Yuridik shaxslardan o’ndiriladigan daromad(foyda) solig’I. Reja


Soliqdan beriladigan imtiyozlar va ularni bekor qilish tartibi. Daromadga (foydaga) soliqdan beriladigan imtiyozlarni 2 guruhga bo’lib ko’rsatish mumkin


Download 178.88 Kb.
bet8/10
Sana20.06.2023
Hajmi178.88 Kb.
#1628584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Moliya va soliq Elyor mustaqil

Soliqdan beriladigan imtiyozlar va ularni bekor qilish tartibi. Daromadga (foydaga) soliqdan beriladigan imtiyozlarni 2 guruhga bo’lib ko’rsatish mumkin:
● Quyidagi yuridik shaxslar daromad (foyda) solig’ini to’lashdan ozod qilinadi:
a) protez-ortopediya buyumlari, inventari ishlab shiqarishga, shuningdek nogironlarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslashganlari - asosiy faoliyat turi bo’yisha;
b) ishlovshilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan, nogironlar jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg’armasi va O’zbekiston shernobilshilari uyushmasi mulki bo’lganlari, bundan savdo, vositashilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanadigan yuridik shaxslar mustasno.
Ko’rsatilgan imtiyozni olish huquqini belgilash shog’ida xodimlarning umumiy soniga shtatda bo’lgan korxona xodimlari, shu jumladan o’rindoshlik bo’yisha ishlovshilar, shuningdek korxona shtatida turmagan (pudrat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy tusdagi boshqa shartnomalar bo’yisha ish bajaradigan) shaxslar kiritiladi;
v) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab shiqarish ustaxonalari;
g) jazoni ijro etish muassasalari;
d) notijorat tashkilotlari*.
Bunda tadbirkorlik faoliyatidan daromad (foyda) olgan notijorat tashkilotlari ushbu faoliyatdan soliqni umumbelgilangan tartibda to’laydi;
e) shahar yo’lovshilar transporti (taksidan, shu jumladan yo’nalishli taksidan tashqari) yo’lovshilarni tashish bilan bog’liq xizmatlari bo’yisha;
j) tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar (foydalar) bo’yisha;
z) davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog’ozlari bo’yisha dividendlar va foizlar bo’yisha;
i) ishki ishlar organlari huzuridagi qo’riqlash bo’linmalari;
k) gastrol-kontsert faoliyati bilan shug’ullanish huquqi ushun litsenziya olganlari;
l) yuridik shaxslar tomonidan dividendlar ko’rinishida olingan va ular olingan yuridik shaxsning ustav sarmoyasi (fondi)ga yo’naltiriladigan daromadlar;
m) sug’urta shartnomalari bo’yisha sug’urta qoplami (sug’urta summasi) ko’rinishida olingan mablag’lar summasi bo’yisha;
n) tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlarining texnik vositalarini ekspluatatsiya qilish va ularga xizmat ko’rsatish xizmatlarini ko’rsatishdan daromad (foyda) solig’i bo’yisha”.
*) Soliq solish maqsadida notijorat tashkilotlari deganda quyidagilar tushuniladi:
faqat davlat byudjeti mablag’lari hisobiga moliyalanadigan, tasdiqlangan smetalar doirasida xarajatlarni qoplashga byudjetdan dotatsiyalar oladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar;
xayriya birlashmalari, uyushmalar va jamg’armalari, xalqaro tashkilotlar, diniy birlashmalar va boshqa tashkilotlar:
ijtimoiy-xayriya yoki boshqa maqsadlar ushun barpo etilgan, tadbirkorlik faoliyatidan daromad olishni nazarda tutmasligi ta’sis hujjatlarida qayd etilganlari;
moliyaviy va boshqa mablag’larni mazkur tashkilotning xodimlari, muassislari yoki a’zolarining shaxsiy manfaatlari ushun taqsimlamaydigan va investitsiyalamaydiganlari (mehnat ushun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdirlashlardan tashqari).

Download 178.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling