«yurisprudensiya»


Download 1.39 Mb.
bet72/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

6-masala
Toshkentda “Semashko” nomli shifoxona hududida hammom va yer uchastkasi mulkdori fuqaro M. 30 metr chuqurlikda shifobaxsh mineral suv olish va realizatsiya qilishni yo‘lga qo‘yadi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorining suvdan foydalanishga ruxsati bormi deb tekshirishga keladi. Fuqaro M. inspektorga “menga hech qanday ruxsat kerak emas, chunki ushbu yer uchastkasi menga mulk huquqi asosida tegishli” deb ma’lum qiladi va unda mazkur yer uchastkasiga Davlat orderi borligini aytdi.
– Ushbu holatda 30 metr chuqurlikdagi mineral suvga nisbatan mulk huquqi kimga tegishli?
– Davlat inspektori qanday xatti-harakatlarni amalga oshirishi lozim?
– Nazorat organlarining vakolatlari qaysi normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan?


7-masala
Surxondaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi mansabdor shaxslari “Surxon-gidro-ingeo” MCHJni qurilish ishlarini to‘htatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Surxondaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining xulosasiga ko‘ra, “Surxon-gidro-ingeo” MCHJ o‘z qurilish ishlarini loyihasini atrof tabiiy muhitga, xususan suvlarga ta’sir ko‘rsatayotganligini inobatga olib, o‘z faoliyatini Surxondaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishi kerak edi.
Ammo, “Surxon-gidro-ingeo” MCHJ, Surxondaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi qarorini amaldagi qonunchilikka zid ravishda chiqarilgan deb sudga uni bekor qilish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
– Sud bu holda qanday qaror qabul qiladi?
– Surxondaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi o‘z qarorini qaysi qonun hujjatgi asosan chiqargan?
– “Surxon-gidro-ingeo” MCHJ o‘z da’vo arizasida qaysi qonun hujjatiga asosan vaj keltirgan?


8-masala
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan barcha suv obyektlarini (yer usti, osti, muzliklar) ifloslantirishning me’yorlari ishlab chiqildi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ushbu me’yorlarni qonunchilik talablariga javob bermasligi bois bekor qilishni talab qildi.
– Suvga oid me’yorlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi qaysi normativ-huquqiy hujjatda mustahkamlangan?
– Suvga oid me’yorlarni ishlab chiqishda Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘rni qanday?



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling