Yurak ritmini buzilishi(Aritmiya) patofiziologiyasi davolash printsiplari Tekshirdi: Alimdjanova Gulchexra


Taxikardiya – yurak faoliyatining buzilishi, unda bir daqiqada tinch holatda 90–100 martadan koʻproq yurak urishi kuzatiladi


Download 307.85 Kb.
bet2/6
Sana25.02.2023
Hajmi307.85 Kb.
#1231111
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yurak ritmini buzilishiAritmiya potofiziologiyasi davolash prinsiplari

Taxikardiya yurak faoliyatining buzilishi, unda bir daqiqada tinch holatda 90–100 martadan koʻproq yurak urishi kuzatiladi. 

  •  Aksariyat hollarda vegetotomir distoniyasi (VSD) bilan birga keladi. Taxikardiyada agar nafas tutilib turilsa sezilarli darajada yurak urish ritmi kamayadi. Taxikardiya tana harorati oshganda tireotoksikozda, miokarditlarda, kamqonlik oqibatida rivojlanadi. Paroksizmal taxikardiya – bu aritmiyaning bir turi boʻlib daqiqasiga 140–240 taga etadigan yurak urishi xurujlari bilan xarakterlanadi. U toʻsatdan boshlanadi va ana shunday toʻsatdan tugallanadi. Bir necha soniyadan tortib bir necha kungacha davom etishi mumkin. Taxikardiya xurujida bemorda ter chiqishi, harorat koʻtarilishi, holsizlik, alahsirash, yurak atrofida noxush sezgilar kuzatiladi.

Bradikardiya  -yurakning daqiqasiga 40–60 martadan kam urishidir. Ushbu maʼlumotlar katta yoshlilar uchun standart meʼyor hisoblanadi, bolalar uchun ularning yoshi boʻyicha maxsus darajalash mavjud. 

Bradikardiya  -yurakning daqiqasiga 40–60 martadan kam urishidir. Ushbu maʼlumotlar katta yoshlilar uchun standart meʼyor hisoblanadi, bolalar uchun ularning yoshi boʻyicha maxsus darajalash mavjud. 

  • Aksariyat sogʻlom, ayniqsa, jismonan chiniqqan shaxslarda uchraydi. Sportchilarda koʻp kuzatiladi, tinimsiz mashqlar oqibatida yurak mushaklari baqquvatlashadi. Natijada bunday yurak normadan sekinroq ursa ham organizmni qon bilan taʼminlab bera oladi. Undan tashqari, bradikardiya patologik jarayonlar natijasi ham boʻlishi mumkin. Masalan miokard infarkti, qalqonsimon bez (gipotireoz) faoliyati susayishi, ayrim virusli kasalliklar, zaharlanish taʼsiri va boshqalar. Vaqti-vaqti bilan bradikardiya yurak atrofida noxush tuygʻularni paydo qiladi.

Yurak blokadasi (qamali) – impulsning yurak boʻlmasidan yurak qorinchasiga oʻtishidagi buzilishdir. Daqiqasiga 40 zarbdan kamroq chastotali bradikardiya bilan xarakterlanadi. Blokadalar barqaror va oʻtkinchi boʻlishi mumkin. Miokarditlar, kardioskleroz, miokard infarkti paytida, ayrim dorilar taʼsiri ostida (yurak glikozidlari, betaadrenoblokatorlar, verapamil) yuzaga keladi. Barqaror bradikardiyada bosh aylanishi, hushdan ketish hollari kuzatilishi mumkin. 

  • Yurak blokadasi (qamali) – impulsning yurak boʻlmasidan yurak qorinchasiga oʻtishidagi buzilishdir. Daqiqasiga 40 zarbdan kamroq chastotali bradikardiya bilan xarakterlanadi. Blokadalar barqaror va oʻtkinchi boʻlishi mumkin. Miokarditlar, kardioskleroz, miokard infarkti paytida, ayrim dorilar taʼsiri ostida (yurak glikozidlari, betaadrenoblokatorlar, verapamil) yuzaga keladi. Barqaror bradikardiyada bosh aylanishi, hushdan ketish hollari kuzatilishi mumkin. 

Download 307.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling