Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana15.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
#20104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

Qattiq dori turlari. YaTCh uchun mo‗ljallangan  qattiq dori turlaridan 
asosan  poroshoklar va sepmalar keng qo‗llaniladi.   
 
 
 
 
 
 
Poroshoklar  (elaki  dorilar,  kukun,  tolqon)  –  ichish  yoki  sirtga 
ishlatish  uchun  mo‘ljallangan,  bir  yoki  bir  nechta  maydalangan, 
sochiluvchan  xossaga  ega  dorivor  kukunlardan  tashkil  topgan  qattiq 
dori  turi;  p.  kimyoviy  moddalar,  o‘simlik  qismlarini  maydalab 
tayyorlanadi.  Yirik  poroshoklar  ichiladi,  juda  mayda  poroshoklar 
burun, ko‘z, hiqildoq  shilliq pardalariga  sepiladi 

 
54 
Poroshoklar  (ichish  uchun).  Ichish  uchun  poroshoklar  retsepturaning 
taxminan  - 40%  tashkil  etadi. Ularning  texnologiyasining  o‗ziga xosligi: 
- aseptik sharoitda tayyorlanishi; 
-dori moddalar kichik  dozalarda bo‗lishi; 
-to‗ldiruvchilar  qo‗shilishi  ( asosan saxaroza va glyukoza). 
Tayyorlangan  poroshoklarni  qadoqlash  uchun    mumlangan  kog‗oz 
ishlatiladi.  Poroshoklar  bir  yoki  ko‗p  komponentli  (ikki  va  undan  ko‗p)  bo‗lishi 
mumkin. 
 YaTCh retsepturasida ko‗pincha quyidagi aralashmalar  uchraydi: 
 1.Eufillin  0,003 
    Saxaroza 0,2 
  2.Dimedrol  0,005 
     Saxaroza 0,2 
Tarkibida  dibazol,  fenobarbital,  vitaminlar  saqlovchi  poroshoklar  ham  keng 
qo‗llaniladi. 
In‘eksion  eritmalar.  In‘eksion  eritmalar  ham  YaTCh  uchun  qo‗llaniladi,  lekin 
ularni  o‗tkir zaruriyat  bo‗lganda ishlatish  maqsadga muvofiqdir. 
 
 
 
 
 
 
Sepmalar  tayyorlashda  ham  mikrobiologik  tozalikka  rioya  qilinadi,  ya‘ni  ular 
aseptik  sharoitda  tayyorlanadi.  Moddalar  tortiladi,  maydalanadi  (subtillisimus)  va 
XI  DF  talabiga  binoan  sterillanadi.  Buning  uchun  10  g  sterillangan  shisha 
idishlarga  maydalangan  poroshok  joylashtiriladi  va  180

S  -  30  daq.  yoki  200

S  - 
Sepma  dori  (Aspersio,  prisipka)  —  sirtga  (shilliq  qavat  yoki 
jarohatlangan  teriga)  ishlatish  uchun  mo‘ljallangan  o‘ta  mayda 
poroshok  yoki  poroshoklar  aralashmasi;  o‘ta  maydalangan  poroshok: 
talk,  kraxmal,  ok  gil  kabi  dorilar  aralashmasi,  qichitma,  dermatit 
kasalliklarining  boshlang‘ich  davrida  ishlatiladi.  O‘ta  mayda  lar  terini 
mexanik  qitiqlamaydilar  va katta adsorbtsiyalash  xossasiga  ega 

 
55 
20  dak.  davomida  havo  sterilizatorlarida  sterillanadi.  Asosan  sepmalardan 
dermatol, kseroform beriladi.               
Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlarga  dori  vositalarni  qo‗shimcha  nojo‗ya 
ta‘sir ko‗rsatishi. Har bir dori vosita qo‗shimcha nojo‗ya ta‘sirga egaligi havfi bor, 
ushbu  ta‘sir  dori  preparatni  farmakologik  xossasiga  bog‗liq  bo‗ladi  yoki  allergiya 
ko‗rinishda namoyon bo‗ladi. 
Eng  ko‗p  uchraydigan  qo‗shimcha  nojo‗ya ta‘sir oshqozon-ichak tarmog‗ini 
shikaslanishi  (30-70%),  asab  tizimiga  salbiy  ta‘sir  o‗tkazishi  (20%),  modda 
almashinuvini  buzilishi  (17,5%).  Bolalarda  dorilarni  nojo‗ya  ta‘siri  natijasida 
paydo  bo‗ladigan  allergiya  reaksiyalari  kattalarga  nisbatan  3  marta  ko‗p  uchraydi, 
biroq  gospitalizatsiya  qilinganlar  soni  katta  emas  (15%  atrofida).  Nojo‗ya  ta‘sir 
ko‗rsatishi  sababli  davolashni  to‗htatilishi  50%  bemorlarda  kuzatiladi  va  ularning 
1/3 qismi dori preparatning  salbiy ta‘siri asoratidan davolanadilar. 
Bir  vaqtda  beriladigan  dorilar  qo‗shimcha  nojo‗ya  ta‘sir  chastotasi  ortib 
boradi,  bu  asosan  uzoq  muddat  davolashni  talab  etadigan  kasalliklar  (saraton, 
yurak, psixik va ayrim  infeksion  kasalliklar)da  kuzatiladi. 
Masalan,  uzoq  vaqt  sulfanilamid  preparatlarni  YaTCh  berish,  ularni 
proteinlarga  mos  kelishi  yuqoriligi  sababli  qonda  erkin  bilirubin  miqdorini  ortishiga 
olib keladi  va bolada mexanik  sariq kasallik  simptomlari  kuzatiladi.   
Dori  vositalar  va  ko‗krak  suti  bilan  boqish.  Ko‗p  hollarda  kuchli  ta‘sir 
etuvchi  va  zaharli  moddalar  ona  suti  orqali  bolaga  singishini  ko‗p hollarda hisobga 
olish  kerak  va  ushbu  preparatlar  (saratonga  qarshi,  narkotik,  gormonal  va  b.)ni 
emizikli  ayollarga  berishdan  oldin  shifokor  bilan  maslahat  qilish  lozim.  Hayotiy 
zarur  ko‗rsatmalarga  binoan  bunday  preparatlarni  ona  qabul  qila  boshlaganida, 
bolani ko‗krakdan chiqarish lozim.   
Polipragmaziya  va  qo‗shimcha  nojo‗ya  ta‘sirlar.  Bir  vaqtning  o‗zida 
YaTCh  larga  nechta  nomdagi  dori  preparatlarni  bir  vaqtning  o‗zida  berish mumkin 

 
56 
degan  savolga  MDH  davlatlarda  amaliyot  yuritayotgan  shifokorlar  5-8  nomdagi 
vosita, intensiv terapiyada esa ushbu son 15-25 gacha etishi mumkin. Ko‗p hollarda 
asossiz  simptomatik  dori  preparatlar  ko‗p  qo‗llaniladi  (qon  tomirlarni 
qisqartiruvchi  tomchilar,  balg‗am  ko‗chiruvchi  dori  vositalar,  mukolitiklar, 
antipiretiklar  va  h.k.),  gepatoprotektorlar,  nootroplar,  biopreparatlar,  vitaminlar 
hamda  immunomodulyatorlar,  tetiklashtiruvchi  va  stimullovchi  vositalar.  Ayniqsa 
o‗tkir  respirator  infeksiya  kasalliklarini  davolashda  ko‗p  miqdorda  antibiotiklar 
ko‗llaniladi  va ular  asosoan in‘eksiya shaklida  beriladi. 
Fantom  patologiyasi  va  dori  vositalari.  MDH  davlatlarida  bolalarda  keng 
tarqalgan  hastalik  –  ichak  disbakteriozidan  davolanishda  ko‗pincha  probiotiklar  - 
bifido-  va  laktobakteriyalar  ishlatiladi.  Ushbu  preparatlar  tarkibilda  laktoza  borligi 
sababli  qo‗shimcha  nojo‗ya  ta‘siri  (allergiya,  ichak  faoliyatini  buzilishi  va  b.)  ko‗p 
uchraydi va bu hol asosoiy kasallik  kelib  chiqish sababini aniqlashga  xalal  beradi.  
Antibiotiklar.  Aniqlanishicha  90%  atrofidagi  o‗tkir  respirator  kasalliklarni 
(ORZ)  virusli  infeksiyalar  chaqirsada,    ushbu  kasallikni  davolash  uchun 
asoslanmagan  holda  antibiotiklarni  qo‗llash  butun  dunyoda  turlicha,  masalan, 
Kanadada  -  14%,  Xitoyda  -  97%  gacha,  Fransiya  va  AQSH  da  -25%  ga  teng, 
Rossiyada  -  30%  dan  80%  gacha.  O‗tkir  pnevmoniya  va  boshqa  o‗tkir  bakterial 
infeksiyalarda  antibiotklar  allergik  reaksiyani  kamdan-kam  chaqiradilar.  Ko‗p 
hollarda  ushbu  allergik  reaksiyalar  antibiotik  noto‗g‗ri  berilganida  paydo  bo‗ladi. 
Bu  hol  bakterial  infeksiya  sAMF  va  sAMF/sGMF  nisbatini  keskin  ortishiga  sabab 
bo‗lib, allergik  reaksiyalarni  namoyon bo‗lishiga halaqit  beradi. 
Antibiotiklarni  uzoq  vaqt  mobaynida  qo‗llanilishi  nojo‗ya  ta‘sirlarni 
ko‗payishiga  sabab  bo‗ladi:  surunkali  o‗pka  yalllig‗lanish  kasalligida  xloramfenikol 
va  aminoglikozidlar  bilan  davolangan  -  13-14%,  yarim  sintetik  penitsillinlar  bilan 
davolangan  7%,  sefalosporinlar  va  makrolidlar  bilan  davolangan  3-4%  bemor 
bolalarda nojo‗ya qo‗shimcha ta‘sirlar kuzatildi. 

 
57 
Ikkilamchi  ta‘sirlar  –  zamburug‗larni  rivojlanishi  antibiotiklar  bilan  1-2  hafta 
mobaynida  davolanishda  kuzatilmaydi.  Surunkali  o‗pka  kasalliklarni  davolashda 
qandidozga  chalinish  32-54%  tashkil  etadi,  biroq  invaziv  infeksiyaning  rivojlanishi 
kuzatilmaydi.  Shu  sababli  zamburug‗larga  qarshi  dori  preparatlarni  qo‗llash  tavsiya 
etilmaydi,  faqat  yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlar  va  xujayra  immuniteti  nuqsonli  bemor 
bolalar  bunda istisnodir. 
Isitmani  pasaytiradigan  dori  vositalarning  qo‗shimcha  ta‘siri.  Isitmani 
pasaytiradigan  dori  vositalar  dorixonalarda  shifokor  dorixatisiz  sotiladi  va  ota-
onalar  bolalarni  davolashda  keng  qo‗llaydilar.  Shifokorlar  ham  ushbu farmakologik 
guruhga  mansub  preparatlarni  isitmasi  39

C    va  hatto  37

C  gacha  ko‗tarilgan 
barcha  bemor  bolalarga  berishni  tavsiya  etadilar.  Shifokorlarni zamonaviy davolash 
usullar  bilan  tanishtirilganidan  keyin  isitmani  pasaytiruvchi  dorilarni  berish  2,5 
martaga  qisqardi. 
Isitmani 
pasaytiruvchi 
dori 
vositalar  simptomatik  terapiyada  keng 
qo‗llanilishi,  ular  etkazadigan  zarar  katta  bo‗lishi  mumkinligini  ko‗rsatadi.  Shu 
sababli  pediatriya  amaliyotida  bir  qator  isitmani  pasaytiruvchi  dorilarni  berish 
taqiqlangan:  atsetilsalitsil  kislotasi  bolalarda  gripp,  o‗tkir  resperator  virus 
infeksiyalar  (ORVI)  va  suvchechak  kasalliklarda  berish  mumkin  emas,  chunki  ular 
Rey  sindromini  chaqiradi  va  bunda  bolalar  o‗limi  30%  (5  yoshgacha  bo‗lgan 
bolalarda 50%) ni tashkil  etadi. 
Zaharliligi  sababli  bolalarga  beriladigan  isitma  pasaytiruvchi  dori  vositalari 
ro‗yxatidan  antipirin  va  fenatsetin  olib  tashlangan.  Analgin  (metamizol)  anafilaktik 
shok,  agranulotsitoz  chaqirishi  sababli  ko‗p  davlatlarda  60-70  yillardan  boshlab 
qo‗llanilmaydi,  biroq MDH davlatlarida  hali  ishlatilmoqda. 
Bir  necha  yil  oldin  MDH  davlatlarida  turli  yoshdagi  bolalar  uchun  isitma 
pasaytiruvchi  vosita  sifatida  nimesulid  (nosteroid  yallig‗lanishga  qarshi  preparatlar 
guruhiga  mansub)  preparat  ro‗yxatga  olingan.  Ushbu  preparat  revmatizm 

 
58 
kasalligida  ham  beriladi,  u  gepatotoksik  xususiyatga  egaligi  (bemorlarda 
transaminaza  miqdorini  oshiradi)  MDH  davlatlardan  tashqarida  hech  bir  davlatda 
qo‗llanilmaydi. 
Isitma  pasaytiruvchi  preparatlar  guruhida  nisbat  eng  kam  zararli  deb 
paratsetamol  hisoblanadi.  Ibuprofen  bolalarga  og‗riq  bilan  birga  kechadigan  isitma 
kasalliklarida  beriladi.  Biroq  haligacha  ko‗p  ota-onalar  bemor  bolalariga  isitmasini 
pasaytirish  uchun  aspirin,  analgin  va  nimesulid  kabi  preparatlarni  beradilar,  bunda 
isitma  pasaysa  bolaning  ahvoli  yaxshilanadi  deb  hisoblaydilar.  Biroq  isitma  –  bu 
organizmning 
himoyalovchi-moslashuvchi 
reaksiyasi 
ekanligini 
va 
isitma 
pasaytiruvchi  vositalar  zarar ko‗rsatishini  keng targ‗ibot etish zarur. 
Isitma  pasaytiruvchi  vositalar  bolaning  immun  tizimini  rivojlanishiga  salbiy 
ta‘sir  ko‗rsatishi  -  Th-1  immunn  javobga  taalluqli  γ-interferon,  TNF-α  va  boshqa 
sitokinlarning  sintezini  to‗xtatishi  infeksiya  ko‗targan  isitmani  pasayshiga  sabab 
bo‗ladi.  Shuning  uchun  isitma  pasaytiruvchi  dori  vositalarni  bemor  bolaga  hayotiy 
zarur  ko‗rsatmaga  binoan  berish  kerak.  Isitmani  pasaytirish  uchun  oddiy 
kompressdan foydalanish mumkin.
  3
 
Vaksinalarni  qo‗shimcha  ta‘siri.  Har  bir  yot  modda  kabi  vaksinalar 
qo‗shimcha  nojo‗ya  ta‘sir  ko‗rsatishi  va  ayrim  hollarda  esa  salbiy  asoratlar 
qoldirishi  mumkin,  bemorni  salomatligiga  putur  etishi  bilan  bir  vaqtda  aholini 
vaksina  profilaktikaga  bo‗lgan  ishonchi  kamayishi  natijasida  emlash  surati  ham 
tushib  ketadi.  Vaksinalarni  nojo‗ya  ta‘siri  kasalga  chalinish  kabi  asoratlar  paydo 
bo‗lishi  emlash  sababi  bilan  izohlanmaslig  ahvolni  yanada  og‗irlashishiga  olib 
keladi. 
                                                                 
3
  The  Design  and  Manufacture  of  Medicines/Edited  by  Michael  E.  Aulton,  BPharm,  PhD, 
FAAPS,  MRPharmS  and  Kevin  M.G.  Taylor,  BPharm  PhD  FAAPS  FRPharmS,  Copyright 
2013.-P. 90-108
 
 
 

 
59 
Hayotining  birinchi  uch  oyida  chaqaloqlar  ko‗pincha  vaksinatsiyadan 
keyingi  davrda  bo‗ladilar,  shu  sababli  ko‗pincha  interkurrent  kasalliklarni 
―vaksinatsiya  bilan  bog‗liq‖  deb  gumon  qilish  mumkin.  Emlashdan  keyingi 
reaksiya  bu  tabiiy  hol,  biroq  bugungi  kunda  zamonaviy  vaksinalar  kamdan-kam 
ushbu  asoratlarni  chaqiradilar.  Emlashdan  keyingi  asoratlar  –  bu  kuchli  reksiyalar 
juda kam kuzatiladi,  ushbu reaksiyalar  sabablarini  quyidagicha  izohlash  mumkin: 
• vaksina yuborganda yo‗l qo‗yilgan hatoliklar; 
• sifatsiz vaksina; 
• tasodifiy bir xil  holatlar; 
• sababi aniqlanmagan  vaksinatsiya  o‗tkazilganidan  keyingi  reaksiyalar. 
Vaksina  terapiyadan  keyingi  nojo‗ya  ta‘sirlarning  xavfliligi  birinchi  navbatda 
ularni  oldini  olish  va  yo‗qotish  bo‗yicha  chora-tadbirlar  ko‗rishga  undaydi. 
Ayniqsa  bu  nojo‗ya  ta‘sirlar  bola  terisiga  toshma  toshishi,  allergiya  va  boshqa 
holatlar  kuzatilsa.  Bunda  shifokor  bolaning  ota-onasiga  vaksinatsiyaning  bola 
organizmi  uchun  ko‗proq  foyda  keltirishini  va  nojo‗ya  ta‘sir  o‗tib  ketadigan  holat 
ekanligin,  nima  afzalroq  ekanligini  to‗g‗ri  tushuntirishi  lozim.  Biroq  emlashdan 
keyin  bolani  meningit  yoki  pnevmoniya  kasalligi  bilan  og‗rishi,  salbiy  natijalarga 
olib  kelishi  mumkin.  Masalan,  ―Emlashdan  keyingi  asorat‖  deb  diagnoz  qo‗yilgan 
va  vafot  etgan  83  nafar  bolalarning  15  tasida  bakterial  meningit,  16  tasida  –  o‗tkir 
virusli  kasallik  va pnevmoniya,  4 tasida – ichak infeksiyasi  bo‗lgan.  
Dori vositalarni bolalarda sinash masalalari. Kattalar uchun mo‗ljallangan 
dori vositalar soni tobora ortib bormoqda, biroq bulardan bolalarni davolash uchun 
hammasi  ham  to‗g‗ri  kelmaydi.  Shu  sababli  ularni  «bolalar  (ma‘lum  yoshdagi 
bolalar)  uchun  xavfsizligi  isbotlanmagan»  yoki  «pediatriya  amaliyotida  qo‗llash 
tajribasi  etarli  emas».  Bularga  misol  qilib  zambrug‗larga  qarshi  aerozol 
preparatlarni,  yangi  antibiotiklar  (ftorxinolon  va  karbapenemlar)ni  keltirish 
mumkin.  Biroq  ko‗p  yillar  pediatrlar  ushbu  preparatlarni  tavsiya  etilmagan 

 
60 
yoshdagi  go‗daklarga  hayotiy  ko‗rsatma  bo‗yicha  bermoqdalar  va  bu  hol  intensiv 
terapiya  bo‗limlarida  60%  dan  ko‗pini  tashkil  etmoqda.  AQSh  va  Evropa 
mamlakatlarida  bolalar  uchun  mo‗ljallangan  dori  vositalarni  sinash  bo‗yicha 
qonunlar amaliyotga  tatbiq etilmoqda, biroq ushbu jarayon juda sekin kechmoqda. 
Bolalarga beriladigan dorilarni xavfsizligini oshirish masalari. Bolalarni 
dorilar  bilan  zaharlanishini  oldini  olish  uchun  Butun  jahon  sog‘liqni  saqlash 
tashkiloti  tavsiyasiga  ko‗ra  mana  15  yildan  beri  qiyin  ochiladigan  plastik 
konteynerlar  ishlatilib  kelinmoqda. 
Bolalar  amaliyotida  qo‗llaniladigan  dori  vositalar  nomenklaturasini 
kengaytirish  farmatsevtika  texnologiyasining  dolzarb masalalaridan  hisoblanadi. 
Pediatriya  amaliyotida  qo‗llaniladigan  yumshoq  dori  turlari  ta‘rifi, 
texnologiyaining  o‗ziga  xosligi.  Yumshoq  dori  turlaridan  bolalar  amaliyotida 
rektal  dorilar  (shamchalar,  kapsulalar,  rektiolalar,  klizmalar)  va  surtmalar,  kremlar, 
linimentlar  ishlatiladi.  Ular 10% atrofida  retsepturada uchraydi. 
Rektal  dori  turlari.    Xozirgi  paytda  bolalarga  mo‗ljallangan  dorilarning 
umumiy  hajmida  rektal  dorilarning  miqdori  o‗sib  borish  tendensiyasi kuzatilmokda. 
Agar  1990  yilda  shamchalarga  3,4%  (chet  elda  17%)  to‗g‗ri  kelgan  bo‗lsa,  xozirgi 
vaqtda  esa  bu  ko‗rsatkich  50%  dan  oshdi.  Bu,  bolalar  amaliyotida,  rektal  dorilarni  
o‗ziga xos ijobiy taraflariga  bog‗lik:   
- dorilarning  ayrim  qo‗lansa hidi va yoqimsiz mazasi bilinmaydi; 
- dorilar tanaga  tezrok so‗riladi, natijada  tez ta‘sir ko‗rsatadi; 
- og‗rik muammosi  echiladi; 
- allergik  reaksiyalar  kamayadi; 
-  oshqozon  ichak  shilliq  pardalariga  preparatlarning  yallig‗lovchi    ta‘siri 
bulmaydi,  hamda  dori  moddalar  fermentlarning salbiy ta‘siridan xalos bo‗ladiSHu 
sababli  analgetiklar,  isitma  tushiruvchi,  spazmolitik,  steroid  gormonlar,  allergiyaga 
qarshi  dori  preparatlardan  suppozitoriya  dori  shaklini  tayoyyorlash  istiqboli 

 
61 
izlanishlar  deb  hisoblanadi.  Ayniksa  bronxial  va  boshka  nafas  yo‗llari  kasalliklarini  
davolashda rektal  dori turlarini  qo‗llash maqsadga muvofiq  bo‗ladi. 
 
 
 
 
 
 
Bolalar uchun mo‗ljallangan shamchalar nomenklaturasi. Hozirgi paytda 
maxsus  bolalarga  mo‗ljallangan  shamchalar  taklif  qilinib,  farmatsevtika  sanoatida 
ishlab chiqilmokda: 
    -  spazmolitik  ta‘sirga  ega  bo‗lgan  shamchalar  (atropin  sulfat,  efedrin 
gidroxlorid,  papaverin gidroxlorid,   kellin  bilan); 
     -  teofillin  saklovchi  shamchalar  ("Rektoseptal",  "Kelledrin",  "Kobedoz", 
"Kinetozin"); 
     -  pirozolon,  barbituratlar,  kofein,  salitsilatlarni  saklovchi  shamchalar 
("Gibalgin",  "Donozon", "Meliobol", "Neopirin"). 
Shamcha  dori  turida  beriladigan  dorilarni  terapevtik  ta‘siri  albatta  olingan 
asosga  bog‗lik  bo‗ladi.  Asoslar  ikkita  guruhga  bo‗linadi:  gidrofob  va  gidrofil. 
Texnologik  va  biofarmatsevtik  tomondan  hamda  bolaning  orga-nizmini  o‗ziga 
xosligini  hisobga  olgan  holda,  bolalar  amaliyotida  ishla-tiladigan  shamchalarda 
faqat  suvda  erimaydigan  asoslar  qo‗llash  tavsiya  etiladi,  chunki  suvda  eriydigan 
asoslar  bolalar  to‗g‗ri  ichak  nozik  shillik  pardalariga  mos  kelmadi  (suvsizlantirish 
xossaga  ega).  Shuning  uchun  hozirgi  paytda  bolalarga  mo‗ljallangan  shamchalar 
uchun  kakao  moyi,  vitepsol,  kakao  moyining  gidrogenizatlari  va  parafin  bilan 
aralashgan  asos,  lanol,  GXM  -  5T  asoslari  tavsiya  etiladi.  Masalan, hozirgi paytda 
tuberkulez  kasalligini  davolashda  ishlatiladigan  solyutizon,  ftivazid,  izoniazid 
Suppozitoriylar,  shamchalar  —  xona  haroratida  qattiq,  tana 
haroratida  erib  ketadigan,  tanadagi  har  xil  tabiiy  yoki  biror  kasallik 
natijasida  hosil  bo‘lgan  bo‘shliqlarga  qo‘yiladigan,  dozalarga 
bo‘lingan  yumshoq  dori  shakli;  silindr  shaklidagi   yoki  bir  tomoni 
uchli  kilib  ishlangan  konussimon  dori  shakli;  to‗јri  ichakga  kiritib 
ko‗yib  davolashga  mo‗ljallangan 

 
62 
preparatlarining  shamchalari  ishlab  chiqilgan,  maksad  –  moddalarning  salbiy 
ta‘sirini  kamaytirib,  biologik  faolligini  oshirish.  Solyutizon  0,05  g  shamchalari 
gidrogenizatsiyalangan  yog‗lar  (60%),  kakao  moyi  (30%)  va  parafin  (10%)dan 
iborat  bo‗lgan  asos  yordamida  tayyorlangan.  Ftivazid  shamchalarini  -  lanol, 
izoniazid   shamchalarini  - kakao moyi asoslarida tayyorlash maqsadga muvofiqdir. 
Bolalar  amaliyotida  steroid  gormonlarni  va  vitamin  preparatlarini    shamcha 
dori  shaklida  berish  dolzarb.  Masalan,  V  avitaminozlarni  davolashda  fosfotiamin 
(tiaminning  fosfor  efiri)  tabletka  o‗rniga  shamcha  sifatida  berish  tavsiya  etiladi 
(vitepsol  asosida).  V
12
  va    V
6   
vitaminlarni  ham  shamcha  dori  turida  ishlatish 
maqsadga  muvofiqligi  ko‗rsatildi.  Undan  tashqari,  shamchalar  faqat  umumiy  ta‘sir  
ko‗rsatmasdan,  mahalliy    ta‘sirga    ega  bo‗lishi  mumkin.  Ular  suvda  erimaydigan 
asos  (kakao  moyi)  va  uglerod  dioksidini
 
 ajratib chiqaradigan  aralashmadan (natriy 
gidrokarbonat va  kislota (askorbin  yoki limon)  tashkil  topgan bo‗ladi. 
 Masalan:         FERROLAKS shamchalari 
                          Tarkib:  
                          Natriy gidrokarbonat            0,05  
                          Temir laktat                           0,08 
                          Askorbin kislotasi               0,01 
                          Kakao moyi                              2,0 
                         KALSILAKS shamchalari 
                          Tarkib:  
                          Natriy gidrokarbonat      0, 20  
                          Kalsiy laktat                  0,10 
                          Askorbin kislotasi          0,05 
                          Kakao moyi                        2,0 
Bu  shamchalar  quyish  usuli  bilan  tayyorlanadi.  Ta‘siri  10-15  daqiqadan 
so‗ng namoyon bo‗ladi. 

 
63 
Bolalar shamchalarining o‗ziga xos tomonlari: 
1.  XI  -  DF  ko‗rsatmasi  bo‗yicha  og‗irligi  0,5-1,5  g  bo‗lishi  kerak  va  albatta 
shifokor tomonidan 1 shamcha - og‗irligi  retseptda ko‗rsatilishi  lozim;   
2. Asosan suvda erimaydigan  asoslar qo‗llanilishi  kerak; 
3. Dozalarga  e‘tibor berish lozim. 
Rektal  kapsulalar. SHamchalarning ijobiy tomonlarini hisobga olgan holda, 
hozirda  ularning  takomillashtirilgan  shakllari  tavsiya  etilmoqda.  Ulardan  biri  bu 
rektal  kapsula  va  rektiolalar.  Rektal  kapsulalar  jelatin  (64-70%)  va  glitserin  (30-
36%)  aralashmalaridan  tayyorlangan  va  suspenziya,  emulsiya,  pastasimon  yoki 
suyuqliklarni  joylash  uchun  mo‗ljallangan  mayda  idishcha  (g‗iloflardir).  Ularning 
afzallik  tomonlari  shundan  iboratki,  ularda    shamchaga  nisbatan  yordamchi 
moddaning  miqdori  kam,  saqlash  sharoitlari  uncha  cheklanmagan  va  issiq  iqlimga 
ega  bo‗lgan  mamlakatlarda  ishlatish  qulay.  Ularning  ko‗rinishi  noksimon, 
konussimon,  tuxumsimon  bo‗lishi  mumkin  va  bolalar  amaliyotida  ishlatish  juda 
ham  qulay.  Pediatriya  amaliyotida  antibiotiklar,  analgetiklar,  trankvilizatorlar, 
tinchlantiruvchi,  spazmolitik  ta‘sirga  ega  bo‗lgan  rektal  kapsulalar    ishlab 
chiqariladi.  Masalan,  chakanda  moyini  (0,55  g)  saqlovchi  rektal  kapsulalar 
qo‗llaniladi  (reparativ  vosita).  Biroq  ushbu  vositaning  ham  kamchiliklari  bor: 
kapsulalar  to‗g‗ri  ichaqda  uzoq  vaqt  eriydi  (30  daqiqadan  ko‗p),  jelatinadan 
tayyorlangan  kapsulalar  ko‗p  dori  moddalar  bilan  nomutanosibdir  va  ularning 
mikrobiologik  jihatdan  barqaror emas.
 4
 
Klizmalar.  Klizmalar  dori  turi  sifatida  juda  qadimdan  ma‘lum.  Bolalar 
amaliyotida  suv–sovunli,  suv-glitserinli  va  moyli  klizmalar  keng  qo‗llanilib 
kelingan.  Bugungi  kunda  bolalarga  klizma  sifatida  rentgenokontrast  moddalar 
                                                                 
4
  Dr.  Jaime  Cortina.  Pediatria  para  todos  (Spanish  Edition).- 
Published  by Grijalbo,  2011
.-  295-
300
 pages. 
 
 

 
64 
(sergozin,  bariy  sulfat  va  b.),  spazmolitik  (teofillin),  anestetik  (novokain),  tomir 
tortishiga  qarshi vositalar (xloralgidrat),  gormonal  preparatlar. 
 
 
 
 
 
Klizmalarning  yuqori  samaradorligi  bilan  bir  qator  kamchiligi  ham  bor: 
maxsus  apparat  zarurligi,  tayyorlashga  uzoq  vaqt  sarflanishi  va  faqat  ekstemporal 
retsepturada berilishi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling