Yurtimiz ob-havosi boshqacha iqlimi zo`r nma eksanggiz hosilni mo`ll beradi. Men kichikligimdan dala-dashda yurishni yaxshi ko`rardim. Amakimning dalada chaylasi bor edi
Download 19.96 Kb.
|
Bedana
Bedana Yurtimiz ob-havosi boshqacha iqlimi zo`r nma eksanggiz hosilni mo`ll beradi. Men kichikligimdan dala-dashda yurishni yaxshi ko`rardim.Amakimning dalada chaylasi bor edi. O`zi aslida u chayla emas so`richaga o`xshatib qurilgan . U yerda amakim mol qo`ylariga qorovullik qilib yotardi . Men u yerga tez tez borib turardim. Biz uydagilar bilan amakimning dalasi yaqinidan ekin ekish uchun yer sotib oldik. U dalaalr uyimizdan ancha uzoq bo`lgani uchun har kuni borib kelishni iloji yo`q edi. Goh dadam goh men amakimning chaylasida birga qoladigon bo`ldik. Mem juda o`yin qaro bola bo`lganim uchun chaylada juda ko`p qolaman. Menga mazza birov darsini qill maktabga bor demaydi. Chaylamizda amakimning bedanalari bor amakim ularni pishirilib tirik qolgan bedana deb ataydi. Hech tushunmayman nmaga unaqa deyishini. Qiziqib so`sarb kor`rdim nimaga bularni pishirilgan bedana deb ataysiz dedim. Amakimning aytkisi kelmadi qiziqib so`rayverdim, oxiri amakim aytib beraman faqat kechki payt uyqudan oldin dedilar men bu gapga ko`ndim. Bunday deyishiga sababi ham borda ular yerida ish qillishlari kerak. Dalaga o`rtoqlarim kelib qolishdi. Ular meni yonimga emas dalaga o`t tergani kelishganan ekan amakim ularni so`roqqa tutilar ---- ha bolalar yo`l bo`lsin ---- Amaki o`t tergani keldik...! ---- Ha yaxshi kelganinglar zo` ish bo`ldida. Sizlarga bir hizmat borda bolalar.? ---- Qo`ldan kelgancha amaki nima ishinggiz bor . ---- Shu chayla atrofini anavu yerni, pamidor, bodringlarni iichini o`tlarini tozalash kerak o`tini bo`lishamiz yarmi sizlarga yarmi menga dedi...... Do`stlarim biroz o`ylanib bir biriga qarashddi, G`ayrat gap boshladi..... ---- Men roziman amaki hozirdan boshlay qolaylik harakat qilsak bugun tugatib qolarmiz. ---- Harakat qilsalaring tugaydi bolalar mana Jasur ham yordamlashadi sizlarga dedilar. Shu kelishuv asosida tozalay boshladik, G`ayrat do`stimnin bo`yi mendan baland gavdali bola bahaybat devday deydiku o`shanday bola , hech qanaqa ishni bilmayman demaydi, ish boshladimi tugaguncha charchadim demayd charchadim deganni so`kib tashlaydi. Uning oldida sekin sekin charchasak ham charchaganimizni bildirmaymiz ishlab turamiz. Bu bilan meni umuman qo`rqoqqa chiqarib qo`ymanglar qo`rqadi aytgan ishini qiladi deb biz bir birimizni hurmat qilamiz shuning uchun uning aytgan gaplarig a ko`namiz. Unga sherik bo`lib kelgan do`stimning tariflashga til ojiz , oqmaydigon suv deydiyu shunaqa insonllarni bilasizmi , huddi shunaqa bolada, unga hech narsani qizig`i yo`q kim qayoqqa nima ishga yetaklasa ketaveradi. Bu ishga ham ko`nmeroq turdi biz bilan roppa rosa ikki soatlar chamasi ish qilgandan so`ng zerikdi shekili uyimga ketamanga tushib qoldi. G`ayrat qancha so`kmas baribir ko`nmadi. Shuncha ish endi G`ayrat ikkalamizga qoladigon bo`ldi. Sarvarga bir tugun qilib o`t yuklab berdiku , o`z ishimizni davom ettirdik. U uyi tomonga qarab yo`lga tushdi. G`ayrat bilan maroqlashib suhbatlashib ishni qilayotgan edik Amakim keldi........ ----- Abed bo`ldi. Bolalar kelinglar G`ayrat juda shoshilib borib qo`lini yuvdida chayla ichiga kirdi. ---- Amaki tarvuz bormi ..? ---- Ha G`ayrat Jasur tarvuz yeysanlarmi dedilar ---- do`stim menga qarab turib, amaki albatta yeymizda havoni issiqligini qarang ---- Hozir yo`q edi . Paykalga o`tib kelish bo`lmasa Jasur Qurbon akanglarni paykaliga o`tasan Amakim jo`nati deb tarvuz olib kelish.....!!! Do`stim bilan dala qirlab Qurbon akani paykali tomonga yurdik. Paykal bizning yerdan hech qancha uzoqda emas , bitta dalani kesib o`tsak yetamiz. Paykalga yetib bordik, paykaldagi tarvuz qo`vunlarni aytmaysizmi bay bay bay hidi dimoqqa uradi. Paykaldagilar hah rosa ish qilib abetg achiqishgan ekan. Yetib borishimiz bilan Qurbon aka qo`yarga qo`ymay dasturxonga taklif qildi. Tekin bosa temir yut debmi yeyaveribmiz, yeyaveribmiz oxiri qornimiz bo`ldi qil deganday g`uldurab qo`ydi. So`ng maqsadga o`tdik... Amakim bizni tarvuz olib kel deb jo`natgandilar.... ---- ha . yaxshi amakik ham bormmi bir kelay demaydiyu...? --Qurbonaka amakimni ishlari hozir avjiga chiqqan bo`sh vaqti bo`lmayabti. Bir ikki kunlarda ishlari ancha yengillab qoladi. Shunda o`zim aylanib o`taman dedilar..... ---- Ho`p unda yaxshi , nima olib ketasanlar qo`vun beraymi tarvuzmi ........ ---- biz berganinggizni olib ketaveramizda Qurbon aka Do`stim G`ayrat marjonday tishlarini ko`rsatib bir kuldida , “ Kerakli toshni og`iri yo`q” Qurbonaka deb gapimga qo`shildi. G`ayrat shunaqa beg`ubor jude beozor, bir gap bilan aytganda huddi 5-sinf bolalarga o`xshardi. Bolalar deb Qurbon aka ----- ho`v anavi yog`ochni tagini qarasalaring qop bor o`shani olib kelish ... Biz qopni olib Qurbon aka bilan paykalga tomon yurdik. Qurbon aka bitta qopga tarvuz bitta qopga quyoshda yaltillab qarab turgan , mazzasi tilni yorguday shirindan shakar qovunlardan to`ldirib solib berdilar. Qoplarni bitta bittadan ko`tarib ketadigon bo`ldik. Qurbon aka paykaldan chiqqunch qoplarni olib chiqishib qo`ydilar. Biz u insonga katta raxmat aytib Do`stim g`ayrat bilan bittadan qopni yelkaga oldikda o`z chaylamiz tomonga yo`lga tushdik. O`zimizning chaylaga yetib keldik, amakim kechga qolganimiz uchun biroz so`kdilar qo`limizdagi qoplarni chayla ichiga olib kirib qo`ydikda ishimizni qilishga kirishdik. Do`stim bilan amakim aytgan ishlarni tugatgunimizcha qorong`u tushib qoldi. Daladagi chaylamiz qishloqdan ancha uzoqroqda joylashganligi sababli do`stim g`ayratni amakim yolg`iz uyig aketishiga qarshi bo`ldilar ---- G`ayrat bugun biz bilan qolasan dedilar ... ---- amaki uyga ketmasam bo`lmaydi uydagilar havotir oladida...... ---- Uydagilaringga qo`ng`iroq qilib qo`yamiz ... ---- yo`q amaki ketmasam bo`lmaydi. Uyda uxlashga o`rganib qolganman. Do`stimning qancha ketkisi kelmasin Amakim uni biz bilan qolishga ko`ndirdi. Nima deb ko`ndirdi deysizmi, do`stim ham hikoya eshitishni yaxshi ko`radi, u ham ajoyib voqealarga qiziqadi. Men ertalabdan beri eshitgim kelib kutayotgan ajoyib pishirilib tirik qolgan bedana haqidagi ajoyib voqeani aytib beraman deyishi bilan lom lum demay rozi bo`la qoldi. Uning uyiga qo`ng`iroq qilib qo`ydik, Do`stim ham shundan so`ng hotirjam bo`ldi. Dasturxon yozdik, paykaldan olib kelgan tarvuz , qovunni bir katta laganga to`rg`ab qo`ydik. Hamma hohlaganini yeydi. Bay bay bay hidini aytmaysizmi dimog`ni qitiiqlaydi. Menga bu shirindan shakar qouvunni yeyishdan ko`ra , amakimning bedana haqida hikoyasini eshitishga oshiqardim.Do`stim ham amakimni qistayverdi ayting amaki ayting tezroq amakim . --- bo`ldi bas qilish hali yotishdan oldin aytib beraman dedimku. ---- Hop . amaki asab ilashmang ho`p . ---- qornilaring to`ydimi senlarni ..? ---- To`ydik amaki , bizga biron bir xizmat bormi..? ---- qornilaring to`ygan bo`lsa , borib mollardan habar olib kelishgin. Ariqning yoniga qarasalaring paqir paqir bor suv olib mollarga berib qo`yishgin. Mashani bolasini bog`lab qoyishgin hali bo`sh qo`yib yuborgan edim. Ishlaring tezroq qilib qaytsalaring men senlarga o`sha hikoyani aytib beraman! ---- amaki aldamaysiza aniq aytib berasizmi ..? ---- Biror marta aldaganimni ko`rganmisan yo eshitganmisan Jasur , aa G`ayrat ---- yo` amaki aldamagansiz sizday insonga aldash ham yarashmaydiyu... Amakimning biriz jahli chiqqanga o`xshadi. Biz chayladan otilib chiqib mol tomonga qarab kettik.yetib bordik mollarga birma bir razm solib oldilariga suv tutib chiqdik. Hamma mollar bor faqat bo`sh qo`yib yuborilgan mashaning bolasi ko`rinmaydi.Masha yuvosh sigir , amakim u sigirni olganiga bir yil bo`lgan , sigirni ko`proq dalada bo`lgani uchun o`zi sog`ishiga to`gri keladi. Masha biroz bezovtaga o`xshardi , bu tabiy chunki bolasi hali kelmagan biz buzoqchani qidirishni boshladik . G`ayrat tut ko`chatlari tomonga o`tdi men makkapoya tomonga axtarib ketdik yo`q , buzoqchani qancha qidirmaylik hech qayerda yo`q bzoqcha joyida yo`qligini qayergadur ketib qolganini aytish uchun chaylaga qaytdik , baholangki chaylaga kelsak amakim yo`qlar baqirib amaki , amaki amaki deb chaqirdik , amakim eshitmadilar buzoqchadan havotir olib yana qayta qidirishga ketdik. Qorong`u tushib qolgani uchunatrof gira- shira ko`rinadi. Qo`limizdagi fonar nuri ham hech qancha joyn yoritmaydi.Chaylamizdan biroz uzoqroqda changalzor bor buzoqchani qidirib bormagan faqat o`sha joy qolgan edi. Ko`lmakdagi baqaning vaqqillashiga chigirkalarning chirillashi qo`shilib yurakdan bir ajoyib qo`rquv hissini uyg`otadi. Sal pal chochisak ham unchalik kuchli qo`rquv yo`q chunki biz ikki kishimiz. Bu joylarga yolg`iz kelib ko`ringa qo`rqmaysizmikin . qo`rqish u yoqda tursin bu joylarga kelishni tasavvur ham qilib ko`rmasanggiz kerak . changgalzorni ichida nima boru nima yo`qligini bilib bo`lmaydi bunaqa joylarda har xil hashoratlar chayon , kaltirkessak , eng asosiysi ilonlar ko`p bo`ladi. Changgalzorni atrofini aylaniib ko`rayotganimizda bir narsa shitirlaganini eshitib qoldik. Gayratga qarab buzoqchani topdigov deb baqirdim. Fonarni yoqib o`sha shitirlayotgan tarafga o`tdik buzoqcha ko`rinmaydi. Biror suvsarmi yumronqizqmi O`tib ketti shekilik boshqa ovozi eshitilmay qoldi. Changgalzorni orqa tomoniga o`tdik buzoqcha o`sha yerda ekan. Origa qaytib bormaganining sabab daraxt shoh shabbalariga ilashib qolibti. Uni asta sekin ilashgan joyidan yechib oldik buzoqchani yechgnimdan so`ng qolimdan otilib onasi tomonga shosha pisha yugurib ketti. O`zinggiz ham o`ylab ko`ring inson bolasi ham shu holga tushsa, y`oq bunday bulmaydi. Hech bir inson o`z bolasini bog`lab boqmaydiku , sizlarni ham ota-onanggiz kochadan yoki o`qishdan ishdan biroz kechga qolsanggiz qanchalar havotir oladi. Siz kechga qolsanggiz bir daqiqa ham tinch o`tirolmaydi. Shu narsalarni o`ylab mashani qanday axvolga tushganini xis etib turibman. Buzoqcha ham onasiga talpingani onam mendan havotir olayotgandur deb yugurib ketgani aniq. Biz G`ayrat bilan buzoqchaning ortidan quvib ketdik boshqa joyga adashib ketib qolmasin deb , yugurdik yugurdik buzoqchani orqasidan yeta olmadik. Nafasimiz tiqilib qola yozdi. G`ayratga t`oxtama deymanu o`zimni ham to`xtagim kelib turadi. Ammo ne qilay buzoqchaning holidan habarimiz bor uni tezroq onasini yoniga olib borish kerak ,yugurishdan sekinlashib yurishga o`tdik, mashani yoniga yetib boeib qarasak buzoqcha yetib kelib bo`lgan ekan. Masha o`z bolasini erkalatayotgan ekan halaqit bergimiz kelmay ularni jimgina kuzatib turardik. Har bir inson jonzot o`z bolasiga mehr beradi. Ming yomon bo`lsa ham u o`zinging bolasi, oppog`im deb erkalaydi. Bu mehirni bazigi isonlarda ko`rmaymiz. Biroz vaqt o`tagndan keyin buzoqchani mashaning yoniiga bog`ladik bu borada mashaning ham ko`ngli ancha tinch bo`lgan bo`lsa ajab emas, biz o`zimizcha martlarch aish qilganga o`xshadik.Axir biz ona bilan bolani bir biri bilan topishtirdik-ku.G`ayrat bilan chayla tomonga shosha pisha yugurdik , borsak amakim hali ham kelmagan ekanlar , G`ayrat baqirdi, ---- amaki ,amaki ,amaki Amakim ham chaylaga yaqinlashib qolgan ekanlar G`ayratni guldur guldur qo`ng`iroqday chaqiruviga ovoz berdi. ---- Hozir ma ketyabman , borib kelishdingmi jasur ,.? ---- Borib suv tutib buzoqchani bog`lab keldik.. ---- ha yaxshi kelish bo`lmasam hikoyani boshlayliga.? G`ayrat bilan buzoqchanni qancha axtarganimizni amakiga aytgimiz kelmadi. Yana bu gapimizni eshitib bedana haqida aytib bermay qo`ymasin dedikda. Amakim astoydil bo`lib choynakdan piyolaga choyni quydida bir ho`plab gap boshladi... ---- endi senlar qiziqqan pishirilib tirik qolgan bedana haqida aytib beraman bo`lmasam eshitish. O`tgan yozda Shokir akang bozordan bir bedana olib keldi . juda sayroqi bedana ekan daladagi bedanalarim ham shunga qo`shilib sayrashsin deb yangi bedanani chaylaga olib kelib ilib qo`ydi.Shokir akangni bilaasanlara bedanaga qanchalik qiziqishini bedana desa tomdan tashlaydi. O`tgan yozda sen dalaga kelmas eding bu chaylada Shokirjon bilan qolardik. Bir kun havo aynib yomg`ir asta sekin tomchilay boshladi. Mening o`tgan yilgi chaylamda yomg`ir yog`sa tunab bo`lmasdi, suv o`tib hamma joy ho`l bo`lib ketardi. Asta sekin boshlagan yomg`irni tezlashishini bilib menuyga kelganman. Uyga kelishimda yomg`ir kuchaygan yomg`ir orqasida shamol esa boshladi. Shamol shunaqannggi kuchaydiki yog`ayotgan yomg`irni ha bir qayoqlarga olib ketti ammo shamolning o`zi bo`shashgisi kelmadi. Esaverdi esaverdi , shamol ertalabga yaqin sekinlashib to`xtadi bu borada shamol ancha muncha odamlarga ziyon keltigan. Kimningdur daladagi ekinlari payhoni chiqqan , kimningdur tomini shiferlari uchib sinib tushgan. Men faqat bitta narsaga etibor bermagan ekanma shokir akangning bedanaariga . Yomg`irdan qochib o`zim kelganmanu bedanalarni tashlab kelganman Shokir akang buni bilmasdi u o`sha kunlarda o`qishidan topshiriq bo`lgan ekan shularni bajarib uyga bir haftadan beri kelmasdi. Men ertalab nonishtani qildimda dalaga shoshdim.dalaga borsam qarangki Chayladan asar ham qolmabti , hamma narsa har tomonga uchib ketgan . chaylani yog`ochlari bir qismi joyida yana bir qismi chayla orqasidagi ariqda edi. Chayla ustiga yopilgan palatka chayla turgan joydan o`n o`n besh qadamcha narida turardi. Men bedanalari qidirardim ikkitasini palatka tagidan topdim ular o`lib bo`lgaan ekan, eng muhimi Shokir akangni yangi bedanasini qidirardim. Shundoq qarasam bir chetda suv paqir ichida o`sha bedana turibti. Bedananng joni qattiq ekan tirik qobti . men qoyil qoldim chunki qaynoq suvga tushgan nimaiki bo`lsa o`z holatini yo`qotadi tuxum ham issiq suvda pishadi. Tovuq so`ysanggiz ham ha patini yulish uchun issiq suvdan foydalanasan. Issiq suv chaylada nima qiladi u issiq suv pqairga qanday tushdi bui siz qayerdan bildiznggiz deyishlaring mumkun, paqirga qarasam termizning siniqlari paqir ichida yotibti termizda esa issiq suv bor edi. Shunda men bu bedanaa qoyil qolganman shundan beri men buni pishirilib tirik qolgan bedana deb atayman, hiyoyam senlarga yo`qdimi , bu bo`lgan haqiqiy voqea ---- ha amaki bu bedanani shokir akam ham shuning uchun juda qadirlar ekanda dedim .bu hikoyanggiz menga juda yoqdi. ----Yoqqanidan juda hursandaman bolalar endi yotib uxlashgin ertaga ko`p ish qilamiz . Ertaga ham bir ajoyib hikoya so`zlab beraman ho`pmi , ---- amaki bugun ayting dedim , shunda amakim . ---- oshni ozi shirin bugun aytib bersam bedana hikoyasi bilan aralashib ketadi yaxshisi bugun aytib bergan hikoyam haqida o`ylashda uxlash. ---- Ho`p amaki hech bo`lma ertanggi hikoyaning nomini ayting . ---- ertaga qor qoploni haqida bir ajoyib voqeani aytib beraman endi uxlash men ham uxladim. G`ayrat dostimni bilmadimu bedana hikoyasi bunchlik bo`lishini men tasavvur ham qilmagandim o`ylaganimdan ham zo`r ekan . amakimning ertaga yana yangi hikoya aytib berishiga juda hursan bo`ldim hiyoyalar yangicha qahramonlar menga juda yoqadi...! Mu`allif: Mahmudjonov Ibrohimjon Xato va kamchiliklar uchun oldindan uzr so`rab qolamiz Download 19.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling