Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Download 436.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana05.01.2022
Hajmi436.14 Kb.
#214292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
glaballashuvning ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy mohiyati unda ozbekiston davlatining ishtiroki masalasi

 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  Mustaqil  O’zbekiston  yigirma  to’rt  yil 

mobaynida  asrlarga  tatigulik  tarixiy  yo’lni  bosib  o’tdi.  Yurtimizda  olib 

borilayotgan islohotlar endilikda ortga qaytmaydigan jarayonga aylandi. Bu, 

avvalo, istiqlolning, uni mustahkamlash, shuningdek, globallashuv sharoitida 

mamlakatimizning  milliy  va  tashqi  iqtisodiy  xavfsizlik  va  tinchligi  uchun 

olib  borilayotgan  tinimsiz  kurashning  natijasidir.  Darhaqiqat,  xavfsizlik  va 

tinchlikka  erishmasdan  turib,  biror  ezgu  maqsadga  erishib  bo’lmaydi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  “Xavfsizlik  va 

tinchlik uchun  kurashmoq  kerak” nomli  kitobi bilan  tanishganda  ko’ngildan 

shu fikrlar o’tadi, kitobning qimmatliligi shundaki, unda muallif mintaqaviy 

xavfsizlikni  ta’minlash,  terrorchilik  balosiga  qarshi  kurashga  juda  katta 

e’tibor  qaragan.  Bugungi  kundagi  yurtimiz  tashqi  iqtisodiy  xavfsizligiga 

to’sqinlik  qiluvchi  omillarga  qarshi  kurashda  kuchlarni  birlashtirish, 

harakatlarni  muvofiqlashtirishga  qaratilgan  taklif,  fikr  va  mulohazalar 

globallashuv  sharoitida  O’zbekistonning  tashqi  iqtisodiy  xavfsizligi  dolzarb 

masala ekanidan  dalolat beradi. 




 

 



 

Bugungi  kunda  hayotimizda  ilmiy  adabiyotlar  va  ommaviy  axborot 

vositalari  orqali  “globallashuv”,  “global  dunyo”,  “iqtisodiy-  moliyaviy 

globallashuv”,  “ahliglobal  harakatlar”  degan  iboralar  kirib  keldi.  Ana  shu 

globallashuv  jarayonlarining  ijobiy  jihatlari  bilan  bir  qatorda,  uning  salbiy 

jihatlari,  ayniqsa  milliy  ma’naviyatimiz  va  ahloqiy    qadriyatlarimiz, 

yoshlarimizning  dunyoqarashi  va  turmush  tarziga  o‘tkazayotgan  salbiy 

ta’sirlaridan doimo ogoh bo‘lishni talab etadi. 

XX  asrning  oxiri  –XXI  asrning  boshida  jahon  taraqqiyotida  

shakllangan  yangi  umumsayyoraviy  tartib,  tamadduniy  bosqich  mazmun-

mohiyati, davlatlar va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning kengayishi  va 

murakkablashishi,  dunyo  miqyosida  axborot  makoni,  kapital,  tovar  hamda 

ishchi  kuchi  bozorida  tamoman  yangicha  vaziyatning  vujudga  kelishi,  atrof 

muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining 

keng  tarqalishi,  informatsion-mafkuraviy  va  diniy-ekstremistik  xurujlar 

xavfini ortib borishi, xullas, jamiyat hayotining  barcha sohalari- iqtisodiyot, 

siyosat,  mafkura,  madaniyat,  hatto  shaxsiy  turmush  tarzini  qamrab  olgan 

globallashuv jarayoni bilan bog‘lanmoqda.  




Download 436.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling