Z nishanova, G. Alimova


bo‘lishi juda ham xarakterlidir. Bola xayolidagi vaziyatni shu so‘z


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/172
Sana16.09.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1679255
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   172
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G

bo‘lishi juda ham xarakterlidir. Bola xayolidagi vaziyatni shu so‘z 
bilan ifodalaydi, real narsalar bilan xayolidagi narsalami bir-biridan 
ajratadigan bo‘ladi.
Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular o‘yinining roli 
juda kattadir. Ulaming yoshi ulg‘aygan sari ular o‘yinining mazmuni 
ham o ‘zgarib boradi. Ikki yoshga to‘lish oldidan bolalar o ‘yinida 
muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Manpulyatsiya o‘yinlari bilan bir 
qatorda tasviriy o‘yin elementlari ham paydo bo‘ladi. Bola turmushda 
ko‘rgan ish harakatlarini o‘z o‘yinida aks ettiradi. Masalan bola 
q o‘g ‘irchog‘ini “ovqatlantiradi”, yotqizib “uxlatadi”, uni 
“erkalaydi”, “aig‘imchoqda” uchiradi. Bola katta bo‘lgan sayin o‘yinda 
katta yoshli kishilaming harakatlariga taqlid qilish tobora ko‘p o‘rin 
egallay boshlaydi. Ayni vaqtda o‘yinlar murakkablashib, mazmuni 
ham turli-tuman bo‘la boradi. Masalan, bola o ‘ziga g‘amxo‘rlik 
qilayotgan onasining xarakatlariga, duradgor, shofyor, sartaroshning 
harakatlariga taqlid qila boshlaydi.
Bog‘chagacha taibiya yoshidagi bolalaming harakatlarida tasviriy 
faoliyat elementlarining paydo bo‘lishi xayolning o‘sayotganligidan 
dalolat beradi. Masalan, bola bir nimalami qog‘ozga chizib, nimanidir 
tasvirlashga urinib ko‘radi. Lekin dastlab bunday chizmakashlik faoliyati 
almoyi-aljoyi chiziqlar chizishdangina iborat bo‘ladi. Ikki yoshga 
to‘lganda bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasviriy faoliyatida 
yangi, muhim element paydo bo‘ladi. U endi o‘zi chizayotgan rasmiga 
nom beradigan bo‘ladi. Tasviriy faoliyatining yuzaga kelishi 
bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasawur xayolini o‘stirishga 
yordam beradi. Ammo bu yoshda xayolning dastlabki nihollarigina 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling