Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi
Download 6.74 Mb. Pdf ko'rish
|
cholg\'u ijrochiligi
23 Chang Chang: Ko`hna va qadimiy cholg`ulardan. Forobiy asarlarida o`sha davrdagi changning 15 ta tori bo`lganligi aytiladi. XVII asrda yashab ijod qilgan musiqashunos olim Darvesh Ali Changchiy bu sozni mukammal ijrochisi bo`lgan. Tarixda chang cholg`usining juda ko`plab namoyondalari bo`lgan. Chang cholg`usidan o`zbek, tojik, uyg`ur va rus xalqlari ham keng foydalandilar. Ruslar uni ―Simbal‖ deb atashadi. U tut, yong`oq, o`rik yog`ochlaridan yasaladi. Changning quloqlari 76 ta bo`lib, u chang korpusining o`ng tomoniga o`rnatiladi, pardalari xromatik yarim tondan iborat. Changni chalish uchun ishlatiladigan cho`p g`arovdan yoki qamishdan ishlanib, uchiga rezina o`rnatiladi. 24 Ud: Juda qadimiy cholg`u sozlaridan. Ud arabcha so`z bo`lib, bayram, to`y- tomoshani, xursandchilikni ifodolovchi ―iyd‖ iborasining sinonimidir. Udning dastlabki nomi ―Barbad‖ bo`lganligi ham ayrim manbalarda ko`rsatiladi. Barbad ikki so`zdan iborat bo`lib, bar-qomat, bad-o`rdak ma`nolarida ishlatiladi. Uning eng takomillashgan shakliga ud deyiladi. Qadimiy Udlar ikki torli bo`lib, ―zir‖ va ―bam‖ deb nomlanadi. Bam pastdagi, zir yuqoridagi ingichka tor. Keyinchalik uch, to`rt torli bo`lgan, Forobiy unga beshinchi torni o`rnatgan. Ud (arab. — qora daraxt) — torlimezrobli qad. musiqa asbobi. Arab, turk, fors, Kavkaz (ozarbayjon, arman) va Markaziy Osiyo (oʻzbek, tojik) xalqlarida keng qoʻllaniladi. Katta, noksimon va yupqa qopqokli kosaxona, kalta va enli dastaga ega. Tovushi yumshoq va mayin. Oʻzbekistonda musiqa kollejlari va Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida Ud. sinflari mavjud. U., asosan, joʻrnavoz (mumtoz musiqa ansambllari) va yakkanavoz soz sifatida qoʻllaniladi. Download 6.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling