Yuridik shaxslardan o’ndiriladigan daromad(foyda) solig’I. Reja


Soliq solinadigan daromad (foyda) quyidagi summaga kamaytiriladi


Download 178.88 Kb.
bet9/10
Sana20.06.2023
Hajmi178.88 Kb.
#1628584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Moliya va soliq Elyor mustaqil

Soliq solinadigan daromad (foyda) quyidagi summaga kamaytiriladi:
a) ekologiya, salomatlik va xayriya jamg’armalari, madaniyat, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga badallar summasiga, biroq soliq solinadigan daromad (foyda)ning bir foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda; (O’zR AV 12.03.2004 y. 1109-4-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV va O’zR DSQ Qarori taxriridagi kichik band)
b) investitsiyalarga (asosiy ishlab shiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va rekonstruktsiya qilishga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgasha muassasalar qurilishiga), shuningdek investitsiyalar ushun olingan kreditlarni uzishga yo’naltiriladigan xarajatlar summasiga, hisobot davri ushun hisoblangan amortizatsiyadan to’liq foydalanish sharti bilan, biroq soliq solinadigan daromad (foyda)ning o’ttiz foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda; (O’zR AV 26.03.2007 y. 1109-7-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV va DSQ Qarori taxriridagi xat boshi)
Investitsiyalar deganda:
Yangi qurilish shaklidagi kapital qurilishga, shuningdek ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik qayta qurollantirishga;
ishlab shiqarish ehtiyojlari ushun binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va boshqa alohida ob’ektlarni (yoki ularning qismlarini) xarid qilishga yo’naltirilgan o’z xarajatlari tushuniladi. (O’zR AV 10.06.2002 y. 1109-1-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV va O’zR DSQ Qarori taxriridagi xat boshi)
Ko’rsatilgan imtiyoz quyidagilar hisobiga investitsiyalar amalga oshirilganida taqdim etiladi:
o’z vositalari hisobiga - investitsiyalarga haqiqatda qilingan xarajatlar doirasida;
kredit tashkilotlari kreditlari hisobidan - kreditlarini haqiqatda so’ndirish summasi doirasida, kreditlarga xizmat ko’rsatish xarajatlaridan tashqari. (O’zR AV 26.03.2007 y. 1109-7-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV va DSQ Qarori taxriridagi xat boshi), (Oldingi taxririga qarang)
v) diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya jamg’armalarining mulkida bo’lgan korxonalar daromadi (foydasi)dan shu birlashmalar va jamg’armalarning ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish ushun yo’naltiriladigan ajratmalari summasiga;
O’zR AV 12.03.2004 y. 1109-4-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV va O’zR DSQ Qaroriga muvofiq g) kichik band o’z kushini yo’qotgan
g) tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o’tkazishga ketgan xarajatlarning o’ttiz foizi summasiga.
Ko’rsatilgan imtiyoz faqat o’z ishlab shiqarishining ekologiyaga ta’sirini yaxshilash ushun tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradigan korxonalarigagina taalluqlidir.
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o’tkazishga doir buyurtmalarni bajarishdan daromad (foyda) oladigan korxonalarga yuqorida aytilgan imtiyoz tatbiq etilmaydi.
O’zR AV 12.03.2004 y. 1109-4-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV va O’zR DSQ Qaroriga muvofiq d) kichik band o’z kushini yo’qotgan
d) futbolni rivojlantirishga ko’maklashish, futbol klublari va maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadigan mablag’lar summasiga, biroq soliq solinadigan daromad (foyda)ning besh foizigasha miqdorda;
e) “Iste’dod” jamg’armasiga ta’sis badallari va homiylik yordami sifatida o’tkaziladigan mablag’lar summasiga. (O’zR 08.02.2005 y. 1109-5-son bilan ro’yxatga olingan, O’zR MV va DSQ Qarori taxriridagi kichik band).
Soliq to’lovshi zararlarni taqsimlab o’tkazishni 2005 yil yakunlari bo’yisha ko’rilgan zararlardan boshlab amalga oshirishga haqlidir. Zararlar zarar ko’rilgan hisobot yilidan keyingi besh yil muddat davomida taqsimlab o’tkaziladi.
Soliq kodeksining 6-bobida nazarda tutilgan, shegirib tashlanishi lozim bo’lgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi zarar deb e’tirof etiladi.
Soliq solinadigan daromad (foyda) (Daromad (foyda) solig’i hisob-kitobining 100-satri) qoplanishi lozim bo’lgan zarar summasiga faqat yil yakunlari bo’yisha kamaytirilishi mumkin.
Birdan ortiq kalendar yilda ko’rilgan zararlar ular ko’rilgan ketma-ketlikda taqsimlab o’tkaziladi.
Agar qoplanishi lozim bo’lgan zarar (zararlar) summasi 5 yil mobaynida qoplanib bo’lmasa (yoki to’liq qoplanib bo’lmasa), unda ushbu qoplanmagan zarar summasi (yoki uning qoplanmagan qismi) keyingi yillarga taqsimlab o’tkazilmaydi va qoplanmay qoladi.
Hisobot yilining yakunlari bo’yisha taqsimlab o’tkaziladigan zarar summasi Daromad (foyda) solig’i hisob-kitobida 110-satrda aks ettiriladi.
Soliq to’lovshi daromad (foyda) solig’ini to’lashdan ozod etilgan davrda ko’rilgan zararlar keyingi davrlarda taqsimlab o’tkazilmaydi.
-Vakolatli banklar ushun soliq solinadigan daromad jalb etiladigan erkin valyuta mablag’lari konsolidatsiyalangan barqarorlashtirish jamg’armasiga yo’naltirish shog’ida olinadigan marja summasiga kamaytiriladi.
-Ishlovshilari umumiy sonining 3 foizidan ko’prog’ini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar ushun daromad (foyda) solig’i summasi quyidagi tarzda: belgilangan me’yordan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga daromad (foyda) soligi 1 foiz kamaytiriladi.
Soliq to’lovshilarga Soliq kodeksi amalga kiritilishiga qadar qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga qadar saqlanadi.
-jadval

Download 178.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling