Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana15.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
#20104
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17

Krem  (fr.  krem  –  qaymoq  asosida tayyorlanadigan desert taom)  - 
yumshoq, 
mayin 
konsistensiyaga 
ega 
kosmetik 
maqsadda 
qo‘llaniladigan  surtma.  Ko‗p  hollarda  kosmetik  kremlar  emulsion 
asosda 
tayyorlanadi, 
shuningdek 
ularni 
tayorlashda 
lanolin, 
spermatset,  mum,  glitserin,  bodom,    kokos  va  boshqa o‘simlik hamda 
turli  xushbuy  efir  moylari  ishlatiladi. Kremlar mayin bo‗lib, ular qo‗l, 
bosh  va  yuz  terisini  parvarishi  uchun  keng  qo‗llaniladigan  kosmetik 
vosita 

 
102 
 
 
Emulsion  kosmetik  kremlar  teriga  surtilganida  tez  rezorbsiyalanadi  va  tez 
faolligini  namoish  qiladilar.  Tarkibida  suv  saqlaganligi  sababli  emulgirlangan 
kremlar 
yog‗li 
va 
yog‗simon  moddalarni  dispersligini  kamaytiradilar. 
Emulgirlangan  kremlar  oq  rangda,  elastik  va  yumshoq  mayin  konsistensiyaga  ega 
bo‗ladilar,  ularning  konsistensiyasi  suvsiz  kremlardan  farqli  harorat  ta‘siriga 
bog‗liq  emas,  shuningdek  teriga  oson  surtiladilar  va  yaxshi  estetik  ko‗rinishga  ega 
bo‗ladilar.  Teriga  surtilganida  (asosan  m/s  tipdagi  kremlar)  muzlatish  xossaga  ega 
bo‗ladilar. 
Kosmetik  kremlar  o‗z  tarixini  K.Galendan  (m.o.165  y)  boshlaydi.  U  birinchi 
bo‗lib  sovutish  xossasiga  ega  krem  –  Ceratum  lenientes*  s.  refrigerans  (bugungi 
kold-kremlar  –  ―sovuq  qaymoq‖)  tarkibi  va  texnologiyasini  taklif  etgan. 
Zamonaviy  kold-kremlar  m/s  yoki  s/m  tipidagi  emulsiyalar  bo‗lib,  ularning 
tarkibida  emulgatorlar  bo‗lmaydi,  konsistensiyasi  tarkibdagi  mum  bilan 
me‘yorlanadi.   
 
 
 
 
Bugungi  kunda  kold-kremlar  tarkibiga  mum,  spermatset,  moylar,  vazelin, 
setil  spirti,  suyuq  parafin,  bura  qo‗shiladi.  Kold-kremlar  emulsiyalardan  farqli 
dag‗al  dispers  sistemalar  yoki  quasi-emulsion  sistemalarni  hosil  qiladi,  ular  turg‗un 
emas,  teriga  surtilganida  ular  tarkibidagi  suv  ajralib  chiqadi  va  bu  suv  bug‗lanishi 
natijasida  teri  va  atrof  muhitni  sovitadi.  Agar  surtma  asosi  sovitilmasdan,  tarkibiga 
kiritiladigan  suv issiq bo‗lsa emulsion krem sovitish xossasini yo‗qotadi. 
Koldkrem  (sovuq  qaymoq)  –  asosan  muzlatuvchi  xususiyatiga 
ega  kosmetik  surtma.  Krem  tarkibidagi  suv  bug‗lanib,  terida 
tinchlantiruvchi,  muzlatuvchi  ta‘sirini ko‗rsatadi 

 
103 
Emulsion  kosmetik  surtmalar  tarkibiga  kiritiladigan  dori  moddalarni 
terapevtik  faolligini  ta‘minlash  uchun  moyda  eriydigan  moddalar  moyda,  suvda 
eriydigan  moddalar  esa  –  suvda  eritiladi.  Masalan  suvda  yaxshi  eriydigan  kaliy 
yodid,  sulfatsil-natriy,  dikain,  dimedrol,  kollargol,  protargol,  natriy  tiosulfat, 
novokain,  alkaloid  tuzlari,  tanin,  kumush  nitrat  va  h.k.  moddalar  suvda  eritilib, 
so‗ng  asosga  kiritiladi.  Bundan  rezorsin,  rux  sulfat,  penitsillin  kabi  moddalar 
turg‗un  bo‗lmaganligi  va  zaharli  ta‘sir  ko‗rsatishi  sababli  surtmalarga  suspenziya 
tipida  kiritiladi.  Quruq  va  quyuq  ekstraktlar  asosga  kiritilishidan  oldin  spirt-
glitserin-suv  (1:3:6)  aralashmasida  maydalangandan  so‗ng  kiritiladi.  Moyli  asosda 
eriydigan  dori  moddalar  surtma  asosida  eritilib  emulsion  kosmetik  surtmalar 
tarkibiga  kiritiladi  (gomogen surtmalarni  qarang).   
Kosmetika  vositalarining  sifat  nazorati.  Kosmetika  vositalari  ishlatilishi, 
tashqi  ko‗rinishi,  konsistensiyasi  va  strukturasi  bo‗yicha  turli  xil  bo‗lib, 
tayyorlanishi  ham  o‗ziga  xosdir.  Kosmetik  vositalar  tarkibiga  odatda  10  xil  yoki 
undan  ham  ortiq  turli  moddalar  turli  maqsadlarda  qo‗shiladi.  Bunda  kosmetik 
vositalar  tarkibiga  kiruvchi  moddalarning  bir  biriga  mos  kelishi,  miqdorining 
to‗g‗ri  tanlanishi  va  tayyor  mahsulotning  har  xil  haroratda  va  uzoq  vaqt  davomida 
barqaror  bo‗lishi  talab  qilinadi.  Kosmetik  vositalar  asosiga  aksariyat  hollarda  turli 
tarkibli  yog‗li  asoslar,  SFM,  emulgatorlar,  solyubilizatorlar,  struktura  va  parda 
hosil  qiluvchi,  to‗ldiruvchi,  konservant  va  boshqa  moddalar  tashkil  etadi.  Ko‗p 
kosmetik  vositalarga  foydali  biofaol  moddalar  (BFM)  va  xushbo‗ylashtiruvchi 
moddalarni  qo‗shiladi.  Bunda  kosmetik  vositaning  sifatiga  qo‗yiladigan  asosiy 
talab  –  uning  bezararligidir.  SHuning  uchun  barcha  kosmetik  vositalar  uchun 
yaratilgan  moddalar  toksikologik  tekshiruvdan  o‗tkaziladi.  Kosmetik  vositalarni 
mikrobiologik  barqarorligini  ta‘minlash  maqsadida  ularning  tarkibiga  turli 
konservantlar  qo‗shiladi.  Har  bir  kosmetik  vosita  uchun  qo‗shiladigan 
konservantlarning  turi  va  miqdorini  mikrobiologlar  belgilaydilar.  Kosmetik 

 
104 
vositalarni  harid  qilishda  haridorgirligini  oshirish  va  ishlatishda  mahsulotni  yoqimli 
bo‗lishini  ta‘minlash  maqsadida  mahsulot  tarkibiga  turli  xushbo‗y  kompozitsiyalar, 
tish pastalari  va eliksirlari  tarkibiga  esa ta‘m korrigentlari  kiritiladi.   
Kremlar  sifatini  baholash.  Kosmetik  kremning  sifatini  baholash  GOST 
29188.0-91  bo‗yicha  amalga  oshiriladi.  Bunda  krem  namunalari  tanlab  olinidi 
(tasodifiy tanlab  olish yo‗li bilan): 
Tashqi  ko‗rinishi,  hidi  va  bir  xilligini  aniqlash.  Kosmetika  vositalarining 
tashqi  ko‗rinishi,  hidi  va  bir  xilligi  organoleptik usulda tasdiqlangan tarkib bo‗yicha 
tayyorlangan  etalon namunasi  bilan  solishtirish  yo‗li bilan  amalga  oshiriladi. 
Surtma  xolidagi  mahsulotlar.  Aniqlanadigan  mahsulot  oq  emal  bilan 
qoplangan  plastinkaning  bir  chetiga  1-2  mm  qalinlikda  surtiladi,    shu  kabi 
plastinkaning  boshqa  chetiga  etalon  namuna  surtiladi.  Surtmalarning  tashqi 
ko‗rinishi  va  rangi  solishtiriladi,  so‗ng  surtmalar  barmoq  orasida  ezilib,  dag‗al 
zarrachalarni  yo‗qligi  (bir xilligi)  va konsistensiyasi  tekshiriladi. 
Izoh.  1.  Surtmaning  rangi  teri  rangiga  mos  kelishini  solishtirish  uchun, 
surtma va etalon namunalari  qo‗l terisiga surtib ko‗riladilar. 
2.  Mahsulotning  suv  ta‘siriga  barqarorligini  aniqlash  uchun,  namlangan 
barmoqlar  bilan  bir  necha  marta  namuna  ustidan  yurg‗iziladi,  bunda  barmoqlarda 
sezilarli  iz qolmasligi  kerak. 
3.  Lakning  barqarorligini  va  qotish  vaqtini  aniqlash  uchun  mahsulot  va 
etalon namunalari  tirnoqlarga  ikki  marta surtiladi. 
Mahsulotning  hidini  aniqlash.  Kosmetika  mahsulotlarning  hidini  aniqlash 
uchun  organoleptik  usuldan  foydalanadilar:  tayyor  mahsulot  tasdiqlangan 
retseptura bo‗yicha tayyorlangan  etalon  namuna  bilan  solishtiriladi. 
Qovishqoqlik  har  bir  mahsulot  uchun  alohida  belgilangan  diametrga  ega 
NILKa  voronkasidan  100  ml  mahsulot  namunasining  oqib  tushish  vaqtiga  aytiladi. 
Pastki  teshigi  berkitilgan,  aniq  vertikal  holatda  joylashtirilgan  voronkaga  chetiga 

 
105 
etgunicha  yaxshilab  aralashtirilgan  mahsulot  namunasi  quyiladi.  Voronkaning  ichki 
qavatiga  suv  yuborilib,  namunaning  harorati  aniq  20
0
  S da ushlab turiladi. Voronka 
tagiga  hajmi  100  ml  li  silindr  qo‗yiladi.  Mahsulot  namunasining  qovishqoqligini 
aniqlash  uchun  voronka krani va sekundomer bir vaqtda qo‗yib yuboriladi. Silindra 
oqib  tushgan  mahsulotning  hajmi  100  ml  etishi  bilan,  sekundomer  to‗xtatiladi  va 
oqib tushishga sarflangan  vaqt hisoblanadi.   
Izoh.  Vazelin,  yog‗li  asoslar  va  kremlarning  qovushqoqligi  viskozimetrik 
usulda  aniqlanadi.  Buning  uchun  Ostvald-Piknevich  (o‗lchov  birligi  -  santistoks) 
yoki Engler  viskozimetrida  (o‗lchov birligi  – Engler  gradusida) aniqlanadi. 
Kremlar  tashqi  ko‗rinishi:  hidi  va  rangi  bo‗yicha,  bir  xilligi  bo‗yicha  va 
boshqa  fizik-kimyoviy  ko‗rsatkichlari  bo‗yicha  baholanish  mezonlari  5-jadvalda 
keltirilgan.     
5-jadval  
Kremlarning fizik-kimyoviy xossalarini baholash 
Ko‗rsatkich nomi 
 
 
Kremlar  tavsifi  va me‘yori 
Emulsion 
kremlar 
Gellar 
Yog‗li 
kremlar 
Suv  va  uchuvchan  moddalarning 
miqdori, %  
5.0-98.0 
5.0-98.0 

Vodorod ko‗rsatkichi pH  
5.0-9.0 
5.0-9.0 
5.0-9.0 
Tomchi tushish xarorati,  S  


39-55 
Kolloid  turg‗unligi 
 
 
Turg‗un 
turg‗un 

Termoturg‗unligi 
Turg‗un 
turg‗un 

Og‗ir  metallar  midori,  %  (mg/kg),  ... 
dan ko‗p emas   
0.0020 (20.0) 
 
6-jadvalda  emulsion  kremlarning  emulsiya  tipi  va  konsistensiyasi  bo‗yicha 
fizik-kimyoviy  ko‗rsatkichlari  keltirilgan  (GOST 29189-91). 
Kremlarda  vodorod  pH  ko‗rsatkichini  aniqlash.  Maxsus kremlar (skrab, 
piling,  oqartiruvchi  kremlar,  qoraytiruvchi  kremlar,  himoyalovchi  kremlar  va  h.k.) 
hamda  tarkibida  turli  o‗simlik  ekstraktlarini,  meva  kislotalarini  saqlagan  kremlar 

 
106 
uchun  vodorod ko‗rsatkichi pH 3,0-9,0 oralig‗ida, depilyasiya uchun kremlarda esa 
7,0-12,7 oralig‗ida  bo‗lishi mumkin. 
6-jadval 
Emulsion kremlarning fizik-kimyoviy ko‗rsatkichlari 
Ko‗rsatkich nomi 
 
Kremlar  normasi 
Quyuq  
Suyuq 
Suv/ 
Moy 
Moy/ 
Suv 
Aralash 
tipda 
Boshqa  
tipda 
Glitserin  miqdori, %,  
...dan ortiq emas 

30,0 
8,0 
15,0 
Suv 
va 
uchuvchan 
moddalarning 
miqdori, %  
8,0- 75,0  20,0-95,0  40,0 - 75,0 
53,0- 
97,5 
Ishqor  miqdori,  KON  midorida,  %, 
...dan ko‗p emas 

1,0 
1,0 
1,0 
Vodorod ko‗rsatkichi pH 
5,0- 9,0 
5,0- 9,0 
5,0- 9,0 
5,0-9,0 
Kolloid  turg‗unligi 
Turg‗un 
Termoturg‗unligi 
Turg‗un 
 
Gigienik vositalar 
Terini  tozalash  uchun  mo‗ljallangan  kosmetik  vositalar  xususiyatlariga  ko‗ra 
bir necha guruhlarga  tavsiflanadi:   
1.  Suvli  asosda  tayyorlangan  vositalar  (masalan,  sovunlar,  tozalovchi 
losonlar, shampunlar); 
2. Moyli  asosda olingan vositalar  (masalan,  kosmetik sutlar); 
3. Qattiq moddalar asosida tayyorlangan  vositalar  (tish pastalari). 
Loson    -  bu  teri  parvarishi  uchun  mo‗ljallangan  suyuq  kosmetik-gigienik 
vosita  bo‗lib,  u  turli  hil  faol  moddalarning  (organik  kislotalar,  vitaminlar  va 
boshqalar) suv-spirtli   eritmalari. 
Losonlar quyidagi  tartibda tasniflanishi  mumkin: 
I. Qo‗llanilishi bo‗yicha: 
1. Gigienik  kosmetik losonlar; 
2. Davolovchi-profilaktik  losonlar. 

 
107 
 
 
 
 
 
 
    
 
 
Gigienik  losonlar  terini  tozalash,  yumshatishga asoslangan. Ko‗pincha bu 
losonlar  teridagi  iflosliklarni  (ter  va  yog‗  bezlari  sekretlari,  chang,  ajralgan 
epidermis  hujayralari)  tozalash  vazifasini  bajaradi.  Quruq  terini  sovun  va  suv 
o‗rniga  yuvish  uchun  ham  mo‗ljallagan  bo‗lishi  mumkin.  Undan  tashqari  bunday 
losonlar  tetiklashtiruvchi,  oqartiruvchi,  xushbo‗ylantiruvchi  ta‘sirga  ega  bo‗lishi 
mumkin. 
  Davolovchi-profilaktik  losonlar.  Hozirgi vaqtda teri kasalliklari, ayniqsa 
bakterial  tabiatli,  oshib  bormoqda.  SHuning  uchun  davolovchi  kosmetik 
losonlarga  ehtiyoj  yuqori.  Davolovchi  kosmetik  losonlar  terini  tozalash  va 
tetiklashtirishdan  tashqari  spetsifik  yo‗naltirilgan  ta‘sirga  ega  bo‗ladi: 
yallig‗lanishga  qarshi, yaralarni  davolash, bakteritsid, antiseboreya. 
Losonlarda qo‗llaniladigan komponentlar 
  Losonlarning  asosiy  komponentlari  sifatida  spirt  (ko‗pincha  20-
40%gacha),  suv,  namlatuvchilar  (glitserin,  propilenglikol,  asosan  3-6%  va  10% 
gacha) qo‗llaniladi. 
Qator  teri  kasalliklarini  profilaktikasi  terini  o‗z  vaqtida  va  to‗g‗ri 
tozalashdan  iborat,  chunki  bu  tadbir  terini  ustida  turli  bakteriyalarni, 
zamburug‗larni  rivojlanishiga  yo‗l qo‗ymaydi (ayniqsa bu yog‗li teriga  tegishli). 
Loson  (fr.  lotion  –  namlash,  yuvish)  -  bu  teri  parvarishi  uchun 
mo‗ljallangan  suyuq  kosmetik-gigienik  vosita  bo‗lib,  u  turli  xil  faol 
moddalarning  (organik  kislotalar,  vitaminlar  va  boshqalar)  suv-spirtli  
eritmalari.  Loson  -  teri  parvarishi  uchun  mo‗ljallangan  suyuq 
kosmetik-gigienik  vositasi  bo‗lib,  tarkibida  faol  ta‘sir  etuvchi 
moddalar  (organik  kislotalar,  vitaminlar,  shira,  dorivor  usimliklar 
ajratmalari  va  h.k.)  saklaydigan,  tabiati  bo‗yicha  suv  yoki  suv-spirtli 
eritma,  yoki  oquvchan  xususiyatga  ega  bo‗lgan  mikrogeterogen 
sistema 

 
108 
Asosan,  yog‗li  teri  uchun  mo‗ljallangan  shampunlarda  antimikrob  ta‘sirga 
ega  bo‗lgan  erituvchilarni  -  etil  yoki  izopropil  spirtlari  qo‗llash  maqsadga 
muvofiqdir.    
Losonlar  tarkibiga  qo‗shiladigan  ingridientlardan  biri  bu  etil  spirti. 
Konsentratsiyasiga  qarab  etil  spirti  asosiy  antiseptik  yoki  konservant,  ayrim 
holatlarda  esa  asosiy  ta‘sir  etuvchi  moddalarni  erituvchisi  vazifalarini  bajarishi 
mumkin. 
Losonlar tarkibida  etil  spirti teriga  quyidagi  ta‘sir ko‗rsatadi: 
- tetiklashtiruvchi; 
- yumshoq eg‗sizlantiruvchi; 
- yumshoq burushtiruvchi  va xushbo‗ylantiruvchi. 
Etil  spirtning  miqdori  teri  turiga  bog‗liq.  Ko‗pincha  quruq  teri  uchun 
mo‗ljallangan  losonlarning  tarkibida  etil  spirtning  miqdori  minimal  bo‗ladi  (4-
6%)  yoki  umuman  qo‗shilmasligi  mumkin.  Normal  teri  uchun  mo‗ljallangan 
losonlarga  etil  spirt  8-15%  atrofida  qo‗shilishi  mumkin.  YOg‗li  terini  parvarishi 
uchun  ishlatiladigan  losonlarda  etil  spirtning  miqdori  o‗rtacha  15-20%,  ayrim 
holatlarda,  undan  ham  qo‗proq  (30%  oshiq)  bo‗lishi  mumkin,  ammo  50-60% 
oshmaydi.  
YUkori  konsentratsiyalarda  spirt  terini  quritish  mumkin.  Ayrim  mualliflar 
esa  spirtning  konsentratsiyasini  losonlarda  30%  oshmasligi  lozim  deb 
hisoblaydilar  va  teri  normal  yoki  quruq  bo‗lsa  spirtni  umuman  ishlatmaslikni 
tavsiya  etadilar. 
SHuni  hisobga  olgan  holda  ayrim  losonlar  tarkibiga  spirtni  kiritilmaslik 
imkoniyati  o‗rganiladi. 
Spirtsiz  losonlarni  yaratish  hozirgi  paytda  dolzarb  yo‗nalish  hisoblanadi. 
Spirt  saqlamaydigan  losonlarni  yaratishda  qo‗llaniladigan  xom  ashyo  bir  necha 
guruhga  tasniflanadi: 

 
109 
1. Asosiy komponentlar - struktura hosil qiluvchilar; 
2. Emulgatorlar; 
3. Namlantiruvchilar; 
4. Quyuqlashtiruvchilar; 
5. Konservantlar; 
6. Solyubillovchi  moddalar; 
7. BFM lar. 
Birinchi  guruh  -  struktura  hosil  qiluvchilarga  mansub  bo‗lgan  xom-
ashyolar moylar  va mumlarga  bo‗linadi. 
Moylarga  -  suyuq  uglevodorodlar,  silikonlar,  o‗simlik  moylari  va  hayvon 
yog‗i,  alkil  efirlari,  letitsin  va  uning  hosilalari  kiradi,  Ular  losonlarning  asosiy 
struktura  hosil  qiluvchi  ingridientlari  hisoblanadi.  Mumlar  ko‗pincha  moyli  fazani 
quyuqlashtiruvchi  va  emulsion  sistemani  kerakli  qovushqoqligi,  turg‗unligini 
ta‘minlovchi  vosita  vazifasini  bajaradi.  Ulardan  asalari  mumi,  spermatset,  lanolin, 
qattiq  uglevodorodlar,  metil  va  stearil  spirtlari,  etilenglikolmonostearat  va 
polietilenglikol-400  distearatlar  losonlar  texnologiyasida  keng  qo‗llaniladi.  Lekin 
ularning  konsentratsiyasi  losonlarda  chegaralangan  bo‗lishi  kerak,  chunki 
me‘yordan  ortiq  qo‗shilsa  losonning  oquvchanligi  o‗zgarib  gel  hosil  bo‗lishi 
mumkin. 
Loson 
tarkibiga 
namlantiruvchi 
vositalar 
sifatida 
polispirtlar: 
propilenglikol,  glitserin,  sorbitol,  polioksietilensorbitol  qo‗shilishi  mumkin.  Ular 
terini  namlashdan  tashqari, geterogen  sistemalarni  turg‗unligini  ta‘minlaydi. 
Quyuqlashtiruvchilar  tabiati  bo‗yicha  o‗simlik  gidrokolloidlar,  sellyuloza 
hosilalari,  sintetik  yuqori molekulyar  birikmalar  va glinozyomlarga  bo‗linadi. 
O‗simlik  gidrokolloidlarga  -  alginatlar,  gummiarabik,  guarokamedlar, 
tragakant,  pektin,  kraxmal  gellari,  behi  urug‗i  kiradi.  Ularning  asosiy  salbiy 
tomoni - ular mikrobiologik  tarafdan chidamsiz. 

 
110 
Sellyuloza  hosilalari  nisbatan  mikroblarga  chidamli  va  fizik-kimyoviy 
tarafdan 
turg‗un. 
Keng 
qo‗llaniladiganlarga: 
MS, 
NaKMS, 
gidroksipropilmetilsellyuloza, 
gidroksipropilsellyuloza, 
mikro-kristallik 
sellyuloza  kiradi. 
Sintetik  YUMB  sifatida  –  karboksivinilpolimer,  polivinilpir-rolidon, 
polioksietilen  va  polioksipropilenlarning  bloksopo-limerlari,  akril  kislotasining 
sopolimerlari  qo‗llaniladi.  Ularning  afzalligi  - mikrobologik  turg‗unligi. 
Glinozemlar  (bentonitlar)  bu  tozalangan  tuproq  (gillar).  Ular  samaradorli 
quyuqlashtiruvchilar  hisoblanadi  (losonlarning  tarkibiga  0,2-1%  kiritiladi). 
Tabiati  bo‗yicha ular magniy  va alyuminiy  silikatlari. 
Losonlar  tarkibiga  0,1-0,5%  mikdorda  turli  bo‗yoklar  kiritiladi  va  ular 
losonlarning  iste‘mol xususiyatlarini  oshiradi. 
Xushbo‗yligi  ta‘minlash  uchun  losonlarga  har  xil  xushbo‗y  moddalar: 
sun‘iy va tabiiy  (shu jumladan  efir moylari)  qo‗shiladi.      
 Davolovchi profilaktik losonlar tarkibiga antiseptik moddalar kiritiladi. 
Ulardan  ko‗pincha  salitsil  kislotasi  0,3%  gacha,  benzoy  kislotasi,  limon  kislotasi 
0,5%gacha  qo‗shiladi.  Limon  kislotasi,  undan  tashkari,  teridagi  oksidlanish-
qaytarilish  jarayonlariga  ijobiy  ta‘sir  ko‗rsatadi.  SHularning  qatorida  adipin 
kislotasi  terini  tonusini  yaxshilash  va  mo‗‗tadil  rN  ta‘minlash,  borat  kislotasi 
kuchsiz  oqartiruvchi,  dezinfeksiyalovchi  va  rN  ni  me‘yorlashtiruvchi  vositasi 
sifatida  qo‗llaniladi,  ayniqsa  husnbuzarli  terini  parvarishi  uchun  (0,1%  gacha). 
Davolovchi 
kosmetik 
losonlarda 
antiseptik  vosita  sifatida  xlorgeksidin 
biglyukonatni  ham  qo‗llanilishi  keng.  Masalan,  bolalar  uchun  mo‗ljallangan 
maxsus  ―antiseptik  loson‖  va  loson  bilan  shimdirilgan          gigienik  salfetkalar 
tarkibiga  xlorgeksidin  kiritilgan. 
Kosmetologiya  va  dermatologiyada  antimikrob  xususiyatli  moddalar 
muhim  axamiyatga  ega.  Ular  ko‗pincha  konservantlar  ham  deb  yuritiladi.  Hozirgi 

 
111 
vaqtda o‗simliklar asosida olingan antimikrob ta‘sirga ega bo‗lgan retseptura keng 
qo‗llaniladi.  Bakteriostatik  komponentlar    sifatida  qayin  bargining  ekstrakti, 
cheremuxa  bargining  ekstrakti,  sitral,  sangviritrin,  moychechak  preparatlari, 
mavrak  va dalachoy ekstraktlarini  qo‗llash tavsiya  etiladi. 
Losonlar  tarkibiga  dermotrop  moddalar  ham  kiritiladi.  Ular  terining 
epitelizatsiyalanishini  ta‘minlaydi.  Ulardan  α  va  β-allantoin,  azulen,  pantoten 
moyi, A, E, V vitaminlari  (0,5%gacha) keng qo‗llaniladi. 
Losonlarga  o‗simliklardan  olingan  BMF  kiritilishi  ularning  yuqori 
samaradorligini  va  ko‗p  tomonlama  ta‘sirini  ta‘minlaydi.  Losonlar  tarkibiga 
fitopreparatlarni  qo‗shilishi  –  bu  ularni  tabiiy  BFM  (organik  kislotalar,  vitaminlar, 
mikroelementlar, 
fermentlar, 
aminokislotalar, 
flavonoidlar, 
efir 
moylari) 
majmuasi  bilan  boyitish.  SHuni  hisobiga  bunday  losonlar  teri  hujayralarining 
funksiyasini  normallashtiradi,  to‗qimalarni  regeratsiyasini  stimullaydi,  qarish 
jarayonini  sekinlashtiradi,  tetiklashtiruvchi  va davolovchi ta‘sir ko‗rsatadi. 
Losonlar sifatini baholash  va nomenklaturasi 
Losonlarni  sifati  tegishli  GOSTlarda  keltirilgan  usullar  yordamida  amalga 
oshiriladi.  Bunda asosan quyidagi ko‗rsatkichlarga  e‘tibor beriladi: 
-  Tashqi  ko‗rinishi.  Losonlarni  tashqi  ko‗rinishi  MH da keltirilgan talabga 
javob  berishi  kerak.Asosan  loson  bu  bir  fazali  yoki  ko‗p  fazali  bir  xil  suyuqlik 
(eritma,  suspenziya yoki emulsiya); 
 -  Alohida  e‘tibor  losonning  rangi  va hidiga beriladi. Bu ko‗rsatkichlar har 
bir mahsulotga  o‗ziga xos bo‗ladi; 
-  Etil  spirtning  konsentratsiyasi,  %.  Bu  ko‗rsatkich  spirtli  losonlarga 
tegishli  va uning  me‘yori losonning turiga  bog‗liq; 
-  pH  kursatkichi.  Potensiometrik  usulda  aniqlanadi.  Bu  ko‗rsatkichning 
me‘yori  loson  tarkibini  tashkil  etuvchi  moddalarning  tabiatiga  bog‗liq.  Ko‗pincha 

 
112 
nordon  losonlarning  rN  ko‗rsatkichi  1-2,  qolganlariniki    -  8,0  oralig‗ida  bo‗lishi 
mumkin; 
-  Og‗ir  metallar    miqdori,  %.  Bu  ko‗rsatkich  MH  larda  keltirilgan  usul 
bo‗yicha aniqlanadi,  bu ko‗rsatkich 0,002% oshmasligi  lozim; 
-  Losonlar  turg‗unligini  baholash.  Suv-spirtli  eritma  saqlash  muddati 
davomida  (bir  yildan  kam  emas)  turg‗un  bo‗lishi  shart;  cho‗kma  hosil    bo‗lishi, 
rang  o‗zgarishi  losonni  turg‗un  emasligini  bildiradi.  Emulsion  turdagi 
losonlarning  turg‗unligi  uy  haroratida  va  40-45
0
  S  haroratda  ham  tekshiriladi 
(saqlash  sharoitlari  o‗zgarishini  hisobga  olgan  holda).  Ko‗shimcha  sifat 
ko‗rsatgichi  -  muzlatishga  chidamligi.  Losonni  -5

S  haroratda 24 soat muzlatiladi 
va so‗ng uy haroratida qoldiriladi.  Bunda loson  sifati o‗zgarmasligi  kerak. 
Sovunlar haqida tushuncha, ta‘rifi 
Sovun  bu  tabiiy  va  sintetik  yog‗  kislotalarining  kaliy  va  natriy  tuzlaridan  va, 
uning  sifatini  va  kosmetik  xossalarini  yaxshilovchi,    komponentlardan  (buyoqlar, 
xushbo‗y 
qo‗shimchalar, 
oqartiruvchilar, 
plastifikatorlar, 
antioksidantlar, 
yumshatuvchi  moddalardan va boshq.) tashkil topgan vosita. 
Qattiq  sovunlar  yoki  atir  sovunlari  qadimiy  teri  tozalovchi  vositalari  hisoblanadi. 
Ko‗p  asrlar  mobaynida  sovun  asosiy  terini,  kiyimni,  idishlarni  tozalovchi  vosita 
hisoblangan.  Sovunlarni  retsepturasi  va  ularning  olish  texnologiyasi  eramizning  
ikkinchi   asrida Pliniy  va Galen  tomonidan ishlab chiqilgan.
  7
 
Sovunlar tozalovchi  vosita sifatida quyidagi  afzalliklarga  ega: 

 
texnologik  ishlov  uchun  qulay  (tayyor  mahsulotlarga  har  xil  shakl  berish 
mumkin); 

 
yaxshi yuvish  xususiyatlarga  ega, ayniqsa yumshoq suvda;  

 
boshqa yuvish vositalarga  nisbatan teriga  salbiy ta‘siri kam.   
                                                                 
7
 
Baki  Gabriella  and  Kenneth  S.  Alexander  ―
Introduction  to  Cosmetic  Formulation  and 
Technology‖   
 

 
113 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling