Yuridik shaxslar
Xo`jalik jamiyatlari yuridik shaxs sifatida
Download 105 Kb.
|
1351594126 23897
Xo`jalik jamiyatlari yuridik shaxs sifatida
Xo`jalik jamiyatlari – bu bir yoki bir necha shaxslar tomonidan jamiyat nomidan tadbirkorlik faoliyatini birga amalga oshirish uchun o`z mulklari(asosan mablag`lari)ni qo`shish yo`li bilan tuzgan tashkilotidir. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, xo`jalik jamiyatlarining mas'uliyati cheklangan jamiyat, qo`shimcha mas'uliyatli jamiyat va aksiyadorlik jamiyatlari kabi turlari mavjud. Mas'uliyati cheklangan hamda qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatlar FK va “Mas'uliyati cheklangan hamda qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to`g`risida”gi qonun va boshqa qonun hujjatlari huquqiy tartibga soladi. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo`lingan xo`jalik jamiyati mas'uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas'uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog`liq zararlar uchun o`zlari qo`shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo`ladilar. Mas'uliyati cheklangan jamiyatning o`z hissasini to`la qo`shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo`yicha har bir ishtirokchi hissasining to`lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo`ladilar. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo`lingan xo`jalik jamiyati qo`shimcha mas'uliyatli jamiyat deb hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo`yicha o`ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo`lgan va qo`shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo`ladilar. Qo`shimcha mas'uliyatli jamiyat ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatning ustavida nazarda tutiladi. Ishtirokchilardan biri bankrot bo`lib qolganida uning qo`shimcha mas'uliyatli jamiyat majburiyatlari bo`yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta'sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo`lmasa, boshqa ishtirokchilar o`rtasida ularning qo`shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Mas'uliyati cheklangan hamda qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatlar qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin. Jamiyat o`z majburiyatlari yuzasidan o`ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo`ladi. Jamiyat o`z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga kelgan bo`lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo`lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo`yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo`lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo`lmaydi. Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo`ladilar. Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi ta'qiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo`lmasa, jamiyatning ishtirokchilari bo`lishga haqli emaslar. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta'sis etilishi mumkin bo`lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo`lgan jamiyatga aylanishi mumkin. Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bir shaxsdan iborat boshqa xo`jalik jamiyatiga ega bo`lishi mumkin emas. Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim. Agar jamiyat ishtirokchilarining soni ushbu belgilangan me'yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agar ko`rsatilgan muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me'yorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organning talabiga binoan sud tartibida tugatilishi kerak. Jamiyatning ta'sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta'sis hujjatlari deb hisoblanadi. Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta'sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta'sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga ko`paysa, ular o`rtasida ta'sis shartnomasi tuzilishi kerak. Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatlaridan tarkib topadi. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori jamiyatni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko`ra qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo`lmasligi lozim. Jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkaziladigan paytga qadar uning har bir ishtirokchisi ta'sis hujjatlarida ko`rsatilgan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o`z hissasining kamida o`ttiz foizini kiritishi shart. Jamiyatning har bir ishtirokchisi ta'sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o`z hissasini to`liq kiritishi kerak. Jamiyatning ishtirokchisi tomonidan hissaning to`liq kiritilganligi jamiyat ishtirokchisiga beriladigan guvohnoma bilan tasdiqlanadi. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig`ilishi jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi. Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilishi mumkin. Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi tomonidan yoki jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi. Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig`ilishiga va, agar tuzilishi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo`lsa, jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir. Xo`jalik jamiyatlari turlaridan yana biri aksiyadorlik jamiyatidir. Ustav fondi muayyan miqdordagi aksiyalarga bo`lingan jamiyat aksiyadorlik jamiyat hisoblanadi. Ishtirokchilar (aksiyadorlar) jamiyat majburiyatlari bo`yicha javob bermaydilar, jamiyat faoliyati bilan bog`liq zararlar uchun o`zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo`ladilar (FKning 64-moddasi). J.I.Yuldashev xo`jalik jamiyatlari va shirkatlari ichida aksiyadorlik jamiyatlari yirik va o`rta biznesga, qolgan xo`jalik shirkatlari va jamiyatlari mayda va o`rta biznesga xos xo`jalik yurituvchi subyektlar deb hisoblaydi7. 1 Ўзбекистон Республикасининг Сиёсий партиялар тўғрисидаги қонуни. Ўзбекистоннинг янги қонунлари. 15-сон. -Т.: Адолат. 1997. -14 б. 2 /Ўзбекистон овози. 2000 йил 29 январ. №13-сон. 3 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1998 йил 15 июлдаги 300-сон қарорига 2-илова. Ўзбекистон Республикасининг Ер кодекси ва қишлоқ хўжалигига оид қонун ҳужжатлари. Тўплам. -Т.: Адолат. 1999. -205-222 б. 4 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1998 йил 15 июлдаги 299-сон Қарорига 4-илова. Юқоридаги тўплам. -160-175 б. 5 Ўзбекистон Республикасининг Нодавлат нотижорат ташкилотлар тўғрисидаги қонуни. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 1999 йил. №5. 115-модда. 6 "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2004 йил, 3-сон, 28-модда. 7 Юлдашев Ж.И. Акциядорлик жамиятлари фуқаролик ҳуқуқининг субъекти сифатида. –Т.: ТДЮИ 2004. -22-30 б. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling