2023-yilda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i boʻyicha hisob-kitob shakllari
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
2023-yilda quyidagilar saqlab qolinmoqda:
soliq bazasini, shuningdek 1 kv.m uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymat miqdorlarini belgilash tartibi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarining ko‘chmas mulk obyektlarining belgilangan eng kam qiymatiga, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyentni belgilash huquqi;
soliq bazasiga nisbatan 1,5 foiz miqdoridagi soliq stavkasi.
Soliq kodeksining 415-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha belgilangan pasaytirilgan soliq stavkasini bazaviy soliq stavkasiga, 2023-yilda uni 0,5 foizdan 0,6 foizgacha oshirish yo‘li bilan, bosqichma-bosqich yetkazish davom ettiriladi.
Yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan soliq stavkasi 2020-yildan boshlab ilgari soliq imtiyozlari berilgan obyektlar bo‘yicha joriy etilgan edi.
2022-yilning 1-iyulidan boshlab qonunchilikda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning oshirilgan stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan obyektlarga soliq solish tartibi bekor qilindi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |