Юсупов pdf
SIVILIZATSIYA DAVRLARIDANOQ SOLIQ MUNOSABATLARI SHAKLLANA BOSHLAGAN
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
юсупов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq imtiyozlari
SIVILIZATSIYA DAVRLARIDANOQ SOLIQ MUNOSABATLARI SHAKLLANA BOSHLAGAN.
ILK SOLIQ YIG‘IMI JORIY ETILISHI TARIXI MILODDAN AVVALGI UCHINCHI MING YILLIKDA QADIMGI MISRDA SHAKLLANGAN. MISR FIR'AVNLARI AHOLINI YETISHTIRGAN HOSILNING BESHDAN BIR QISMINI SOLIQ SIFATIDA TO‘LASHGA MAJBUR QILGAN. O‘RTA ASRLARDA YEVROPADA MEROS, EGALIK VA XARID UCHUN YANGI SOLIQ TURLARI AMALGA KIRITILA BOSHLANADI. BU SOLIQLARDAN OLINADIGAN TUSHUM, ASOSAN, URUSH DAVRLARIDA MUDOFAA UCHUN ZARUR BO‘LGAN. SOLIQNING KELIB CHIQISHI DAVLATNING PAYDO BOʻLISHI BILAN CHAMBARCHAS BOGʻLIQ BOʻLIB, JUDA QADIMIY TARIXGA EGA. TARIXIY MANBALARDA BUNDAN 3760-YIL MUQADDAM BOBIL DAVLATIDA HAMMURAPI QONUNLARI BILAN SOLIQNING JORIY ETILGANI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTLAR UCHRAYDI. HOZIRGI DAVRDA HAM DAVLAT BAJARADIGAN VAZIFALARNI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASH MUAMMOSI SOLIQNING OBYEKTIV ZARURLIGINI KELTIRIB CHIQARADI. Soliq imtiyozlari - davlat tomonidan soliq to`lovchilarga berilgan yengilliklar; soliqlar miqdorini kamaytirish, soliq toʻlash shartini yengillashtirish yoki soliqdan toʻla ozod qilishdan iborat. Soliq imtiyozlari soliq undiriladigan daromad turlarini qisqartirib, umumiy kamaytirilgan daromaddan soliq olish, soliq olinmaydigan minimal daromadni belgilash, soliq stavkalarini kamaytirish, soliqni toʻlab boʻlish muddatini qulay qilish orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchilarga nisbatan tabaqalashtiriladi, muayyan ijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadni koʻzlaydi. Soliq imtiyozlari davlat qoʻlida bozor iqtisodiyotini tartibga solishga xizmat qiladi. Ular orqali iqtisodiy faoliyatning maʼlum bir turlari ragʻbatlantiriladi. Sharoitga qarab Soliq imtiyozlari qayta koʻrib turiladi. Soliq imtiyozlari berishning xilmaxil shakllari jahondagi koʻpgina mamlakatlarning soliq amaliyotida qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (1997)da ayrim yuridik shaxslar va faoliyat turlari uchun hamda jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun Soliq imtiyozlari belgilangan. Sarmoyadorlik va investitsiya imtiyozlari Xalqaro soliq imtiyozlari Qo'shimcha cheklovlar Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling