Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti
Download 436.14 Kb. Pdf ko'rish
|
glaballashuvning ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy mohiyati unda ozbekiston davlatining ishtiroki masalasi
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil O’zbekiston yigirma to’rt yil mobaynida asrlarga tatigulik tarixiy yo’lni bosib o’tdi. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar endilikda ortga qaytmaydigan jarayonga aylandi. Bu, avvalo, istiqlolning, uni mustahkamlash, shuningdek, globallashuv sharoitida mamlakatimizning milliy va tashqi iqtisodiy xavfsizlik va tinchligi uchun olib borilayotgan tinimsiz kurashning natijasidir. Darhaqiqat, xavfsizlik va tinchlikka erishmasdan turib, biror ezgu maqsadga erishib bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak” nomli kitobi bilan tanishganda ko’ngildan shu fikrlar o’tadi, kitobning qimmatliligi shundaki, unda muallif mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, terrorchilik balosiga qarshi kurashga juda katta e’tibor qaragan. Bugungi kundagi yurtimiz tashqi iqtisodiy xavfsizligiga to’sqinlik qiluvchi omillarga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish, harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan taklif, fikr va mulohazalar globallashuv sharoitida O’zbekistonning tashqi iqtisodiy xavfsizligi dolzarb masala ekanidan dalolat beradi.
4 Bugungi kunda hayotimizda ilmiy adabiyotlar va ommaviy axborot vositalari orqali “globallashuv”, “global dunyo”, “iqtisodiy- moliyaviy globallashuv”, “ahliglobal harakatlar” degan iboralar kirib keldi. Ana shu globallashuv jarayonlarining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, uning salbiy jihatlari, ayniqsa milliy ma’naviyatimiz va ahloqiy qadriyatlarimiz, yoshlarimizning dunyoqarashi va turmush tarziga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirlaridan doimo ogoh bo‘lishni talab etadi. XX asrning oxiri –XXI asrning boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartib, tamadduniy bosqich mazmun- mohiyati, davlatlar va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozorida tamoman yangicha vaziyatning vujudga kelishi, atrof muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, informatsion-mafkuraviy va diniy-ekstremistik xurujlar xavfini ortib borishi, xullas, jamiyat hayotining barcha sohalari- iqtisodiyot, siyosat, mafkura, madaniyat, hatto shaxsiy turmush tarzini qamrab olgan globallashuv jarayoni bilan bog‘lanmoqda. Download 436.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling