Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy sovun (naturalistik).
- Teri epidermisini shiluvchi (skrab) sovun.
- Oddiy atir sovunning taxminiy tarkibi
- Kosmetik vositalarni saqlash sharoiti.
- Spirtli loson.
- Ko‗z, lab va qoshlar uchun kosmetik qalamlar
- Suyuq va quruq rumyanalar
- Kalit so’zlar: 118 VII. Nazorat test savollari
- IX. Vaziyatli masalalar
- MAVZU: ―VETERINARIYA AMALIYOTIDA QO‗LLANILADIGAN DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI‖ I. Mavzuni o‘rganishdan maqsad
- III. Talabalar vazifasi
- IV. Mashg‘ulotni jihozlanishi
- V. Uslubiy ko‘rsatmalar Veterinariya amaliyotida qo‗llaniladigan dorilar ta‘rifi, tasnifi
Gigienik sovun. Bu eng oddiy sovunlarning turi. Bunday sovunlar hech qanday qo‗shimchalarni saqlamaydi va uning asosiy vazifasi teri yuzasini tozalash. Lekin bu sovunlarni keng qo‗llash terini gidrolipid qavatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. SHuning oqibatida terini qurishi, taranglanishi kuzatiladi. Ko‗pincha bunday sovunlarni fakat qo‗l yuvish uchun tavsiya etiladi. Tabiiy sovun (naturalistik). Bunday sovunlarga turli qo‗shimchalar kiritilgan bo‗ladi. Masalan, o‗simlik xom ashyoning maydalangan to‗qimalari, efir moylari va sh.o‗. Bu turdagi sovunlar nafaqat tozalash, balki terini tetiklashtirish yoki bo‗shashtirish, hamda aromaterapevtik ta‘sirga ega bo‗lishi mumkin. Parfyumer sovun. Bu turdagi sovunlarning tarkibiga turli xushbo‗y moddalar (aromatik moddalar) –1,5-2% qo‗shiladi. Ayrim holatlarda bunday sovunlarga yumshatuvchi moddalar ham kiritilish mumkin. Parfyumer sovunlarni vazifasiga, tanani tozalashdan tashqari uni xushbo‗ylantirish xam kiradi. Bolalar sovuni. Bu sovunlarni retsepturasini tanlashda bolalar terisini nozikli hisobga olinadi. Ayrim xolatlarda bunday sovunlar, turli o‗simlik ekstraktlar kiritilganligi uchun (moychechak, tirnoqgul, mavrak, emon pustlog‗i ekstraktlari), engil antiseptik xususiyatga ega bo‗lishi mumkin. Lekin bunday sovunlarni tozalovchi xususiyatlari, ko‗pincha, oddiy sovunlarga nisbatan pastrok. Antibakterial sovun. Bu sovunlar o‗z tarkibida turli antibakterial qo‗shimchalarni saqlaydi. Masalan, mikoseptik sovun oyokdagi zamburug‗larga qarshi qo‗shimchalarni saqlaydi. Teri epidermisini shiluvchi (skrab) sovun. O‗z tarkibida bunday sovun maydalangan abraziv qo‗shimchalar saqlaydi: maydalangan olcha danakchalari, yong‗oq po‗stlog‗i va sh.o‗. Ular terini yuza epidermisini shilib tushirish xossaga ega. Suyuq sovun. Tozalovchi va yuvish xususiyati bo‗yicha oddiy sovundan farqlanmaydi, lekin uning konsistensiyasi suyuq va ko‗p holatlarda bunday 114 sovunlarni ishlatish qulay, chunki ular dozatorlar bilan jihozlangan idishlarda chiqariladi. Sovunning yuvish xossalarini oshirish maqsadida turli SFM ko‗shiladi. Suyuq sovunlarni tayyorlashda kokosning, zaytun, kanakunjutning yog‗ kislotalarini kaliy ishqori yordamida sovunlash yo‗li bilan olinadi. Lekin hozirgi vaqtda bu turdagi sovunlarning ishlatilishi kamayib bormoqda, sababi kuchli ishqori ta‘sirida terining yallig‗lanishi kuzatilishi mumkin. SHu kamchilikni bartaraf etish sovunlarda SFM ni qo‗llash mumkin. Suyuq sovunlarni afzallik tomonlaridan biri bu SFM tabiatiga qarab sovunning rN ni ham me‘yorlashtirish (mo‗‗tadillashtirish) imkoniyati tug‗iladi. Bu esa teriga sovunning ta‘sirini yumshatadi. SFM saqlovchi suyuq sovunlarni tarkibiy qismlariga qo‗yidagilar kiradi: - asosan anionoaktiv SFM (15-30%) ; - yumshatuvchi vositalar: yog‗ kislotalarning murakkab efirlari, lanolin va uning hosilalari; - terini silliqlashtiruvchi moddalar: glitserin, glikol, sorbit sharbati; - sebotrop moddalar: asosan antiseptiklar: geksaflorofen, dixlorofen yoki kationaktiv SFM lar. Bu moddalar terining yuqori qavati va undagi mikroflorisiga faol biologik ta‘sir ko‗rsatadi. - quyuqlashtiruvchilar; - hushbo‗y qo‗shimchalar va bo‗yovchilar; - konservantlar va h.k. Oddiy atir sovunning taxminiy tarkibi: - YOg‗ kislotalarning natriyli tuzlari –78-80% - glitserin -0-1% -natriy xlorid -0,2-0,5% -erkin ishqorlar -0,3-0,5% 115 -smolalar -0-2% -yog‗lantiruvchi moddalar -0-6% -antioksidant, bo‗yovchi (pigmentlar) moddalar, yumshatuvchilar 0-1% - hushbo‗y moddalar -0,5-3% -suv -100%gacha Kosmetik vositalarni saqlash sharoiti. Kosmetik vositalarni 0 - 25°S haroratda, jihozlangan holda, quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlash tavsiya etiladi. Parfyumeriya vositalarni 5 yil saqlash mumkin. Parfyumer vositaning yog‗li iz qoldirishi eskirganligini bildiradi. Bolalar parfyumeriyasi tarkibida spirt oz miqdorda yoki umuman bo‗lmaydi, shuning uchun ularni saqlash muddati 3 yil. Parfyumer vositada cho‗kma hosil bo‗lsa eskirgan deb hisoblash mumkin. Krem 2-3 yil davomida saqlanadi. Krem eskirganda qatlamga ajralishi, yoqimsiz hid paydo bo‗lishi kuzatiladi. Eskirgan kremni ishlatish mumkin emas, aks holda allergik dermatit paydo bo‗lishi mumkin. Spirtli loson. Saqlash muddati 2-3 yil. Eskirgan losonlarda cho‗kma hosil bo‗ladi va rN ko‗rsatkichi o‗zgaradi. Shampunlar va yuvuvchi vositalarni saqlash muddati 3-5 yil. Mahsulotning rangini o‗zgarishi, yoqimsiz hid paydo bo‗lishi va shampun qadoqlangan idish shishib qoladi. 8 Tenlar 3-5 yil saqlanishi mumkin, mahsulot idishi ochilganidan keyin 12-18 oy saqlanishi mumkin. Eskirgan tenlar yomon surtiladi, bir tomonda to‗planib qolib, bir hil surtilmaydi 8 Baki Gabriella, Kenneth S. Alexander. Introduction to Cosmetic Formulation and Technology. - Published by John Wiley & Sons, Inc., Hoboken, New Jersey, 2015.- P. 272-328. 116 Ko‗z, lab va qoshlar uchun kosmetik qalamlar 3 yil saqlanishi mumkin, ishlatilgan qalamlar 12-18 oy saqlanishi mumkin. Qalamni tez sinishi, yomon surtilishi eskirganligini bildiradi. Kipriklar uchun tush 3-4 yil saqlanadi, ishlatilgan tush 3-6 oy saqlanishi mumkin. Tush kipriklarni yopishtirib qo‗yishi, yomon surtilishi va surtilganidan keyin to‗kilishi eskirganligini bildiradi. Mikroorganizmlar ko‗zlarni yallig‗lanishiga sabab bo‗ladi. Ko‗z uchun podvodka 3 yil saqlanishi va ishlatilganidan boshlab 6-12 oy saqlash mumkin. Eskirgan podvodka quyuq bo‗lib qoladi va yomon surtiladi. Suyuq va quruq rumyanalar 3-4 yil saqlanishi mumkin, idish ochilganidan keyin suyuq rumyanalar - 6-12 oy, quruq rumyanalar esa12-18 oy saqlanishi mumkin. Mahsulotning hidini o‗zgarishi va to‗kilishi eskirganligidan dalolat beradi. Kompakt pudra 3 yil saqlanishi mumkin, ishlatilgan vaqtidan boshlab 12- 18 oy saqlanadi. Mahsulotning hidini o‗zgarishi va to‗kilishi eskirganligidan dalolat beradi. Tonal krem 3 yil mobaynida va ochilganidan keyin 6-18 oy saqlanishi mumkin. Mahsulotning hidini o‗zgarishi, to‗kilishi va surtilgani dog‗lar hosil qilishi eskirganligidan dalolat beradi. Pomada. 3-4 yil mobaynida va ochilganidan keyin 12-18 oy saqlanishi mumkin. Mahsulotning hidini o‗zgarishi, tahir tortishi va yomon surtilishi eskirganligidan dalolat beradi. Tirnoq uchun laklar va moylarni saqlash muddati 2 yil, ochilgan flakon 1 yil saqlanishi mumkin. Qotib qolgan laklarni maxsus suyuqlikda eritish mumkin, buning uchun atseton va lak o‗chiradigan suyuqlikni ishlatish mumkin emas. 117 Tirnoq uchun moylarni eskirib qolganligi hidi va konsistensiyasini o‗zgarishidan aniqlab olish mumkin. 9 ** Uslubiy ko‗rsatmalar va o‗quv masalalari zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ―Charxpalak‖ uslubidan foydalanib kichik guruhlarga (1 guruhda 2-3 talabadan) bo‗lingan holda o‗tqaziladi. Teri, epidermis, derma, gipoderma, husnbuzar, kosmetika, kosmetologiya, kosmetsevtika, kosmetik vositalar, krem, koldkrem, loson, niqoblar VI. Mustaqil tayyorlash uchun savollar: 1. Kosmetologiya amaliyotida qo‗llaniladigan vositalarning tavsifi va tasnifi; 2. Kosmetik vositalar tarkibida ishlatiladigan dori va yordamchi moddalarga qo‗yiladigan talablar; 3. Kosmetik vositalar tarkibida ishlatiladigan dori va yordamchi moddalar nomenklaturasi; 4. Kosmetik vositalar texnologiyasining o‗ziga xosligi; 5. Kosmetik krem va losonlar texnologiyasi va sifatini baholash. 9 Handbook of cosmetic science and technology / edited by Andre´ O. Barel, Marc Paye, Howard I. Maibach. — 3rd ed., 2009 by Informa Healthcare USA, Inc. Vanderbilt Avenue,New York, P. 225-250. Kalit so’zlar: ? 118 VII. Nazorat test savollari 1) "Koldkrem" kim tomonidan ixtiro qilingan? a) Klavdiy Galen b) Samuel Ganeman c) Gippokart d) Paratsels e) Ibn Sino 2) "Koldkrem" tarkibiga kiruvchi moddalarni keltiring: a) spermatset, oq asalari mumi, bodom moyi va tozalangan suv b) spermatset, sariq asalari mumi, zaytun moyi va tozalangan suv c) oq asalari mumi, bodom yoki shaftoli moyi va tozalangan suv d) spermatset, parafin, o‗simlik moyi va tozalangan suv e) spermatset, oq gil, shaftoli moyi va tozalangan suv 3) Teri nechta qavatdan tashkil topgan bo‗ladi? a) 3 b) 4 c) 5 d) 6 e) 7 4) Teri bajaradigan funksiyalarini keltiring: a) Himoyalovchi va ekskretor. b) Himoyalovchi, termoregulyator, sekretor, ekskretor, nafas oluvchi va reflektor. c) Termoregulyator va ekskretor. d) Himoyalovchi, termoregulyator va reflektor. e) Himoyalovchi, termoregulyator va sekretor. 119 5) "Los‘on" so‗zining ma‘nosini keltiring: a) yog‗sizlantiruvchi b) yuvuvchi, namlovchi c) spirtli eritma d) Nastoyka e) qaymoq 6) Quyida keltirilgan himoyalovchi surtma qaysi turdagi surtmalar turiga kiradi? Ruh oksidi 30,0 g Fenilsalitsilat 3,0 g Vazelin 65,0 g Atirgul moyi 1-2 tomchi. a) Gomogen b) Suspension c) Emulsion d) Ekstraksion e) aralash turdagi 7) Quyida keltirilgan yuz terisini tozalovchi surtma qaysi turdagi surtmalar turiga kiradi? Asalari mumi 6,0 g Bura 0,5 g Shaftoli moyi 27,5 g Tozalangan suv 16,0 g a) Gomogen b) Suspension c) Emulsion d) Ekstraksion e) aralash turdagi 120 8) Terining pH nechaga teng? a) 5,0-6,8 b) 6,5-7,5 c) 6,0-8,0 d) 7,0-9,0 e) 4,5-5,5 9) "Koldkrem" so‗zining tarjimasi qanday? a) "kosmetik vosita" b) "kosmetik qaymoq" c) "yumshoq surtma" d) "sovuq qaymoq" e) "davolovchi qaymoq" 10) Quruq teri uchun ishlatiladigan loson tarkibida etil spirtining konsentratsiyasi qancha bo‗lishi mumkin? a) spirt saqlamasligi kerak b) 2% c) 5% d) 10% e) 7% VIII. Bajarish uchun topshiriqlar: 1. Quyida keltirilgan tarkib bo‗yicha himoyalovchi kosmetik krem texnologiyasini keltiring: Rux oksidi 30,0 Fenilsalitsilat 3,0 Vazelin 65,0 121 Atirgul moyi 1-2 tomchi 2. Quyidagi tarkib bo‗yicha tozalovchi krem texnologiyasini keltiring: Asalari mumi 6,0 Bura 0,5 Shaftoli moyi 27,5 Tozalangan suv 16,0 3. Yuz terisini tozalash uchun loson texnologiyasini keltiring: a. Moychechak losoni Tarkibi: Moychechak damlamasi 100 ml Etil spirti 70% 2,5 ml b. Loson «Qayin suvi» : Tarkibi: Qayin kurtagi damlamasi 100 ml Etil spirti 70% 3,0 ml Berilgan topshiriqlar ―Loyiha‖ va ―Aqliy hujum‖ pedagogik texnologiya usullari yordamida muhokama qilish tavsiya etiladi. IX. Vaziyatli masalalar 1. ―Yuvinish uchun qanday haroratdagi suvni ishlatish kerak?‖ – degan savolga talaba: ―40-50° S haroratdagi yumshatilgan suv‖ – deb javob berdi. Bu to‗g‗rimi? 2. ―Massaj uchun krem tayyorlashda uning tarkibiga kiruvchi komponentlarni qaysi ketma-ketlikda qo‗shish kerak?‖ – degan savolga talaba: ―Modda eriydiganlarni moyda, suvda eriydigan moddalarni – suvda eritib qo‗shish kerak‖ – deb javob berdi. Javob to‗liqmi? Asalari mumi 20,0 Bura 1,5 122 O‗simlik moyi 300,0 Tozalangan suv 100,0 3. ―Quruq terini tozalash uchun mo‗ljallangan loson tarkibida qanday konsentratsiyadagi etil spirti qo‗shilishi mumkin?‖ - degan savolga talaba: ―25- 30% atrofida bo‗lishi kerak‖ – deb javob berdi. Javob to‗g‗rimi? 4. Quyida keltirilgan tarkib bo‗yicha kosmetik sovun tayyorlash uchun talaba barcha keltirilgan komponentlarni xona haroratidagi tozalangan suv bilan aralashtirdi. Sovun to‗g‗ri tayyorlandimi? Bolalar sovuni 100,0 Osh tuzi 1,0 Ammiak eritmasi 2,0 Bura 1,0 Tozalangan suv 250,0 Borat kislotasi 1,0 5. ―Rasmlarni to‗g‗ri joylashtir‖ metodi bo‗yicha keltirilgan tarkibdagi oziqlantiruvchi kremning texnologik jarayoni tasvirini to‗g‗ri keltiring. Tarkib: Natriy tetraborat 0,5 g Asalari mo‗mi 3,0 g SHaftoli moyi 20,0 g Tozalangan suv 10,0 g Tirnoqgul nastoykasi 0,5 g. 1-bosqich. Tarkibiy moddalar va asvob- uskunalarni tayyorlash (sterillash) 2-bosqich. Suv hammomida asalari mo‗mini eritish 123 3-bosqich. Eritilgan asalari mumi va o‗simlik moyi aralashmaga natriy tetraborat eritmasini qo‗shish 4-bosqich. Suv hammomida asalari mo‗mga moyni qo‗shish hamda isitilgan suvda natriy tetraboratni eritish 5-bosqich. Kremga biofaol moddalarni qo‗shish va aralashtirish 6-bosqich. Krem hosil bo‗lgunicha aralashtirish 7-bosqich. Kremni jixozlash. X. Adabiyotlar 1. Башура А.Г., Глушко С.Н. Косметика в аптеке.-Харьков.-2004.-120 с. 2. Гоникман Э.И.Натуральная косметика.М.-2000.-272 с. 3. Дрибноход Ю. Косметика, косметология.-СПб.-2003.-416 с. 4. Дрибноход Ю. Введение в косметологию.-СПб.-2003.-352 с. 124 5. Крестьянинова О.А. Современная косметология.-Спб.-2004.-176 с. 6. Матюшина Т.П., Тимофеева Ш.Ю., Краснюк И.И. Лечебно- косметические лосьоны как лекарственная форма//Фармация.-2002.-3.-с.42- 44. 7. Назарова З.А., Асланова Д., Файзуллаева Н.С. Разработка технологии лечебно-косметических лосьонов противовоспалительного действия Farmatsevtica jurnali, 2006, №1-2.- 53-54 bet. 8. Nazarova Z.A., Tureeva G.M. Maxsus dori turlari texnologiyasi. Darslik.- 2008.- 160 b. 9. Назарова З.А., Махмуджанова К.С., Туреева Г.М., Файзуллаева Н.С. Технология специальных лекарственных форм.-Ташкент, 2014. .-275 с. 10. Назарова З.А., Туреева Г.М. Оптимизация технологии лечебно- косметических кремов. Матер.конф.посв.65 летию Ташфарми.-2002.-с.38-39. 11. Назарова З.А.. Файзуллаева Н.С., Туреева Г.М. Разработка технологи фитокосметических лосьонов на основе растительного сырья/Материалы Республиканской научно-практ.конф. Новые достижения в получении и применении природного сырья, посвященная 100 летию проф.. Р.Л. Хазанович.-Ташкент, 2006.-С.120-121. 12. Современная косметология. Новейший справочник –СПб 2004.-660 с. 13. Туреева Г.М., Мамедова Г. Разработка технологии косметических лосьонов Матер.науч-практ.конф.-‖Акт.проблемы образо-вания, науки и производства в фармации‖.-Ташкент.-2005.-С.56-57. 14. Чижова Е.Т., Михайлова Г.В. Изготовление индивидуальных лечебно- косметических препаратов в аптеке и в условиях малосерийных производств.- Уч.пособие.М.-ФГОУ ВУНМЦ.-2005.-262 с. 125 15. Baki Gabriella and Kenneth S. Alexander. Introduction to Cosmetic Formulation and Technology. 2015, Published by John Wiley & Sons, Inc., Hoboken, New Jersey, 728 pages. 16. Handbook of cosmetic science and technology / edited by Andre´ O. Barel, Marc Paye, Howard I. Maibach. — 3rd ed., 2009 by Informa Healthcare USA, Inc. Vanderbilt Avenue,New York, 887 pages 126 MAVZU: ―VETERINARIYA AMALIYOTIDA QO‗LLANILADIGAN DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI‖ I. Mavzuni o‘rganishdan maqsad Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan qattiq, suyuq va yumshoq dori turlari tеxnologiyasini o‘zlashtirish. Tayyorlangan dori turlarni sifati, jihozlanishi va saqlash muddati va sharoitiga ahamiyat bеrish. II. Mavzuni ahamiyati Zamonaviy veterinariya dorilar nomenklaturasi, ularni dorixatda berish usullai bilan tanishish, mustaqil veterinariya amaliyotida ishlatiladigan qattiq, suyuq va yumshoq dori turlarini tayorlash va sifatini baholashni o‘rgatish. III. Talabalar vazifasi - Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan qattiq, suyuq va yumshoq dori turlarni ta'rifi va tasnifini kеltiradi. Hayvonlar uchun mo‘ljallangan dori prеparatlarda ta'sir etuvchi moddaning dozasini hisoblaydi. - Hayvonlar uchun mo‘ljallangan dorilar tеxnologiyasi va qo‘llaniladigan yordamchi moddalarni tanlashni o‘ziga xosligini ta'riflaydi. - Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan qattiq, suyuq va yumshoq dorilarni sifatini baholash va jihozlashni o‘ziga xos tomornlarini ta'riflaydi. IV. Mashg‘ulotni jihozlanishi VR-1; VR-5; VR-20; VR-100 qo‘l torozi va toshlar (DTST 7328-61); VKT- 1000 torozi (DTST 7328-61); turli kattalikdagi hovonchalar dastasi bilan; tozalangan suv uchun byurеtka; pipеtkalar, shisha voronka; o‘lchov silindirlari; diamеtri 10-15 sm li chinni kosacha; paxta; doka; filtr qog‘ozi; pеrgamеnt qog‘ozi; mumlangan qog‘oz kapsulalari; qo‘ng‘ir rangli (OS, OS-1 navli) va rangsiz (MTO navli) hajmi 50 va 100 ml li shisha idishlar, ular uchun polietilеn probkalar va burama plastmassa qopqoqlar; ‖Ichish uchun‖, „Sirtki‖, „Kukun dori‖ dеgan asosiy va „Ad usum veterinarium‖, „Salqin joyda saqlansin‖, „Yorug‘lik tushmaydigan 127 joyda saqlansin‖, „Qollashdan oldin chayqatilsin‖ kabi qo‘shimcha yorliqlar va kraxmal shilimshig‘i. V. Uslubiy ko‘rsatmalar Veterinariya amaliyotida qo‗llaniladigan dorilar ta‘rifi, tasnifi Veterinariyada ishlatiladgan dori turlari maxsus ishlab chiqarish korxonalarda va dorixonalarda, ba‘zan tibbiyot dorixonalarida tayyorlanadi. Bu dori turlarining retseptlari veterinariya vrachlari va feldsherlari tomonidan yozilib, ular ham tibbiyot retseptlariga qo‗yiladigan talablarga javob berishi kerak. Retseptda kasal bo‗lgan hayvon haqida ma‘lumot, turi, laqabi, yoshi bo‗lishi lozim. Veterinariyada ishlatiladigan dori turlari, ularning tarkibidagi dorivor va yordamchi moddalar va tayyorlanishi odatdagi dori turlari texnologiyasidan hech qanday farq qilmaydi. Faqat ba‘zi dori turlarining hajmi, miqdori ko‗p bo‗ladi (masalan, bolyuslar 0,5-50,0 g, shamchalar 200,0 g gacha) Qo‗shimcha moddalar sifatida javdar uni va ko‗pincha dorilar ta‘mi va xidini yaxshilovchi moddalar qo‗shiladi. Veterinariyada qo‗llaniladigan dorilar ko‗proq dozada berilishi va ayrim o‗ziga xos dori turlarga ega bo‗lishi bilan ajralib turadi. Masalan, bo‗tqalar, bolyuslar degan dori turlari ishlatiladi. Veterinariyada ishlatiladigan dori turlari quyidagicha tasniflanadi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling