Z. N. Yulchiyeva, N. A. Mirashirova, sh. D. Usmanova, G. G. Kuvandikova, I. N. Mustafaeva, D. F. Hamroqulova kasbiy psixologiya oliy texnik ta’lim yo’nalishlari uchun darslik Toshkent 2021


Havas– bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki etarlicha anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. Istak


Download 0.6 Mb.
bet31/108
Sana14.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1267294
TuriУчебник
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   108
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA ma\'ruzalar matni zo\'ri shu maydalash kerak

Havas– bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki etarlicha anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. Istakfaoliyat motivisifatida ehtiyojning etarlicha aniq anglanganligi bilan ifodalanadi. Bunda uning ob’ektigina emas, balki uni qondirish yo‘llari ham anglanadi. Intilishistak tuzilishiga irodaviy tarkibiy qism qo‘shilganida yuzaga keladi. Qiziqish– bu shaxsning yo‘nalganligini faoliyat maqsadlarini anglash bilan ta’minlovchi bilish ehtiyoji ifodalanishining maxsus shakli. Sub’ektiv tarzda qiziqish ob’ektni chuqurroq o‘rganish, u haqda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish, uni tushunish istagida bilish jarayoniga ega bo‘ladigan ijobiy emotsional tonda namoyon bo‘ladi. Odatda, shaxs yo‘nalganligini ifodalovchi qiziqishning qondirilishi uning so‘nishiga sabab bo‘lmasdan, uni ichdan o‘zgartiradi, boyitadi va chuqurlashtiradi, bilish faoliyatining yuqori darajasi talablariga javob beruvchi yangi qiziqishlarni uyg‘otadi. E’tiqodlar– bu shaxsni o‘z qarashlari,tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi. E’tiqodlarshaklidagi ehtiyojlar mazmuni – bu tabiat va jamiyatni o‘rab turgan olam haqidagi bilimlar, ularni muayyan tarzda anglash. Bu bilimlar tartibli va ichdan tashkil topgan qarashlar (falsafiy, etika, estetika, tabiiy-ilmiy) tizimini hosil etganida, ular insonning dunyoqarashi sifatida o‘rganilishi mumkin.[2]
Shaxs mayli – bu avvalgi tajribada shakllangan, ob’etni aynan ma’lum shaklda idrok qilish, tushunish yoki u bilan harakat qilishga tayyorlik, moyillik. Ko‘pchilik mayllarning yanglish mohiyati, yokiinson shaxsiy tajribasidagi ba’zi faktlardan shoshilinch va etarlicha asoslanmagan holda chiqarilgan xulosalarning natijasi, yoki fikrlash stereotiplarini – ma’lum ijtimoiy guruhda qabul qilingan xillarga ajratilgan mulohazalarni tanqidsiz o‘zlashtirish natijasi bo‘lib hisoblanadi. Jamiyat hayotidagi turli faktlarga (hodisalar, odamlar va boshqalar) nisbatan ogohlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan mayllarijobiyvasalbiy bo‘lishi mumkin. Mayllar u yoki bu darajada anglanmagan bo‘lishi mumkin. Psixologik tadqiqotlar tomonidan mayl tuzilishida uch tarkibiy qism ajratiladi: kognitiv tarkibiy qism inson bilishga va idrok qilishga tayyor tasvir namunasidir; emotsional-baholashtarkibiy qismmayl ob’ektiga nisbatan xayrixohlik va xush ko‘rmaslik majmuasidir; hulq-atvortarkibiy qism – mayl ob’ektiga nisbatan ma’lum tarzda harakat qilish, iroda kuchini amalga oshirishdir.
Psixologiya tarixida shaxsning psixologik mohiyati haqidagi tasavvurlarga ko‘p marta o‘zgartirishlar kiritilgan. Avvalambor, shaxsni, aynan, psixologik tushuncha sifatida anglashning zaruriyati bilan bog‘liq nazariy qiyinchiliklarni bartaraf etishning eng ishonchli vositasi shaxsni psixologik voqelik kabi tashkil etuvchi tarkibiy qismlarni sanab o‘tish hisoblanadi. Bu holatda shaxs inson psixikasining sifatlari, xossalari, qirralari, o‘ziga xos xususiyatlarining to‘plami sifatida maydonga keladi. Muammoga bunday yondoshish A.V. Petrovskiy tomonidan «kolleksiya to‘plash» deb nomlangan, bunda shaxs o‘zida temperament, xarakter, qiziqishlar, layoqatlar va h.k.larning qirralarini mujassamlashtirgan qandaydir kattalik, hajmga aylanadi.
Shaxsning psixologik tuzilishini quyidagi ko’rinishda tasavvur etish mumkin


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling