Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
Download 475.55 Kb.
|
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer solig’ini hisobi va to’lash tartibi
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yer solig’i stavkalari Yuridik shaxslardan olinadigan Yer solig’i stavkalari Prezident Qarori bilan tasdiqlanadi. Soliq stavkalari tuprok sifatini (bonitetini) hisobga olgan holda belgilanadi. Yer resurslaridan yanada samarali foydalanish uchun Soliq stavkasi 2009 yilga nisbatan 2010 yilda 1,15 barovarga indeksasiya kilindi, ya’ni 15 foizga oshirildi.Yer solig’ini hisobi va to’lash tartibi Yer solig’i har yili 1-yanvargacha hisoblab chiqariladi va uning hisob-kitobi davlat Soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga kadar taqdim etiladi. Yer solig’i Soliq solinadigan baza va belgilangan stavka asosida hisoblab chiqiladi. Yil mobaynida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga bo’lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, ulardan foydalanish huquqi yoki ijara huquqi vujudga kelganida (bekor qilinganda), shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni ko’paygan (kamaygan) yoki yer solig’i bo’yicha imtiyozlar huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) taqdirda, yuridik shaxslar davlat Soliq xizmati organiga yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini yer uchastkasi ajratilgan (olib kuyilgan) yoki imtiyoz huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) kundan e’tiboran bir oylik muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart. Soliq davri mobaynida Qishloq xo’jaligi ekinlarining umumiy maydonida va tarkibida o’zgarishlar yuz bergan yagona yer solig’ini to’lashga utmagan Qishloq xo’jaligi korxonalari yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat Soliq xizmati organiga joriy yilning 1 dekabriga kadar taqdim etadi. Yer solig’i yuridik shaxslar tomonidan har chorakda, chorakni ikkinchi oyining 15-kuniga kadar teng ulushlarda to’laydi (15 fevral, 15 may, 15 avgust, 15 noyabr).E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 475.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling