etarlicha ob’ektiv boiadi. Chunki tafakkur taraqqiy etishi bilan boshqa
psixik jarayonlami rivojlanishida ham sezilarli siljishlar ro‘y beradi.
Tafakkur jarayonlari va taiim o ‘rtasidagi nisbat muammosi
B.Ts.Badmayev tomonidan tahlil qilingan. Uning fikricha, ta’lim
kutilgan natijalami bermasligining sababi unda tafakkur etarlicha
faoliyat ko‘rsatmasligidadir. Taiim oluvchilar ko‘p narsani eslab
qolishga majbur bo‘lishlari tufayli intensivlik kuzatilmoqda. Shu tufayli
o‘quv materiallari ko‘p hollarda ongli va chuqur o‘zlashtirilmaydi.
Materialning zlashtirilishini yaxshilash uchun tafakkur faoliyatini
maxsus pedagogik-metodik vositalar bilan stimullashtirish kerak.
B.Ts.Badbaevning fikricha, o ‘rganilayotgan predmet mazmunini
ifodalovchi va muammoli vaziyat yaratuvchi aqliy masala shunday
www.ziyouz.com kutubxonasi
vosita bo‘la oladi. Umuman, intellektual rivojlanish va ta’lim jarayoni
o ‘rtasidagi munosabat, ulaming o ‘zaro ta’siri muammosi jahon
psixologiyasi uchun yangi muammo emas. 0 ‘z davrida L.S.Vigotskiy
“formal fan” degan tushunchaga e ’tibor qaratgan edi. Formal fanlar
jumlasiga nafaqat bilim hosil qiladigan, shu bilan birga bolalaming
aqliy qobiliyatlarini rivojlantimvchi fanlar — matematika, lotin tili
va grek tillari kiritilgan.
XX asrning 60-yillarida psixologiya va pedagogikada
“rivojlantimvchi ta’lim” tushunchasi paydo bo‘ldi. Rivojlantimvchi
ta’limda asosiy e’tibor o ‘quvchi tafakkurini rivojlantirishga, uni
fikrlashga o ‘rgatishga qaratiladi. Rivojlantimvchi ta’lim umumiydan
xususiyga differentsial tamoyilga rioya etgan holda olib boriladigan
ta’lim. Bunday ta’limda talaba o‘quv materialini o ‘rganar ekan,
Do'stlaringiz bilan baham: |