Z allanazarova


Download 0.96 Mb.
bet2/2
Sana16.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1203130
1   2
Bog'liq
Oila a’zolari uchun mos so‘zlar

Lingvistik kompetensiya: tovushlarni taniydi, ularni harfl arga moslashtira oladi, tovushlarni qo‘shib so‘z hosil qila oladi, tovushlar joylashuvini o‘zgartirib yoki tovushni olib tashlab yangi so‘z hosil qila oladi; bo‘gʻinlarni taniydi, ularni qo‘shib so‘zlarni talaff uz qila oladi, bo‘gʻinlarni birlashtirib, joylashuvini o‘zgartirib yoki bo‘gʻinni olib tashlab yangi so‘z hosil qila oladi;
Darsning metodi: ogʻzaki (suhbat, savol-javob)
Darsning vositalari: oʻquv dasturi, dars rejasi, darslik, mashq daftari, “Oʻqituvchi kitobi”, xattaxta, texnik jihozlar.
Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Nazorat: O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash: O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning borishi:

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa



I.Tashkiliy qism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
II. O`tgan mavzuni mustahkamlash.O’quvchilarni bilim va ko’nikmalari tekshiriladi savollar orqali uyga berilgan vazifa so’ralib o’quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Aytingchi, berilgan oila a’zolari uchun qaysi so’zlar ko’proq mos keladi?

Oila a’zolari uchun mos so‘zlarni yonma-yon yozing.
Namuna Aka-botir, Opa-pazanda, Singil-erkatoy, uka-epchil , bobo-aqlli, buvi-dono, ota-mehnatkash, ona-mehribon
Oila a’zolari uchun mos keladigan yana qanday so’zlarni bilasiz?
Nuqtalar o’rnini mazmunga mos so’zlar bilan to’ldiring?


Bobom juda ham dono, u hamma narsani biladi


Buvim dadamni mehnatkash deb maqtaydi
Singlim Oysha oiladagi hammaga mehribon.
Oyimni hamma pazanda deydi, chunki u ovqatni juda shirin pishiradi.
Ukam – oilamizning eng erkatoy a’zosi
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
V.O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: Oila az’olaringizni ismi va mos so’zlarni yozib keling
O`IBDO`: _____________________
Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling