Yuridik shaxslar


Yuridik shaxslarning turlari


Download 105 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi105 Kb.
#1518121
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1351594126 23897

Yuridik shaxslarning turlari

Yuridik shaxslarning turlari jamiyatda mavjud bo`lgan mulk shakllariga bevosita bog`liqdir. Ma'lumki, O`zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va ommaviy mulk shakllarida bo`lib, yuridik shaxslar ham o`z navbatida davlatga tegishli va xususiy (nodavlat) yuridik shaxslar ko`rinishidadir.


FKning 40-moddasida aytilganidek, foyda olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo`lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo`lishi mumkin.
Tijoratchi bo`lgan yuridik shaxslar jumlasiga xususiy korxonalar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari hamda unitar korxonalar kiradi.
Tijoratchi bo`lmagan yuridik shaxslar jumlasiga jamoat birlashmalari, jamoat fondlari va mulkdor tomonidan moliyaviy ta'minlab turiladigan muassasalar kiradi.
Tijoratchi bo`lmagan tashkilotlar o`z ustavida belgilangan maqsadlarga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyatlari bilan ham shug`ullana oladi. Nodavlat, notijorat tashkilotlarning davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqib, 1999 yil 14 aprelda O`zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlar to`g`risidagi qonuni5 qabul qilindi va amalga kiritildi.
FKning 77-moddasiga ko`ra yuridik shaxslar o`zlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak manfaatlarini ifoda etish hamda himoya etish maqsadida uyushmalar (ittifoq) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin. Uyushma yuridik shaxs hisoblanib, uning a'zolari o`z mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar. Uyushma o`z a'zolarining majburiyatlari bo`yicha uyushmaning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar bo`ladi.
Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari ham yuridik shaxs sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir (FKning 78-moddasi).
Umuman, yuridik shaxslar o`z faoliyatlarida Fuqarolik kodeksi normalariga, soha qonunlariga, shuningdek ustavlari va boshqa ta'sis hujjatlariga asoslangan holda ish olib boradilar.



Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling