Yurish qismi


Download 0.67 Mb.
bet9/10
Sana28.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1302671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Юриш кисми

Shinalar vazifasi, profilining ko’rinishi, o’lchamlari, konstruk- siyasi va germetikligini ta’minlash usuli bilan ham turlarga bo‘linadi.
Yengil avtomobil shinalari hamma iqlim hududlarida, yengil avtomobil, kichik yuk ko’taradigan yuk avtomobili, mikroavtobuslarda ishlatiladi. Xuddi shu ekspluatatsiya sharoiti uchun shinalar yuk avtomobillari, ularning tirkamalari, yarim tirkamalari, avtobuslarda ishlatiladi.
Transport vositalarida sovuqqa chidamli shinalar ham ishlatilib, ular minus 45°S dan ham past haroratda ish qobiliyatini yo‘qotmaydi, yetarlicha mustahkam va elastik bo‘ladi. Shuning uchun g‘ildirakni kuzov bilan bog‘laydigan kuchlarni qabul etuvchi yo‘naltiruvchi richaglar zarur. Yo‘l notekisliklaridan, ta’sir etayotgan turtkilardan hosil bo‘layotgan tebranishlarni so‘ndirish ham kerak.
Osma avtomobil yurish qismining bir qismi bo‘lib, kuzov (rama)ni yo‘l bilan bog‘laydi.
Avtomobil yo‘li notekisliklardan iborat bo‘lib, ularning turtkilari kuzovga uzatilishi natijasida yuk yoki yo‘lovchiga salbiy ta’sir qiladi. Bu ta’sirni kamaytirish uchun kuzov va g‘ildirak o‘rtasiga elastik qism (ressora, prujina, pnevmoballon va boshqalar) kiritish kerak.
Osmalar uchta bo’lakdan iborat: yo’naltiruvchi qism, elastik qism, so‘ndiruvchi qism.
Osmalarning elastikligi avtomobil kuzovining ko‘ndalang tekisligida og‘ishiga olib keladi. Natijada kuzov ko‘ndalang tekislikda tebranadi, bu esa yo‘lovchiga noqulaylikni sodir etadi.
Stabilizator avtomobilning ko‘ndalang tekislikdagi turg‘unligini yaxshilaydi.
Avtomobil notekis yo’llarda harakatlanganda kuzovning tebranishi hosil bo’lib, bu tebranish g’ildiraklar notekisliklardan o’tgandan so’ng ham birmuncha vaqt oralig’ida davom etadi. Avtomobillarda yuzaga keladigan tebranishlarni so’ndirish uchun osma konstruksiyalarida ko’pincha suyuqlik bilan ishlaydigan teleskop turidagi amortizatorlar ishlatiladi.
Amortizatorning ishlashi maxsus АЖ- 12Т suyuqlikning oqib o’tishidagi qarshiligiga asoslangan. Bu suyuqlik amortizatorning ichki bo’shliqlarida joylashadi va ularning hajmi o’zgarganda bir bo’shliqdan ikkinchi bo’shliqqa oqib o’tadi. Teleskopsimon amortizatorlar ikki tomonlam ishlaydi, ya’ni siqilganda ham, qaytarilganda ham osma tebranishlarni so’ndiradi.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling