Yusupova sh. K


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/58
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1349503
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85

 
 
QD 2-turi 35-40 yildankeyin rivojlanadi, ammo so’nggi yillarda ko’pincha bu kasallik 
bilan bolalar va o’smirlar ro’yxatdan o’tmoqda. 90% gacha bemorlar tana vaznining 
oshiqligi va semizlikka ega. QD 2-turida qonda glyukoza darajasining oshishi bilan 
bog’liq klinik ko’rinishlari sezilarli kuchsiz va hatto mavjud bo’lmasligi ham mumkin. 
SHuning uchun sezilarli miqdordagi holatda QD 2-turi uzoq vaqt tashhislanmaydi, bu 
vaqtda kasallikning kechkiasoratlari rivojlanishga ulguradi. Ko’pincha retinopatiya, 
katarakta, pastki qismlar angiopatiyasi, neyropatiya, buyrak faoliyatining buzilishi
erektil disfunktsiyasi, impotentsiya va boshqalarning namoyon bo’lishi bilan 
bog’liqlikda tibbiy yordam so’rab murojaat qilganda QD 2-turi tashhislanadi. 
QD 2-turi bemorlarining 30-50%da davomli, ko’pincha ko’p yillik qandni tushiruvchi 
tabletka dori vositalari bilan davolash fonida qoniqarli kompensatsiya insulin 
sekretsiyasini sezilarli kamaytiradi, bu esa ularni insulin terapiyaga o’tkazish zaruratini 
aniqlaydi. Bemorlarinng bir qismida quyidagi belgilarni: taraqqiy etuvchi oriqlash, 
holsizlik, og’izdan atseton hidining kelishi, ketonuriya singari o’zgarmas insulin 


51 
yetishmovchiligi rivojlanashini ko’rsatadi. 
QD har qanday turining kechishi o’tkir interkurrent kasalliklarda yomonlashadi. 
Diabetik nefropatiya bilan bemorlarda QD kechishining xususiyatlari buyrak 
faoliyatining buzilishi bilan bog’liq, 50% insulinni ekzogen yuborish degradatsiyasi 
amalga oshiradi va gipoglikemiya rivojlanishining yuqori xavfi bilan insulinga bo’lgan 
ehtiyojning pasayishida (Zabroda-Dan fenomeni) namoyon bo’ladi. 
QD tashhisi klinik ko’rinishlar (QD 2-turida har doim bo’lmaydi), anamnez 
mahlumotlari (homiladorlikda glikemiyaning buzilishi, katta bola tug’ilishi, qandli 
diabet bo’yicha og’irlashish ) va laborator tekshirish natijalariga asoslanadi. Laborator 
tekshiruvlar QD klinik simptomlari bilan kishilar, 45 yoshdan kattalar, ortiqcha vazn 
bilan har qanday yosh 
kishilarida (tana vazni indeksi (TVI) ˃kg/m2) va boshqa xavf 
omillari: oilaviy anamnez (ota –onalari, tug’ishgan aka va opalarida QD 2-turi bo’lgan) 
, nahorgi glikemiya va glyukozaga nisbatan tolerantlikning buzilishi anamnezi
gestatsion qandli diabet, katta bola tug’ilishi, arterial gipertenziya 
≥149/90 mm sim. Ust., 
giperlipidemiya, yurak qon-tomir kasalliklari, tuxumdonlar polikistoz sindromi uchun 
zarur. 
QD diagnostikasida asosiy laborator usul qonda glyukoza miqdori va glikirlangan 
gemoglobin darajasini (NbA1c) aniqlash hisoblanadi (3.3- jadval). 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling