Z nishanova, G. Alimova


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/168
Sana18.08.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1668015
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   168
Bog'liq
nishonova z. bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi

XARAKTERISTIKASI
6 . 1. 0 ‘yin b o g ‘c h a y o sh id ag i b o la la rd a y e ta k c h i fao liy at
s ifa tid a
Rolli o‘yin - bog‘cha yoshidagi bolalaming yetakchi faoliyatidir. 
Rolli o‘yin mazkur yosh davridagi bolalaming eng muhim faoliyati 
bo‘lib, ular bunday o‘yinda go‘yo katta yoshdagi odamlaming barcha 
vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Shu boisdan o‘yin 
faoljyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit 
voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlami 
umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar 
kattalarning turmush tarzi, his-tuyg‘u, o ‘zaro muomala va 
muloqotlarining xususiyatlarini, o‘ziga va o‘zgalaiga, atrof-muhitga 
munosabatlarini yaqqol voqelik tarzida ijro etishi uchun turli 
o‘yinchoqlardan, shuningdek, ulaming vazifasini o‘tovchi narsalardan 
ham foydalaniladi. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy 
va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o‘yin 
ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasawur 
obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi, mohiyati va mazmuni 
jihatidan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.
Rolli o‘yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri 
bolada o‘z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, 
undan nusxa olish, aynan unga o‘xshatish tuyg‘usining mavjudligidir. 
Xuddi shu sababli kattalar va ulaming xatti-harakatlari bolaning ham 
tashqi, ham ichki ibrat namunasi bo‘ladi va kattalar uning xulq-atvori, 
yurish-turishining ham ob’ekti, ham^ub’ekti hisoblanadi.
6. 2. 0 ‘yin faoliyati n azariy asi
Bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi xilma- 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling