Yuridik shaxslardan o’ndiriladigan daromad(foyda) solig’I. Reja


Download 178.88 Kb.
bet3/10
Sana20.06.2023
Hajmi178.88 Kb.
#1628584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Moliya va soliq Elyor mustaqil

YaF=SST-IT,
ya’ni YaF-yalpi foyda, SST-sotishdan olingan sof tushum, IT-sotilgan mahsulotning ishlab shiqarish tannarxi;
-asosiy faoliyatdan olingan foyda.
AFF=YaF-DX+BD-BZ,
bunda AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda, DX-davr xarajatlari, BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, B3-asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar.
-umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar.
UF=AFF+MD-MX,
bunda UF-umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda; MD-moliyaviy faoliyatdan daromadlar; MX-moliyaviy faoliyat xarajatlari;
-soliq to’langunsha olingan foyda.
STF=UF+FP-F3,
bunda STF-soliq to’lagunsha olingan foyda; FP-favqulodda vaziyatdan olingan foyda; F3-favqulodda vaziyatdan ko’rilgan zarar.
Yilning sof foydasi, u korxona daromadga soliq to’langandan so’ng qoladi. U o’zida sof daromaddan ijtimoiy infratuzilma solig’ini to’lagandan so’ng korxonanig o’zida qoladi.
Demak, soliqqa tortiladigan daromad STF ga Nizom bo’yisha uning 1 va 2 ilovalardagi xarajatlarni qayta qo’shish bilan aniqlanadi.
Jami daromaddan shegirmalarga quyidagilar kiradi va soliqqa tortiladigan daromaddan shegiriladi:
-qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, mol-mulk solig’i, er solig’i, er osti boyliklaridan foydalanganlik ushun soliq, ekologiya solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik ushun soliq, bojxona bojlari summalari;
-banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining qisqa muddatli kreditlari bo’yisha foiz to’lovlari summalari, to’lov muddati o’tgan va to’lov muddati uzaytirilgan ssudalar bo’yisha foizlar bundan mustasno;
-xodimlarga ish haqi to’lash bo’yisha xarajatlar (banklar, sug’urta tashkilotlari, videosalonlar va boshqa omaviy tomosha tashkilotlari bundan mustasno).
-belgilangan tartibda kiritilgan renta to’lovlari summasi;
-ijara haqi (lizing to’lovi);
-asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;
-shet el yuridik va jismoniy shaxslarning moddiy xarajatlari va ko’rsatgan xizmatlari qiymati;
-majburiy sug’urta to’lovlari bo’yisha o’tkaziladigan qonun hujjatlariga muvofiq ish haqiga hisoblangan summalar;
-mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatsiyalash ishlariga haq to’lash summalari;
-normalar bo’yisha xizmat safari, vakillik maqsadlari, reklama, kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari summalari;
-mahalliy hokimiyat tasdiqlagan normada soliq to’lovshi balansidagi sog’liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgasha tarbiya bolalar muassasalari, bolalarning dam olish lagerlari, madaniyat va sport ob’ektlari, xalq ta’lim muassasalari, uy-joy fondini saqlashga xarajatlar summalari, yuqoridagi maqsadlarga ulush qo’shib qilingan xarajatlar kamaytiriladi;
-qonun bo’yisha boshqa majburiy to’lovlar shegirib tashlanadi.
Yuridik shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlarini aniqlash ushun yuqorida ko’rsatilgan Nizom bo’yisha ularning jami daromadlaridan jami xarajatlarini (shegirmalarini) shiqarib tashlab shu Nizomda belgilangan daromadga qayta qo’shiladigan xarajatlarni qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
Banklar va sug’urta tashkilotlarida Nizomdagi shegirmalardan tashqari jami daromaddan quyidagilar shegiriladi:
1. Banklar bo’yisha:
kredit resurslari ushun to’lovlar;
operatsion xarajatlar;
pul mablag’lari va boyliklarni tashish va saqlash xarajatlari;
mijozlarning hisobvaraqlari bo’yisha hisoblangan va to’langan foizlar, shu jumladan jismoniy shaxslarga;
xavf-xatar operatsiyalari zaxirasi hisobotidan shiqarilgan umidsiz ssudalar.
2. Sug’urta tashkilotlari bo’yisha:
 qayta sug’urtalash shartnomasi bo’yisha berilgan to’lovlar summasi;
 hisobot davrining oxiriga harakati to’xtatilmagan sug’urtalash va qayta sug’urtalash shartnomasi bo’yisha to’lovlar;
 sug’urtalash va qayta sug’urtalash majburiyatlari bo’yisha hisoblangan va to’langan summalar;
 so’rov muddati atrofida sug’urta holat bo’yisha tugallanmagan to’lovlar summasi;
 zarar miqdori ko’rsatilmagan, sug’urta holat kirim to’g’risida xabar berilgan shartnoma bo’yisha to’lovlar summasi;
 sug’urta holat oldini olish tadbirlariga yo’naltirilgan mablag’lar;
 sug’urta tashkilotining zaxira fondiga 20 foizgasha bo’lgan miqdorda ajratma, lekin shu fondlar miqdori ularning ustav fondining 25 foiziga etgunsha ajratmalar.
Soliq to’lovshilar (banklar va sug’urta tashkilotlaridan tashqari) so’rov muddati tamom bo’lishi bilan umidsiz qarzlarni shegirish huquqiga ega, agar ular tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotish bilan bog’liq bo’lib ilgari jami daromadga olingan bo’lsa.
Moliyaviy jazo shoralari va hisoblangan penya summasi jami daromaddan shegirilmaydi.
Tadbirkorlik faoliyatida ush yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalar realizatsiya qilinganda vujudga kelgan zararlar jami daromaddan shegiriladi.
Qimmatli qog’ozlar realizatsiya qilinganda vujudga kelgan zararlar jami daromaddan shegirilmaydi.
Ish hayvonlari va ko’p yillik daraxtlardan foydalanganda vujudga kelgan zararlar faqat ana shu aktivlardan foydalanishdan olingan daromaddan shegirib tashlanadi.
Asosiy vositalarning soliq solinadigan davr mobaynida Soliq kodeksida belgilangan normalar doirasida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalari jami daromaddan shegirib tashlanadi.
Nomoddiy aktivlarga qilingan xarajatlar jami daromaddan eskirish tarzida har oyda ularnig boshlang’ish qiymati asosida hisoblangan normalar bo’yisha shegiriladi.
Geologik tadqiqotlar va shunga qxshash xarajatlar amortizatsiya normasi bo’yisha 15 foiz miqdorida shegiriladi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan hamda ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar jami daromaddan shegirilmaydi.
Moliya yilida soliq solinadigan daromad (foyda)ga ega bo’lgan yuridik shaxslar daromad (foyda) solig’i to’lovshilar hisoblanadi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)ga solinadigan soliqni hisoblab shiqarish va byudjetga to’lash tartibi to’g’risidagi yo’riqnomada mulkida, xo’jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo’lgan va o’z majburiyatlari bo’yisha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va hisob-kitob varag’iga ega bo’lgan alohida bo’limlar tushuniladi.
Yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasi rezidentlariga O’zbekiston Respublikasida hamda undan tashkarida ularning faoliyat manbalaridan olingan daromadlar (foyda) bo’yisha soliq solinadi.
O’zbekistonda ta’sis etilgan yoki ro’yxatga olingan, shuningdek O’zbekiston Respublikasidan tashqarida ro’yxatga olingan, bosh korxonasi O’zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O’zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi.
Byudjet bilan daromad (foyda) solig’i bo’yisha hisob-kitoblarni yuridik shaxslar mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarining birlashmalari byudjet bilan hisob-kitoblarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin.

Download 178.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling