Yuttvaue yo’nalishi 3-boshkich 284-gruh talabasi Anvarov Sardorning Transport vositalarida qo’llaniladigan nometal materiallar fanidan yozgan


Download 0.53 Mb.
Sana01.11.2021
Hajmi0.53 Mb.
#169860
Bog'liq
Anvarov Sardorning




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

Andijon Mashinasozlik Inistuti

Transport va logistika” fakulteti


YUTTvaUE yo’nalishi 3-boshkich 284-gruh talabasi Anvarov Sardorning Transport vositalarida qo’llaniladigan nometal materiallar fanidan yozgan






Mavzu: O’ta qattiq materiallar Fizik va kimyoviy tavsifnomalari.:

Tеkshirdi: To`rayev Shoyadbek




Andijon 2020


Mavzu: O’ta qattiq materiallar Fizik va kimyoviy tavsifnomalari.:

REJA:


  1. Kirish

  2. Asosiy qisim

2.1 Elektrontexnik

2.2 Konstruksion

2.3 Maxsus materiallar

3. Foydalangan adabiotlar


KIRISH

XX asrning ohirida O`zbekiston tarixida g`oyat muhim siyosiy o`zgarish amalga oshirildi – yurtimiz davlat mutaqilligini qo`lga kiritdi. Mustaqil taraqqiyot yo`lini boshlagan davlatimiz o`z oldiga, birinchi navbatda, siyosiy islohatlarni amalga oshirishni muhim ustivor vazifa qilib qo`ydi.

Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishni oliy maqsad sifatida belgilagan O`zbekiston Respublikasida, mustaqillikning o`tgan davri mobaynida, siyosiy sohada keng ko`lamli islohatlar olib borildi. Natijada mustaqil davlat uchun zarur bo`lgan yangi davlat va mahalliy hokimiyat orgonlari shakllantirildi, faoliyati mustahkamlandi hamda ularning qonuniy asoslari to`la yaratildi.

Davlatimiz mustaqilligining dastlabki davrlarida avtomobilsozlik sanoatiga poydevor qo`yilib, sohaning taraqqiy eta boshlaganligi yurtimiz istiqbolining yorqin ko`rinishlaridan biridir.

Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda sanoatning juda tez suratlar bilan o`sishga va iqtisodiyotning tayanchlaridan biri – avtomobil transporti sanoatidir. Avtomobil transpori sanoatining rivojlanishi sanoatning boshqa tarmoqlarining ham tez suratlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Shu sababli “Avtomobil sanoati Respublikamiz iqtisodiyotining tayanchlaridan biridir” – degan edi prezident I.A.Karimov.

Xammamizga ma’lumki, davlatimiz rahbari Prezident I.A.Karimov tomonidan avtomobilsozlikni rivojlantirish va transportdan samarali foydalanish masalalariga katta e’tibor berilmoqda.

1996 yilda Janubiy Koreyaning “DAEWOO” firmasi bilan hamkorlikda Andijon viloyati Asaka shahrida “Uz Daewoo avto” Co qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. 1999 yil esa Turkiya bilan birga Samarqand viloyatida “Cam Koch avto” korxonasi ishga tushdi. Ushbu qo‘shma korxonalarda quyidagi rusumli avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Dastlabki yillarda “Uz Daewoo avto” qo‘ma korxonasidan uch xil rusumdagi “Damas”, “TICO” va“NEXIA” avtomobillari ishlab chiqarila boshladi. Mustaqilligimizning 10 yilligiga munosib tuhfa qilib, 2001 yildan boshlab yangi rusumdagi “Matiz” avtomobili ishlab chiqarila boshladi. 2002 yilning avgust oyidan esa “Nexia” avtomobilining yangi rusumi “Nexia DONC” rusumi va 2003 yilning avgust oyidan boshlab, jahon talablariga to‘la mos keladigan “Lacetti” avtomobili ishlab chiqarila boshladi. Xozirgi kunda qo‘shma korxona “GM O`zbekiston” AJ nomi bilan yuritiladi va unda “Spark”, “Kobalt”, “Lscetti”, “Orlando” va “Kaptiva” avtomobillari yig‘ilmoqda.

Samarqanddagi “Cam Koch avto” qo‘shma korxonasidan esa 2007 yilga qadar o‘rta sig‘imli avtobuslar, kichik va o‘rta sig‘imli yuk tashish avtomobillari ishlab chiqarilgan bo‘lsa hozirgi kunda bu zavol “Samavto” nomi bilan yuritiladi va YAponiyaning “Isuzu” kompaniyasi bilan xamkorlikda avtobus va maxsus avtomobillar ishlab chiqarmoqda. Bunday qo‘shma korxonalarning faoliyati natijasda O‘zbekiston ham avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 davlat orasida o‘z o‘rnini topib oldi.



Elektrontexnika materiallari bu elektr va magnit maydonida ma’lum bir xususiyati bilan tavsiflanadi, bular amaliyotda elektr va magnit maydon ta’siri berilishiga qarab qo‘llaniladi.

Elektrontexnik materiallar magnit maydonida 2 guruhga bo‘linadi: kuchli va kuchsiz magnit materiallar.

Elektr maydonida ular 3 guruhga bo‘linadi:

1. O‘tkazgichlar.

2. YArim o‘tkazgichlar.

3. Dielektriklar.

Metallar - bu materiallarning xona haroratida solishtirma o‘tkazuvchanligi σ =­10-6 ­÷ 10-4 (Om ∙sm) ni tashkil etadi.

YArim o‘tkazgich materiallar – solishtirma o‘tkazuvchanligi xona haroratida σ =­10-4 ­÷ 1010 (Om∙sm) ni tashkil etib, ularning elekrofizik xossasi metallardan farqli holda tashqi ta’sirga: yorug‘lik, bosim, elektr maydon hamda haroratga juda ta’sirchan bo‘ladi.

Dielektrik materiallar - bu odatda solishtirma o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘lib, b = 1010 ÷ 1015 (Om ∙ cm) bo‘lgan va elektr xususiyati qutblangan qonuniyatiga bo‘ysunuvchi material hisoblanadi.


Kristallarninng fazoviy tuzilishini tavsiflashda kristall panjara tushunchasidan foydalaniladi. Kristall panjara tugunlarida atomlar joylashgan fazoviy to‘rdan iborat. Uni quyidagicha qurish mumkin: x,y,z o‘qlaridan tashkil topgan koordinatalar sistemasining (albatta, faqat to‘g‘ri burchakli bo‘lishi shart emas) boshiga berilgan moddaning bir atomini joylashtirib, o‘qlar bo‘yicha o‘lchamlari atomlarning muvozanat holatlariga mos, bazaviy vektorlar deb atalgan a, v, s vektorlarni joylashtiramiz. x - o‘qi bo‘yicha a, 2a, 3a, . . . masofalarga, y- o‘qi bo‘yicha v, 2v, 3v, . . . masofalarga va nihoyat z- o‘qi bo‘yicha s, 2s, 3s, . . . . masofalarga atomlarni joylashtirib kristall panjaraning x, y, z o‘qlari bo‘yicha birlashgan atomlar zanjirini hosil qilamiz.

Tugunlardagi atomlarni ko‘chirish (translyasiya) vektori deb atalgan vektor T = na + mv + ks yordamida (2- rasm) o‘qlar bo‘yicha ko‘chirib kristall panjara xosil qilinadi. a, b, c vektorlariga qurilgan eng kichik uyachani Brave panjarasi yoki elementar yacheyka deb ataladi. O‘qlar orasidagi a, b, g burchaklar ixtiyoriy bo‘lishi mumkin.

Dielektrik materiallar deb - elektr xususiyati qutblanishga bo‘ysinuvchi va solishtirma o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘lgan materiallarga aytiladi. Dielektrik materiallar 2 ga bo‘linadi:

1. Passiv

2. Aktiv (faol).

Passiv dielektrik materiallar ko‘pincha elektro- izolyasiya sifatida qo‘llaniladi. Bunga misol qilib, oddiy kondensatorni olish mumkin. Aktiv dielektriklar ko‘pincha lazer texnikasida qo‘llaniladi. O‘tkazuvchan materiallarning solishtirma qarshiligi r<10-5 Om∙m dielektrik materiallar qarshiligi esa r<10 8 Om∙m

Qattiq jismlar tuzilishi, tarkibi, ularni tashkil etgan zarralari orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari, mexanik, elektr, magnit, optik va boshqa xossalari jihatidan turli guruhlarga bo‘linadi. Masalan, elektr xossalari bo‘yicha qattiq jismlar yaxshi o‘tkazgichlar (metallar), yarim o‘tkazgichlar (bu atamani qo‘shib yozsa ham bo‘ladi), dielektriklar guruhlarini tashkil qiladi. Magnit xossalari jihatidan esa diamagnit, paramagnit, ferromagnit, antiferromagnit va ferritlar deb ataladigan qattiq jismlar turlari mavjud.

Qattiq jismlarning ayrim muxim xossalari hamda ularni tavsiflaydigan asosiy tushunchalar to‘g‘risida ma’lumot beramiz.

Qattiq jismlar ularni tashkil qilgan zarralarning joylashish tartibiga asoslanib kristall va amorf jismlar guruhlariga ajraladi. Amorf jismlarni (masalan, shishani) tashkil qilgan atomlar (ionlar, molekulalar)ning joylashishida qat’iy bir tartib yo‘q. Bundan ularning fazalarini o‘zgartirishida (masalan suyuqlanishida) qat’iy o‘tish nuqtalari (suyuqlanish haroratlari) mavjud bo‘lmasligi kelib chiqadi: amorf jismlar bir holatdan ikkinchi holatga uzluksiz o‘tib boradi.



FOYDALANGAN ADABIOTLAR

1.Materialshunoslik/E.Umarov. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi.-T.;Cho`lpon nomidagi NMIU, 2014.384 b. Nashir tabog`I 18,45. Adadi 500 nusha.

2.Nosir, Ilhom. Materialshunoslik: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik.-T.: O‘zbekiston,2001.-352 b.Bosma toboq-18,48.Nusxa-2000

3.Лахтин Ю.М., Леонтьева В.П.Материаловедение: Учебник для машиностроителных вузов-2-е изд., и доп.-М.: Машиностроение. 1980.-493 с., ил. Заказ-250. Босма табоғ-30.8

4. Материаловедение: Учебник /Г.А.Двоеглазов.-Ростов н/Д: Феникс, 2015.-445с.- (Среднее профессиональное образование). Тираж-2500. Заказ №1219. Босма табоғ-27,8

Qo’shimcha adabiyotlar:


  1. Гурин. Ф.Б. Клепиков В. Д., Рейи. В.В.Avtomobilsozlik texnologiyasi S. M. Qodirov taxriri ostida, Toshkent, 2000 y. 250 bet 3.

  2. Tojiyev A.T. Avtomobillarni ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari/ Ma’ro’zalar matni.- Tashkent: TAYI, 2000.-75b.

Internet saytlari:

1.www. ziyonet.uz;



2.www. lex.uz;
Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling