Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Hisob-kitobni taqdim etish va to’lash tartibi.
Aksiz solig’ini so’mmasi Soliq solinadigan baza va aksiz solig’i uchun belgilangan stavkalar asosida hisoblanadi.
- Aksiz solig’i stavkalari mahsulot bir birligiga belgilangan bo’lsa, uning so’mmasini quyidagi formula orkali aniqlanish mumkin:
Aksiz solig’i = (Q x C)
Bu yerda: Q – mahsulotning jami natura miqdori,
S – mahsulot birligi uchun belgilangan aksiz solig’i stavkasi, so’m hisobida
- Aksiz solig’i stavkasi aksiz solig’i va KKSni hisobga olmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda belgilangan bo’lsa, aksiz solig’i so’mmasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Aksiz solig’i = (OxS):100
Bu yerda: O – sotilgan tovarlarning aksiz va Qo’shilgan qiymat Soliqlarisiz kelishilgan
(erkin) narxlar bo’yicha hisoblangan qiymati (hajmi );
S – aksiz solig’ining stavkasi, foiz hisobida.
Hisob-kitobni taqdim etish tartibi. Aksiz solig’ining hisob-kitobi Soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat Soliq xizmati organlariga tag’dim etiladi.
Aksiz solig’i byudjetga quyidagi muddatlarda to’lanadi:
joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay – joriy oyning birinchi un kunligi uchun;
joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay – joriy oyning ikkinchi un kunligi uchun;
kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay – hisobot oyining qolgan kunlari uchun.
Mazkur savol bo’yicha Ma’ruza jarayonida talabalarga beriladigan savollar:
1. Aksiz solig’i to’lovchilari bo’lib, kaysi shaxslar hisoblanadi?
2. Aksiz solig’i obyekti deganda nimani tushunasiz?
3. Aksiz solig’i stavkalari kim tomonidan kaysi tartibda belgilanadi?
4. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
Yer solig’i o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra u renta to’lovidir.
Yer solig’i Mahalliy Soliqlar va yig’imlar tarkibiga kiradi. U Mahalliy byudjetning daromad manbai bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |