Yurak tomir kasalliklari; Qon bosimi


Download 184.18 Kb.
bet34/37
Sana16.06.2023
Hajmi184.18 Kb.
#1509909
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
yurak qon tomir kasaliklari 2

Diagnostika[


Sinusli bradikardiya
Yurak qisqarishlar sonining 1 minutda 60 tadan kam boʻlishi. Bunda Normal P tishdan keyin normal QRS kompleksi keladi.
Sinusli taxikardiya
Yurak qisqarishlar sonining 1 minutda 90 tadan koʻp boʻlishi. Bunda Normal P tishdan keyin normal QRS kompleksi keladi. Ikkovi ham Fiziologik va patologik boʻlishi mumkin.
Sinusli aritmiya
R-R oraliqlar turlicha. Normal P tishdan keyin normal QRS kompleksi keladi. Bu odatda yosh bolalarda uchrab, “nafas aritmiyasi” deb ham ataladi.
Boʻlmachalar titroq aritmiyasi
1. EKGda bir-biriga oʻxshash, arrasimon shakldagi, koʻp – minutiga 200-400 tagacha – regulyar F tishlarning boʻlishi.
2. Odatda qorinchalardagi ritm toʻgʻri va F-F oraliqlar bir xil.
3. Qorinchalar kompleksi (QRS) oʻzgarmagan va har biri oldidan aniq miqdorda boʻlmacha toʻlqinlari Fning boʻlishi.
Boʻlmachalar hilpillovchi aritmiyasi
1. Barcha tarmoqlarda P tishchaning yoʻqligi.
2. Butun yurak sikli davomida tartibsiz, turli shakl va amplitudadagi f toʻlqinlarning boʻlishi.
3. Qorinchalar kompleksi (QRS)ning notoʻgʻri ritmi(R-R intervallar davomiyligining har xilligi).
4. QRS komplekslari shakli odata oʻzgarmagan, deformatsiya va kengayishlarsiz.
Qorinchalar titroq aritmiyasi
1. EKGda regulyar, shakli va amplitudasi bir xil boʻlgan, koʻp – minutiga 200-300 tagacha – sinusoidga oʻxshagan toʻlqinlar.
Qorinchalar hilpillovchi aritmiyasi
1. EKGda noregulyar, bir-biridan shakli va amplitudasi boʻyicha farq qiluvchi, koʻp – minutiga 200-500 tagacha – toʻlqinlar.
Yurak avtomatizmi buzilishi bilan kechadigan aritmiyalar Ushbu aritmiyalar 2 guruxga bo‘linadi. Birinchi gurux aritmiyalarni nomotop ritmli aritmiyalar deyiladi, ushbu aritmiyalarda qo‘zg‘alishlar sinus tugunida hosil bo‘ladi, bularga: sinusli taxikardiya, sinusli brakdikardiya, sinusli aritmiyalar kiradi. Ikkinchi guruxga kiruvchi aritmiyalarni geterotop ritmli aritmiyalar, ya’ni sinus bo‘lmacha tugunlarni bo‘shashi sindromi deyiladi. Ushbu aritmiyalarda impulslar sinus tugunda emas, balki o‘tkazuvchi tizimning u yoki bu qismida yuzaga keladi, atrio- ventrikulyar ritm, yurak ritmini ta’minlovchi qisqarishlar migratsiyasi, bo‘lmacha qisqarishlarining to‘xtashi, idioventrikulyar ritm, interferlovchi dissotsiatsiyalar ushbu aritmiyalarga misol bo‘ladi. Atrio-ventrikulyar ritm
Yurak ritmini boshqaruvchisi ushbu aritmiyada, sinus tuguni bo‘lmay, balki atrioventrikulyar tugun bo‘lib qoladi, lekin ushbu aritmiya rivojlanishida impuls tugunning qaysi qismidan hosil bo‘layotganligi ham katta ahamiyatga ega. Impulslar yuqori bo‘lmacha sohasida, o‘rta bo‘lmacha va qorincha chegarasida, quyi qorincha soxalarida hosil bo‘ladi. Ushbu aritmiya, yurak faoliyatiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, bemorlar aytarli shikoyat qilmaydi. Ob’yektiv ko‘rilganda bo‘yin venasining pulsatsiyasi kuzatiladi. Puls 80-40 ta bo‘ladi. EKGda esa R tish manfiy bo‘lib, QRS kompleksi oldida yoki qo‘shilib ketadi. Diagnoz faqat EKG asoslanib qo‘yiladi.
Interferlovchi dissotsiatsiya
Ushbu aritmiyada impulslar 2 ta o‘chog‘ yuzaga chiqadi, ya’ni sinus va atrioventrikulyar tugunlarda hosil bo‘ladi, qizig‘i shundaki, sinus tugunidan ko‘ra, atrioventrikulyar tugunda impulslar ko‘p hosil bo‘ladi. Bu aritmiyani sinus tuguni jarohati, ayrim infeksion kasalliklar, o‘tkir revmatizm, miokarditlar keltirib chiqaradi. Tashhisi asosiy kasallikka qarab qo‘yiladi. EKGda qorincha va bo‘lmacha bir- biriga bog‘liq bo‘lmagan xolda qo‘zg‘alishi kuzatiladi.
Artitmiya Aritmiya – asosan yurak faoliyatining tartibsiz urishi desak boʻladi.
Aritmiya – asosan yurak ishlashida uzilishlar keltirib chiqaradigan kasalliklarning katta guruhi bo‘lib, yurakning juda tez urishi urishi, yuqori puls, tartibsiz ritmlar yuzaga kelishidan iborat. Ushbu barcha uzilishlar yurak kameralari ishlashiga ta'sir qiladi. Odatda, yurak faoliyatida hammasi joyida bo‘lsa, kameralar doimiy tartibdagi kabi qisqaradi. Ammo aritmiya boshlanishi bilan yurak kameralari qon o‘z vaqtida yetib kelmagani sababli tartibsiz ravishda siqila boshlaydi. Bu insonning umumiy his qilishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.


Download 184.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling