Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shamchalar uchun asoslar
- Veterinar dori turlarini takomillashtirish
- Veterinariya, veterinar farmatsiy, bolyuslar, botqalar, briket, draje, dustlar, globulalar, hab dorilar, yig‘ma
- Kalit so’zlar
- VII. Nazorat tеst savollari
- IX. Vaziyatli masalalar
- GLOSSARIY Agar-agar — dengiz karami
- Biologik faol moddalar
- Bo‘tqalar. (Electuaria).
- Bog‗lovchi modda
Bo‘tqalar tеxnologiyasi. O‘simlik poroshoklari yaxshilab aralashtiriladi, unga suyuqlik qo‘shilib, bir xil massa xosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Bo‘tqalar ex tempore tayyorlanadi. Ular turg‘un emas. Konsеrvatsiya qilish maqsadida qaynab turgan suv xammomida 1 soat davomida bo‘tqa isitiladi, yoki glitsеrin qo‘shiladi qurib qolmasligi uchun. Og‘zi yaxshi bеrkitiladigan idishda salqin joyda saqlanadi. Bo‘tqaning konsistеntsiyasi rеtsеptda ko‘rsatiladi, ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyuq bo‘tqa tayyorlanadi. Rp: Extracti Aloes 10.0 Corticis Frangulae pulverati 50.0 Salis Carolini factitii 30.0 Radicis Glycyrrhizae pulverati et Aquae purificatae q.s. Ut fiat eletuarium spissum D.S. otga bir martalik bo‘tqa. Tеxnologiyasi: 154 Saburni ektsraktini maydalab karlovar tuzi bilan aralashtiriladi, kеyin krushina po‘stloqi poroshogi qo‘shiladi. Qizil miya poroshogi miqdori hisob-kitobi yuqorida ko‘rsatilganidеk, o‘simlik poroshogini qovushtirish uchun altеy ildizi poroshogidan 1/6 q. olish kеrak, ya'ni: 50 + 10 6 = 10,0 g, karlovar tuzi uchun -1/3 q., ya'ni 30/3=10.0 g Ja'mi altеy ildizi poroshogidan 20,0 g olish kеrak. Ushbu rеtsеptda qizilmiya poroshogi kеltirilgan, undan 1,5-2 marta ko‘proq bo‘lishi uchun 40.0 g olinadi. Barchasini qo‘shib bir xil quyuq bo‘tqa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Bo‘tqalar asosan ot, cho‘chqa va itlarga bеriladi. Ular tashqi ko‘rinishidan quyuq asalni eslatadi, suyuq bo‘tqalar ham bo‘ladi. Bo‘tqalarni tayyorlashda avval barcha kukunsimon prеparatlar yaxshilab aralashtirilib, so‘ngra yordamchi suyuqliklar (sharbat, shinni, yoqlar) qo‘shiladi. Ular – 1/3 qism olinadi. Suyuqliklarni extiyotlik bilan oz-ozdan q‘oshish tavsiya etiladi, bo‘tqa suyuq bo‘lib kеtmasligi uchun bo‘tqalarning suyuq-quyuqligi rеtsеptda ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u xolda quyuq bo‘tqa tayyorlanadi. Bo‘tqalar dozalarga bo‘linmaydigan bo‘lganligi uchun, ularga ―A‖ va ―B‖ ro‘yxatidagi dorivor moddalar qo‘shilmaydi. Bo‘tqalar bеqaror bo‘lganligi uchun faqat kеrakligida tayyorlanadi va salqin joyda saqlanadi. Rp: Extracti Filicis maris 5.0 Rhizomatis Filicis maris pulverati Farinae secaline ana 25.0 Glucosi spissi q.s (shinni) M.f. electurium 100.0 D.S.Bitta cho‘chqaga 1 marta еdirish uchun Tеxnologiyasi: rеtsеptda kеltirilgan dorini tayyorlash uchun avval paporotnik kukuni bilan unni aralashtirib, ustiga alohida tayyorlangan ekstrakt bilan shinni 155 aralashmasi (1:1) qo‘shib aralashtiriladi va 100.0 ga qadar shinni solib, yana aralashtiriladi. Tayyor bo‘tqa shisha bankalarda bеriladi. Shamchalar (Suppositorium, -i, -a) - dеb organizm bo‘shliqlariga kiritish uchun mo‘ljallangan, xona haroratida qattiq, va tana haroratida suyuklanadigan dozalarga bo‘lingan dori turiga aytiladi. Shamchalarii tasnifi: Shamchalar qo‘llanilishiga qarab quyidaga turlarga bulinadi. Suppositoria rectalia - to‘g‘ri ichakka yuboriladigan shamchalar. Suppositoria vaginalia - qinga yuboriladigan shamchalar. Bacilli – tayoqchalar. Bu shamchalar har xil a'zolarga yuborilishga qaramasdan, bir xil asoslardan foydalanilib, bir xil tayyorlash tеxnologiyasiga ega. Shamchalar tayyorlashda ishlatiladigan asoslarga qo‘yiladigan asosiy talablar: Ular xona haroratida qattiq, va tana xaroratida suyuqlanishi kеrak. Agar ular xona haroratida qattiq bo‘lmasa, ularni tug‘ri ichakka yuborish qiyinlashadi. Ular mushaklarni sikish kuchini еngib ichkari kirishi kеrak. Agar ular tana haroratida erimasa, yoki sеkin erisa, ulardan dori prеparatlarni so‘rilishi sеkinlashadi va bir tеkisda bulmaydi. Shamchalar uchun asoslar. Shamchalar dori prеparatlardan va asoslardan iborat buladi. Shamchalarni dori turi sifatida baholash shamchalardan dorini surilishga va davolash effеkti, asoslarga va ularni tug‘ri tanlab olishiga bog‘liq. Shamcha asoslariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Asos tana haroratida suyuqlanishi yoki erishi kеrak Xona haroratida qattiq bo‘lishi kеrak Qo‘shiladigan dori prеparatlari bilan yaxshi aralashishi kеrak Havo va yorug‘lik ta'sirida o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmasligi kеrak 156 Dori moddalar bilan rеaktsiyaga kirishmasligi kеrak Dorini ta'siriga monеlik qilmasligi kеrak Asoslar tabiataga qarab 2 ga bo‘linadi. Gidrofob - suv bilan aralashmaydigan (moysimon - kakao moyi; kakao moyi, parafin va gidrogеnirlangan yog‘lar; o‘simlik va hayvon gidrogеnirlangan yog‘lar; qattiq yo g‘lar, gidrogеnirlangan yo g‘lar, mum va parafin qotishmasi va h.k.). Gidrofil - suv bilan namlanadi, suvda eriydigan, suvli eritmalar bilan yaxshi aralashadigan asoslar (jеlatin-glitsеrinli gеllar, polietilеnoksid qotishmalari). Jеlatin-glitsеrinli asosni 1 qism tibbiyot jеlatinasi, 5 qism glitsеrin va 2 qism tozalangan suvdan tayyorlaydilar. Vеtеrinariya shamchalarini tayyorlashda limon kislotasi, emulgator №1, emulgator T-1 va T-2, tvin-80, aerosil va b.). Vеtеrinariya amaliyotida ishlatiladigan shamchalar juvalash, quyish va prеsslash usulida olinadi: 1. Rp.: Phenotiazini 0,2 Butyroli q. s. Ut fiat suppositorium Da tales doses № 6 S. Itning to‘g‘ri ichagiga 1 shamchadan kuniga 2 mahal. 2. Rp.: Suppositorii cum Ichthyoli 0,2 Da tales doses № 6 S. Itning to‘g‘ri ichagiga 1 shamchadan kuniga 2 mahal. 3. Rp.: Iodoformii subtilissimi 0,5 Butyroli q.s. Ut fiat bacillus longitudine 10 sm et diametro 1 cm. Da tales doses № 4 S. Otning yarasiga 1 tayoqchadan kuniga 2 mahal. 157 Veterinar dori turlarini takomillashtirish 1. Xayvonlar farmakoterapiyasida in‘eksion va ingalyasion dori turlarini ishlatilishi. Ushbu yo‗llar bilan dorilarni yuborilishi ham biofarmatsevtik jihatdan, ham iqtisodiy tomonidan samaralidir. 2. Peroral yo‗li bilan dorilarni yuborilishi har tomonlama izlanishlarni talab qiladi, chunki preparatlarni oshqozon-ichak yo‗llarida gidrolitik va fermentativ dekstruksiyaga uchrashi mumkin. Uning uchun quyidagi masalalar echilishi lozim: - ovqat hazm qilish yo‗lidagi ta‘sirlarga turg‗unligi; - xayvonning turiga qarab dori moddaning so‗rilish tezligi, so‗rilgan foizi. Chorvachilikni rivojlantirishda zamonaviy intensifikatsiya usullari qo‗llaniladi. Shu maqsadda BF qo‗shimchalar ishlatiladi. Bu masala esa veterinar, farmatsevt, toksikologlarni hamjihat bo‗lib ishlashini talab qiladi. Veterinariya, veterinar farmatsiy, bolyuslar, botqalar, briket, draje, dustlar, globulalar, hab dorilar, yig‘ma VI. Mustaqil tayyorlash uchun savollar: 1) Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan dori turlarini tasnifi va tavsifi, ularni dozalash. 2) Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan dori turlari tеxnologiyasining o‘ziga hosligi 3) Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan qattiq dori turlari tеxnologiyasi: poroshoklar, dustlar, yig‘malar, granulalar, tabletkalar, briketlar, draje, kapsulalar, hapdori va bolyuslar. Kalit so’zlar: ? 158 4) Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan suyuq dori turlari tеxnologiyasi: eritmalar, YuMB lar, suspenziya, emulsiya, damlama va qaynatmalar. 5) Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlari tеxnologiyasi: surtma, pasta, liniment va bo‘tqalar. 6) Veterinariya atamalari bilan tarnishing. Mustaqil tayorlash uchun savollar ―Aqliy hujum‖ pedagogic texnologiya usulda muhokama etiladi. VII. Nazorat tеst savollari 1) Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan zaharli va kuchli ta‘sir ko‗rsatuvchi dori moddalarning bir martalik yuqori dozasi to‗g‗risida qaerdan ma‘lumot olish mumkin? a) XI DF 1-nashridan b) XI DF 2-nashridan c) X DF dan d) veterinar ko‗rsatmasi bo‗yicha e) IX DF dan 2) Ot va qoramollarga beriladigan dori vositalarga qanday korrigentlar q‘oshish mumkin? a) qand b) efir moyi c) osh tuzi d) nordon ta‘mli moddalarni e) achchiq moddalarni 159 3) Qo‗y va echkilarga beriladigan dori vositalarga qanday korrigentlar q‘oshish mumkin? a) Shirin b) Sho‗r c) achchiq d) nordon e) ta‘m sezuvchi retseptorlarning sezgirligini pasaytiruvchi moddalarni (mentol, anestezin) 4) Cho‗chqa va itlarga beriladigan dori vositalarga qanday korrigentlar q‘oshish mumkin? a) shirin b) sho‗r c) Achchiq d) Nordon e) ta‘m sezuvchi retseptorlarning sezgirligini pasaytiruvchi moddalarni (mentol, anestezin) 5) Mushuklar qanday hidni yaxshi ko‗rishadi? a) Mentol b) Kseroform c) Valeriana d) Vanilin e) Atirgul moyini 6) Faqat veterinariya amaliyotida qo‗llaniladigan dori turlarni keltiring? a) Bo‗tqa va bolyuslar b) Bolyus, eritma va granulalar c) Essensiya va opodeldoklar d) Bolyus va opodeldoklar 160 e) Essensiya va bolyuslar 7) Bolyuslar qanday dori turi? a) qattiq, dozalarga ajratilgan, drajega o‗xshash, massasi 0,5 g dan 50,0 g gacha bo‗lgan dori turi b) suyuq dori turi c) dozalarga ajratilgan, qattiq hapdoriga o‗xshash, massasi 0,5 g dan 50,0 g gacha bo‗lgan, sharsimon, tuxumsimon yoki uzunchoq bo‗lak shaklidagi dori turi d) qattiq, dozalarga ajratilgan, massasi 0,5 g dan 50,0 g gacha bo‗lgan va ichishdan oldin eritish uchun mo‗ljallangan dori turi e) massasi 0,5 g dan 50,0 g gacha bo‗lgan, ichish uchun mo‗ljallangan yumshoq dori turi 8) Bolyuslar qanday tayyorlanadi? a) presslash usulida b) juvalash va quyish usulida c) Hab dorilarga o‗xshab juvalash usulida d) granullalash usulida e) gomogenizatsiyalash yo‗li bilan. 9) Otlar uchun beriladigan bolyuslarning massasini keltiring a) 2,0 g dan 50 g gacha b) 0,1-0,5 g c) 0,1-0,3 g d) 0,05-0,1 g e) 0,5-50,0 g 10) Itlar uchun beriladigan bolyuslarning massasini keltiring a) 2,0 g dan 50 g gacha b) 0,1-0,5 g 161 c) 0,1-0,3 g d) 0,05-0,1 g e) 0,5-50,0 g VIII. Bajarish uchun topshiriqlar: I. Quyida kеltirilgan bolalar uchun mo‘ljallangan rеtsеptlarni va ularni tеxnologiyasini kundalik daftariga qayd eting. 1. Rp.: Streptocidi Xeroformii ana 10,0 M.f. аspersio (pulvis subtilissimus) D.S. Sirtki. Mishuk terisiga sepish uchun. 2. Rp.: Sevini 7,5 Boli albae 93,0 M.f.pulvis subtilissimus D.S. Sirtki it uchun. 3. Rp: Extracti Nucis Vomicae 0.5 Sacchari albi Sacchari lactis ana 2.0 Farinae triticae q.s. Ut fiant granulae N100 D.S. Kabitarlar uchun. 4. Rp.: Natrii salicylatis 40,0 Extracti et pulveris radicis Glycyrrhizae q.s., ut fiant boli № 4 Da. Signa. Ot uchun 2 bolusdan kuniga ikki mahal. 162 5. Rp.: Foliorum Digitalis pulverati 0,1 Radicis Althaeae pulverati et Sirupi simplicis q.s., ut fiat pilula Da tales doses № 6 Signa. It uchun 2 hapdoridan kuniga ikki mahal. 6. Rp.: Olei Ricini 400,0 Gelatosae 200,0 Aquae purificatae 200 ml Misce, fiat emulsum Da. Signa. Bir marta otga ichish uchun. 7. Rp.: Extracti Filicis maris 5.0 Rhizomatis Filicis maris pulverati Farinae secaline ana 25.0 Glucosi spissi q.s. M.f.electarium 100,0 D.S. Bir marta cho‘chqaga ichish uchun. «Tarmoqlar» mеtodi bo‘yicha «Hayvonlar uchun suyuq dorilar», «Hayvonlar uchun qattiq dorilar», «Hayvonlar uchun yumshoq dorilar» so‘zlarga klastеrlar tuzing. IX. Vaziyatli masalalar Talaba keltirilgan retseptlarda hayvonlar uchun mo‘ljallangan dorilar dozasini to‘g‘ri hisoblashi lozim edi. Hosob-kitobdan keyin talaba dozalar to‘g‘ri hisoblangan deb javob berdi. 8-ilovaga asoslanib hosob-kitob to‘g‘riligini tekshiring. 163 1. Ot uchun 5 ta poroshok tayorlash lozim: mishyak anangidridi (Arsenii trioxydum) 0,2 g; tozalangan oltigugurt (Sulfur depuratum) 0,3 g. Ichish uchun. Kuniga 1 poroshokdan. 2. Ot uchun 12 ta poroshok tayorlash lozim: simob monoxlorid (Hydrargyri monochloridum) 0,3 g va qand (Saccharum). Ko‘zga puflash uchun. 3. It uchun 12 ta poroshok tayorlash lozim: kodein fosfat (Codeini phosphas) 0,05 g va natriy gidrokarbonat (Natrii hydrocarbonas) 0,3 g. Ichish uchun. 1 poroshokdan kuniga 3 mahal. 4. Sigir uchun poroshok: karlovar tuzi (Sal. carolinum factitium) 500,0 g, archa mevasi poroshogi (Fructus Juniperi) 200,0 g. Ichish uchun. 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal. 5. It uchun Analgin (Analginum) tabletkasi 0,5 g № 10. Ichish uchun. 1 tabletkadan kuniga 3 mahal. 6. It uchun tarkibida 0,1 g dan erkak paporotnigi ekstrakti (Ext. Filicis maris)ni saqlovchi 2 kapsula. Ichish uchun. 1 kapsuladan kuniga 3 mahal. 7. Ot uchun tarkibida 0,2 g dan kaliy permanganat (Kalii permanganatis) saqlovchi 6 bolyus. Ichish uchun. 1 bolyusdan kuniga 3 mahal. 8. Ot uchun tarkibida 3,0 g dan kaliy yodid (Kalii iodidum) saqlovchi 6 bolyus. Ichish uchun. 1 bolyusdan kuniga 3 mahal. 9. Cho‘chqa uchun tarkibida 4,0 g angishvonagul bargi (Folium Digitalis) poroshogini saqlovchi bo‘tqa. Yurak etishmovchiligida bir marta ichish uchun. 10. Cho‘chqa uchun tarkibida 5,0 g eman daraxti po‘stlog‘i (Cortex Quercus) poroshogi va 2,0 g fenilsalitsilat saqlovchi bo‘tqa. Bir marta ichish uchun. Taklif etilgan vaziyatli masalalarni «muammoli vaziyat» mеtodi asosida bajarish tavsiya etiladi: ―Muammoli vaziyat‖ ―Muammoli‖ vaziyat turi ―Muammoli‖ vaziyat sabablari Vaziyatdan chiqib ketish xarakatlari 164 X. Adabiyotlar 1. Ishmuhamеdov R.J. Innovatsion tеxnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo‘llari.-Toshkеnt, 2004.-44 b. 2. O‘zbеkiston Rеspublikasida farmatsеvtika faoliyati.- 2-kitob.- 2001.-184-293 b. 3. O‘zbеkiston Rеspublikasida farmatsеvtika faoliyati.- 3-kitob.- 2003.- 288- 359b. 4. Nazarova Z.A., Tureeva G.M. Maxsus dori turlari texnologiyasi. Darslik.- 2008.- 160 b. 5. Farmatsеvtik tеxnologiya asoslari fanidan amaliy qo‘llanma/`M.M.Miralimov M.M., X.K.Abdullaеva, Z.Ya.Mamatmusaеva va boshq.-T.: Ibn Sino, 2004.- 176 b. 6. Государственная фармакопея СССР. X-е изд.-М.: 1968. 7. Государственная фармакопея ХI-издания.- Т.2.-Москва, 1990. 8. Гаврилов А.С Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов: Учебник/А.С. Гарилов.- М.: ГЭОТАР-Медиа, 2010.- 624 с. 9. Промышленная технология лекарств. Т-2 / В.И. Чуешов, М.Ю. Чернов, Л.М. Хохлова и др.- Под ред. Проф. В.И.Чуешова.-Х.:Основа, УкрФА, 1999.- 704 с. 10. Синѐв Д.И., Марченко Л.Г., Синѐва Т.Д.. Справочное пособие по аптечной технологии лекарств.- С.Петербург.- 2001.- 316 с. 11. Тихонов А.И., Ярных Т.Т. Технология лекарств.-Харьков, 2002.-С.562- 576. 12. Фармацевтическая технология: Технология лекарственных форм: учебник для студентов высших учебных заведений/[И.И.Краснюк, 165 С.А.Валевко, Г.С.Михайлова и др.]; под редакцией И.И.Краснюка и Г.С.Михайловой.- 2-е изд.: Центр «Академия», 2006.- 502 с. 13. Александров И.Д., Субботин В.М. Справочник по технологии приготовления лекарственных форм: для ветеринарного врача и фермера. - Ростов-на-Дону: Феникс, 2001. -192 с. 8. Вовк Д. М. Справочник по ветеринарной рецептуре и технологии изготовления лекарственных форм. Киев, Урожай, 1998. - 223 с. 9. Мозгов И.Е. Ветеринарная рецептура. М.: Агропромиздат, 1966.- 256 с. 10. Рабинович М.И. Практикум по ветеринарной фармакологии и рецептуре. - М.: Агропромиздат, 1988. - 239 с. 11. Steven B. Kayne, Michael H. Jepson Veterinary Pharmacy.- New York Pharmaceutical Pr., 2004.-676 pages. 166 GLOSSARIY Agar-agar — dengiz karami Laminariadan olib quritilgan, gidrofil, kolloidal modda (mikroblarni o‗stirish uchun, gel hosil qilishda va b. ishlatiladi). Antiseptik vositalar — mikroblarga qarshi ishlatiladigan moddalar. Akrodermatit — asosan oyoq va qo‗llarning uchida bo‗ladigan teri kasalliklari. Bentonit — bir necha xil minerallardan tashkil topgan gil. Dorishunoslikda surtma va kukun dorilar tayyorlashda yordamchi modda sifatida ishlatiladi. Biologik faol moddalar — organizmda mavjud bo‗lib, hayotiy jarayonlarga ta‘sir ko‗rsatadigan kimyoviy moddalar. Bobrovaya struya — qunduz qiri — qunduz kindagi ostidagi juft bezning quritilgan moddasi. Tarkibida efir moylari, qkatronsimon modda — kastorin va b. bor. Valeriana singari ta‘sir qiladi. Bodyaga – spongilla – spongilla. – juda engil, mayda yoki yirik teshikli, mo‗rt, yashil-kulrang yoki kulrang-sariq tusli, hidsiz va mazasiz, shakli har xil, qattiq massa bo‗lib, u suvlar (oqar suv, ko‗l va b.) ostida toshlar, yog‗ochlar, daraxt ildizlariga yopishib, to‗p-to‗p bo‗lib yashaydigan, uzunligi 40 sm-gacha etadigan shilliq massa shaklidagi tuban hayvonlar skeletidir. Tarkibi bir biriga yopishgan nina shaklidagi kremniy kristallari, kalsiyning karbonat va fosfat tuzlari, organiq va b. moddalardan tarkib topgan. Kukuni va surtmasi nevralgiya kasalliklarida og‗riq qoldirish uchun og‗rigan joylarga hamda momataloq bo‗lib, qon to‗planib qolganda uni tarkatib yuborish uchun shu erlarga surtiladi. Bolyuslar - dumaloq yoki tuxumsimon shaklga ega bo‘lgan dori turi, oqirligi 0.5gdan 50.0 g gacha bo‘lishi mumkin. Bolyuslar dorivor modda va shakl beruvchi yordamchi moddalardan iborat, shakl beruvchi moddalar sifatida javdar un, oq gil, shinni, ko‘k sovun, asal, gulxayri ildiz kukuni, sharbat va boshqalar ishlatiladi. Bo‘tqalar. (Electuaria). Xamir konsistentsiyasiga ega bo‘lgan ichga ishlatish uchun mo‘ljallangan dori turi. Ko‘pincha cho‘chqa, otlarga beriladi. Bo‘tqalar quyuq (electuaria spissa) va quyuqroq (Electuaria tenua) konsistentsiyada bo‘ladi. Quyuq bo‘tqa qoshiqdan oqmaydi, quyuqrog‘i esa qoshiqdan shinniga o‘xshab oqadi. Bo‘tqalarda zaharli va kuchli ta'sir etuvchi dorivor moddalar yozilmaydi, chunki dozalarga bo‘lish qiyin. Shuningdek, yomon yoqimsiz xidli, ta'mli tez parchalanadigan moddalar ham bo‘tqalarga qo‘shilmaydi. Bog‗lovchi modda – granula va tabletkalar qattiqligini ta‘minlovchi modda. Briket — diametri 25 mm dan katga, to‗rtburchak yoki dumaloq shakldagi tabletka. Talqonlar va maydalangan dorivor o‗simlik xom ashyolarini taxtakach (press)lab olinadi. Briketlar dozalarga bo‗lingan bo‗lib, uy sharoitida damlama va qaynatma tayyorlash uchun ishlatiladi. Gematoensefalik to‘sik – bir tomondan qon, ikkinchi tomondan orqa miya suyuqligi va nerv to‘qimasi orasidagi to‘siq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling