Yuridik psixologiya
-MAVZU:TANIB OLISh UChUN KO’RSATISh PSIXOLOGIYaSI
Download 2.33 Mb.
|
Юридик псих. мажмуа (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Predmetlarni va ularning tasvirini tanib olish, insonni va uning fotosuratini tanib olish uchun ko’rsatishning ahamiyati.
- Tanib olish tergov harakatida ishtirok etuvchi shaxslarning psixologik tavsifi
- Masalan: ular tanib olish uchun ko’rsatilgan shaxslardan birining sochi taqir qilib oldirilgan; yoki yuzida ikki kunlik kalta soqolning bo’lishi; tuf
11 -MAVZU:TANIB OLISh UChUN KO’RSATISh PSIXOLOGIYaSI.
(2 SOAT) REJA: 1.Tanib olish uchun ko’rsatish psixologiyasi prosessual qonun doirasida amalga oshiriladigan tergov harakati. 2.Tanib olish psixologiyasi va ularning turlari. 3.Predmetlarni va ularning tasvirini tanib olish, insonni va uning fotosuratini tanib olish uchun ko’rsatishning ahamiyati. 4.Tanib olishda yolg’on ko’rsatma va yanglishish holatlari va uni fosh yetish. 5.Ko’rsatma berish va uni fosh yetish usullari. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 125-moddasi (14-bob. Tanib olish uchun ko’rsatish)ga muvofiq, tanib olish uchun ko’rsatish guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa to’g’risidagi ko’rsatuvlarini tekshirib ko’rish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: bu ko’rsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlash zarur bo’lganda; surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga ma’lum bo’lgan ko’plab shaxs yoki narsalar orasidan ko’rsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur bo’lganda. Tanib olish uchun ko’rsatish tergov harakati asosan shaxsga qarshi jinoyatlar, hamda mulkiy xususiyatga ega jinoyatlarni tergov qilishda nisbatan ko’proq amalga oshiriladi. U ayblanuvchi (jabrlanuvchi, guvoh) shaxs, murda yoki predmet to’g’risida bergan ko’rsatuvni aniqlash zarurati tug’ilganda o’tkaziladi. Tanib oluvchilar tanib olish uchun ko’rsatilgan shaxs, murda yoki predmetni ko’rgan holat, shuningdek ularni tanib olish mumkin bo’lgan belgilari va xususiyatlari to’g’risida avvaldan so’roq qilinadi. Jinoyatlarni tergov qilish davomida tanib olish uchun ko’rsatish tergov harakatini o’tkazish taktikasi o’z mohiyatiga ko’ra ko’proq psixologik mazmun kasb etadi. Chunki, psixologik jihatdan tergov harakatlarini o’tkazish taktikasi deganda tergov harakatlarini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish, bevosita uni o’tkazishda mavjud vaziyatni va imkoniyatlarni to’g’ri baholash hamda ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun vaziyatni maqsadga muvofiq yo’nalishda rivojlanishini ta’minlaydigan, qonunga zid bo’lmagan usullardan samarali foydalanishga qaratilgan psixologik jarayonlar tushuniladi. Tanib olish uchun ko’rsatish deganda esa ma’lumotlarning aynan qaysi obyekt haqida ekanligini aniqlash uchun shaxs bilan qayta muloqot o’tkazish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilishda ifodalanadigan psixik jarayonlardan iborat harakatlar tushuniladi. Psixologik nuqtai nazardan bilish xususiyatiga ega bo’lgan hamda o’zida tanib olish bilan birgalikda, ko’zdan kechirish, so’roq qilish va hatto qaysidir darajada eksperiment kabi tergov harakatlarini ham o’z ichiga oladi. Bunday kompleks xususiyatiga qaramasdan, tanib olishda o’zaro bog’liqlikdagi perseptiv (idrok etish) va mnemik (xotirada saqlash, xotirlash uchun sharoitni yuzaga keltirish usullar majmui) jarayonlardan iborat insonning psixik faoliyati muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu sababli, tanib olishni amalga oshirishga tayyorgarlik ko’rayotgan tergovchi, eng avvalo, tashqi omillar ta’sirini inobatga olishi bilan birga, shuningdek ushbu tergov harakati davomida tanib oluvchi shaxs tomonidan u yoki bu obyektning bir yoqlama idrok qilinishiga olib kelishi mumkin bo’lgan boshqacha holatda, ya’ni avvaldan tashkillashtirilgan holda o’tkazilishiga yo’l quymasligi lozim. Umumiy psixologiyada tanib olish deganda obraz tariqasida xotirada saqlanib qolgan, ilgari ma’lum bo’lgan obyektga yoki hatto bir turdagi u yoki bu obyektlarning butun bir turkumi (toifasi)ga yo’naltirilgan qiziqish uyg’otadigan obyektga daxldor jarayon tushuniladi. Bu jarayon o’z xususiyatiga ko’ra, sinfiy (toifaviy yoki kategorial) tanib olishga xos bo’lib, uning yordamida ko’rsatilgan obyekt bilan unga o’xshash bo’lgan obyektlarning muayyan turkumi o’rtasidagi o’xshashliklar (yoki tafovutlar) aniqlanadi. Dastlabki tergov amaliyotida o’ziga ko’rsatilgan boshqa bir turdagi obyektlar guruhi orasidan tanib oluvchining xotirasiga muhrlangan obraz orqali qiziqtirayotgan obyektni identifikasiya qilish (o’xshatish yoki aynanlashtirish) deb nomlangan birinchi ko’rinishi kengroq uchraydi. Shu ma’noda, obrazni xotirada saqlash obyektni idrok etishda ishtirok etgan perseptiv (tashqi sezgi) organlar (ko’rish, eshitish va boshq.)ning imkoniyatlari bilan bog’liq bo’lsa, ayrim obrazlar, masalan, insonning ovozi faqat bitta analizator, ya’ni eshitish organi orqali shakllangan bo’lishi mumkin. Shu asosda, tanib oluvchi shaxs ongida saqlanib qolgan obrazni tergov uchun ahamiyatli bo’lgan obyekt bilan xayolan qiyoslash jarayonida, xotira izlari va ko’rsatilgan obyektdan kelayotgan perseptiv signallar o’rtasida o’zaro hamkorlik yuzaga keladi. Bundan tashqari, ular o’zaro qo’shilib ketgan va isbotlash jarayoni uchun ahamiyatli aniq bir odam yoki biror-bir predmetning bir (bir o’lchamdagi) omili tariqasida ongda namoyon bo’ladi. Bunday hollarda tanib oluvchi tanib olishga imkon beruvchi belgilar-mo’ljallarni qayd qilish izchilligini sezish holatida bo’lmagan vaqtlarda obyektni bir daqiqalik tanib olish yuzaga keladi. Bu quyidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi. Masalan, inson qiyofasini tanib olishni boshlashning o’rtacha vaqti taxminan 0,05–0,8 sekund atrofida bo’ladi, shaxsni fotosuratiga qarab tanib olishning bosh- lanishi esa 0,03 sekundga tengdir. Mohiyatiga ko’ra, bunday bir daqi- qalik tanib olish psixologiyada simultan bilib olish yoki tanib olish deyiladi. Demak, tanib olishning bu turida tanib oluvchi tergovchi tomonidan tanib olish uchun ko’rsatilgan shaxs yoki narsani bir qarashda tanib oladi. O’zining psixologik xususiyatiga ko’ra, tanib olishning suksessiv ko’rinishi ham farqlanadi. Bunda tanib oluvchi ko’rsatilgan obyektning o’xshashligi to’g’risida qaror qabul qilishdan avval o’ziga ko’rsatilgan obyektlar ega bo’lgan belgilar bilan ularni qiyoslab, o’z xotirasidagi tanib olishga yordam beradigan belgilar-mo’ljallarni (ba’zan ularni tayanch belgilar deb atashadi) xayolan o’ziga xos birma-bir eslashni yakunlaydi. Ya’ni, ushbu holatda insonning perseptiv faoliyati natijasida shakllangan ma’lumotlar jamlanmasidan ajratiladigan tafakkur jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi jarayonlar ayniqsa, tanib oluvchining ko’zlarining harakatlari, lablari va burunlari shaklining o’zgarishida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ayrim harakatlar – kuzatib turuvchi, silliq, yengil harakatdan ibo- rat; boshqasi sakkadik – alohida tayanch nuqtalarida qisqa vaqt ichida qayd qilinadigan, zo’rg’a seziladigan beqaror nigohlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. O’tkazilgan psixologik tajribalardan ham ko’zlar- ning harakati tanitish xususiyatiga ega ko’rish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etilganligi tasdiqlovchi zaruriy shart ekanligi aniqlangan. Tergov amaliyotining ko’rsatishicha, agar simultan tanib olish sekundning yuzdan bir ulushiga ega bo’lsa, suksessiv tanib olishda ancha ko’p vaqt sarf qilinadi. Hatto tashqi tomondan tanib oluvchi- ning xatti-harakatlarini, uning ko’z qorachiqlari mikroharakatini kuzatib ham simultan tanib olishni suksessiv tanib olishdan farqlash mumkin. Simultan tanib olishda ko’z qorachiqlarining mikroharakati deyarli sezilmaydi, suksessiv tanib olishda nigohlar kuzatishi uzoq vaqt davom etishi mumkin. Dastlabki tergov davomida tanib olish natijalarini to’g’ri baholashda tanib olish uchun ko’rsatiladigan obyektlarning miqdori katta ahamiyat kasb etadi. Tanib olish uchun ko’rsatish tergov harakatini o’rtacha murakkablikdagi sharoitida inson vizual tarzda (ko’rish orqali) uchtagacha obyektni tanib olishi mumkin deb hisoblanadi. Tergov amaliyoti davomida mazkur psixologik tavsiyalarga qaramasdan vaqtdan yutish maqsadida, shaxsni tanib olish uchun ko’rsatish tergov harakatida guvohlar, jabrlanuvchilarga tanib olish uchun bir guruh shaxslarni, predmetlar ko’rsatiladigan hollar ham uchrab turadi. Bu esa tergov harakatining sifatiga salbiy ta’sir etishi bilan birga, muvafaqqiyatsizlikka ham sabab bo’lishi mumkin. Tanib olish uchun ko’rsatish muvafaqqiyatli kechgan taqdirda, ko’rsatilgan obyektni ongda mavjud bo’lgan obraz bilan xayolan solishtirgandan so’ng ko’rsatilgan tergov uchun ahamiyatli narsa va xotirada saqlanib qolgan obrazning bir-biriga mos kelishi (mos kelmasligi) ko’rinishidagi perseptiv natijaga erishiladi, ya’ni tanib olinayotgan obyektni identifikasiya qilish (aynan bir xil ekanligini aniqlash) yuz beradi. Agar uning aksi kuzatilsa, bu holda tanib oluvchi o’ziga ko’rsatilgan obyektlardan biri bilan u avval ko’rgan obyekt o’rtasida qisman o’xshashlik borligi yoxud o’ziga ko’rsatilgan obyektlar orasida u avval idrok qilgan obyektning mavjud emasligini bayon etadi. Tanib olish tergov harakatida ishtirok etuvchi shaxslarning psixologik tavsifiTanib olish uchun ko’rsatish tergov harakati o’zining psixologik xususiyatlariga ko’ra, tergovchining o’zida kechadigan, uning boshqa shaxslarga ta’sir etishi va ushbu shaxslarning tergovchi istagan harakatlarni bajarishiga erishish bilan bog’liq ruhiy jarayonlardan iborat tergov harakatlari turkumiga kirganligi sababli, mazkur tergov harakatini amalga oshirish jarayonida unda ishtirok etuvchi shaxslar psixologiyasini o’rganish eng maqbul taktik usullarni tan- lashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Umuman olganda, tergov harakatlarini o’tkazishning taktik usullarini tanlashga ta’sir etadigan psixologik shart-sharoitlarga – tergovchining tayyorgarligi, ruhiy holati, tergov harakatlariga jalb qilingan shaxslarning ruhiy holati, jinoyatning ochilganligi yoki ochilmaganligi, jinoyatchilik va jinoyatchilikka qarshi kurash holati, jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar va mansabdor shaxslar o’rtasidagi hamkorlik, jinoiy-huquqiy siyosat mazmuni kabilarni kiritish mumkin. Bevosita tanib olish tergov harakatini o’tkazish taktikasi ko’proq tanib oluvchining psixologik holatiga asoslanadi, sababi uning ruhiy holati, yuz bergan jinoiy hodisaga nisbatan ruhiy munosabati, prosessual mavqyei muhim ahamiyatga ega. Shu sababli tanib oluvchini tanib olish lozim bo’lgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, xususiyatlari to’g’risida avvaldan so’roq qilish jarayonida uning psixologik portreti shakllantiriladi, u bilan ruhiy muloqot muhiti shakllantiriladi va aynan tanib olish obyektiga doir ko’rsatmalarini bayon qilayotgan vaqtdagi yuz mimikasi, jestlari va tashqi tana harakatlarini kuzatib borish tavsiya etiladi. Agarda unda tanib olish zaruriyati bo’lgan shaxs yoki narsaga nisbatan qo’rquv, hadik yoki o’ziga nisbatan ishonchsizlik bo’ladigan bo’lsa ular tashqi psixologik kuzatuv nuqtalarida namoyon bo’ladi. Bu vaziyatda ayniqsa, shaxsni tanib olish uchun ko’rsatishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish, tanib oluvchi uchun yaqqol ko’rinadigan, tanib olinuvchi uchun ko’rinmaydigan sharoitda (maxsus shisha to’siqli xonada) tergov harakatini o’tkazish tavsiya etiladi. Shuningdek, tanib olinuvchiga tanib olish uchun ko’rsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyni egallash taklif qilinganida, tanib olish uchun ko’rsatilayotgan shaxslardan tanib oluvchiga ular ko’rsatilgan vaqtda, nigohlarini imkon darajasida bir nuqtaga qaratib turishiga erishilib, tanib oluvchiga nisbatan har-xil imo- ishoralar va tahdidli qarashlar orqali ruhiy ta’sir o’tkazishlar- ning oldini olish choralari ko’riladi. Shu bilan birgalikda tanib olish uchun ko’rsatilgan shaxslarning ko’z qorachig’ining harakatlarida beqarorlashuv, terisi rangida qizarish (hayajon va uyalish oqibatida), oqarish (qo’rquv va hadiksirash oqibatida) kabi o’zgarishlar, tanasining noodatiy harakatlari va boshqa ta’sirlanishlar kuzatilsa, demak tanib olish tergov harakati maqsadiga erishish arafasida degan xulosaga kelish mumkin. Odatda, bu kabi o’zgarishlar professional jinoyatchilarda yaqqol kuzatilmasada, biroq diqqat bilan kuzatilganda boshqacha ko’rinishda bo’lsada, oshkor bo’lishi mumkin. Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuv- chi joy, bino, binodagi alohida xona yoki boshqa ko’chmas obyekt nomi- ni aytib va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan o’rnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan obyektga borish yo’lini ko’rsatishga istak bildirsa, unga shu obyektni ko’rsatishiga imkon beriladi. Shuningdek, tergovchi xolislar ishtirokida tanib oluvchi bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun ko’rsatish ishtirokchilari shu joydan boshlab tanib oluvchining ko’rsatuvi bo’yicha yura boshlaydilar. Sinchkovlik tergovchiga xos xususiyat ekanligini inobatga olgan holda, tanib oluvchining ko’rsatuviga ko’ra harakatlanganda uning qadam tashlash maromi, tanib olish obyektiga nisbatan ruhiy munosabati kuzatib boriladi. Shu bilan birga, tanib oluvchiga tanib olish uchun ko’rsatishning boshqa ishtirokchi- lari yoki begona shaxslar tomonidan har xil imo-ishoralar yoki nigoh va qarashlari yordamida yo’nalish aytib qo’yilishining oldini olish choralari ko’rilishi lozim. Agarda tanib olish jarayonining kechishi yoki uning natijalariga nisbatan shubha uyg’onsa yoki tanib olish jarayonini yanada mustahkamlash zarurati bo’lsa, tanib olish uchun ko’rsatish takroran o’tkazilishi mumkin. Tanib oluvchi ko’rsatilgan shaxslardan yoki narsalardan birini ko’rsatsa, unga ko’rsatilgan boshqa shaxslar yoki narsalar orasidan bu shaxsni yoki narsani qaysi belgilari yoki xususiyatlariga ko’ra taniganligini tushuntirib berish yoxud tanib oluvchi tanib olish uchun unga ko’rsatilgan shaxslar yoki narsalarni ilgari ko’rmaganligini aytsa, unga qidirilayotgan shaxs yoki qidirilayotgan narsa ulardan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib berish taklif qilinganida so’roq qilish tergov harakatiga oid psixologik bilimlarga asoslanish tavsiya etiladi. Jinoyat-prosessual nuqtai nazardan qonun chiqaruvchi tanib olishni o’tkazish vaqtini cheklamagan; tanib oluvchi shaxs obyektiv xulosa qilishi uchun qancha vaqt kerak bo’lsa, shuncha vaqt sarflab, o’ziga ko’rsatilgan obyekt yoki fuqaroni idrok qilishi, tahlil qilishi va xulosaga kelishi mumkin. Ushbu muddatning cheklanmaganligini tanib oluvchi, guvoh (jabrlanuvchi) yoki boshqa shaxsga tanib olishni o’tkazish boshlangunga qadar aytish foydalidir. Tanib olishni o’tkazish paytida uning barcha ishtirokchilarini tez sur’atda harakat qilishga majburlamaslik kerak. Chunki tanib oluvchi noto’g’ri (illyuzion) idrok qiladi va xatoga yo’l qo’yishi mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, bunday faoliyatning sur’ati va maromi odatda asab jarayonlarining kuchi va harakatchanligiga bog’liqdir. Masalan, agar jabrlanuvchi ojiz, tormozlanadigan turga oid (melanxolik) bo’lsa, tanib olishni albatta asta-sekinlik bilan bir maromda amalga oshirish lozim. Tanib olish uchun ko’rsatiladigan shaxs iloji boricha tashqi ji- hatdan unga o’xshash shaxs bilan birgalikda ko’rsatiladi. Ularning soni uch nafardan kam bo’lmasligi kerak. Bu fotosurat bo’yicha yoki predmetlarni tanib olishga ham taalluqlidir (keyingisida bir turdagi narsalar bo’lishi lozim). Ushbu qoida murdalarga daxldor emas. Bundan tashqari, ularning orasida har bir odamning ko’ziga tez tashlanadigan farqli jihatlar bo’lmasligi lozim. Masalan: ular tanib olish uchun ko’rsatilgan shaxslardan birining sochi taqir qilib oldirilgan; yoki yuzida ikki kunlik kalta soqolning bo’lishi; tuflisining bog’ichi bo’lmasligi; g’ijimlangan kiyimda bo’lishi; shimida kamarning yo’qligi va boshq. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan tafsilotlar ko’p tergov vaziyatlarida vaqtinchalik tergov hibsxonasida saqlangan tanib oluvchiga xos bo’lib, u bo’lib o’tgan voqyeani noto’g’ri idrok qilishga olib kelishi va tanib olishni o’tkazishda xatoga yo’l qo’yilishiga sabab bo’lishi mumkin. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling