Enterit
Enterit ko’pincha ovqat hazm qilish protsessi izdan chiqib, bemorning ahvoli
og’irlashishiga sabab bo’ladi.
O’tkir enterit. Etiologiyasi va patogenezi. O’tkir enteritning etiologik
faktorlaridan biri sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini is’temol qilishdir. Kasallikka
ichakning o’tkir yuqumli kasalliklari (ich terlama, paratif), shuningdek, zaharli
moddalar (margimush, simob, yod salitsilat, ba’zi sanoat korxonalaridan chiqadigan
zaharli gazlar va hokazolar) bevosita sabab bo’ladi. Bundan tashqari, me’da osti bezi
sekretor funksiyasining yetishmovchiligi ham kasallikning paydo bo’lishida muhim
o’rin tutadi. Kasallik aksari yoz-kuz oylarida uchraydi.
Belgilari. Kasallik to’satdan boshlanadi. Dastlab xuruj tarzida kindik atrofida
og’riq paydo bo’lib, qorin quldiraydi, ich tez-tez va suyuq keladi
(sutkada 5-8 marta), axlat badbo’y bo’ladi, bemorning ko’ngli aynib, qayt qiladi,
ishtahasi yo’qoladi, og’zidan sassiq hid kelib, tili qurib karash boylaydi. Sutka
davomidagi siydik miqdori kamayib, konsentratsiyasi oshadi. Puls tezlashadi,
kasallikning og’ir formasida arterial bosim pasayib, kollapsga qadar borib yetadi.
Bemorning rangi oqaradi, labi qurib qoladi. Qo’l-oyog’i sovib tortishadi, organizmda
tuz miqdori kamayishi va suvsizlanishdan boldir muskullarida og’riq paydo bo’ladi.
Gavda temperaturasi ko’tarilishi mumkin. O’tkir enterit bilan og’rigan bemorlarga
o’z vaqtida davo qilinsa, ular sog’ayib ketadi. Biroq u xronik enteritga aylanishi ham
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |