Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini ixtiyoriy ravishda
Bugun olingan pul mablagʻi summasi yertaga olinadigan pul mablagʻi summasi ekvivalentidan yuqori
Download 21.02 Kb.
|
1 2
Bog'liqXujayorova Aziza 95k-2
Bugun olingan pul mablagʻi summasi yertaga olinadigan pul
mablagʻi summasi ekvivalentidan yuqori. Diskontlash tushunchasi pul mablagʻlarini joylashtirish jarayonida kelgusida ma’lum bir belgilangan summani olish (egalik qilish) uchun joylashtirish talab etiladigan pul mablagʻi miqdorini aniqlashni oʻzida aks ettiradi. Iqtisodiy ma’noda diskontlash orqali topiladigan PV miqdori ayni paytda belgilab olingan FV kelgusi qiymat orqali aniqlab olinadi. Ta’kidlash kerakki, diskontlash mohiyatiga koʻra mablagʻlar miqdori oʻsib borishini oʻzida aks ettiradi. Bu jarayonda foydalaniladigan foiz stavkasi r diskont normasi deb ataladi. Oddiy foizlar boʻyicha oʻsish hisoblanishi Umumiy holda yillik oddiy foiz stavkalari boʻyicha mablagʻlar kelgusi qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi: 𝐹𝑉 = 𝑃𝑉(1 + 𝑟 × 𝑛), bu yerda FV – kelgusi qiymat; PV – joriy qiymat; n – davr (yillar soni); r – foiz stavkasi. Amaliyotda qisqa muddatli operatsiyalar davomiyligi odatda bir yildan kam boʻladi. Bunday holatda operatsiya amalga oshiriladigan muddat quyidagi shaklda aks ettiriladi: 𝑛 = 𝑡 𝑉 , bu yerda t – operatsiya oʻtkaziladigan kunlar soni; V – vaqt bazasi (yil kunlari soni 360, 365 yoki 366). Operatsiya muddati aniqlashtirilgan holda kelgusi qiymatni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 𝐹𝑉 = 𝑃𝑉 (1 + 𝑟 × 𝑉𝑡). Odatda operatsiya muddatini aniqlash jarayonida uning boshlanish va tugash kunlari bir kun hisoblanadi. Murakkab foizlar boʻyicha oʻsib boruvchi qiymatni aniqlash olinadigan daromadlarni reinvestitsiyalashga asoslanadi. Olinadigan daromadlarni reinvestitsiyalash jarayoni kapitalizatsiyalash deb yuritiladi. Kelgusi qiymatni aniqlash uchun umumiy munosabat quyidagi koʻrinishga ega: FV n = PV x (1 + r)n Qayd etib oʻtish lozimki, FV miqdori r va n koʻrsatkichlarining belgilanishiga bevosita bogʻliq. Masalan, 1 birlik mablagʻ yillik 15%lik stavka boʻyicha 100 yildan soʻng 1 174 313,45 birlikni tashkil etadi! Download 21.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling