Yurtimizda so‘nggi yillarda konchilik sohasi rivojiga ulkan eʼtibor qaratilmoda. Buning negizda konchilik sohasi rivojlanib borishi bilan bir qatorda ushbu sohaga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda


Download 40.86 Kb.
bet1/6
Sana18.12.2022
Hajmi40.86 Kb.
#1030502
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS ISHI 12.12



I.KIRISH

Yurtimizda so‘nggi yillarda konchilik sohasi rivojiga ulkan eʼtibor qaratilmoda. Buning negizda konchilik sohasi rivojlanib borishi bilan bir qatorda ushbu sohaga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda.


Konchilik sanoati xalq xo‘jaligi va sanoati rivojlanishi uchun eng muhim sanoat tarmoqlaridan biri bo‘lib hisoblanida va bu sohaning rivojlanishi shaxta hamda karyerlarning ish ko‘lami kengayishi, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining oshishi bilan baholanadi.
Davlatimiz rahbari Sh. M. Mirziyoev 2017 – yil Navoiy viloyatiga tashrifi vaqtida Konnchilik sanoati rivojiga, mavjud texnika – texnologiyalarni modernizasiya qilishga eʼtibor qaratish zarurligi haqida aytib o‘tdilar. Shuningdek Sh.M.Mirziyoev 2017–2026 yillarda konchilik tarmog‘ida yangi loyihalar strategiyasini belgilab berdilar. Bu strategiyaning negizida esa yiliga 5 million tonna rudani qayta ishlash, va bunig asosisda esa qo‘shimcha 5 ming 300 ga yaqin ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. Yurtboshimiz o‘z so‘zlarida “ Ilgari investorlarga o‘zimiz taklif bilan chiqqan bo‘lsak, bugun ular o‘zlari yurtimizga kelib, mamlakatimizdagi investision muhit barqarorligini ko‘rib hamkorlik qilish istagini bildirmoqda”,[1] - deb aytib o‘tdilar.
“Hozirgi davrda hyech bir mamlakat, shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi ham yaxlit o‘z hududi bilan farqlanib turmaydi, ular geografik va siyosiy jihatdan dunyo hamjamiyatida ajralib turadi va aloqalar o‘rnatadi. O‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega mamlakatlar jahon haritasida ko‘p emas. Bu boyliklarning ko‘pchiligi hali ishga solinmagan”. [2] Bu so‘zlardan hozirgi kunda konchilik sanoatining jahon hamjamiyatidagi o‘rni naqadar baland ekanligini anglashimiz mumkin.
O‘zbekiston ham o‘zining yer osti boyliklari bilan faxrlansa arziydi. Yurtimizda Mendelyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari mavjud.
Hozirgi kunda 2.7 mingdan ziyod foydali qazilma konlari aniqlangan. Ulardan 100 ga yaqini mineral konlar bo‘lib, 60 dan ortiq kon ishlamoqda. Razvedka qilingan konlar 900 dan ortiqni tashkil qiladi va ularning aniqlangan zahirasi 970 AQSH dollariga baholangan.
Har yili respublikamizda yer qaʼridan qariyb 5,5 mlrd AQSH dollariga teng foydali qazilma qazib olinmoqda va bu o‘z navbatida mos ravishda yangi zahiralarni qidirishga ham eʼtibor qaratishni talab etmoqda. Bir ator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlangan zaihralar va istibolli rudalar jihatidan butun dunyoda ham yetakchi o‘rinni egallaydi.
XX asr boshlarida konchilik sohasi jadal rivojlana boshladi. Dunyo miqyosida ushbu sohaga bo‘lgan taʼlab ortib borishi bilan bir qatorda o‘z davrining yetuk mutahassislari yetishib chiqdi. Bularga misol qilib professor B.I. Bokiy, akademik A.M. Terpigorov, akademik L.D. Shevyakov, A.A. Skochinskiy O‘rta Osiyo mintaqasidan esa M.N. Agashkov, A.S. Burchakov, V.V. Rjevskiy, O‘zbekistondan akademik V.R. Rahimov, professor B.R. Raiimjonovlarni aytish mumkin. Ularning har biri yozib qoldirgan kitob va qo‘llanmalarida konchilik sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shadigan maʼlumotlar qoldirishgan.
Turli kon-geologik sharoitlarda xavfsizlik qoidalari hamda ekologik talablarni hisobga olish kabi shartlarni bajargan holda foydali qazilmalarni qazib oladigan korxonalarni loyihalash va kelajak avlodga munosib zahira balansini qoldirish, texnologik jarayonlarni mukammal o‘rganib olish hozirgi kun konchilik davri talabi hisoblanadi.

.
Moddiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq nizom va tartiblarni joriy etish zaruligi birinchi navbatdagi vazifa etib tayinlandi. O‘zbekiston tabiiy resurslarga boyligi, unumdor tuprog‘imiz, iqlim va tabiatimiz qulayligi bilan aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM hajmi bo‘yicha Respublikamizni dunyo reytingida rivojlangan mamlakatlar qatorida bo‘lishga imkon berishini taʼkidlab o‘tdilar.


O‘zbekiston Respublikasida ishga solinayotgan foydali qazilma konlari, MDH dagi boshqa mamlakatlarnikidan o‘zining juda katta zaxiralari bilangina emas, balki bir qator xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Bir qator foydali qazilmalar, oltin, kumush, uran, mis, volfram, kaolinlar bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDH dagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o‘rinni egallaydi.
Geotexnologiya - foydali qazilmalarni xarakatchan xolatga utqazish va uni yer yuzasidan kongacha bulgan skvajinalar orqali qazib olishni taʼminlash uchun maxsuldor katlamga fizik, kimyoviy biyokimyoviy va mikrobiologik taʼsir ko‘rsatish to‘g‘risidagi fandir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyati samaradorligiga alohida eʼtibor qaratib, sohada ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi fabrikalar qurish bo‘yicha vazifalar belgilab bergan edi.
Yer qaʼrini geologik o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, konchilik munosabatlarini boshqarish, mineral-xomashyo bazasini jadal rivojlantirish va qayta to‘ldirilishini taʼminlash, xomashyoning yangi turlari va konlarini qidirish, geologiya-qidiruv ishlariga zamonaviy uslub va yuqori texnologiyalarni joriy qilish, kadrlar malakasini oshirish Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining asosiy vazifalari etib belgilandi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Rangli metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi qo‘mita tarkibiga o‘tkazildi. Bugungi kunda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tarkibida 32 tashkilot 4 yo‘nalish bo‘yicha faoliyat yuritmoqda.
Prezidentimiz tog‘-kon sanoatining uzoq muddatli istiqbollariga, sohaning hududlarda sanoatni rivojlantirishdagi o‘rniga alohida eʼtibor qaratdi. Tarmoqqa chet el investitsiyalarini faol jalb etish, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va qayta ishlash hajmini oshirish, yangi korxonalar tashkil etish va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda sohadagi yirik muassasalar – Navoiy kon-metallurgiya kombinati va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar ijrosiga ham eʼtibor qaratildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan dasturga muvofiq 2017-2026 yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 27 loyihani amalga oshirish belgilangan. Qiymati 3 milliard 63 million dollar bo‘lgan mazkur loyihalar natijasida 2026 yilga borib ishlab chiqarish hajmi 30 foizga oshadi. Qo‘shimcha 31 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.
Ushbu muhim loyihalarni ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash zarurligi qayd etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan umumiy qiymati 2 milliard 720 million dollardan oshiq 18 investitsiya loyihasi amalga oshirilmokda. “Yoshlik-1” va “Yoshlik-2” konlarini o‘zlashtirish, “Samarcho‘qi” yer osti konini qurish va Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sement zavodi barpo etish ular orasida eng muhimlaridir.
Yig‘ilishda “Yoshlik-1” va “Yoshlik-2” konlarini o‘zlashtirishni yanada tezlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Download 40.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling