Yuridik psixologiya
Download 2.33 Mb.
|
Юридик псих. мажмуа (3)
Tergov eksperimentini o’tkazish paytida tergovchi, birinchi navbatda, ayblanuvchi bilan lozim darajadagi psixologik aloqani o’rnatishi lozim (agar u bu paytga qadar o’rnatilmagan bo’lsa). Tergov eksperimentini o’tkazishning qat’iy o’zgarmas sharti – ayblanuvchining o’zi sodir etgan jinoyatga sidqidildan iqror bo’lishi hisoblanib, bu uning tergov harakatiga ichki tayyorgarligidan dalolat beradi.
Agar ayblanuvchining katta mahoratni talab qiladigan (masalan, qalbaki pul tayyorlash, murakkab qulfli qurilmalarni ochish va boshq.) harakatlarni namoyish etishi lozim bo’lsa, unda tergovchiga ayblanuvchini, tabiiyki, bunda unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish haqida unutmasdan, birmuncha «qizdirish», shuhratparastligini kuchay- tirish taqiqlanmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tergov eksperimentiga tayyorgarlik ko’rish jarayonida nafaqat unda ishtirok etuvchilarni tavsiflovchi umumiy jismoniy va psixik ma’lumotlar, balki ularning tajriba o’tkazish paytidagi psixosomatik holatini ham hisobga olish zarur. Kasallik, vahima, qo’rqish, xavotirlanish va hatto oddiygina charchoq ham bo’lib o’tayotgan jarayonlarni idrok qilishni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Ma’lumki, masalan, kuchli tumov chog’ida hidni sezish juda kamayadi; katta-kichiklikni, o’lchamni, shakl va rangni idrok qilish shakllanishining sur’ati va izchilligi insonning yoshiga bog’liqligi aniqlangan. Odatda, eksperiment paytida tergovchini qiziqtirayotgan jinoiy qilmish muhitidagi moddiy olamning predmetlari qo’llaniladi. Bu tekshirilayotgan voqyeaning faktik rivojlanishi natijalarini eksperiment orqali olishni eng yuqori darajada ta’minlaydi. Biroq ba’zan buni amalga oshirib bo’lmaydi: ish uchun muhim bo’lgan ayrim predmetlar kuchli shikastlangan yoxud jinoyat jarayonida butunlay yo’q qilingan, boshqalari vaqt o’tishi bilan o’zining dastlabki sifat va xususiyatlarini o’zgartirgan bo’ladi, yana bir esa yetarli miqdorda bo’lmaydi. Bunday holatlarda tergovchi eksperimentni tashkil qilishda haqiqiy predmetlarni ularning modellari bilan almashtirishga majbur bo’ladi. Shuni ta’kidlash joizki (psixologik jihatdan bu juda muhim), eksperimental tadqiqotda foydalanish uchun yaroqli model deganda, tergovni qiziqtirayotgan obyektni aks ettirarkan, uning o’rnini obyekt haqida yangi ma’lumotlar beradigan darajada bosadigan moddiy tizimni tushunish lozim. Model ushbu sharoitlarda asl nusxaning analogi (o’xshashi) sifatida maydonga chiqadi. U asl (haqiqiy) nusxa o’rnida foydalaniladigan mutlaqo yaroqli vosita bo’lishi uchun barcha muhim belgilari va xususiyatlari bilan unga o’xshash bo’lishi lozim. Shuning uchun ham ta’kidlash mumkinki, eksperiment o’tkazishda modellashtirish obyektni uning modeli orqali bavosita o’rganishdan iboratdir. Tergov eksperimentini tashkil etishda tekshirilayotgan voqyea (hodisa, fakt) bo’lib o’tgan sharoitni tajribada qayta tiklash ancha murakkabdir. Bu tergovni qiziqtirayotgan qilmishning borishiga o’z vaqtida ta’sir ko’rsatgan hamda eksperimentda xuddi shunday namoyon qilishi lozim bo’lgan joy, vaqt va boshqa holatlarga daxldordir. Jinoyat ishlarini tergov qilish amaliyotini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ayblanuvchilar, guvohlar, jabrlanuvchilar ko’pincha o’z ko’rsatuvlarida bo’lib o’tayotgan voqyealarni ko’rishga xalaqit bergan, masalan, qorong’ilik yoki, aksincha, juda yorqin yoritilganlikni bahona qiladilar. Bunga quloq solmaslik mumkin emas. Bunday ko’rsatuvlarni eksperiment orqali tekshirishda jinoyat sodir etilgan paytda bo’lgan o’sha yoritilganlik sharoiti albatta qayta tiklangan bo’lishi, tekshirilayotgan shaxsning qorong’ilashtirilgan (yoki kuchli yoritilgan) joyda bo’lish muddatini va boshqalarni hisobga olish lozim. Yoritilganlikning birdan o’zgarishi bilan bog’liq voqyealarni o’rganganda, fiziologik moslashuv hodisasiga e’tibor qaratish, uning xususiyatlari va qonuniyatlarini hisobga olish lozim (masalan, agar yoritilganlik darajasi o’rtacha, taxminan 10 lyuks bo’lsa, moslashuv amaliy jihatdan 20 daqiqadan so’ng nihoya- siga yetadi, agar undan ko’p bo’lsa, taxminan bir soatdan keyin nihoya- siga yetadi; qorong’i xonadan yorug’likka chiqqanda ko’zlarning moslashi- shi tez yuz beradi va 3–5 daqiqa o’tishi bilan odam odatda normal ko’ra boshlaydi, biroq dastlabki daqiqalarda moslashuv qiyin kechadi). Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling