Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi
Download 6.74 Mb. Pdf ko'rish
|
cholg\'u ijrochiligi
Frans Shubert Asar kompozitori va uning ijodi: Frans Shubert 1797-yilda Vena yaqinidagi Lixtentalda dunyoga kelgan. Otasi maktab o‘qituvchisi bo‘lib, dehqon oilasidan kelib chiqqan edi. Onasi violonchel, akalari turli xil musiqa cholg‘ulari chalishgan. Yosh Fransdagi musiqiy qobilyatni sezgan otasi unga skripka va fortepiano chalishni o‘rgatishdi. Tez orada bolakay alt partiyalari ijrosi bilan oilaviy torli asboblar kvartetida ishtirok eta boshladi. Uning go‘zal va yoqimli tovushi ham bor edi. U cherkov xoriga qatnashar, u yerda murakkab yakka xor partiyalarni ijro etardi. U 11 yoshga to‘lganda uni konviktcherkov qo‘shiqchilarini tayyorlash maktabiga berishdi. Uning dastlabki asarlari fortepiano uchun fantaziya, bir qator qo‘shiqlar bo‘lgan. 1813-yil 28-oktyabrda u o‘zining Birinchi simfoniyasi Re-majorni tugatadi. 1815-yilning o‘zidayoq Shubert 144 qo‘shiq, 4 oper, 2 simfoniya, 2 fortepiano sonatasi, torli kvartet yaratadi. Shubertning ―Tugallanmagan simfoniya‖si (1822) yangi turdagi lirik-dramatik simfoniya bo‘lib, to‘liq tugallangan asardir. 16 qo‘shiqdan tashkil topgan birinchi to‘plam ―Urchuq yonidagi Gretxen‖, ―Dala atirguli‖, ―O‘rmon shohi‖, ―Podachining shikoyati‖ kabi mukammal qo‘shiqlarni o‘z ichiga olgan. Shubertning birorta ham operasi sahnalashtirish uchun qabul qilinmagan, vaholanki u ―Shaytonning 142 quvnoq uyi‖ (1814), ―Alfons va Estrella‖ (1822) operalarini, ―Fernando‖(1815), ―Egzaklar‖(1819) zingshpillarini yozgan edi. O‘limidan bir yil oldin ―Qishki ko‘l to‘plami‖ni yaratgan. 1828-yilda do‘stlarining say- harakati bilan Shubertning hayotligida uningo‘z asarlaridan iborat bo‘lgan yagona konsert tashkil etiladi. Shubert 1828- yilning 19-noyabrida tif kasalidan vafot etadi 143 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling