Yusupov firdavsning


Amaliyotchi talaba: F.Yusupov


Download 21.26 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2023
Hajmi21.26 Kb.
#1460676
1   2   3   4
Bog'liq
Malakaviy amaliyot hujjatlari amaliyot davri oylik hisobot

Amaliyotchi talaba: F.Yusupov

Amaliyot rahbari: O.Jo’rayev
AMALIYOTCHI TALABAGA
TAVSIFNOMA

Farg’ona Davlat universiteti chet tillar fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili yo’nalishi 16.55-guruh talabasi Yusupov Firdavsga Farg’ona viloyati Rishton tumanidagi 3-umumiy o’rta ta’lim maktabining 01.07.2018dan 29.04.2019gacha amaliyot o’tash davri bo’yicha

Tavsifnoma

Yusupov Firdavs Zokirjon o’g’li pedagogik amaliyotni o’tash davrida o’zining intizomi bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Dars mashg’ulotlarini tashkillashda ingliz tili fani o’qituvchisi O.Jo’rayevga astoydil ko’makchi bo’lib, o’zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi bo’yicha tirishqoqlik bilan faoliyat olib bordi.

O’qituvchilardan dars o’tish metodlarini yaxshi o’zlashtirib ,o’zi ham mustaqil tarzda darslarni o’tkazdi, muntazam mashg’ulotlar olib bordi.

Darsdan tashqari paytlarda past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan qo’shimcha mashg’ulot olib bordi. Sinf bilan ishlashda jamoa topshiriqlarini bajarishda, o’quvchilar bilimini oshirish yo’nalishida yaxshi natijalarga erishib amaliyot davrini o’tadi.

Kelajakda Yusupov Firdavs malakali pedagog kadr bo’lib yetishishiga ishonamiz.

Maktab direktori: N.Pattayeva
AMALIYOT DAVRI KUNDALIGI
TAHLIL DAFTARI
AMALIYOT DAVRI OYLIK ISH REJASI
DARS UCHUN KONSPEKT
GURUH O’QUVCHILARI
HAQIDA MA’LUMOT
GURUHGA TAVSIFNOMA
GURUHDAGI PAST O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILARGA TAVSIFNOMA
GURUHDAGI FAOL O’QUVCHILARGA TAVSIFNOMA
MA’NAVIY MA’RIFIY ISHLAR REJASI
MA’NAVIY TADBIRLAR SSENARIYSI

TARQATMA MATERIALLAR



Farg’ona shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi 6-“E” sinfning past o’zlashtiruvchi o’quvchisi Asqarov Muhammadazizbek Azizbek o’g’liga

Tavsifnoma

6-“E” sinf o’quvchisi Asqarov Muhammadazizbek kamgap va biroz uyatchang bola. Ko’p hollarda atrofidagi voqealarga etiborsiz, fikrlari tarqoq, aniq maqsadni ko’zlay olmaydi, sinfdosh o’rtoqlari bilan ham ko’p vaqt chiqisholmay qoladi, yolg’izlikni maqul ko’radi. Yoshlik davridan faqatgina ingliz tiliga emas boshqa fanlarga ham qiziqishi kam, o’z-o’ziga talabchan va mas’uliyatli emas. Shunga qaramay, hulqi yaxshi, darslarga muntazam qatnaydi. O’qituvchi bu o’quvchi bilan qo’shimcha ravishda ishlashi darslarni u o’zlashtiradigan darajada yengillashtirib o’tishi va yengil topshiriqlar berish orqali uning faolligini oshirishi kerak . Bu o’quvchi ingliz tilida so’zlasha oladiganlarga havas qiladi, lekin o’zi yetarli darajada bilimga ega emasligi uchun dars davomida mashqlarni bajara olmaydi. Bunga sabab unga qo’shimcha e’tiborning kamligi va ko’pchilik orasida gapirishga uyalishi, tortinchoq ekanligi deb topdim.

Hozirda umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari DTS lari bo’yicha 6- sinf o’quvchisi uncha qiyin bo’lmagan so’zlarni yod olgan bo’lishi sodda- sodda gaplar tuza olishi o’zi haqida qisqa va sodda ma’lumot bera olishi kerak. Shunday ekan, bu o’quvchiga darslarni o’zlashtirish bilan bir qatorda, yuqoridagi mezonni uddalashga ham ko’maklashish lozim. Buning uchun u sinfning ilg’or o’quvchilari bilan ko’proq muloqotda bo’lishi, darsdan bo’sh vaqtlarda birgalikda ishlashi maqsadga muvofiq bo’ladi. Endigina til o’rganish jarayoniga kirib kelayotgan o’quvchini bu jarayonga qiziqtirish va jalb etish eng asosiy vazifa hisoblanadi.


Download 21.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling