Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi


Download 1.13 Mb.
bet2/95
Sana08.01.2022
Hajmi1.13 Mb.
#249116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

1.

O’QUV MATERIALLARI




1.1

MA’RUZA MATERIALLARI…………………………………………………




1.2

SEMINAR MASHG’ULOTLARI……………………………………………..




2.

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI………………………………..




3.

GLOSSARIY…………………………………………………………………….




4

ILOVALAR




4.1

FAN DASTURI………………………………………………………………….




4.2

ISHCHI DASTUR…………………………………………………………...…..




4.3

TESTLAR……………………………………………………………......…........




4.4

BAHOLASH MEZONLARI…………………………………………………..




4.5

TARQATMA MATERIALLAR………………………………………….……




4.6

BOSHQA MATERIALLAR……………………................................................




4.7

OQ’UV USLUBIY MAJMUANING ELEKTRON VARIANTI .....................





1-mavzu : Komparativistik pedagogika fani haqida umumiy tushuncha.

Reja

1. Komparativistik pedagogika fanining mavzu baxsi .

2. Komparativistik pedagogika fanining maqsad va vazifalar

3. Jahonning turli mamlakatlarida maorif tizimini takomillashtirish muammolari .

Tayanch iboralar: Komparativistik pedagogika , Komparativistik pedagogika nazariyasi,. Komparativistik pedagogika fanining maqsad vazifasi.

Komparativistik pedagogika fanining maqsadi bo`lajak o‘qituvchilarni turli mamlakatlarning tarbiyaviy imkoniyatlarga boy milliy urf-odatlari , an’analari, tarixiy, ma’naviy merosi, ta’lim tizimini o‘rganish bilan birga ularning Komparativistik taqqoslash afzal tomonlarini taxlil qilish, shuningdek turli davlatlarda olib borilayotgan ta’lim tarbiya borasidagi ishlardan keng qamrovda xabardor bo‘lish, kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy axamiyat kasb etuvchi pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat .

Bu fanda xar bir xalq yashash tarzi , tarixiy va ijtimoiy darajasi , milliy madaniyatiga ega ekanligiga mos ravishda, o`ziga xos takrorlanmas milliy-tarbiya madaniyatiga ega bo`lishi va bulardan xayotda foydalana bilishi kerak. Komparativistik pedagogika fanining bozor iqtisodiyoti jarayonidagi tutgan o`rni va axamiyati , talaba yoshlarni milliy mafkuraviy qarashlarni shakllantirish, jamiyatning ilg‘or nufuzili kuchi sifatida sog‘lom e’tiqodni, erkin fikrlovchi, komil insonlar bo`lish jarayonidagi o‘rni va ro`lini aniqlash. Jahon pedagogikasida, ayniqsa taraqqiy etgan mamlakatlarda ta’limning amalga oshirilishi , istiqboli to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar beriladi .

Har kuni ertalab dunyo maktablarining eshigi ochilib, qo’ng’iroq chalinadi. Piyoda, avtomobil, qayiq va otlarda, chanada yer yuzi bo’ylab bolalar maktabga shoshiladilar. Jahon o’quvchilari armiyasi soni yarim milliarddan ortiqdir. Barcha maktablarda maktablarning tashqi belgilari bir xil: o’quvchilar va o’qituvchilar. sinf xonalari va partalar, doskalar va bor. Ammo, bu faqat tashqi o’xshashlik. Aslida, maktab jamiyatning tirik hujayrasi.tinimsiz hayot qaynaydigan manzil.

Milliy istiqlolgacha jahon maktablari yuqori tabaqa vakillari va mehnatkashlar maktablariga bo’lib kelindi. Hozir Respublikamizda yaratilgan maktab nazariyasi va amaliyoti jahondagi xalq ta‘limi rivojiga ta‘sir etmoqda.Chunki insoniyat taraqqiyoti avlodlar vorisiyligisiz amalga oshmaydi: to’plangan bilimlar yoshlarga meros qoldiriladi. Yoshlarni o’qitish, tarbiyalash hamisha jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lib kelgan. Shunga ko’ra tarbiya abadiy kategoriya hisoblanadi.

Tarbiya dialektikasi ma‘lum tarixiy sharoitlarda o’ziga xos vazifa, maqsad, mazmun, shakllarga ega. Jamiyat tuzumi, mafkurasi o’zgarib borishi bilan ular ham o’zgarib boradi: quldorlik, feodal, kapitalizm tuzumlaridagi o’zgarishlar shu jumladandir.

Komparativistik pedagogika fani turli davr va tuzumlardagi mamlakatlar xalq ta‘limi tuzilishi, ulardagi ta‘lim-tarbiya shakllari va mazmunini Komparativistik o’rganib, ilg’or jihatlarini amaliyotga tavsiya etadi. Uning maqsadi jahon mamlakatlarida tarkib topgan xalq ta‘limi tizimlarini o’rganish, vazifasi esa ularning progressiv jihatlarini pedagogik amaliyotga tadbiq etishdan iborat.

Komparativistik pedagogika fanining metodologik asosi Prezidentning xalq ta‘limiga doir g’oyalari, falsafadagi ong, shaxs va jamiyat haqidagi qonunlar, buyuk allomalarning pedagogik qarashlari.xozirgi zamon pedagogika nazariyasi fanining asosiy tamoyillari, qonuniyatlari hisoblanadi.

Komparativistik pedagogika fani pedagogika fanlari tizimidagi fanlar:

adabiyot, tarix, estetika, arxeologiya,biologiya, matematika,musiqa, jismoniy tarbiya va boshqa fanlar bilan yaqindan aloqada faoliyat ko’rsatadi.

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi fan-texnikaning afsonaviy tarzda o’sib ketganligi, olimlar hayratlanarli kashfiyotlar qilganligi bilan tavsiflanadi. Atomning parchalanishi, oqsilning sintez qilinishi, EHM larning yaratilishi xuddi shunday inqilobiy o’zgarishlar jumlasiga kiradi.

Insoniyat taraqqiyoti jadallashgan hozirgi davrda komil inson ta‘lim tarbiyasining iqtisodiy ahamiyati oshib bormoqda. Hozir yer yuzidagi barcha mamlakatlarda bilim kapitalga aylandi. Ilg’or texnologiyalarga asoslangan ishlab-chiqarish qurollarini boshqarish, raqobatbardosh kadrlar va tovarlar tayyorlashni zamonaviy bilimlardan foydalanmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Murakkab texnologik jarayonlarni boshqarish, bunda boshqaruvning axborot texnologiyalaridan foydalanish taqoza etilmoqda.

Ilmiy-texnika inqilobi iqtisodiyotga ta‘sir etuvchi omillar nisbatini o’zgartirib yubordi. Ekstensiv omillar iqtisodiyot rivojida yetakchi o’ringa chiqib oldi. Bu hol kapital mablag’ ajratish va ishchi kuchi miqdorida o’z aksini topayotir. Intensiv omillar birinchi planga chiqdi: texnikaning, ishlab chiqarishning (yuksak saviyada tashkil etish) ishchilar malakasining yuksak saviyaga ko’tarilishini ta‘minladi.

Ta‘limning iqtisodiy ahamiyati ortishi bilan yirik ishlab chiqarish korxonalari, monopoliyalarining unga kuchliroq e‘tibor bilan qarashiga olib keldi. Harbiy va rasmiy rahbarlarning ta‘limga qiziqishi ortdi. Jahon mamlakatlaridagi ta‘lim tizimlari davlatlararo iqtisodiy raqobatda hal qiluvchi omilga aylandi. Iqtisodiy raqobatda yutqazib qo’yishdan qo’rqish hissi xalq ta‘limiga katta mablag’lar ajratib, uni isloh qilishga unday boshladi. XX asrning 60-yillarida G’arb mamlakatlarida shunday iqtisodiy raqobat amalga oshirildi.Mazkur jarayonlar insoniyatning bugungi ijtimoiy taraqqiyoti ehtiyojlarini qondirilishiga olib keldi.

Yunesko , Birlashgan Millatlar tashkilotining ta'lim, fan , madaniyat masalalarini rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan tashkilot bo`lib u 1946 yilda tashkil etilgan .BMT ikkinchi jahon urushidan keyin suveren davlatlarning ixtiyoriy birlashuvi asosida jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash xamda o`rtasida tinch hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan . BMT o`zining tuzilishiga ko`ra Bosh Assambliya (yalpi majlis) , Xavfsizlik kengashi Xalqaro sudga ega . Bulardan tashkari BMTning doimiy amalda bo`lgan faoliyatini kotibiyat olib boradi va uning ishini Bosh assambliya saylab qo`yadigan Bosh Kotib boshqarib boradi .

Bosh Assambliya har yili jahon siyosatining dolzarb muammolarini muhokama qiladi va bu masalalar bo`yicha BMTga a'zo bo`lgan davlatlarga yoki Xavfsizlik kengashiga tavsiyalar beradi .

Hozirgi kunda BMTning Yunesko tashkiloti bolalarni Himoya qilish tashkiloti (Yunisef) , oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi masalalari bilan shug`ullanuvchi «FAO» tashkiloti , Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) , Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) , Atom energiyasi bo`yicha xalqaro vakillik ( MATATE) , Kosik fazodan tinch maqsadda foydalanish Komiteti , Xalqaro Elektr Aloqalari Ittifoqi singari o`nlab tashkilotlar davlatlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga jahon siyosatining yetakchi kuchiga aylanib bormoqda 1993 yili ma'lumotlarga ko`ra Yunesko tashkilotiga 171 davlat, jumladan O`zbekiston ham a'zo .

Bu tashkilotning qarorgoxi Fransiyaning poytaxti Parij shahrida bo`lib, uning bosh organi - Bosh direktordir .

Yunesko faoliyati o`ta xilma-xil va ko`p qirralidir, uning ta'lim sohasidagi ishlari ko`p yo`nalishlarda olib boriladi.Jumladan , rivojlangan mamlakatlarda savodsizlikni tugatish , jahon ta'limi rivojlanishidagi tendentsiyalarni tahlil qilish va uni ommalashtirish , u yoki bu mamlakatlarda ta'lim bo`yicha olib borilayotgan siyosatni xam ma'naviy rag`batlantirish va boshqalar .

Yunesko mazmunli ta'limning xamma uchun birday imkoniyat doirasida bo`lishini ta'minlash , uning uzluksizligini qaror toptirish , ta'limni va uning shaklini kelajakda rivojlanishi tamoyillaridan kelib chiqadi .

O`qituvchi kadrlar tayyorlash , ularning nazariy-amaliy saviyasini muttasil oshirib borish , ba'zi mamlakatlarda muammo bo`lib hisoblangan xotin-qizlarning erkaklar bilan teng bilim olish xuquqlarini ta'minlash , ekologik ta'limni yo`lga qo`yish , darslik va dasturlarni takomillashtirish , mamlakatlar o`rtasida ta'lim bo`yicha hamkorlikni butun choralar bilan rivojlantirish va juda ko`p boshqa masalalarni hal qiladi .

Bu faoliyatning barchasi yoshlarga jahon talablari ruhida ta'lim berish , ularni xalqaro hamkorlik , o`zaro ishonch , do`stlik , birodarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgandir .

Fan va texnikani rivojlantirish borasida Yunesko bir qator davlatlararo dasturni amalga oshirdi . Bu dastur asosan , ekologik muhitni yaxshilash , atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog`liqdir .

Hozirgi dunyoda millatlar va xalqlarning madaniy , tarixiy meroslarini asori atiqalarini asrash , avaylash , kelajak avlodlar uchun uni saqlash ta'mirlash ishlari katta ahamiyatga molikdir .Bu masalada Yunesko asosiy o`rinni egallaydi.

Uning ro`yxatiga jahon tarixiy yodgorliklarining iftixori hisoblangan Buyuk Xitoy devori , London Taueri , Klimenjarodagi milliy park va boshqa minglab obyektlar kiradi .

1993 yildan boshlab O`zbekistonning Samarqand , Buxoro , Xiva , Qo`qon , Toshkent va Boshqa joylaridagi ko`plab tarixiy obidalar ana shu ro`yxatga kiritiladi .

Yunesko faoliyati tarkibiga Yana xalq og`zaki ijodiyoti , folklor o`lanlar , aytishuvlar , maqomlar , xalq kuylari, laparlarni saqlash ham kiradi .

Adabiyot bo`yicha Yuneskoning ro`li ayniqsa salmoqlidir. Jahon adabiyoti , uning shoh asarlari , adabiy meros ayniqsa u tomonidan e'zozlanib , ular to`planadi va jahonning turli tillariga tarjima qilinib , bosmadan chiqariladi va tarqatiladi .

1992 yil 2-martda O`zbekiston BMTga a'zo bo`lgach , BMTning barcha tashkilotlariga haqli a'zo bo`lib kira olish huquqiga ega bo`ldi . Shu bois O`zbekiston 1993 yil 26-oktyabrda Yuneskoga a'zo bo`ldi .

1993 yil Yuneskoning ko`zga ko`ringan ekspertlari yurtimizga tashrif buyurib , Samarqand Buxoro , Xiva shaharlarining tarixiy obidalari bilan tanishdilar. Natijada bu yodgorliklarni qayta tiklash va ta'mirlash dasturi tuzildi va bu dastur 1995- yildan amalga oshirila boshlandi .

Yunesko tashabbusi bilan Parijda Muxammad Tarag`ay ,Ulug`bek tavalludining 600-yillik yubiley tantanalari bo`lib o`tdi . Samarqand,Buxoro , Xiva shaharlarining yubileylari o`tkazildi .

Yunesko ekologik muammolari hal etishda xam yordam ko`rsatishga tayyor .



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling