З a Manue l de français Pour les étudiants des écoles supérieures Fransuz tili darsligi


Download 396.55 Kb.
bet117/161
Sana24.01.2023
Hajmi396.55 Kb.
#1117712
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   161
Bog'liq
Manuel de francais-Турниёзов Ў.Т.

IV Retenez l’emploi du mot grâce (f)
la grâce – yaxshilik, moyillik
demander grâce à qn – kechirim so’ramoq
faire grâce à qn – kechirmoq, gunohidan o’tmoq
grâce! – rahm shafqat qiling!
grâce à qn, à qch – tufayli
V Lisez et traduisez les phrases.
Les patriotes ne demandent pas grâce à l’ennemi. Oh, mon père, grace! Pardonnez-moi! Je prierai tant mon cousin qu’on fera grâce à Gianetto. Cette jeune fille a de la grâce. Grâce à ce médecin je me suis vite rétabli.
VI Traduisez en français:
Korsika dehqonining o’g’li o’z uyi ostonasida cho’zilib yotardi. U yolg’iz edi, chunki ota-onasi qo’shni qishloqqa ketgan edi. Birdaniga u miltiq ovozini eshitdi va bir necha minutdan keyin zo’rg’a yurib kelayotgan bir odamni ko’rdi, uning oyog’i yarador edi. U boladan, o’zini yashirishni iltimos qildi. Bu Jianetto Sanpiero nomli bandit edi. Fortunato banditni pichan ichiga yashirib qo’ydi. Bir necha minutdan keyin askarlar bu banditni izlab keldilar.


Faire va laisser nisbat ko’makchi fe’llari
(verbes auxiliaires de voix faire et laisser)
Faire va laisser ko’makchi fe’llari gapdagi ish-harakat to’ldiruvchi tomonidan bajarilayotganligini anglatadi. Ular gapdagi asosiy fe’l bilan birikib murakkab fe’l-kesimni hosil qiladi. (prédicat verbal composé). Fransuz tilidagi fe’llarning bu turi o’zbek tilidagi fe’llarning orttirma nisbatiga to’g’ri keladi.
Ex: Le professeur fait travailler ses élèves. O’qituvchi o’quvchilarni ishlatayapti.
Il les fait travailler. U ularni ishlatayapti.
Bu gaplarda ega ish-harakatni bajarishga undaydi xalos. Vositasiz to’ldiruvchi bo’lib kelgan les élèves, les lar ish-harakatni bajaradilar.
Le professeur fait traduire ce texte à ces étudiants. O’qituvchi bu matnni studentlarga tarjima qildiryapti.
Il leur fait traduire ce texte. U bu matnni ularga tarjima qildiryapti.
On a fait lire à mon ami ce texte. Do’stimga bu matnni o’qitdilar.
On lui a fait lire ce texte. Unga bu matnni o’qitdilar.
Laisser fe’li ham faire fe’li kabi ish-harakat vositasiz to’ldiruvchi tomonidan bajarilayotganligini va unga imkon berilishi ma’nosini anglatadi:
Ex: On m’a laissé partir. Ketishimga ruxsat etishdi.



Download 396.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling