Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘Ini to‘lovchilar
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish ob'ekti
Download 33.13 Kb.
|
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘Ini to‘lovchilar
2. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish ob'ekti
Yuridik shaxslar uchun soliq solish ob'ekti bo‘lib: a) asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (qonun hujjatlariga muvofiq mulk qilib sotib olingan yerning qiymati bundan mustasno); b) nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati; v) belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob'ektining o‘rtacha yillik qiymati; g) me'yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalarning o‘rtacha yillik qiymati hisoblanadi. Agar u quyidagi shartlardan biriga javob bersa, amortizatsiyalanadigan asosiy vositalarning ijarasi lizing hisoblanadi: 1) ijara muddati asosiy vositalar xizmat muddatining sakson foizidan oshsa; 2) ijarachi asosiy vositalarni qat'iy narxda yoki ijara tugashi bo‘yicha belgilanadigan narxda sotib olish huquqiga ega bo‘lsa; 3) ijaraga olinadigan asosiy vositalarning qoldiq qiymati ijaraning tugashida ularning ijara boshlanishidagi qiymatining yigirma foizidan kamni tashkil etsa; 4) to‘lovlarning joriy summasi butun ijara davri uchun ijaraga olinadigan vositalar qiymatining to‘qson foizidan oshsa. Yuridik shaxslar mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati hisobot yilining 1 yanvaridagi va hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvaridagi mol-mulk qoldiq qiymatining yarmini qo‘shishdan olingan summani hamda hisobot davri qolgan barcha oylari har bir dastlabki kunidagi mol-mulk qoldiq qiymati summasini 12 ga bo‘lishdan olingan son sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
*qoldiq qiymat qayta baholashni hisobga olmasdan, ya'ni hisobot davri oxiridagi holat bo‘yicha aniqlanadi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang‘ich (tiklash) qiymati bilan soliq to‘lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Hisobot davriga soliqni hisoblab chiqarish uchun mol-mulkning o‘rtacha qoldiq qiymati hisobot davri oyining birinchi kunidagi mol-mulk qoldiq qiymati yarmini, hisobot davridan keyingi birinchi oyning birinchi kunidagi mol-mulk qoldiq qiymati yarmini va hisobot davri qolgan barcha oylari birinchi kunidagi mol-mulk qoldiq qiymatini qo‘shishdan olingan summani 12 ga bo‘lishdan olingan summa sifatida aniqlanadi. Agar mol-mulk oyning birinchi yarmida amalga kiritilgan bo‘lsa, mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatini hisoblab chiqarishda kiritish oyi to‘liq oy deb qabul qilinadi, agar mol-mulk oyning ikkinchi yarmida amalga kiritilgan bo‘lsa, o‘rtacha yillik qoldiq qiymat amalga kiritish oyidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab hisoblanadi. Masalan. 1) yuridik shaxs 20 oktyabrda ta'sis etilgan: Download 33.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling