Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana15.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
#20104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

Korrigent 
modda 
– 
dori 
preparatning 
organoleptik 
xarakteristikalari  (ta‘mi, hidi  yoki rangi)ni  yaxshilovchi  modda 

 
13 
a.  Kimyoviy  usullar:  bunda  har  xil  rеaktsiyalar  yordamida  dori 
moddalarning  komplеks  tuzlari  hosil  qilinadi.  Moddaning  nohush  ta'miga  ayrim  bir 
guruhlar  sabab  bo‘ladi  va  ularni  bеrkitish  uchun  stеaratlar  va  tannatlar  kabi 
komplеks moddalar olinadi.  Masalan, lеvomitsеtin  stеarat. 
b.  Fiziologik  usullar:  ta'm  rеtsеptorlarini  sеzgirligini  pasaytiradigan 
moddani  q‘oshishga  asoslangan  bo‘ladi.  Masalan,  anеstеzin,  mеntol  q‘oshish 
mumkin,  lеkin  bu  usulni  kеng  qollashga  uning  fiziologik  tarafdan  indiffеrеnt 
emasligi  imkon bеrmaydi. 
c.  Tеxnologik  usullar:  Eng  kеng  ishlatiladigan  usullardan  quyidagilarni 
keltirish  mumkin: 
a) har xil  yordamchi va yuqori molеkulali  moddalar q‘oshish; 
b) emulsiya  hosil qilish; 
v) pardalar bilan  qoplash; 
g) har xil  korrigеntlar  q‘oshish. 
Yuqorida  kеltirilgan  usullardan  eng  kеng  tarqalgan    -  korrigеntlar  (dorilarni 
mazasi  va hidini  yaxshilovchi  moddalar) q‘oshish usuli. 
Dorilarni ta'mini aniqlash usullari 
Boshlang‘ich  (kichik)  kontsеntratsiyalar  usuli:  Bu  usul  bo‘yicha 
prеparatning  10  ta  kontsеntratsiyasi  oldingisiga  ko‘ra  1:1,5  nisbatda  tayyorlanadi 
va  korrigirlovchi  modda  bilan  suv  muhitida  ta'mi  o‘rganiladi.  Eritmalarning 
ta'midagi  farq  korrigirlovchi  moddaning  niqoblash  qiymatini  bеlgilaydi,  qanchalik 
farq  katta  bo‘lsa,  shuncha  korrigirlovchi  moddaning  potеntsiali  yuqori  dеb 
hisoblanadi. 
Sonli  indеkslarni  aniqlash  usuli:  Dori  moddaning  asosiy  ta'mi  ballarda 
bеlgilanadi  -  0  dan  5  gacha.  Yuqori  indеks  ko‘rsatkichi  muhitning  niqoblash 
kuchini  ifodalaydi. 

 
14 
Korrigirlovchi  moddalarni  organolеptik  usulda  baholash  (prof. 
A.I.Tеntsova  taklif  etgan  usul):  Bu  usul  tajriba  o‘tkazilayotganda  sеzish  va  his 
etish  kuchini  farqlash  qobiliyatiga  asoslangan.  Organolеptik  baholash  bir  guruh 
ko‘ngilli  shaxslarda  (20  ta  odam)  5  ballik  sistеma  bo‘yicha  o‘rtacha  arifmеtik 
qiymatni  aniqlash  bo‘yicha  olib  boriladi.  Bunda  qanchalik  son  ko‘rsatkichi  yuqori 
bo‘lsa, shunchalik korrigirlovchi  moddaning ta'siri yuqori dеb hisoblanadi. 
Harf va son indеkslari bo‘yicha ta'mni baholash usuli (I.A. Egorov taklif 
etgan  usul).  Ta'mni  to‘g‘ri  va  ob'еktiv  ravishda  niqoblash  maqsadida  «Ta'm 
formulasi»  tushunchasi  taklif  etilgan.  Prеparatning  asosiy  organolеptik  ta'm 
ko‘rsatkichlari  harf  va  son  indеkslari  bilan  baholanadi  va  «Ta'm  xaritasi»  tuziladi, 
bu  esa  tajriba  nihoyasida  dori  vositaning  umumiy  ta'm  formulasini  aniqlashga 
imkon 
bеradi. 
Standart 
eritmalarning 
ta'mini 
ta'riflash 
uchun 
quyidagi 
ko‘rsatkichlardan foydalanish  mumkin  (1-jadval). 
1-jadval 
Organolеptik tahlil o‘tkazish uchun standart eritmalarning ta'mini ta'riflash 
Asosiy 
ta'm 
Harf bilan 
ifodalash 
 
Ta'm kuchi 
Son 
indеk
si 
Ta'mni ifodalovchi 
moddalar 
Modda 
kontsеn-
tratsiyasi,  % 
Achchiq 
А 
Achchiq emas 
Nim  achchiq 
Achchiq 
Juda achchiq 




Tozalangan  suv 
Xinin  eritmasi 
-«- 
-«- 

   0,0002 
   0,0025 
   0,015 
Nordon 

Nordon emas 
Nim  nordon 
Nordon 
Juda nordon 




Tozalangan  suv 
Limon  kislotasi 
-«- 
-«- 

   0,02 
   0,5 
   2,0 
Sho‘r 
Sh 
Sho‘r emas 
Nim  sho‘r 
Sho‘r 
Juda sho‘r 




Tozalangan  suv 
Natriy  xlorid 
-«- 
-«- 

   0,1 
   2,0 
   4,0 
Shirin 
О 
Shirin  emas 
Nim  shirin 
Shirin 
Juda shirin 




Tozalangan  suv 
Qand 
-«- 
-«- 

   0,38 
   15,0 
   30,0 

 
15 
2-jadval 
Bolalarga mo‘ljallangan turli dori vositalarni ta'mini ta'riflash 
 
Nomi 
Dori 
shakli 
Xarf va son indеkslari 
T'am 
formulasi 
Umumiy  ta'mi 
А 

Sh 
О 
Lеvomitsеtin 
Tablеtka 




А4 
Achchiq 
 
Aloe 
tеmir 
bilan 
Sirop 
 




N303А2 
Nordon-shirin,   
nim-achchiq 
Kaliy  atsеtat 
Eritma 




О3N2 
Shirin,  nim-nordon 
Paratsеtamol 
Granula-
lar 




О3N2 
Shirin,  nim-nordon 
Kalmagin 
Granula-
lar 




03 
Shirin 
 
 
Korrigentlar tavsifi 
Korrigentlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
dori bilan  yaxshi aralashib,  ularning  t‘amini  tuzatishi  lozim; 
- dori va yordamchi moddalarga mos kelishi  kerak; 
-  dorining  biologik  samaradorligiga  va  barqarorligiga  t‘asir  ko‘rsatmasligi 
kerak. 
Dorilar  t‘amini  tuzatish  mexanizmi  fiziologik  antagonist  reseptorlarga 
t‘asir ko‘rsatishga asoslangan. 
Korrigentlarni  tanlsh  dori  moddaning  fizik-kimyoviy  xossasi,  t‘ami,  dori  turi 
va biosamaradorliliga  bog‘liq bo‘ladi.  
Dorilarni  noxush  organoleptik  xossasini  tuzatish  maqsadida  tibbiyot 
amaliyotida  va  oziq-ovqat  sanoatida  ishlatiladigan  t‘am,  hid  va  rang  korrigentlar 
qo‘llaniladi. 

 
16 
Suyuq va qattiq dori turlarni ta‘mi, hidi va rangini tuzatish 
Bolalar  uchun  mo‘ljallangan  dori  vositalarni  noxush  organoleptik  xossasini 
tuzatish  uchun  tibbiyot  amaliyotida  ishlatish  uchun  ruxsat  etilgan  ta‘m,  hid  va  rang 
korrigentlari  qollash mumkin. 
 
 
 
 
 
 
 XI-Davlat  Farmakopeyasining  2-jildida  qiyomlar  uchun  umumiy  maqola 
keltirilgan. 
Qiyomlar  bolalar  uchun  mo‗ljallangan  dori  turlarining  o‗rnini  deyarli  hech 
narsa  bilan  almashtirib  bo‗lmaydigan  tarkibiy  komponentlari  hisoblanadi.  Ularning 
asosiy  ahamiyati  –  dori  moddalarning  noxush  ta‘mini  tuzatishdir.  Buning  uchun 
odatda qand, invert, qand-patoka qiyomlari qo‗llaniladi. 
Qo‗llanilishi  bo‗yicha  qiyomlar  ta‘m  beruvchi  va  dorivorlarga  tasniflanadi. 
Ta‘m  qiyomlari  faqat  asosiy  dori  moddalarni  ta‘mini  tuzatish  maqsadida 
qo‗llaniladi.  Bularga  misol  sitfatida  qand  qiyomini  hamda  meva  va  rezavor  mevali 
qiyomlarni  keltirish  mumkin.  Qiyomlar  ta‘m  korrigentlari  sifatida  bolalar  uchun 
mo‗ljallangan  dori  turlari  tarkibida  qo‗llanilishi  bilan  birga  tabletka,  granulalar  va 
boshqa dori turlarni olishda bog‗lovchi modda sifatida ham ishlatiladi.    
Korrigentlar  sifatida    -  qand,  olcha,  limon,  malina,  qorag‘at,  gulhayri, 
noranja  (pomeranets)  va  boshqa  qiyomlar  qollaniladi.  Ularning  tarkibida  qand, 
organic  kislotalar,  meva  efir  moylari  bo‘lib  asosan  achchiq  t‘amni  tuzatish  uchun 
qo‘llaniladi. 
Qiyomlar  (Sirupi)  qandni  suvdagi  yoki  achib  maromiga  etgan 
meva  sharbatildagi  kontsentrlangan  eritmasi  (64%  gacha), 
shuningdek  ularning  dori  moddalar  eritmasi,  tindirma  va 
ekstraktlar  bilan  aralashmasi  bo‘lib,  quyuq,  tiniq  va  tarkibiga 
qarab  o‘ziga  hos  t‘am  va  hidga  ega  suyuqliklar.  Qo‗llanilishi 
bo‗yicha  qiyomlar  ta‘m beruvchi  va dorivorlarga  tasniflanadi 

 
17 
Dorivor  qiyomlar  –  bu  gulhayri  ildizi,  chuchukmiya,  rovoch  va  b.  dorivor 
qiyomlar  noxush  ta‘mni  tuzatishda  deyarli  yuqori  potensialga  ega  emaslar (gulhayri 
ildizi  va  olma  qiyomlari),  chuchukmiya  ildizi  qiyomi  esa  achchiq  ta‘mni  tuzata 
olsada, o‗zi noxush ta‘mga ega. 
Eng  yuqori  ta‘m  tuzatish  potensialga  malina,  olcha  va  kakao  qiyomlari  ega. 
Ayniqsa  malina  va  olcha  qiyomlar  tarkibiga  kislota  qo‗shilishi,  ularning 
potensialini  yanada oshiradi.  
 
 
 
 
 
Ularning  tarkibiga  efir  moylarini  saqlovchi  o‗simliklar  (yalpiz,  arpabodiyon, 
limon,  apelsin  va  b.)  dan  ajratib  olingan  va  o‗ziga  hos  hidga  ega  xushbo‘y  va 
xushbo‘y bo‗lmagan birikmalar  kiradi. 
Xushbo‘y  moddalar  qadim  zamonlardan  beri  o‗ziga  e‘tibor  qaratgan.  O‗rta 
asrlarda  xushbo‘y  moddalar  texnologiyalari  shiddat  bilan  rivojlangan  bo‗lib, 
masalan,  XVI  asr  boshida  rozmarin,  lavanda,  mavrak,  igir,  sano  muattar  hid 
taratuvchi  o‗simliklardan  xushbo‘y moddalar ajratib olingan. 
Bugungi  kunda  efir  moylari  oziq-ovqat,  parfyumeriya,  kosmetika  hamda 
farmatsevtika  sanoatida ham ta‘m va hid korrigentlari  sifatida  keng qo‗llanilmoqda. 
Sulfadimezin  3%  suspenziyasi  misolida  quruq  suspenziyalarni  efir  moylari 
va  qand  yordamida  ta‘mini  tuzatish  imkoniyatlaroi  o‗rganilgan  (3-jadval).  Bunda 
qand  miqdori  suspenziyada  15%  tashkil  etgan.  Efir  moylari  esa  15  g  qandga  2 
tomchidan  qo‗shilgan  va  yaxshilab  aralashtirilgan.  Quruq  suspenziyani  ta‘mini 
aniqlash  uchun  ustiga  ma‘lum  hajmgancha  tozalangan  suv  solingan,  aralashtirilgan 
va  asosiy  ta‘mning  son  indekslari  aniqlangan  (A.S.  Tensova  usuli).  3-jadvalda 
Efir  moylari  (Olea  aetherea)  –  bu  xushboy  moddalar 
aralashmasi  bo‗lib,  ular  turli  sinflarga  mansub  organik 
birikmalardan  tashkil  topgan  bo‗ladi,  ko‗p  hollarda  terpenoidlar, 
ayrim  hollarda  aromatik  va alifatik  birikmalar 

 
18 
keltirilishicha,  apelsin  va  arpabodiyon  efir  moylari  eng  maqsadga  muvofiq  ta‘mni 
tuzatuvchi  efir  moylari  ekanligi  aniqlangan. 
3-jadval  
Efir moylarini ta‘m tuzatuvchi xususiyatini solishtirma baholash natijalari 
(Sulfadimezin 3% suspenziyasi) 
 
Sreda 
Son indeksining  ko‗rsatkichi 
Sulfadimezin 
suspenziyasini  turli 
muhitlardagi  ta‘mi 
Sulfadimezin 
suspenziyasini 
asosiy ta‘mi 
Tozalangan  suv 
2,0
 /
0,10 
2,05/0,05 
Tozalangan  suv, qand, efir moyi 
2,7
 /
0,09 
2,9/
 
0,09 
Toz. suv, qand, lavanda  efir  moyi 
2,5/
 
0,17 
2,8/
 
0,08 
Toz. suv, qand, kashnich efir  moyi 
2,45/
 
0,18 
2,85/
 
0,10 
Toz. suv, qand, limon  efir moyi 
2,45/
 
0,16 
2,8/
 
0,13 
Toz. suv, qand, limon  efir moyi 
3,0/
 
0,14 
3,05/
 
0,08 
Toz. suv, qand, qalampirmunchoq  efir 
moyi 
 
3,35/
 
0,15 
 
2,9/
 
0,14 
Toz. suv, qand, yalpiz  efir moyi 
3,35/
 
0,15 
2,9/
 
0,14 
Toz. suv, qand, arpabodiyon efir  moyi 
 
4,05/
 
0,16 
 
3,75/
 
0,09 
Toz. suv, qand, apelsin  efir moyi 
4,05/
 
0,16 
3,85/
 
0,08 
 
 
 
 
 
Xushbo‘y  suvlarni asosiy vazifasi dori preparatlarning, ayniqsa bolalar uchun 
mo‗ljallangan  dorilarni,  ta‘mini  va  hidini  tuzatishdir.  Bundan  tashqari  ular  o‗zi  ham 
terapevtik  faollikga  ega,  masalan,  antiseptik,  so‗lak  hosil  qiluvchi  va  boshqa 
ta‘sirlar.  Bu  holni  xushbo‘y  suvlarni  korrigent  sifatida  qollashda  albatta  hisobga 
olish zarur. 
Xushbo‗y  suvlar  (Aquae  aromaticae)  –  bu  tarkibida  efir 
moyini  saqlovchi  suvli-spirtli  eritmalar  yoki  suvli  mikrogeterogen 
tizimlar 

 
19 
Qandlar  sifatida  saxaroza,  glyukoza,  fruktoza,  laktoza,  shuningdek  ularni 
saqlovchi  ozuqaviy  mahsulotlar  (shokolad,  asal,  kakao,  kofe)  dori  vositalarni 
ta‘mini  tuzatish uchun ishlatiladi. 
Shirinlashtirgichlar.  Bugungi  kungacha  dori  vaositalarni  ta‘mini  tuzatish 
uchun  asosan  qand  (saxaroza)  ishlatilib  kelingan,  shuningdek  u  to‗ldiruvchi, 
konservant  va  solyubillovchi  yordamchi  modda  sifatida  ham  ishlatilgan.  Biroq, 
uning  shirinlashtirish  potensiali  deyarli  katta  bo‗lmaganligi  sababli,  dori  vositalar 
tarkibiga  katta  miqdorda  qo‗shilishi  lozim.  Masalan,  dimedrolning  achchiq  ta‘mini 
tuzatish  uchun  dimedrolning  massasiga  nisbatan  saxaroza  50  –  100  marta  ko‗p 
qo‗shilishi  kerak.  Olib  borilgan  biofarmatsevtik  izlanishlar  natijasi  bo‗yicha  ayrim 
hollarda  dori  vosita  tarkibida  qand  miqdorini  ko‗payishi  ta‘sir  etuvchi  dori 
moddaning  so‗rilishiga  (kalsiy  tuzlarini  saqlovchi  preparatlar)  salbiy  ta‘sir 
ko‗rsatishi,  ayrim  hollarda  ularning  zaharliligi  ortishi  (nitrofuranlar)  isbotlangan. 
Shuningdek,  qandli  diabet,  diatez  va  shu  kabi  boshqa  kasalliklarda  qandni 
yordamchi modda sifatida ishlatish  mumkin  emas.  
Fruktoza  barqaror  birikma  emas,  uning  tarkibida  tarang  oksidlangan 
halqasimon  furanozli  sikl  bo‗lib,  u  eritmalarga  jigarrang  rang  beruvchi  furfurol, 
gumin  va  boshqa  moddalar  hosil  qilishi  mumkin,  bu  esa  dorilarni  turg‗unligiga 
salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Bugungi  kunda  mahalliy  farmatsevtika  korxonalarida  korrigentlar  sifatida 
maltoza,  laktoza,  invertlangan  qand,  limon  kislotasi,  glitserin,  saxarol;  xorijda  esa 
dulsin,  saxarin,  sorbitol,  tabiiy  va  sun‘iy  asal,  karboksimetilsellyuloza, 
metilsellyuloza,  mannitol,  shuningdek  sintetik  shirinlashtirgichlar  -  siklomatlar 
(siklogeksilsulfamin  kislotasining  natriy  va  kaliyli  tuzlari)  ishlatiladi,  ular  shirinlik 
indeksi  bo‗yicha qanddan 30 marta shirinroq (4-ilova). 
 
 

 
20 
Meva essensiyalari, meva shiralari, o‗simlik ekstraktlari 
 Farmatsevtika  sanoatida  quyidagi  korrigentlar  ko‗p  qo‗llaniladi:  «karamel», 
«limon», «apelsin», «yalpiz», «qulupnay», «vanil» va chuchkmiya  ekstrakti. 
Bir  turdagi  korrigentni  olish  uchun  ayrim  hollarda  100  ga  yaqin  alohida 
birikmalar  ishlatiladi  va  bir  dori  turidagi  korigentlar  soni  o‗nga  yaqin  bo‗lishi 
mumkin. 
Bunday  hollarda  yaqinda  farmatsevtika  va  oziq-ovqat  bozorida  endi  paydo 
bo‗lgan ko‗p funksionalli  korrigentlarni  qollash istiqbolli  hisoblanadi. 
Masalan,  apelsinli  kremni  boshqa  korrigentlarni  qo‗shmasdan  nordon, 
achchiq,  sho‗r  va  metallik  ta‘mlarni  tuzatish  uchun  qollash  mumkin.  Shu  sabali 
ushbu  korrigent  tarkibida  paratsetamol  saqlaydigan  bolalar  uchun  mo‗ljllangan  dori 
preparatlar  tarkibida  ishlatiladi. 
Masalan,  «greypfrut»  ham  achchiq,  nordon,  sho‗r,  shirin  va  metallik 
ta‘mlarni  tuzatsa, «qulupnay» esa faqat metillik  ta‘mni  tuzatishi  mumkin. 
Limon  kislotasi  –  asosan  bufer,  ya‘ni  eritmaning  pH  ko‗rsatkichini 
mo‗‗tadillashtirish  va o‗ta shirin ta‘mni tuzatish  uchun ishlatiladi. 
Shilimshiq  moddalar  (agar-agar,  kraxmal  kleysteri  va  b.)  –  dori preparatlar 
tarkibiga  o‗rab  oluvchi  ta‘sir  ko‗rsatadigan  hamda  bog‗lovchi  vosita  sifatida 
ishlatiladi.   
Qobiq  bilan  qoplash.  Ushbu  ta‘m  tuzatish  usulini  qattiq  dori  moddalarga 
qollash  mumkin,  asosan  tabletkalarga.  Tabletkalarni  qobiq  bilan  qoplash  keng 
ko‗lamli  ahamiyatga  ega,  biroq  bizni  faqatgina  noxush  ta‘mni  tuzatish  masalasi 
qiziqtiradi.  Bu  maqsadda  suvda  eruvchan  parda  bilan  qobiqlash  ko‗p  ishlatiladi. 
Buning 
uchun 
yadro-tabletkalari 
suvda 
eruvchan 
polietilendioksid 
yoki 
polivinilpirrolidonning  50-90%  etil  yoki  izopropil  spirtdagi  20-30%  eritmasi, 
shuningdek  metilsellyuloza  va  karboksimetilsellyulozaning  natriyli  tuzining  4-7% 
eritmalari  bilan  qoplanadi. 

 
21 
Oshqozon 
shirasida 
eriydigan 
qoplamalar 
benzilamin- 
va 
dietilaminobenzilsellyuloza, 
p-aminobenzoat, 
glyukoza, 
fruktoza, 
mannit, 
vinilpiridin  va  jelatin  kabi  moddalar  eritmalari  bilan  ishlov  beriladi.  Ushbu 
moddalarni  qollash tabletkaga  yaxshi tovar ko‗rinish beradi. 
Dori  vosita  tarkibiga  qo‗shiladigan  korrigent  turi  va  miqdori dori moddaning 
tarkibi,  ta‘mi  va  hidiga  bog‗liq  bo‗ladi.  Har  bir  bolalar  uchun  mo‗ljallangan  dori 
vosita tarkibiga  kiritiladigan  korrigentlar  ilmiy  jihatdan  asoslanishi  kerak. 
Korrigentlarni qollash asoslari: 
1. Achchiq ta‘mni niqoblash uchun quyidagilar  qo‘llaniladi: 
     а) qiyomlar (malina,  olcha, limon,  qand va b.); 
     б) efir moylari  (yalpiz,  arpabodiyon, limon, apelsin va b.) 
2. Sho‘r ta‘mni niqoblash uchun quyidagilar  qo‘llaniladi: 
     а) olcha, qorag‘at qiyomi va limon kislotasi; 
     б) kakao qiyomi va pomerans, yalpiz efir  moylari  va limon  kislotasi; 
3. O‘ta shirin ta‘mni niqoblash uchun quyidagilar  qo‘llaniladi: 
      Sitrus mevalari  sharbati, limon  kislotasi,  klyukva  ekstrakti. 
4. Nordon ta‘mni niqoblash uchun quyidagilar  qo‘llaniladi: 
      а)  qiyomlar, shilimshiq  moddalar, meva essensiyalar           
      б) efir moylari  (apelsin) 
5. Moy ta‘mni niqoblash uchun quyidagilar  qo‘llaniladi: 
Emulsiya  hosil qilish,  qiyom, xushbo‘y va shilimshiq  moddalar q‘oshish 
6. Antibiotiklar  noxush ta‘mni niqoblash uchun quyidagilar  qo‘llaniladi: 
-
 
Qiyom, agar-agar  va kakao q‘oshish 
-
 
Vanilin,  malina  va qand qiyomini  q‘oshish 
7. Vitaminlar  noxush ta‘mni niqoblash uchun quyidagilar  qo‘llaniladi: 
-  agar-agar,  sitrus  mevasi,  qizilmiya  ildizi  quruq  ekstrakti,  stabilizator 
qo‘silgan qiyomlar. 

 
22 
8.  Natriy  va  kaliy  bromid,  kaltsiy  xlorid,  magniy  sulfatlar  noxush  ta‘mni 
niqoblash uchun quyidagilar  qo‘llaniladi: 
- olcha, qorag‘at va limon kislotasi  qo‘shilgan qiyomlar. 
O‗zimizning  respublika  xom  ashyolar  asosida  tayyorlangan  korrigentlar 
yordamida  qator  bolalarga  mo‗ljallangan  dorilar  o‗rganib  tibbiyotda ishlatish uchun 
tavsiya  etilgan.  Yunusova  X.  M.    tomonidan  quruq  triturlangan  apelsin,  olcha, 
lavlagi,  qulupnay,  limon,  maymunjon,  shotut,  qizil  sabzi,  anor  sharbatlari 
o‗rganilinib  bolalar  uchun  mo‗ljallangan  korrigentlar  sifatida  taklif  qilingan.    Ular 
asosida  maxsus  bolalarga  mo‗ljallangan  metronidazol,    kobavit,  glitseram, 
chuchukmiya  quruq ekstrakti va propolis kabi granula  dori turlari  yaratildi.
 
Bo‗yovchi  moddalar.  Bugungi  kunda  dunyoda  20  mingdan  ortiq  dori 
preparatlari  ishlatiladi.  Ularning  ta‘siri  turli  yo‗nalishda  bo‗lib,  bir  xil  dori  shaklda 
bo‗lsada,  tashqi  ko‗rinishi  bo‗yicha  deyarli  farqlanmaydilar,  shu  sababli  ishlab 
chiqarish  va  qollash  vaqtida  ularni  bir-biri  bilan  adashtirib  yuborish  ehtimoldan 
holi  emas.  Bu  maqsadda  eng  oddiy,  samarador  va  iqtisodiy  jihatdan  qulay 
usullardan  biri  bu  ular  tarkibiga  bo‗yovchi  moddalar  yoki  rangli  materiallar 
qo‗shib, turli ranglarda  ishlab  chiqarish. 
Ba‘zan  tabletkalarga  turli  belgilar  ham  bosiladi,  biroq  bu  usul  bo‗yash 
usuliga  nisbatan  qimmat va kam samarali deb hisoblanadi. Bu esa ko‗z nuri past va 
keksa  yoshdagi  bemorlar  uchun  o‗ta  muhimdir.  Dori  preparatlarni  bo‗yash 
farqlanishi  oson  bo‗lishi  bilan  birga,  quyosh  nuri  ta‘siridan,  saqlash  muddatini 
uzaytirish,  rangni  tuzatish,  psixologik jihatdan  preparat samaradorligini  oshirishdir. 
Biroq  ishlab  chiqarish  nuqsonlarni  (xoldorligi,  marmarga  o‗hshashligi,  sirtini 
notekisligi,  rang  turining  xilma-xilligini)  bartaraf  etish  mumkin  emas.  Ayniqsa 
bolalar  uchun  mo‗ljallangan  dori  preparatlar  tarkibiga  bo‗yovchi  moddalarni 
q‘oshishda  ehtiyot  bo‗lish  lozim,  chunki  dori  moddaning  rang-barangligi  bolaning 
qiziqishi  ortib, noto‗g‗ri iste‘mol qilishiga  sabab bo‗lishi mumkin.   

 
23 
Bugungi  kunda  farmatsevtika  mahsulotlarga  turli  rang  berish  tobora  keng 
tarqalmoqda.  Butun  jahon  amaliyotida  jelatina  kapsulalarning  100%,  yarmidan 
ko‗p  drajelarga  va  75%  ichish  uchun  mo‗ljallangan  suyuq  dorilar  (qiyom, mikstura 
va eliksirlar)ga  hamda 50% ga yaqin tabletkalarga  rang beriladi.   
Ko‗z  tomchilari,  in‘eksion  va  ingalyasion  eritmalar  odatda  bo‗yalmaydi. 
Surtmalarni  odatda  teriga  yaqin  bo‗lgan  rangga  bo‗yash,  dezinfeksiyalovchi 
eritmalarga  esa  ehtiyotkorlikga  chaqiradigan  rang  beriladi,  shuningdek  ko‗p 
hollarda  zaharli  va  kuchli  ta‘sir  ko‗rsatuvchi  moddalarga  ham  ehtiyot  bo‗lishni 
ogohlantiruvchi  rang (masalan,  natriy  eozinat bilan  bo‗yash) berish tavsiya etiladi.   
Evropa  Iqtisodiy  Ittifoqiga  a‘zo  bo‘lgan  davlatlar  tomonidan  ishlab 
chiqarilayotgan  9  mingga  yaqin  tibbiyot  va  veterinariya  preparatlari  bo‗yalgan 
holda  chiqariladi.  Ko‗pincha  buning  uchun  intensiv  yorqin  ranglardan 
foydalaniladi. 
Biroq  har  doim  ham  haridorlarni  e‘tiborini  tortish  maqsadida  dori 
preparatlarni  turli  ranglarga  bo‗yash  o‗z-o‗zini  oqlamaydi.  Chunki  bo‗yovchi 
moddalarning  inson organizmiga  ko‗pincha zarar keltirishi  hammaga  ma‘lum. 
Shu  sababli  farmatsevtika  sanoatida  ishlatiladigan  bo‗yovchi  moddalarga  bir 
qator  talablar  qo‗yiladi:  ishlatilgan  miqdorda  bezarar  bo‗lishi;  kanserogen, 
teratogen,  mutagen  bo‗lmasli;  biologik  faol  bo‗lmasligi;  dori  vositalari  va  oziq-
ovqat  mahsulotlari  bilan  reaksiyaga  kirishmasligi;  rangni  chidamliligi  (bo‗yoqni 
migratsiyaga,  diffuziyaga  uchramasligi,  quyosh  nuri,  pH  muhit,  oksidlovchi-
qaytaruvchi  moddalar  va  harorat  ta‘siriga  chidamliligi);  bo‗yvchi  moddani  kichik 
konsentratsida  yuqori  darajada  bo‗yovchanligi;  suv  yoki  moylarda  erishi  va  dori 
modda  va  oziqaviy  mahsulotning  butun  massasida  teng  tarqalishi;  begona  hid  va 
ta‘mga ega bo‗lmasligi  kerak. 
Farmatsevtika  sanoati  taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  dori  preparatlari 
tarkibida  bo‗yovchi  moddalarni  ishlatish  mumkinligi  to‗g‗risidagi  qarorni  Davlat 

 
24 
nazorat  organlari  tomonidan  tasarruf  etiladi.  Biroq  milliy  qonunlar  va  qonun  osti 
buyruqlarda hali  bu masalada bir to‗htamga kelishmagan. 
Turli  bo‗yovchi  moddalarning  bezararligini  umumiy  baholovchi  omillar  hali 
ishlab  chiqilmaganligi  sababli,  bir  mamlakatda  ruhsat  etilgan  bo‗yovchi  moddalar 
boshqa  davlatda  ishlatilishi  zaharliligi  sababli  man  etigan  bo‗lishi  ehtimoldan  holi 
emas.  Bu  hol  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  dori  preparatlarni  eksport  qilinishiga 
salbiy  ta‘sir  ko‗rsatishi  kuzatilmoqda.  Turli  davlatlar  qonunchiliklari  o‗rtasidagi 
kelishmovchiliklarni  bartaraf  etish  va  aholini  salomatligini  muhofaza  qilish 
maqsadida  import  qilinadigan  mahsulotlarga  me‘yoriy  talablarni  belgilab  beradigan 
xalqaro  tashkilotlar  tashkil  etilmoqda.  Masalan,  Evropa  Iqtisodiy  Ittifoqi  1954 
yildan  boshlab,  Birlmashmaga  a‘zo  bo‗lgan  davlatlarda  ishlatish  uchun  ruhsat 
etilgan  bo‗yovchi moddalar ro‗yxatini davriy  nashr etib turadi.  
Bo‗yovchi  moddalarni  oziq-ovqat  va  farmatsevtika  sanoatida  ishlatishga 
ruhsat  etilishi,  ularning  bezararligiga  bog‗liq.  Shu  bilan  birga,  adabiyotlarda  va  turli 
mamlakatlarni  qonunlarida  keltirilishicha  turli  bo‗yovchi  moddalarni  toksikologik 
jihatdan  baholanishida  har  xil  nomutanosibliklar  mavjud.  Bu  esa  bo‗yovchi 
moddalarni  baholashda  yagona  me‘yoriy  xujjatlar  ishlab  chiqilmaganligi  va 
toksikologik  nazorat  tahlil  usullari  unifikatsiya  qilinmaganligi  sababli  deb 
tushunish  kerak.  Ko‗p  hollarda  toksikologlarni  bo‗yovchi  moddalarning  zaharli  va 
kanserogen  deb  berishi,  faqat  moddalarning  strukturali  formulasidan  yoki 
funksional  guruhlarning  mavjudligidan  kelib  chiqilgan  bo‗lib, aniq isbotlanmagan.   
Har  bir  bo‗yovchi  moddaning  qarshi  ta‘siri  aniq  tajribalar  natijasida 
o‗rganilgan  bo‗lib,  statistik  jihatdan  ishonchligi  tasdiqlangan  bo‗lishi  kerak.  Ushbu 
yo‗nalishdagi  tajribalar  uchta  yo‗nalishda  amalga  oshirilishi  kerak:  tana 
to‗qimalariga  va  tana  a‘zolari  funksiyalariga  birlamchi  surunkali  ta‘siri  o‗rganilishi; 
ikkilamchi 
omillar 

allergogennliligi, 
kanserogenliligi, 
mutagenliligi; 

 
25 
teratogenliligi  va  b.;  boshlang‗ich  dozani  belgilash,  xavfsizlik  koeffitsientini 
aniqlash  va inson uchun maksimal  ruhsat etilgan  dozani aniqlash. 
Oziq-ovqat  va  farmatsevtika  sohasida  ishlatiladigan  rang  beruvchi 
moddalarni  asosan  uch  sinfga  tasniflash  mumkin:  mineral  pigmentlar,  tabiiy 
bo‗yovchi moddalar, sintetik bo‗yoqlar. 
Evropa 
Iqtisodiy 
Ittifoqiga 
a‘zo  bo‘lgan  davlatlarda  farmatsevtik 
preparatlarni  ushbu  sinfga  mansub  bo‗yoqlar  bilan  bo‗yash  quyidagicha 
taqsimlanadi:  tabiy  bo‗yoqlar  -  6%,  mineral  bo‗yoqlar  -  27%,  sintetik  bo‗yoqlar  - 
67% umumiy  bo‗yalgan preparatlar  hisobidan. 
Mineral  pigmentlar  (kalsiy  karbonat,  titan  dioksid,  temir  oksidi  va 
gidrooksidi,  tibbiyot  ko‗miri)  ko‗p  mamlakatlarda  ishlatish  uchun  ruhsat  etilgan, 
biroq  ular  ko‗p  ishlatilmaydi.  Farmatsevtika  amaliyotida  ular  qattiq  dori  turlarni 
qoplash  hamda  yumshoq  va  qattiq  jelatina  kapsulalarni  tiniq  bo‗lmasligi  uchun 
qo‗shiladi. 
Tabiiy  bo‗yoqlar  asosan  turli  o‗simliklardan  ajratib  olinadi,  ularning 
tarkibida  antotsianlar,  karotinoidlar,  flavonoidlar,  xlorofillar  va  boshqalar  bor. 
Bazan  bo‗yovchi  moddalarni  hayvonlar  va  hashoratlardan  ham  ajratib  olinadi. 
Masalan,  xartumchali  koshenil  hashorat  tanasidan  qizil  rangli  bo‗yovchi  moddani 
ajratib  olishadi.  Tabiiy  bo‗yoqlarning  asosoiy  kamchiligi  –  bu  quyosh  nuri, 
oksidlovchi-qaytaruvchilar,  pH  muhit  o‗zgarishi,  harorat  ta‘sirida  bo‗yoqning  rangi 
hira  tortishi  yoki  rangsizlanishi;  iqlim,  o‗sadigan  joy  va  yig‗ib  olinadigan  masum 
ta‘sirida  bo‗yoqning  tarkibi  o‗zgarishi,  shuningdek  bo‗yash  xususiyati  sintetik 
bo‗yoqlarga  nisbatan  10-25  marta  kamligi,  ularni  standartlashtirishda  qator 
qiyinliklarni  to‗g‗diradi.  
Bugungi  kunda  oziq-ovqat  va  farmatsevitika  sanoatida  ishlatish  uchun 
mo‗ljallangan  tabiiy  bo‗yoqlarni  kichik  hajmda  ishlab  chiqarish  ko‗p 
mamlakatlarda  yaxshi  yo‗lga  qo‗yilgan.  Bular  orasida  eng  istiqbolli  xlorofill  va 

 
26 
karotinoidlar  hisoblanadi.  Ular  chuqur  o‗rganilgan  va  mutlaqo  bezararligi 
isbotlanganligi  sababli  so‗nggi  yillarda  tabiiy  bo‗yoqlarga  ehtiyoj  tobora  ortib 
bormoqda.  Bu  borada  ko‗pgina  institutlarda  va  bular  jumlasidan  bizning  ham 
institutimizda  ilmiy  izlanishlar  olib  borilmoqda,  chunki  chiqindisiz  ishlab 
chiqarshni  tashkil  etish  katta  iqtisodiy  ahamiyatga  ega. Oziq-ovqat va farmatsevtika 
sanoatida  ishlatiladigan  sintetik  bo‗yoqlar  kimyoviy  tuzilishi  bo‗yicha  5  sinfga 
tasniflanadi:  azobo‗yoqlar,  trifenilmetanli  bo‗yoqlar,  indigoidli  bo‗yoqlar,  ksantenli 
va  xinolinli  bo‗yoqlarga.  Bular  orasida  azobo‗yoqlar  barcha  ishlatiladigan 
bo‗yoqlarning 90% tashkil  etadi. 
Butun  dunyo  miqyosida  oziq-ovqat  va  farmatsevtika  sanoatida  ishlatiladigan 
sintetik  bo‗yoqlar  quyidagicha  tasniflanadi:  tartrazin  -  33,1%;  quyoshli  sariq  - 
22,4%;  eritrozin  -  8%;  amarant  -  6,8%;  boshqa  bo‗yovchi  moddalar  -  29,7% 
umumiy  bo‗yovchi  moddalar  hisobidan.  Bulardan  eng  qo‗p  tartrazin  -  30%, 
indigokarmin  va  eritrozin  -  13%  dan,  quyoshli  sariq,  amarant  va  ponso  4R  -  10% 
gacha, qolgan bo‗yovchi moddalar - 14% ishlatiladi. 
Biroq  shuni  alohida  ta‘kidlash  lozimki, olib borilayotgan chuqur toksikologik 
izlanishlar  qollashga  ruhsat  etilgan  sintetik  bo‗yovchi  moddalarni  ro‗yxatini  tobora 
qisqarishiga  olib  kelmoqda.  Lekin  baribir  sintetik  bo‗yoqlar  boshqa  sinf 
bo‗yoqlariga  nisbatan  ko‗proq  ishlatilmoqda.  Demak,  bezarar  bo‗yovchi moddalar 
muammosi  hali  o‗z echimini  topmagan. 
Bugungi  kunda  bezarar  bo‗yovchi  moddalarning  izlanishi  quyidagi 
yo‗nalishlarda  bajarilmoqda: 
-  pH  muhit  va  harorat  ta‘siriga  chidamsiz  bo‗yoqlarni  metallar  bilan 
kompleks  hosil  qilib  (asosan,  Na-tuzlariga  o‗tkazilib)  hamda  bufer  qo‗shimchalar 
qo‗shib stabilizatsiyalash; 
-  turg‗un  bo‗lmagan  tabiiy  bo‗yoqlarni  sintetik  analoglariga  almashtirish. 
Ushbu izlanishlar  Hindistonda yaxshi rivojlangan; 

 
27 
-  erimaydigan  pigmentlarni  yaratish  –  maxsus  tayyorlangan  sorbenlarga 
(alyuminiy  gidrooksidi  yoki  titan  dioksidi)  eruvchan  sintetik  bo‗yoqlarni 
adsorbsiyalash yo‗li  bilan; 
-  bo‗yovchi  moddalarni  polimer  asoslarga  immobilizatsiyalash  yo‗li  bilan, 
biodestruksiyaga  uchramaydigan  va  oshqozon-ichak  tarmog‗ida  so‗rilmaydigan 
bo‗yovchi moddalarni yaratish. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling