kasallik xronik formaga o’tib ketishi mumkin. Xronik gastrit ko’pincha
me’da shilliq qavatining sekin-asta yallig’lanishi oqibatida paydo bo’ladi. Me’da
shilliq qavatining yallig’lanishiga ba’zan kasb ham sabab bo’ladi, chunki issiq
sexlarda ishlovchilarda ham kasallik uchrab turadi.
Nikotindan zaharlanish va o’tkir gastritni davolashni oxiriga yetkazmaslik ham
xronik gastritga sabab bo’ladi. O’pkaning yiringli kasalliklarida bemor ba’lg’am
bilan patogen mikroblar yutganda han xronik gastrit vujudga keladi. Xronik gastrit
me’da yarasi va rak paydo bo’lishiga zamin yaratadi.
Belgilari. Ishtahaning pasayishi, kekirish, jig’ildon qaynashi, ba’zan ko’ngil
aynishi va qayt qilish, me’da osti sohasida og’irlik sezish va boshqalar. Odatda
yuqoridagi belgilar ko’pincha bemor parhezni buzishi oqibatida ro’y beradi. Kasallik
bemor ovqatlangandan bir oz vaqt keyin og’riq paydo bo’lishi blian xarakterlanadi.
Kislotali gastritda ko’pincha kekirish nordon bo’lib, qusuq massasidan ham nordon
hid kelib turadi. Xronik gastritda ba’zan me’dada chirish protsessi ro’y berishi
tufayli kekirish badbo’y bo’ladi (sassiq kekirik). Bemorning tili qalin karash
bog’laydi. Kasallik yillar davom etishi, bemor ahvoli vaqti-vaqti bilan yaxshilanib
turishi mumkin. Bu hol bemorning turmush sharoitiga hamda vaqtida tegishli davo
choralari k’orilishiga bevosita bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |