Z nishanova, G. Alimova


Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/172
Sana16.09.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1679255
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   172
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G

2.3. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari
An’anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yoidamchi metodlarga 
ajratiladi. Asosiy metodlar — kuzatish va eksperiment — bola taraqqiyoti 
haqida ishonchli ma’lumot bera oladi. Yordamchi metodlar — test, 
so‘rov, faoliyat mahsullarini o‘iganish — tasvirlovchi maiumot berib, 
bu maiumot asosida faqatgina taxminlami ilgari surish mumkin boiadi.
Kuzatish.
Kuzatish — psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan 
biri boiib, psixik hodisalami maqsadga muvofiq va tizimli ravishda 
idrok etishga asoslangandir. Kuzatish — tadqiqot vazifalaridan kelib 
chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish quyidagi 
talablaiga javob berishi kerak:
1. Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: bola 
psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini 
aniqlashtirish lozim.
2. Kuzatish ob’ektiv bo‘lishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu 
holat, hodisani qayd etish, uni sub’ektiv talqin etishga o‘tmaslik lozim.
3. Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz o‘tkazilishi kerak.
4. K u zatish sh u n d ay o ‘tk a z ilish i k erakki, bola u n in g
kuzatilayotganini bilmasligi lozim.
Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan 
hodisalami tez qayd eta olish mahoratiga ega boiishi zarur.
Kuzatishning quyidagi turlari mavjud:
a) ichki kuzatish, tashqi kuzatish va kiritilgan kuzatish;
b) standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan kuzatish;
c) frontal va tanlanma kuzatish.
K uzatish m etodining asosiy kam chiligi shundaki, unda 
kuzatilayotgan hodisalarga faol ta’sir ko‘rsatish, ulami o‘zgartirish, 
kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko‘rinishda 
qaytadan yaratish imkonsisdir. Shunga qaramay bu metod haligacha 
asosiy psixologik metodlardan biri bo iib kelmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling