Yuritilgan va tavsiyalar berilgan
Academic Research in Educational Sciences
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlang-ich-ta-limning-tashkiliy-hujjatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang‘ich ta’lim davlat ta’lim standartlari va malaka talablari
Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 345 September, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Kezi kelganda ta’kidlash lozimki, Milliy malaklar ramkasi mazmuni va uning vazifalari to‘g‘risida ilmiy-nazariy hamda amaliy-metodik ishlanmalar yaratish dolzarb bo‘lib turibdi. Boshlang‘ich ta’lim davlat ta’lim standartlari va malaka talablari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son Qarori bilan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlari” tasdiqlangan. Davlat ta’lim standarti – ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullari va uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Shu jihatdan standart – bu tartibga solingan me’yoriy hujjatdir, aynan davlat ta’lim standartlari asosan o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqiladi [3]. Davlat malaka talablari – bu o‘qitish, ta’lim va tarbiya berish jarayonida asoslaniladigan mezonlar majmuidir. Shu sababli davlat ta’lim talablari davlat ta’lim standartlarining uzviy qismi sifatida qaraladi va ta’lim-tarbiya jarayoni unda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va malaka talablari boshlang‘ich sinf o‘quv fanlari kesimida aniq ishlab chiqilgan. Bunda quyidagi tamoyillarga tayanilgan: - davlat ta’lim standartining davlat va jamiyat talablari hamda shaxs ehtiyojiga mosligi; - o‘quv dasturlari mazmunining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan- texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi; - umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi va h.k. Mazkur tamoyillar asosida boshlang‘ich sinfning o‘quv fanlari kesimida davlat ta’lim standartlari va malaka talablari belgilangan. Misol uchun, “Ona tili va o‘qish savodxonligi” o‘quv fani bo‘yicha boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi shart: a) O‘qish texnikasi bo‘yicha: Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi 1 daqiqada 80-90 so‘zni o‘qiy olishi kerak. Bunda quyidagi talablar qo‘yiladi: - harflarni to‘g‘ri talaffuz etish; - so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish; - gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qish; - gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks ettirish va h.k. b) Matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglash malakasi bo‘yicha: Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi 10 daqiqada 4-5 sahifali matnni o‘qib, qayta so‘zlab bera olishi kerak. Buning uchun quyidagi talablar qo‘yiladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling