Юридик психологиянинг долзарб вазифалари ва предмети
Yuridik psixologiyaning fan sifatida shakllanishi
Download 58.5 Kb.
|
1.yuridik psixologiya
2. Yuridik psixologiyaning fan sifatida shakllanishi.
Davlat va jamiyatning huquqiy asoslarini mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish hamda ularga qarshi kurash samaradorligini oshirishda huquqiy psixologiya muhim kasb etadi. Psixologiya bilimlarini har tomonlama chuqur egallash, ko`nikmalar hosil qilish huquqshunosning yuksak muomala madaniyatini ta`minlaydi. Psixologik madaniyat huquqshunoslik faoliyati samarasini oshiribgina qolmay, uning insonparvarlik mohiyatini namoyon etadi. Yuridik psixologiya fan sifatida yuz yildan avval tarkib topib rivojlana boshladi. Kriminalistika va kriminologiya bilan bog`liq yo`nalishda yuridik psixologiya nisbatan mukammal taraqqiy etgan bo`lib, bu tezkor-qidiruv va tergov faoliyatida psixologik bilimlarni qo`llash, shuningdek, sodir etilgan jinoyatning determinantini (aniqlovchisi) aniqlash, assotsial xatti-harakatlarning oldini olishda psixologiya metodlarini qo`llash bilan bog`liqdir. Ilm-fan, turmushning barcha sohalarida huquqiy masalalarni hal qilishda yuridik psixologiya fanini rivojlantirish muhimdir. Kishilar bilan ishlay olish huquqshunos ishining asosini tashkil qiladi. Bu bir qator o`zaro bog`liq omillarni: kishilarning fe`l-atvorini o`rganish, baholash, ular bilan psixologik aloqa o`rnatish va bu aloqani mustahkamlash, ularga ta`sir o`tkazish, tarbiyalash kabilarni qamrab oladi. Huquqshunosning psixologik madaniyati huquq - tartibot idoralari barcha xodimlaridan psixologik bilimlar majmuini, shuningdek, ko`nikma va uslublarni egallashni talab etadi, bu yuksak muomala madaniyatini shakllantiradi. Psixologiyani puxta egallagan tergovchi suhbatdoshining qiyofasi, oddiy kishi nazariga tushmaydigan, ikir-chikirdek tuyulgan odatlari, so`zlash ohangi, o`zini tutishi kabilarga qarab ichki dunyosiga, ma`naviyatiga baho bera oladi va suhbatni shunday tashkil qiladiki, natijada o`zaro ishonch, psixologik muloqot o`rnatishga muvaffaq bo`ladi. Bu psixologik bilimlar huquqshunoslik faoliyati samaradorligini oshishiga olib keladi. Nazariyotchi va amaliyotchi olim A.F Koni yuridik psixologiyani rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shdi. U guvohlar va jabrlanuvchilarning psixologiyasini, ko`rsatmalarini o`rganishga juda katta e`tibor berdi. Shuningdek, sudya kursisini egallash uchun tazyiq, iltimos, tevaragidagilarning ijtimoiy fikr niqobidagi ijtimoiy hissiyotlarning ta`siriga tura oladigan irodaga ega bo`lish zarurligini e`tirof etdi. O`tgan asrning 69-yillariga kelib, bu sohaga nisbatan nuqtai-nazarlar o`zgardi. Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so`ng yuridik psixologiya fanini taraqqiy ettirish uchun keng ufqlar ochildi. Bu fan o`z taraqqiyotining shartli ravishda yangi bosqichiga ko`tarildi. Download 58.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling