Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti
Download 472.54 Kb. Pdf ko'rish
|
milliy goya milliy mafkura ijtimoiy siyosiy va milliy bagrikenrlik omili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 Milliy xavfsizlikni ta’minlashda milliy g‘oyaning o‘rni va ahamiyati.
- 2.1. Mustaqilligi va ma’naviy-mafkuraviy muammolar hamda ularni yechimi.
- Yettinchidan
9 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир.//Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт пировард мақсадимиз. 8-жилд.-Т.: 2Ўзбекистон‖, 2000, 491 б. 1.2 Milliy xavfsizlikni ta’minlashda milliy g‘oyaning o‘rni va ahamiyati.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidanti I.A. Karimov ―Turkiston‖ gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida shunday degan edi: ―... Shu o‗rinda mustaqillik va istiqlol yo‗lida birinchi qadam qo‗yayotgan davrda yagona oila bo‗lib yashayotgan ko‗pmillatli halqimizning dolzarb shoiriga aylangan so‗zlarni eslatmoqchiman.‖ ―Shu aziz Vatan barchamizniki, uning farovon kelajagi va iqboli uchun yashash, kurashish biz uchun eng katta baxtdir‖. Ishonchim komilki, barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlikka chorlayotgan bunday shior milliy g‗oyamiz va tafakkurimizning asosiy mezoniga aylanib qolsa, nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarimizni ham asraydigan, ezgu orzularimizni ro‗yobga chiqaradigan asos bo‗lib xizmat qilar edi. 10
Tarix saboqlaridan xulosa chiqarish vaqti ham keldi. Moddiy qiyinchiliklar og‗ir sinov bo‗lsada, uni mehnat va sabr-toqat bilan yengish mumkin, albatta. Bu g‗oya har bir ota-ona, o‗qituvchi, murabbiy, mahalla oqsoqoli va faoli qalbida so‗nmas mash‘al kabi yonib, yosh avlod uchun aniq va tushunarli bo‗lishi kerak va faqat shundagina tinchlik va barqarorlik, ezgu maqsadlar va buyuk kelajakka erishish mumkin bo‗ladi. Yana bir narsani alohida takidlash zarur. Yoshlarning ta‘lim-tarbiyasiga nisbatan rasmiyatchilik bu
ishning umuman
olib brilmaganidan zararlidir. G‗oyaviy bo‗shliq bo‗lmasligini, kishilar, ayniqsa, yoshlar ongiga o‗z xalqining qoni evaziga siyosiy shuxrat qozonishda, boylik orttirishdan ham toymaydigan firqachilik, diniy murosasizlik, millatchilik, separatizm, fashizm, mahalliychilik, jinoiy sheriklik kabi ―g‗oya va g‗oyacha‖ lar bilan tezda ta‘sir qilishiga aslo yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi. Ular o‗zlarining bu manfur niyatlarini qanday amalga oshirishini hammamiz 1999 yil 16 fevralda ko‗rdik. 90-yillardagi mafkuraviy bo‗shliq muhitida tarbiyalangan yoshlarning ayrimlari milliy mustaqilligimiz manfaatlariga zid ish qiluvchilar guruhiga qo‗shilib ketishdi. Bunday fojealarning qaytarilmasligi uchun hammamiz bor imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz, qo‗ldan kelgancha harakat qilishimiz va hamisha ogoh bo‗lib yashashimiz lozim. Yangicha tafakkur tizimidagi evalyutsion usul asosida milliy mafkura va uning o‗zagi bo‗lgan milliy g‗oya yotadi. Shuni eslatib o‗tish lozimki, milliy g‗oya - bu, faqatgina o‗zbek millatinigina birlashishga chaqiruvchi mavhum shior deb qaramasdan, balki uni yanada kengroq ko‗lamda, butun O‗zbekiston aholisini qamrab oluvchi, barchani jipslashtiruvchi determinant sifatida olib qarash lozim. Biz bu o‗rinda millatidan qat‘iy nazar butun O‗zbekiston xalqini va
10 Каримов И.А Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7-жилд, Т.: ―Ўзбекистон‖, 1999 й. 302 б. 13
ularning xar birini shaxsiy, butun jamiyat va davlat miqyosidagi manfaatlarini nazarda tutmoqdamiz. Bu joyda fikrlarimiz, ziddiyatlimi? yo‗q, albatta gap shundaki mafkura sohasida ro‗y berayotgan jarayonlarni xaligacha qutbiy qarama-qarshi baxolashga duch kelamiz. Ayrimlar milliy va madaniy tiklanish xaqida gapirishadi. Boshqalar esa milliy va madaniy inqiroz xaqida gapirishadi. Ilgari mavjud bo‗lgan qudratli xukumron tafakkur iskanjasidan qutilgach, milliy tafakkurimizning xalqning ongi,
kayfiyati, ruhiyati, mintaliteti, umuminsoniy va milliy
qadriyatlarini hisobga
olgan xolda
shakllanishi haqida
so‗z yurita boshladik. Milliy xavfsizlikning mustaxkam mudofaasi va muxofazasi ta‘minlanganligi mamlakat ichki barqarorligining muhum tayanchidir. Bunday tayanch Respublikamizning iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy tizimlarida ham barqarorlikni ta‘minlay oladi. Bu esa o‗z navbatida mamlakatimizga chet el
investitsiyasining kirib kelishiga, iqtisodimizning jaxon andozalari talablari darajasida rivojlanishiga keng imkoniyat ochadi. Endi davlatimizning ichki xavfsizlagi xususida to‗xtalib o‗taylik. Afsuski, jamiyatimizning osoyishtaligiga muayyan darajada halaqit berishi mumkin bo‗lgan kuchlar qatoriga turli xil ekstremistik kayfiyatdagi oqimlarini ham kiritish mumkin. Avvalo, ekstremizmga ta‘rif beraylik. Ekstrmizm-lotincha EXSTREMUS, ya‘ni o‗ta bir yoqlama degan so‗zdan kelib chiqqan bo‗lib, muayyan siyosiy nuqtai nazarga o‗ta bir yoqlama qarash oqibatidagi xatti-xarakatlarni ifodalaydi. Respublikamizda ekstremistik harakatlar asosan bugungi kunda diniy ekstremizm ko‗rinishida nomoyon bo‗lmoqda. Bundan tashqari bugungi kunda milliy xavfsizlikka raxna soluvchi taxdidlar: mintaqaviy mojorolar buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik etnik va millatlararo ziddiyatlar karrupsiya va jinoyatchilik mahalliychilik va urug‗ aymog‗chilik munosabatlari ekologik muammolar Ushbu taxdidlarga barham berishning eng asosiy va eng maqbul yo‗li milliy g‗oyani o‗rni va ahamiyati beqiyosdir. Ma‘lumki, fikr asosida g‗oya, g‗oya asosida esa mafkura shakllanadi. Ya‘ni, inson muayyan maqsadni mo‗ljallab, uni amalga oshirishga qat‘iy axd qilsa, bu g‗oya hisoblanadi. G‗oya konkret inson, guruh, millat yoki jamiyatning hayotiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, manfaatlarini ifodalab, ularning ishonch e‘tiqodi va faoliyatiga asos bo‗lsa, mafkuraga aylanadi. 14
Mafkura turli guruh, toifa va qatlamlardagi kishilarning manfaatlarini ifodalab, ijtimoiy hayoti va faoliyatini tartibga solib, harakatga keltiradi, g‗oyalarning ro‗yobga chiqishiga xizmat qiladi. Shuning uchun g‗oya maqsad bo‗lsa, mafkura uni amalga oshirish usuli vositasidir. Boshqacha aytganda, inson yoki millatning asosiy maqsadlari g‗oyalarda namoyon bo‗lsa, uni ro‗yobga chiqarishga qaratilgan ishlarning mazmun-mohiyati mafkurani tashkil qiladi. Misol uchun, biror uy-joy qurilishi jarayonini olaylik. Uy-joy har bir inson uchun hayotiy zarurat, muhim ehtiyoj, manfaatdir. Shundan kelib chiqib, kishilar o‗z didi va imkoniyatlariga mos makon qilishni orzu qiladi. Fikran rejalar tuzib, uni amalga oshirish haqida o‗ylaydi. Xullas, uyni qurish jarayoni dastlab fikrda amalga oshadi, tasavvur qilinadi. Bunda uyning o‗zi, uning qanday qurilishiga doir masalalar, real imkoniyat va shart-sharoitlar bilan bog‗liq ishlarning har biri fikran hisob-kitob qilinib, rejalanadi. Shu tariqa uy to‗g‗risidagi fikrlar pishib, konkretlashib aniq maqsadga - yaxlit g‗oyaga aylanadi. Ayni paytda, uy haqidagi g‗oya va undan manfaatdor kishilarning xohishi, ishonchi va imkoniyatlariga muvofiq amalga oshirishga qaratilgan ishlar xususidagi teran fikrlar, ya‘ni uy qurilishining ob‘ektiv va sub‘ektiv omillari; bajariladigan ishlar, zarur mablag‗- materiallar, ularni topish va ishlatish kabi masalalarning aniq yechimlarini ifodalovchi g‗oyalar tizimi - mafkura paydo bo‗ladi. Ayni shu tizim (mafkura), undagi manfaatlashgan g‗oyalar asosida xatti-harakatlar bosh g‗oyaning royobga chiqishida hal qiluvchi rol o‗ynaydi. Bu ma‘noda mafkurani qurilayotgan ob‘ektning loyixa smeta hujjatiga qiyoslash mumkin. Ob‘ektni belgilangan tartibda qurish uchun quruvchilar shu hujjatni yaxshi bilishlari taqozo etiladi. Shunday qilib, bu o‗rinda uyning tasavvurdagi tugal shakli - bosh g‗oya, uning mazmuni va qiyofasini belgilab, tavsiflovchi g‗oyalarni asosiy g‗oyalar, ushbu bosh va asosiy g‗oyalar bilan birga qurilish jarayonidagi ish-harakatlar, usullar mazmunini ifodalovchi g‗oyalar tizimini mafkura deyish mumkin. Milliy g‗oya va mafkurani shu nuqtai nazardan tavsiflasak, uning davlatimiz va jamiyatimiz qurilishiga doir
nazariy-metodologik mazmuni
oydinlashadi. Chunonchi, uy g‗oyasini milliy mafkuraning bosh g‗oyasi Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish desak, uyning qandayligini, uning ichki va tashqi shakl-shamoyilini aniq-ravshan ifodalagan g‗oyalarni mafkuramizdagi Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalk, farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‗rikenglik kabi asosiy g‗oyalar tashkil qiladi. Bu holda ana shu bosh va asosiy g‗oyalarda ifodalanayotgan manfaat - maqsadlar hamda ularni ro‗yobga chiqarish uchun jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida: ham individual va ijtimoiy, ham mikro va makro darajalarda amalga oshirilayotgan nazariy va amaliy ishlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va ko‗lami; yo‗nalishlari, bosqichlari va usullari; bu jarayonlarning
15
istiqbollari, shuningdek, qurilayotgan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar xarakteri, ularning kelgusi taraqqiyot bosqichlari, lo‗nda qilib aytganda, O‗zbekistonda huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyatining shakllanib, rivojlanish qonuniyatlari to‗g‗risidagi g‗oyalar, nazariya va tasavvurlar tizimi milliy mafkurada namoyon bo‗ladi Shunday qilib, bu ma‘noda g‗oyani - nazariya, mafkurani metodologiya deyish mumkin. G‗oya nisbatan turg‗un, qat‘iy, mafkura esa dinamik xarakterga ega. Chunki, mafkura inson va jamiyat hayotidagi ob‘ektiv va sub‘ektiv shart-sharoitlarga mos holda, kishilarning talab, ehtiyoj, ishonch e‘tiqod, manfaat va maqsadlariga muvofiq tarzda, retrospektiv asoslarda o‗zgarib, rivojlanib boradi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: «Xalq, millat o‗z milliy mafkurasini butun umri davomida takomillashtirib, boyitib boradi. Chunki, mafkura qotib qolgan aqidalar yig‗indisi emas. Bu - uzluksiz jarayon bo‗lib, hayot davom etar ekan, uning shiddatli jurati tufayli mafkuraning oldiga qo‗yiladigan yangi-yangi talablar ham paydo bo‗ladi». 11
bilan, ya‘ni g‗oyadagi shu g‗oya egasi yoki unga ergashgan konkret shaxs, guruh, millatning tub ehtiyoj - manfaatlari va ishonch-etiqodlari ifodalangan tugal mazmun bilan xarakterlanadi. Demak, mafkura - g‗oyaning manfaatlashgan mazmuni, shakli, qismi, tomoni, ko‗rinishi, qiyofasi va xarakteridir. Ayni paytda, mafkuraning amal qilishida odamlarning undagi g‗oyalarga bo‗lgan ishonch-e‘tiqodi muhim o‗rin tutadi. Bu holda mafkurani tavsiflovchi asosiy omillar: a) kishilarning talab, ehtiyoj-manfaatlari va ularni qondirish usul vosita, mexanizmlari; b) g‗oyalarga bo‗lgan ishonch-e‘tiqodning namoyon bo‗lishidir; G‗oya o‗z sub‘ektining ishonch-e‘tiqodi, manfaat-ehtiyoji va maqsadlarini qanchalik to‗liq, aniq, mukammal ifodalasa, uning asosida hosil bo‗lgan mafkura shunchalik kuchli, hayotiy bo‗ladi. Demak, g‗oyani yaxshi bilish, uning mazmun-mohiyati to‗g‗risida mukammal bilim- tasavvurga ega bo‗lish insonning g‗oyaviy - mafkuraviy saviyasini oshirib, ma‘naviy-ma‘rifiy darajasini yuksaltiradi. Bu saviya qanchalik kuchli bo‗lsa, daraja shu darajada baland bo‗ladi. Bilim, unga qo‗yiladigan bahoda aks etganidek, g‗oyaviy-mafkuraviy saviya inson va jamiyat xayotining ma‘naviy-ma‘rifiy darajasi qanday ekanini ko‗rsatadi. Binobarin, yurtdoshlarimizning milliy g‗oyamizni o‗rganib, o‗zlashtirishi natijasida shakllanadigan g‗oyaviy-mafkuraviy bilim saviyasi, ya‘ni milliy mafkura - davlatning demokratik xarakteri va jamiyatimizdagi ma‘naviy ma‘rifiy taraqqiyot darajasining muhim ko‗rsatkichi va o‗lchov mezonidir.
11 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт пировард мақсадимиз. 8- жилд.-Т.: ―Ўзбекистон‖, 2000, 500-501 бетлар. 16
2.1. Mustaqilligi va ma’naviy-mafkuraviy muammolar hamda ularni yechimi.
Bugungi hayot mustaqilligimizni mustahkamlash, baxtimiz, istiqbolimiz, ertangi farovon hayotimiz bilan bog‗liq masalalarni bosqichma-bosqich hal qilishni taqozo etmoqda. Mustaqillik jarayoni esa bunday vazifalarni muttasil hal qilishni, g‗oyaviy tarbiya ishlarini doimiy olib borishni, o‗sib-unib kelayotgan yosh avlod mafkuraviy immunitetni uzluksiz shakllantirib turishni zaruratga aylantiradi. Bu esa o‗z navbatida bunyodkor g‗oyalarga sodiq va sog‗lom mafkurali komil insonlarni voyaga yetkazish uchun sharoit yaratadi. Vatanimiz o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritgach, ijtimoiy siyosiy hayotimizda tub o‗zgarishlar yuz berdi, xalqimiz tabiati va dunyoqarashiga yod bo‗lgan mustabidlik mafkurasi barham topdi. Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek, o‗z umrini o‗tab bo‗lgan eski mafkura o‗rnida yangi ijtimoiy munosabatlarni, xalqning asl maqsad-mudaolarini ifoda etuvchi ilg‗or va bunyodkor mafkura shakllanmas ekan, jamiyatda g‗oyaviy bo‗shliq yuzaga keladi. Bunday bo‗shliq ilg‗or jamiyat taraqqiyoti uchun zarur g‗oyalar bilan to‗ldirilmasa, uni xalq hayoti uchun yod va begona bo‗lgan mafkuraviy ta‘sirlar egallab olishi mumkin. Buni juda yaxshi anglagan yurtboshimiz mustaqillikning birinchi kunlaridanoq bu borada zarur chora-tadbirlar ishlab chiqishga katta e‘tibor berdi. Shu bois mafkuradan voz kechish natijasida paydo bo‗lgan bo‗shliqni yangi-milliy istiqlol g‗oyasi tushuncha va tamoyillari bilan to‗ldirish va shu tariqa zararli g‗oyaviy tajavuzlarning oldini olishga kirishildi. Lekin, ijtimoiy ong va tafakkur tezda o‗zgarib yangicha dunyoqarash osonlikcha shakllanavermaydi. Ayniqsa, bu hali yetarli hayotiy tajribaga ega bo‗lmagan, soddadil, ishonuvchan, g‗o‘r yoshlar tarbiyasida yaqqol ko‗zga tashlanadi. O‗zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda turli yo‗nalishdagi mafkuraviy tahdidlar ayrim odamlarning qalbini egallab, o‗z milliy qadriyatlarimiz hamda umumbashariy sivilizatsiya yutuqlaridan mahrum etish, yurtimiz aholisi tafakkurini bo‗ysundirishga harakat qilgan edi. Ana
shunday balo-qozolardan himoyalanish uchun
tajavuzkor g‗oyalarga qarshi immunitet hosil qilish kishilarimizni jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini to‗liq aks ettiradigan sog‗lom, insonparvar mafkura bilan qurollantirish zarur edi. Zero, har qanday jamiyat o‗z rivojlanish yo‗li, o‗ziga xos g‗oyaviy asos va mafkuraviy tamoyillariga ega bo‗lishi lozim. Ayniqsa, bu o‗ta murakkab va qaltis tarixiy sharoitda xalqimizning tarixiy yutug‗i - O‗zbekiston mustaqilligini ko‗z qorachig‗idek asrash, pirovard maqsadlar yo‗lida odamlarni safarbar qilish, uyushtirish, jipslashtirish uchun ana shunday sog‗lom mafkura nihoyatda zarur. Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, muayyan jamiyat taraqqiyot jarayonida bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‗tishida turmushning barcha sohalarida, hususan, iqtisodiy-
17
ijtimoiy siyosatda bo‗lgani kabi, g‗oyaviy-mafkuraviy sohada ham muayyan muammolarni hal qilishi zarurati paydo bo‗ladi. Chunki o‗ziga xos yangi davr, sharoit, vaziyat, an‘anaga aylanib qolgan g‗oyalar, qarashlar, munosabatlarni o‗zgartirmasdan, ma‘lum mafkuraga asoslanmasdan yangi maqsadlar sari qadam tashlay olmaydi. Bu esa yangi g‗oya, qarash, munosabat, ma‘naviyat, mafkurani ishlab chiqishni talab etadi. O‗zbekiston Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlagani kabi: ―O‗zining hayotini, oldiga qo‗ygan maqsadlarini aniq tasavvur qila oladigan, o‗z kelajagi haqida qayg‗uradigan millat xech bir davrda milliy g‗oya va milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi, mafkura bo‗lmasa har qaysi davlat va jamiyat, qolaversa, har qaysi inson o‗z yo‗lini yo‗qotishi muqarar‖ 12
Ma‘naviy, mafkuraviy bo‗shliq bir kunda va birdaniga paydo bo‗lmaydi. Bunda muayyan jarayonlar ro‗y berishi mumkin. Ya‘ni, eski g‗oya va mafkura tanazulga yuz tutishi, umrini o‗tab bo‗lishi o‗tmishga aylanadi. Masalan, sobiq ittifoq mafkurasi ana shunday holga tushgan edi. Uning asosiy g‗oyalari sobiq sho‘rolar hokimiyati rahbarligida zo‗rlik bilan amalga oshirildi. Natijada bu mafkura yakka hukumron bo‗lib qolgan edi. U XX asrning 80-yillarida tanazzulga yuz tutdi. 1991 yilda sobiq ittifoq tarqalib ketishi bilan uzil-kesil inqirozga uchradi. Buning sabablari: Birinchidan, u o‗zini insoniyat tafakkuri erishgan eng yuksak cho‗qqi, mutloq haqiqat ifodasi deb hisoblab, boshqa mafkuralarni tan olmas, ular bizning dushmanimiz, degan aqida asosida murosasizlarcha ish tutar edi. Ikkinchidan, bu mafkura zo‗ravonlikka asoslangan bo‗lib, ―majbur qilamiz‖ qabilida ish tutar, uning g‗oyalari hamma joyda, hamma vaqt xech istisno va to‗xtovsiz targ‗ib qilinar, xalqning erkin yashashi va fikr yuritishga yo‗l qo‗yilmas edi. Kimki bu tartibga qarshi chiqsa shavqatsiz jazolanar butun davlat mexanizmi ana shu jazoni turli shakllarda amalga oshirishga qaratilgan edi. Uchinchidan, bu mafkura nomigagina ijtimoiy guruhlar mafkurasi edi. Aslida, sobiq ittifoq
davrida ziyolilar, dehqonlar, xizmatchilar qolaversa, yo‗lboshchi sinfi bo‗lgan ishchilarning orasida ham bu mafkuradan norozi bo‗lganlar bor edi. Lekin metin mafkuraviy devor ortidan ularning ovozi chiqmas edi. To‗rttinchidan, bu mafkura xech kimga vijdon erkinligi, o‗z fikrini ochiq bayon etish, jumladan, xorij fuqarolari bilan xolisona muloqatda bo‗lishga ham yo‗l qo‗yilmas edi. Beshinchidan, u milliylikdan butunlay xoli edi. Unda mavhum baynalminallik zo‗r berib kuylanar edi.
12 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар.-Т.: ―Ўзбекистон‖, 2000, 5-6- бетлар. 18
Oltinchidan, unda milliy tarix, hususan, O‗zbekiston tarixi, o‗tmish merosi mutloqa tan olinmas edi. Yettinchidan, xalqlarning diniga, diniy merosiga, diniy qadriyatlariga nisbatan mutloqa noto‗g‗ri munosabat o‗rnatilgan edi. Zero, bugungi kunda milliy ma‘naviyatni anglash Prezidentimiz ta‘kidlab o‗tganlaridek: ―... mening nazarimda, ―ma‘naviyat‖ tushunchasi jamiyat hayotidagi g‗oyaviy, mafkuraviy, ma‘rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‗zida to‗la mujassam etadi. Shuning uchun ham bu mavzuda fikr yuritganda mazkur qarashlarning barchasini umumlashtirib, keng ma‘nodagi ―ma‘naviyat‖ tushunchasi orqali ifoda etish mumkin‖. 14
Bugungi kunda mafkuraviy masalalarni hal qilishda o‗ziga xos muammolar ham uchrab turibdi. O‗zbekiston mustaqillikka erishgach ma‘lum muddat g‗oyaviy-mafkuraviy bo‗shliq holati vujudga keldi. G‗oyaviy bo‗shliq eski tuzumdan yangi tuzumga o‗tish jarayonida oldin hukumronlik qilib kelgan mafkura o‗tmishga aylangach, taraqqiyot talablariga mos ravishda uning o‗rnini bosadigan ilg‗or g‗oyaviy tuzumning hali shakllanmagan holatidir. Bunday sharoitda turli mafkuralar ushbu hududga o‗z ta‘sir doirasini o‗tkazishga urinadi. 1990 yillarning boshlarida bunday mafkuraviy bo‗shliq O‗zbekiston hududida ham namoyon bo‗ldi. Uning o‗ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi. Birinchidan, hukumron, yakkahokim bolshevistik-kommunistik mafkura
batamom tanazulga yuz tutdi va uning o‗rni bo‗shab qoldi. Ikkinchidan, O‗zbekiston mustaqil davlat sifatida qaror topgan bo‗lsada, uning mafkurasini hali to‗la-to‗kis shakllanmagan va barcha fuqarolar ongiga singib ulgurmagan edi. Uchinchidan, g‗oyaviy bo‗shliq paydo bo‗lgan joyda muqarrar tarzda boshqa yod va begona mafkuralar xuruji boshlanadi o‗tish davrida, yangicha qarashlar mustahkam e‘tiqodga aylanib ulgurmagan paytda tashqi mafkuraviy ta‘sirlarning yaxshi yoki yomon, foydali yoki zararli ekanini hamma ham farqlay ololmaydi. To‗rttinchidan, mustaqil mamlakatimiz tinch, osoyishta yashayotgan bir paytda Afg‗oniston va boshqa yaqin xududlardagi beqaror vaziyatdan foydalanib, ularning hududiga kirib olgan ba‘zi bir ekstremistik kuchlar, terrorchi to‗dalar o‗z jinoyatkorana maqsadlarini amalga oshirishga, Markaziy Osiyo mintaqasini mafkuraviy kurashlar maydoniga aylantirishga urina boshlagan edi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov ―O‗zbekiston XXI asrga intilmoqda‖ asarida sobiq tuzm to‗g‗risida to‗xtalib, shunday degan edi: ―Bugun o‗sha davr
14 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.: ―Маънавият‖, 2008, 20 б. 19
to‗g‗risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo‗lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo‗lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O‗zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga-markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‗lgan yarim mustamlaka mamlakatga aylangan edi‖. 15
hududini yod
mafkuralar poligoniga aylanishiga yo‗l qo‗ymay, O‗zbekiston xalqining ongi, dunyoqarashi, xayotiga ijtimoiy munosabati, xatti-harakatlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirib, milliy istiqlol mafkurasini yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish, bugungi
kundagi muhim
vazifadir. ―Buning yo‗li-odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning iymon-e‘tiqodini mustahkamlash, irodasini baqquvat qilish, ularni o‗z mustaqil fikriga ega bo‗lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‗zligini unutmaslik, ota-bobolarining muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish. Ularning, men o‗zbek farzandiman, deb g‗urur va iftixor bilan yashashga erishishdir‖. 16
tariximizga, milliy qadriyatlarimizga, millatning o‗lmas ruhi bo‗lgan ona tilimizga, ota- bobolarimizdan meros muqaddas dinga sog‗lom munosabatni qaror toptirishimiz, ularning mafkuraviy immunitetini shakllantirishimiz maqsadga muvofiqdir. Zero,
yurtboshimiz aytganlaridek, biror bir kasallikni davolashdan oldin inson organizmida avvalo unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham yoshlarimiz qalbi va ongida zararli g‗oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantira olsak, turli
xil ―da‘vatchi‖ larning aldovlariga uchmaydigan, o‗z yurti, Vatani va xalqi uchun fidoyi insonlarni tarbiyalay olamiz. Hullas, milliy g‗oy va mafkuraning xalqimiz ongiga sindirish orqali ularda mafkuraviy immunitet hosil qilish zamon amri, davr talabi. Bu bir zumda, birpasda amalga oshiriladigan jarayon emas. Bunda har bir kishining faolligi, omilkorligi talab etiladi. Uning amalga oshirilishi esa O‗zbekistonimizning salohiyatini yanada oshiradi, kelajagi buyuk davlat barpo etilishini ta‘minlaydi, xalqimiz e‘tiqodini mustahkamlaydi.
15 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI асрга интилмоқда. –Т.: ―Ўзбекистон‖, 1999. 16 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. –Т.: ―Ўзбекистон‖, 2000, 11 б.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling