Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar


Chegirilmaydigan harajatlar quyidagilarkiradi


Download 43.99 Kb.
bet2/13
Sana01.04.2023
Hajmi43.99 Kb.
#1316821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
moliya va soliqlar

Chegirilmaydigan harajatlar quyidagilarkiradi:
1. Moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi me’yorlaridan ortiqcha yo’qotishlar va
buzilishlar;
2. Xodimlarga berilgan yoki Soliq to’lovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun
yordamchi xo’jaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha narxdagi farqlar. (zararlar);
3. Belgilangan me’yorlardan ortiqcha harajatlar (xizmat safarlari, vakillik harajatlari, ixtiyoriy sug’urta turlari bo’yicha ajratmalar);
4. Nodavlat pensiya jamg’armalariga ajratmalar;
5. Xo’jalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar;
6. Umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqa chet el tashkilotlariga joylarni bepul
berish harajatlari;
7. Yilik moliyaviy hisobotni bir hisobot davrida bir martadan ortiq auditdan o’tkazish
harajatlari;
8. Soliq to’lovchining faoliyatida talab etilmaydigan kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlash
harajatlari;
9. Xodimlarga bepul ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, beriladigan oziq
ovqatlar,tovarlar, mahsulotlar va boshqa qimmatliklar yoki xodimlar uchun ishlar hamda xizmatlarni bajarish qiymati, ularga bepul beriladigan uy joy haqini to’lash harajatlari (yoki uy-joy,kommunal xizmatlar va boshqa lar uchun pul kompensasiyasi so’mmalari);
10.Xodimlarga qo’shimcha berilgan ta’tillarga to’langan haq va ular yuzasidan qonun
xujjatlarida nazarda tutilgan me’yorlardan ortiqcha kompensasiyalar;
1. Xodimlarning ovqatlanishi, yo’l haqi, davolanishi uchun, davolanish va dam olishi uchun
yo’llanmalar, ekskursiyalar va sayoxatlar uchun, sport seksiyalari, to’garaklari, klublaridagi mashg’ulotlarga, madaniy-tomosha, jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga borishi uchun,obuna hamda xodimlarning shaxsiy foydalanishi uchun tovarlarga qilingan harajatlarning o’rnini qoplash yoki to’lash va boshqa shunga o’xshash to’lovlar;
2. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo’la to’lanadigan nafaqalar;
3. Bayram sanalari va muxim sanalar, jamoat faoliyatidagi yutuqlar munosabati bilan xodimlarni rag’batlantirish hisoblanadigan bir yo’la mukofotlar;
4. Sud chiqimlari va boshqalar.

Download 43.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling